Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz




Download 1,27 Mb.
bet6/16
Sana16.01.2024
Hajmi1,27 Mb.
#138986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi

1.2. Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz
Portalning asosiy vazifasi aholining uy-joy-kommunal soha va kommunal xizmat vakillari, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining sohaning yuqori tashkilotlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirishdir. Portalning maqsadi – interfaol va axborot xizmatini ko’rsatish orqali kommunal xizmatlarining aholi, tadbirkorlik sub’ektlari bilan o’zaro hamkorlik qilishi uchun yagona axborot makonini tashkil etish, kommunal xizmatlar faoliyatida oshkoralikni ta’minlashdan iborat. Portal yordamida iste’molchilarga interaktiv xizmatlar ko’rsatish maqsadida kommunal xizmat va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati avtomatlashtirilmoqda.
 

14-rasm. E-kommunal.uz
Foydalanuvchi tizimdan foydalanish uchun ID.UZ yagona identifikatsiya tizimida ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

15-rasm. Ro’yxatdan o’tish bo’limi.

16-rasm. ID.uz orqali ro’yxatdan o’tish.
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan so’ng xizmatlar etkazib beruvchilarining rekvizitlarini bilib olishi, portal ma’muriyatiga savol bilan murojaat qilish imkoniyati mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, faqat o’z profilidagi ma’lumotlarni, misol uchun, o’z manzilini ko’rsatgandagina boshqaruvchi kompaniyalarning rekvizitlarini bilib olish uchun “Xizmatlar etkazib beruvchilarim” xizmatidan foydalanish imkoniyati beriladi. Profildagi barcha ma’lumotlar tahrir qilinadi, shu sababli yangi yashash joyiga ko’chib o’tganda axborotni yangilash imkoniyati mavjud.
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan so’ng yuqori o’ng burchakda foydalanuvchi ismi va familiyasi bilan bir qatorda “xizmatlar profili” paydo bo’ladi. Bu xizmatlar profilida “Murojaatlarim”, “Xizmatlar etkazuvchilarim”, “Profilim” va “Vijetlarim” servislariga menyusi paydo bo’ladi. “Profilim” bo’limida foydalanuvchi kommunal hisob-raqamlarini to’ldirish kerak. Shundan so’ng “Vijetlarim”da resursdan foydalanuvchi on-layn rejimida kommunal bo’yicha joriy hisoblanmalarni ko’rishi mumkin.

17-rasm. Foydalanuvchi profili.
Natijada Vidjet bo’limida sovuq suv, elektroenergiya, tabiiy gaz, issiq suv uchun to’lagan pullari haqida ma’lumotlarni (qarz bo’lsa, qarzlarni) kuzatib borishi imkoniyati mavjud.
 

18-rasm. Onlayn vidjet.
Interaktiv xizmatlar bo’limi mavjud. Bo’limda bir qancha xizmatlar mavjud:
• kommunal xizmatlar kalkulyatori;
• kommunal xizmatlari uchun onlayn to’lov va balansni tekshirish;
• qurilish va ta’mirlash ishlari smeta kalkulyatori;
savol berish;
• so’rovnomalar;
• murojaat;
• to’lov varaqasi.

19-rasm. Interaktiv xizmatlar.

20-rasm. Onlay kalkulyator.
E-kommunal portalida nazarda tutilgan yana bir interfaol xizmat – «Kommunal xizmatlar kalkulyatori». Bunda foydalanuvchi, hatto ro’yxatdan o’tmasdan turib, elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi uchun qancha to’lashi kerakligini hisoblashi mumkin. Dasturda hisoblagichning mavjudligini hisobga olib, xonadonda yashovchi kishilarning sonidan kelib chiqib turli tariflar qo’yilgan. Bu faqat jismoniy shaxslar uchun mo’ljallangan.

21-rasm. Onlayn to’lov bo’limi.
Kommunal xizmatlari elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi uchun u-pay va mbank to’lov tizimlari orqali onlayn to’lov imkoniyati mavjud.

22-rasm. Savol berish bo’limi.

23-rasm. Murojaat bo’limi.
Murojaat bo’limida murojaat formasini to’ldiriladi, zarur hollarda esa unga qo’shimcha fayllarni qo’shish imkoniyati mavjud. So’ngra foydalanuvchi tomonidan tanlangan soha va toifaga qarab, tizim uning murojaatini tegishli davlat organiga jo’natadi.

24-rasm. To’lov varaqasi.
To’lov varaqasi xizmatida tanlangan kommunal turi bo’yicha to’lov varaqa xosil bo’ladi, to’lov varaqa to’ldirilib, chop etish imkoniyati xam mavjuddir.

Download 1,27 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kommunal xo’jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz

Download 1,27 Mb.