• O’zbekiston Respublikasida “Axborot va aloqa”da band bo’lganlar soni dinamikasi
  • Ro’yxatdan o’tgan G’faoliyat olib boruvchi korxonalar soni, ming
  • Raqamli iqtisodiyotning shakllanish va rivojlanish ko’rsatkichlari (2018 yil)
  • Ko’rsatkichlar O’zb MDH Jahon
  • Manba: htpp :G’G’ www . itu . int G’ eng G’ ITU - D G’
  • Bir qator davlatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish ko’rsatkichlari




    Download 1,27 Mb.
    bet13/16
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #138986
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi

    Bir qator davlatlarda raqamli iqtisodiyotning
    rivojlanish ko’rsatkichlari
    [2]

    Ko’rsatkichlar

    Mobil abonentlar, jami aholiga nisbatan %

    Internet foydalanuvchi-lar

    Ijtimoiy OAVlarning faol foydalanuvchilari

    Mobil ijt. media foydalanuvchilari

    Mln.

    %

    Mln.

    %

    Mln.

    %

    Mln.

    %

    Dunyo

    8842

    115

    4388

    57

    3484

    45

    3256

    42

    Afg’oniston

    28,82

    78

    9,7

    26

    3,8

    10

    3,6

    9,8

    Xitoy

    1543

    109

    802

    57

    1007

    71

    1007

    71

    Germaniya

    107,8

    131

    79,13

    96

    38

    46

    30

    36

    Hindiston

    1190

    87

    560

    41

    310

    23

    290

    21

    Eron

    123,7

    150

    72,94

    89

    47

    57

    41

    50

    Yaponiya

    186,3

    147

    118,9

    94

    78

    61

    78

    61

    Qozog’iston

    25,69

    139

    14,14

    69

    7,3

    39

    3,6

    19

    Qirg’iziston

    9,38

    152

    2,49

    40

    1,8

    29

    0,96

    16

    Mongoliya

    4,19

    133

    2,2

    70

    2,2

    70

    2,1

    67

    Rossiya

    248,2

    172

    109,6

    76

    70

    49

    57,75

    40

    Tojikiston

    9,9

    108

    3,01

    33

    0,44

    4,8

    0,24

    2,6

    Turkmaniston

    4,48

    76

    1,06

    18

    0,042

    0,7

    0,021

    0,4

    BAA

    19,23

    200

    9,52

    99

    9,52

    99

    8,8

    92

    Buyuk Britaniya

    71,76

    107

    63,43

    96

    45

    67

    39

    58

    AQSh

    347,4

    106

    312,3

    95

    230

    70

    200

    61

    Suriya

    13,61

    74

    6,03

    33

    6,8

    37

    6,49

    35

    O’zbekiston

    24,84

    76

    15,45

    47

    2,0

    6,1

    1,0

    3,1

    AKTning davlat makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’siri, avvalambor, mikrodarajadagi boshqaruv va xo’jalik sub’ektlarining ulardan foydalanish darajasiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Respublikamiz yirik tijorat korxonalari misolida axborotlashtirish jarayonlarini tahlil qiladigan bo’lsak, AKTning asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanmish shaxsiy kompyuterlar soni 2010 yilda 380929 ta bo’lgan bo’lsa, 2019 yilda 987767 tani tashkil qildi, ya’ni 3,6 martaga o’sgan. O’zbekiston Respublikasida 2019 yilda axborot va aloqa xizmatlari bilan band bo’lganlar soni yildan-yilga oshib borgan. Mamlakatda 325,5 ming faoliyat olib boruvchi korxona va tashkilotlardan xizmat ko’rsatish sohasida hammasi bo’lib 213 mingtasi ish olib borgan, bu 65,8 %ni tashkil etgan (3-jadval).
    O’zbekiston Respublikasida “Axborot va aloqa”da
    band bo’lganlar soni dinamikasi


    Yil

    Axborot va aloqa”da band bo’lganlar soni dinamikasi, ming kishi

    Ro’yxatdan o’tgan G’faoliyat olib boruvchi korxonalar soni, ming

    2010

    53,1

     Axborot yo’q

    2011

    54,7

    Axborot yo’q

    2012

    56,3

    Axborot yo’q

    2013

    58,0

    Axborot yo’q

    2014

    59,8

    Axborot yo’q

    2015

    61,7

    Axborot yo’q

    2016

    63,6

    Axborot yo’q

    2017

    64,3

    6800

    2018

    66,1

    7400

    2019

    68,9

    8200

    Tahlillarga ko’ra, internet tarmog’idan respublikadagi tijorat korxonalari ham o’z faoliyatida keng foydalanishmoqda (1.6-jadval).
    Raqamli iqtisodiyotning shakllanish va
    rivojlanish ko’rsatkichlari (2018 yil)


