• Iqtisodiy o’sish
  • O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYoTNI RIVOJLANISh TENDENTsIYaLARI VA XUQUQIY- NORMATIV ASOSLARI




    Download 1,27 Mb.
    bet10/16
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #138986
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
    Bog'liq
    4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi

    O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYoTNI RIVOJLANISh TENDENTsIYaLARI VA XUQUQIY- NORMATIV ASOSLARI
    1. Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o’sish
    Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ularning iqtisodiy o’sishi, avvalambor, bilimlar va intellektual potentsial hisobiga amalga oshirilmoqda. 1962 yilda avstriyalik olim F.Maxlup tomonidan “bilimlar iqtisodiyoti” iborasi ilk bor amaliyotga kiritilib, uning ostida milliy iqtisodiyotning biror-bir sektori tushunilgan.
    Hozirgi kunda esa ushbu ibora milliy iqtisodiyotning turini aniqlash uchun qo’llanilib, unda bilimlar asosiy rol o’ynamoqda. Iqtisodiy o’sishning manbai bo’lib esa bilimlarni ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish hisoblanmoqda. Bilimlar iqtisodiyotining shakllanib borishi jarayonlarini davlatdagi iqtisodiyot va institutsional holat indeksi, bilimlar indeksi, innovatsiyalar indeksi, ta’lim indeksi va AKT indekslari asosida kuzatib borish mumkin. Shuning uchun ham bilimlarga qilinayotgan investitsiyalar miqdori asosiy fondlarga qilinayotganlarga nisbatan o’sib bormoqda. Bilimlar mahsulotdir, bir tomondan, shaxsiy bo’lib, boshqa tomondan esa jamoaviydir, ya’ni ulardan barcha kishilar foydalanishlari mumkin.
    Iqtisodiy o’sish ma’lum bir davr mobaynida milliy iqtisodiyotdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish hajmining yuksalib borishidir. Unda ko’pgina omillar o’z aksini topadi, ya’ni milliy resurslardan ratsional foydalanish, iqtisodiyotning barcha darajalarini samarali boshqarish, yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni nafaqat ichki bozorda, balki globallashuv jarayonlari talablaridan kelib chiqqan holda tashqi bozorda ham ta’minlash kerak.
    Iqtisodiy o’sishning mutlaq ko’rsatkichlardagi ifodasini YaIM, milliy daromad, milliy boylik, davlatning to’lov balansi va oltin-valyuta zaxiralar yuksalishida ko’rish, nisbiy miqdoriy iqtisodiy ko’rsatkichlardagi ifodasini esa aholi jon boshiga YaIM, aholi daromadlari, iste’mol miqdori, jamg’armalar, investitsiyalar to’g’ri kelishi bilan izohlash mumkin.
    Har bir mamlakatning iqtisodiy o’sishini aniqlashda sifat ko’rsatkichlari xam muhim rol o’ynaydi. Unga aholining bilimlilik darajasi, salomatligi, milliy iqtisodiyotning tarmoq bo’yicha tarkiblanishi, jamiyatning infratuzilmaviy rivojlanish darajalari kiradi. Bundan tashqari iqtisodiy o’sish aholining turmush sifati va darajasi o’sishi bilan xam yaqindan bog’liq bo’lib, u o’z o’rnida yashash davomiyligi o’sishi, tibbiy xizmat sifati yuksalishi, zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlari, ish kuni davomiyligi qisqarishi, fuqarolar xavfsizligi va hokazolar bilan ifodalanadi.
    Shuni ta’kidlab o’tishimiz mumkinki, hozirgi davrda iqtisodiy o’sish omillaridan bo’lib mehnat, kapital, texnologiyalar, er va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari hisoblanmoqda.
    Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi global innovatsiyalarni keng joriy etish asosida ko’pgina davlatlar iqtisodiy o’sishini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridandir. Milliy iqtisodiyotning ushbu sohasi ko’pgina davlatlarda endigina shakllanmoqda, lekin rivojlangan davlatlarda esa u iqtisodiy o’sishning lokomotivi bo’lib xizmat qilmoqda. AKT mehnat unumdorligini yuksaltirish va boshqa barcha resurslardan optimal foydalanishning asosiy omili bo’lib, zamonaviy iqtisodiyotda ahamiyatli resurslarga aylanmoqda.
