• “2016-2018 yillar davrida O’zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi
  • Elektron hukumat to’g’risida”gi
  • “E lektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
  • O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlari, huquqiy asoslari




    Download 1,27 Mb.
    bet14/16
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #138986
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi

    2.O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
    xususiyatlari, huquqiy asoslari

    Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyot sohasidagi liderlik uchun jiddiy raqabot ketmoqda va shu bilan birga aytish lozimki, alohida mamlakatlar uchun bunday rivojlanishdan orqada qolish mamlakat iqtisodiyotini salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda, birinchi navbatda, uning o’ziga xos xususiyatlari va normativ huquqiy asoslarini yaratish lozim bo’ladi. Raqamli iqtisodiyotning asosini uning strategiyasiga amal qilgan holda, raqamli iqtisodiyot asosiy ishlab chiqarish omili raqamli shakldagi ma’lumotlar bo’lgan, fuqarolar va jamiyatning sifatli va ishonchli ma’lumotlar olishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot makonini shakllantirish, O’zbekiston Respublikasi axborot infratuzilmasini rivojlantirish, milliy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari yaratish va qo’llash, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar uchun yangi raqamli texnologiyalar asosida shakllantirishga xizmat qiladigan xo’jalik yuritish faoliyati ifodalaydi.
    O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2016-2018 yillar davrida O’zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 2015 yil 4 dekabrdagi 353-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilandi:
     elektron tijorat to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
     kelgusida ushbu biznes-segmentda rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashgan darajaga erishishni nazarda tutgan holda elektron tijorat sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
     elektron tijorat infratuzilmasini, shu jumladan, telekommunikatsiyalar tarmog’ini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash;
     tovar aylanmasini, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish, iste’mol bozori talabiga muvofiq ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish;
     integratsiyalashtirilgan savdo va marketing platformalari, internet-magazinlar, yanada takomillashtirilgan to’lov tizimlari, shuningdek, elektron tijoratda logistika tizimini yaratish;
     tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga yo’naltirgan holda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
     elektron tijorat sohasidagi ilg’or xorijiy tajribani o’rganish, tahlil qilish va qo’llash.
    Raqamli iqtisodiyotni normativ tartibga solishning hozirgi holati raqamli iqtisodiyotni emas, an’anaviy iqtisodiyotni tartibga solishga tayanadi. Ularning qoidalari raqamli iqtisodiyotga nisbatan qo’llanishi mumkin bo’lgan (va qo’llanayotgan) ko’plab hujjatlar to’plami mavjud. Bunda raqamli iqtisodiyotni tartibga solish uchun maxsus yaratilgan va uning o’ziga xosliklarini aks ettiradigan alohida hujjatlar ham mavjud, lekin ularning soni ko’p emas va asosan, elektron hujjat aylanma va elektron savdoga taalluqli hisoblanadi.
    An’anaviy iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyot uchun normativ-huquqiy tartibga solish umumiy manbalari sifatida O’zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to’g’risida”gi 2015 yil 9 dekabrdagi O’RQ-395-sonli qonuniga asosan:
     davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyati va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo’shimcha mexanizmlarini yaratish;
     ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o’zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo’yicha imkoniyatlar yaratish;
     o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Elektron davlat xizmatlarining yagona reestrini shakllantirish;
     aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o’zaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o’rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida “bir darcha” printsipini joriy etish;
     tadbirkorlik sub’ektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan, statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek, davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o’tkazish;
     tadbirkorlik sub’ektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog’i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek, kommunal xizmatlarni hisobga olish, nazorat qilish va ular uchun haq to’lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;
     naqd bo’lmagan elektron to’lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlari va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish ko’zda tutilgan edi.
    O’zbekiston Respublikasi savdo haqida qonunchilik va ularning qonun-qoidalari raqamli iqtisodiyotga nisbatan qo’llanishi mumkin bo’lgan (yoki qo’llanayotgan) boshqa hujjatlarda namoyon bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 14 maydagi PQ-3724-sonli qarori bilan tijoratning to’laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga, birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimini soha taraqqiyotining jadal sur’atlardagi o’zgarishlariga mos keltirish va o’z navbatida, aholi keng qatlami va tadbirkorlik sub’ektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta’minlash; ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi bozorlarda to’liq raqobatlashish, elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik to’siqlariga barham berish; uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo’naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayonini lozim darajada yo’lga qo’yish; to’rtinchidan, mahalliy to’lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi, mamlakat tadbirkorlik sub’ektlarining elektron tijorat sohasidagi etakchi xorijiy tashkilotlar bilan to’liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta’sir qilish; beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish, bu esa xufiyona iqtisodiyot hajmining oshishi va davlat byudjetiga soliq tushumlari kamayishining oldini oladi; oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni rag’batlantirishni nazarda tutgan edi.
    O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni me’yoriy tartibga solishning holati ilmiy hamjamiyat tomonidan tanqidiy baholanadi. Huquqiy tartibga solishning amaliyot ehtiyojlaridan yaqqol otrda qolishi kuzatilmoqda, bunda vaqt bo’yicha ortda qolish tobora ortib bormoqda. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli qarori bilan iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko’lamli chora-tadbirlar ko’rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to’lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Axborot-texnologik platformalarda faoliyat ko’rsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda. “Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyalari), “sun’iy aql”, superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo’yicha faoliyat jahonning ko’plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko’plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimi va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.
    O’zbekistonda “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish ko’nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash; kripto-aktivlar bo’yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish; xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini hisobga olgan holda “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish; raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari rivojlanmoqda.

    Download 1,27 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlari, huquqiy asoslari

    Download 1,27 Mb.