    Ko’rsatkichlar

    O’zb

    MDH

    Jahon

    Xitoy

    Statsionar telefon aloqasi (har 100 kishida)

    11,3

    20,7

    13,6

    14,7

    Mobil aloqa (har 100 kishida)

    77,3

    141,2

    101,5

    96,9

    Faol mobil tarmoq aloqasi (har 100 kishida)

    55,9

    59,7

    52,2

    69,1

    3 G doirasi (umumiy aloqaga nisbati)

    45,3

    77,1

    85

    98

    LTEG’WiMAX doirasi (umumiy aloqaga nisbati)

    16,9

    45,9

    66,5

    97

    Mobil aloqa narxi (YaMD nisbati)

    2,3

    1,7

    5,2

    0,6

    Mobil tarmoq narxi 500MB (YaMD nisbati)

    3,3

    1,4

    3,7

    0,7

    Mobil tarmoq narxi 1G (YaMD nisbati)

    16,7

    3,1

    6,8

    1,1

    Kompyuter mavjud bo’lgan xo’jaliklar soni (har 100 xo’jalikdan)

    43,9

    67,4

    46,6

    52,5

    Internetga ulangan xo’jaliklar foizi, %

    75,4

    68

    51,5

    55,5

    Internetdan foydalanuvchilar foizi, %

    46,8

    65,1

    45,9

    53,2

    Foydalanuvchi uchun internet tarmoq tezligi (kbitG’s)