    AKT mahsulotlarini ommaviy ishlab chiqarish bilan, asosan, Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi, Xitoy kabi sanoatlashgan davlatlar shug’ullanayotgan bo’lsa, ularning iste’molchilari esa rivojlanayotgan mamlakatlar hisoblanmoqda. AKT samaradorligi indeksi bo’yicha esa dunyoda Shvetsiya, Singapur, Finlyandiya, Shveytsariya, AQSh, Daniya va Kanada mamlakatlari ilg’orlik qilishmoqda. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, AKTning samaradorlik indeksi bozor muhiti, uni tartibga solish muhiti, infratuzilma, aholi tayyorgarligi, biznesning tayyorgarligi, AKTdan aholi, biznes va davlatning foydalanish darajalari bilan ifodalanadi.
    AKT oldingi texnologiyalarga nisbatan bir qator o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ularning iqtisodiy o’sish va milliy iqtisodiyotga ta’siri sifat jihatdan boshqacha tusda bo’ladi. Avvalambor, AKTni tarqatish va undan foydalanish global xarakterga ega. Bu texnologiya unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikni yuksaltirish mumkin bo’lgan barcha sohalarda qo’llaniladi, jumladan, boshqaruv sohasida ham.
    Boshqaruv va biznes jarayonlarida AKTdan samarali foydalanayotgan mamlakatlarning tajribasi juda ham e’tiborlidir. Singapur davlati dunyoda birinchi bo’lib optik tolali tarmoq bilan barcha sohalarini 100 % ta’minladi, Shvetsiya davlatida 2012 yilda barcha kompaniya va uy xo’jaliklari optik tola bilan 100 % qamrab olindi. Ushbu texnologik yorib o’tish ularning iqtisodiy o’sishida asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
    AKTning iqtisodiy o’sishga ta’sirini bevosita va bilvosita samaradorlik asosida aniqlash mumkin. Bevosita samaradorlik ushbu soha infratuzilmasiga qilinayotgan investitsiyalar, axborot xizmatlarining keng kirib kelishi va AKT sohasidagi bandlikning yuksalishi bilan ifodalanadi. Ushbu sohaning iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri ta’siri AKT mamlakatning uzoqda joylashgan hududlarigacha kirib borishi bilan bog’liqdir. AKTga qilinayotgan investitsiyalar o’z o’rnida yangi ish o’rinlarini yaratishga olib kelib, turmush sifatini ham yuksaltiradi.
    AKTga qilinayotgan investitsiyalar rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotini yanada yuksaltirishning asosiy omillaridan hisoblanmoqda. AKT tarmog’i rivojlangan davlatlarda raqobatbardoshlik darajasi ham yuqori bo’lib, ular istiqbolda iqtisodiyotdagi samaradorlikni oshirmoqda. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, AKTga qilinadigan investitsiyalar mamlakatning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga ham ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda. 7.1-rasmdan ko’rinib turibdiki, AKTga investitsiyalar miqdorini 10 %ga oshirganda, YaIM Buyuk Britaniyada 0,6 %ga, Avstraliyada 0,8 %ga, Yangi Zelandiyada 0,9 %ga, Malayziyada 0,14 %ga ortgan. Ushbu ko’rsatkich dunyo mamlakatlari bo’yicha o’rtacha 0,7 %ni tashkil kilgan.
    AKT sektorining bilvosita samaradorligi mehnat unumdorligining ortishi, AKT potentsiali yuqori bo’lgan mamlakatlarda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’sishi, innovatsion klasterlar shakllanishi va axborot xizmatlari eksporti yuksalishi bilan ifodalanadi. AKT omilining iqtisodiy o’sishga ta’siri darajasi AKT bozori, mobil aloqa, keng polosali Internet va shaxsiy kompyuterdan foydalanish miqyosi va ularning davlat darajasida joriy qilinishi intensivligiga ham bog’liq.


    Download 1,27 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYoTNI RIVOJLANISh TENDENTsIYaLARI VA XUQUQIY- NORMATIV ASOSLARI

    Download 1,27 Mb.