    5,7

    59

    74,5

    14,7

    Manba:htpp:G’G’www.itu.intG’engG’ITU-DG’
    Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, respublikada axborot kommunikatsiya texnologiyalari va internet tizimini rivojlantirishga berilgan katta e’tibor tufayli soha tez rivojlanmoqda. Ammo internet tarmog’ining tezligi, mobil aloqa va mobil tarmog’i narxi, mobil aloqa mavjudligi bo’yicha jahonda va Mustaqil davlatlar hamdo’stligida orqada bormoqda. Provayderlar va operatorlarning asosiy qismi Toshkentda jamlangan bo’lishiga qaramay, respublika hududlarida, ayniqsa, Samarqand va Buxoro viloyatlarida ularning soni muttasil oshib borishi kuzatilmoqda. Bu esa bozorning ushbu segmentida raqobatning kuchayib borayotganidan dalolat bermoqda. Kanallarning o’tkazuvchanlik layoqati ko’payishi va operatorlar hamda provayderlar soni ortishi barobarida Internet tarmog’iga kommunikatsiyalangan va keng tarmoqli foydalanish tizimi abonentlari jadal sur’atlar bilan oshib bormoqda.
    Mamlakatda Internet tarmog’idan jamoaviy foydalanish shaxobchalari soni ortib bormoqda (JFSh). Bunga ushbu shaxobchalar faoliyatini litsenziyalash jarayonining soddalashtirilishi yordam bermoqda. Internet tarmog’ida ulanish uchun Wi-Fi texnologiyasidan foydalanish ham kengaymoqda. Tajriba tariqasida foydalanish natijalariga ko’ra, Davlat radiochastotalar komissiyasi tomonidan respublikada WiMAX texnologiyasi bo’yicha keng tarmoqli simsiz foydalanish tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida har bir opretorga chastotalar tarmoqli ajratib berilgan edi. Bu katta hududlarni qamrab olish bilan birga simsiz tarmoqlarni yaratish imkonini beradi (50 kilometrgacha). Bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi 32 dan 135 MbitG’s gachani tashkil etadi. Shu bilan birga, Wi-Fi texnologiyasi bo’yicha simsiz foydalanish tarmoqlarini rivojlantirish uchun chastotalar ajratib berilgan. Ular simsiz lokal (ofis ichidagi) tarmoqlarni yaratishga va Internet tarmog’iga ma’lumotlarni uzatish tezligi 54 MbitG’s bo’lgan yuqori tezlikka ega simsiz ulanishlarni vujudga keltirishga mo’ljallangan.
    Wi-Fi texnologiyasidan foydalanilgan holda Internet tarmog’iga ulanish hududi kengaytirilmoqda. Natijada Wi-Fi foydalanish nuqtalari soni ortadi.
    Raqamli iqtisodiyot g’oyasi Jahon banki tomonidan 2016 yil “Jahon taraqqiyoti haqida ma’ruza – 2016: raqamli dividendlar” ma’ruzasida ma’lum qilingan. Jahon banki mamlakatda raqamlashtirishning ochiq ma’lumotlar, elektron hukumat tizimi, “Yandeks” va “Kasperskiy” kabi raqamli gigantlar, on-layn-buyurtma xizmatlari, axborot texnologiyalari yordamida mulk huquqini ro’yxatdan o’tkazish muddatining 10 kunga qisqarishi kabi belgilarini ko’rsatadi.
    Bunday sharoitlarda alohida kompaniyalar, mintaqalar, mamlakatlar va ularning birlashmalari texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning yangi turlari bozorlarida yangi shakllanadigan uzoq muddatli raqobatli ustun­liklarni ta’minlashga intilib, raqamli iqtisodiyot sohasida strategik qarorlar shakllantirish va amalga oshirish jarayoniga faol kirisha boshlaydi.
    Shu bilan bir paytda alohida tarmoqlar va mamlakat mintaqalari kesimida raqamli iqtisodiyot afzalliklarini amalga oshirish oqibatlarini baholash bilan bog’liq qator masalalarni hal qilish zarur. “Raqamli iqtisodiyot real voqelikni to’ldirib turadigan virtual muhitdir”.
    Yaqinda yangicha: raqamli iqtisodiyot real sektorlarni rivojlantirishga undashga qodir bo’lgan analogli iqtisodiyotga qo’shimcha degan talqin paydo bo’ldi.
    Buyuk Britaniya – raqamli iqtisodiyot sohasida etakchilardan biri, le­kin o’tgan yili ushbu sektor ulushi YaIM atigi 12 %ni tashkil qildi, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasi moddiy iqtisodiyotning rivojlanish darajasi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq: real iqtisodiyotda qa­erda yuqori bo’lsa, o’sha erda raqamli segmentni rivojlantirish maqsadga muvofiq.
    G’arb mamlakatlari ekpertlari raqamli texnologiyalar iqtisodiyot cub’ektlari va boshqaruv o’rtasidagi munosabatlarni sozlamasdan ish bermasligi borasida yakdil fikr bildiradilar.
    G’arb biznesi yangi kommunikatsiya vositalarini birinchilardan bo’lib, faol o’zlashtirib oldi, mumkin bo’lgan hamma narsani raqamlashtirdi, hukumatdan elektron raqamli imzoni qonunchilik bilan rasmiylashtirishga erishdi, nafaqat biznes-hamjamiyat ichida, balki davlatda ham raqamli aloqani yo’lga qo’ydi, davlat idoralari ham o’z axborot tizimlarini asta-sekinlik bilan integratsiya qildi. Iqtisodiy “raqamlashtirish”ning uchta asosiy tarkibiy qismi mavjud:
    birinchidan, axborot to’plash va tahlil qilish. Biroq ma’lumot­larni to’g’ri topish va ular bilan sifatli ishlash uchun bu maqsadda nima qilish kerakligini tushunish zarur;
    ikkinchidan, birinchi o’rinda ishlab chiqaruvchi emas, iste’molchi turadigan ehtiyojlar. Raqamli ma’lumotlar nuqtai nazaridan aynan “ehtiyojlar” ko’rib chiqilayotgan tushunchada “iqtisodiyot” o’zini ifodalaydi.
    Faol axborotlashtirish iste’molchilar xulq-atvorini o’zgartiradi. Marketing asta-sekinlik bilan to’xtovsiz ravishda iqtisodiy o’zaro aloqalarning mohiyatiga, har bir kishini iqtisodiy o’zaro aloqalarga kirishishga majbur qiladigan asosiy harakatlantiruvchi kuch – ehtiyojlarga yaqinlashmoqda. Ya’ni biz oddiygina bir iste’molni har bir kishi uchun umumiy qulaylik boshqariladigan hududiga o’tkazishga qodir bo’lgan salohiyatni qo’lga kiritamiz;
    uchinchidan, boshqaruv. “Raqamli iqtisodiyot” atamasidagi uchinchi unsur inson ko’ziga ko’rinmaydi. Biroq bizning holatda «mashina nigohi»ni e’tiborga olishga majburmiz. Shunda “raqamli” va “iqtisodiyot” so’zlari orasidagi “ko’rinmas” bo’shliqni ifodalaydi. Bu ikki tushunchaning barqaror uyg’unlashuvi tufayli, hatto, uzluksiz bo’shliq haqida gapirish mumkin bo’ladi.
    Boshqaruv (professional kadrlar) o’zaro aloqalarni boshqarish malakali tizimi bo’lib, nazariya va amaliyotda insoniyatning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish ishida ma’lumotlardan faol foydalanish bo’yicha keng ko’lamli faoliyatni prognoz qilish, rejalashtirish, tashkil qilish, ijro etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirishi ko’zda tutilgan. Va bu tizim bugungi kunda, aftidan, bungacha misli ko’rilmagan darajada har tomonlama – ilmiy, ulubiy, metodologik, texnologik, axborot, instrumental, kreativ va hokazo qo’llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi.
    Ya’ni mamlakatni rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqish uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish asosida xalq xo’jaligi majmuini boshqarish umumiy tizimi bo’lishi lozim.
    Raqamlashtirish jarayoni mamlakat iqtisodiyotida kuchayib boradi va transmilliy korporatsiyalarning mamlakatning mintaqaviy va milliy iqtisodiyotlari faoliyatidagi roli ortib boradi. Iqtisodiyotning raqamli segmenti mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatida ro’y bergan sifat o’zgarishlari tufayli dolzarb ahamiyatga ega bo’ladi. Yangi texnologiyalar va platformalar jismoniy shaxslar va korxonalar menejmentiga tobora katta ko’lamda o’zaro aloqalarda tranzaktsiya xarajatlarini qisqartirish hamda davlat tuzilmalari va xo’jalik yurituvchi ob’ektlar bilan mustahkam aloqalarni amalga oshirishga imkon beradi.
    Shu sababli iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsiyasini ishlab chiqishimiz kerak, – deb ta’kidlaydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida. Shu asosda “Raqamli O’zbekiston – 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur. Natijada YaIMni kamida 30 foizga o’stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi[3].
    Shu sababli raqamli iqtisodiyot AKT xizmatlarining kirib borish darajasi yuqori va qatnashchilar soni ko’p bo’lgan bozorlarda eng samarali faoliyat ko’rsatadi.
    Birinchi navbatda, bu e-segmentning ulushi YaIM 10 %ini tashkil qiladigan, bandlik 4 %dan yuqori bo’lgan va bu ko’rsatkichlar yaqqol o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan internetga qaram tarmoqlar (transport, savdo, logistika va h.k.) bilan bog’liq. Texnologik jihatdan raqamli iqtisodiyotni to’rtta trend belgilab beradi: mobil texnologiyalar, biznes-tahlili, bulutli hisob natijalari va ijtimoiy media; global jihatdan – Facebook, Youtube, Twitter, Instagramm kabi ijtimoiy tarmoqlar.
    Bu esa shuni anglatadiki, milliy segmentni shakllantirishda ularning imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Shu bilan bir paytda milliy raqamli iqtisodiyotga investitsiyalar samarali natijasiga ega bo’lish va undan dividendlar olish uchun nafaqat global tarmoqlar nuqtai nazaridan AKT-infratuzilmasini, balki “analogli qo’shimchalar” – qulay ishbilarmonlik muhiti, salmoqli inson kapitali, tegishlicha boshqaruvni ham rivojlantirish zarur. Bularning keyingisi iqtisodiy o’sishning poydevori hisoblanadi, shu sababli ularni chora-tadbirlar majmui va ustuvorliklarni aniqlash, talab qilingan investitsiyalar va maksimal samara berish, risklarni baholash borasida aniqlashtirish, mutaxassislar va mamlakat iqtisodiyotining raqamli segmentini shakllantirish uchun javobgar bo’lgan davlat amaldorlari uchun murakkab va dolzarb muammoni ifodalaydi.
    Hozirgi kunda dunyoda raqamli iqtisodiyot hodisasini umumiy bir tushunish mavjud emas, shunday bo’lsa-da, ko’plab ta’riflar mavjud. Ushbu fenomenga davlat tomonidan berilgan rasmiy ta’rif quyidagicha: raqamli iqtisodiyot – ularni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmda qayta ishlash, an’anaviy xo’jalik yuritish shakllari bilan taqqoslaganda, har xil turdagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va etkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili sanalgan xo’jalik faoliyatidir.

    Download 1,27 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir qator davlatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish ko’rsatkichlari

    Download 1,27 Mb.