Aholining mobil aloqa bilan ta’min-lanishi




Download 1,27 Mb.
bet12/16
Sana16.01.2024
Hajmi1,27 Mb.
#138986
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi

Aholining mobil aloqa bilan ta’min-lanishi

Uy xo’jaliklari-ning shaxsiy kompyuter bilan ta’minlanishi

Shimoliya Amerika

85

72

93

G’arbiy Evropa

62

83

64

Sharqiy Evropa

32

66

25

Lotin Amerikasi

29

66

21

Tinch okean havzasi

17

48

14

Afrika

11

37

8

Tahlillarga ko’ra, G’arbiy Evropa davlatlari ham AKTdan foydalanish bo’yicha ancha yuqori ko’rsatkichlarga ega. Sharqiy Evropa va Lotin Amerikasi davlatlari bu borada erishgan ko’rsatkichlar esa deyarli bir xil darajada. Iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan Afrika davlatlari bu sohada ham rivojlangan davlatlardan bir necha barobar ortda qolgan.
Milliy iqtisodiyotni axborotlashtirishda uy xo’jaliklarining o’rni ham muhim. Shaxsiy kompyuterlar bilan 100 ta uy xo’jaligidan Rossiya Federatsiyasida 64 tasi, Ukrainada 28 tasi, Armanistonda 29 tasi, O’zbekistonda 25 tasi, Ozarbayjonda 9 tasi, Qirg’izistonda 5 tasi ta’minlangan.
AKT rivojlanishi va undan keng foydalanish jahon taraqqiyotining oxirgi yillardagi global tendentsiyalaridan hisoblanmoqda. Dinamik ravishda rivojlanib kelayotgan hozirgi dunyoda AKT milliy iqtisodiyotning lokomotivi rolini o’ynab, mamlakatga investitsiyalarni kiritishga, yangi ish o’rinlarini yaratishga, istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqarish va boshqaruvga kiritishga, oxir-okibatda doimiy iqtisodiy o’sish va turmush darajasini yuksaltirishga ko’mak bermoqda. Shu boisdan ham jamiyat hayotining turli jabhalariga AKTni joriy qilish va undan foydalanish darajasi davlat ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining hal qiluvchi omili bo’lmoqda.
Respublikamizda istiqboldagi iqtisodiy o’sishning asosiy omillari tarzida quyidagi yo’nalishlar belgilab olingan:
 milliy iqtisodiyotni faol tarkibiy qayta qurish;
 xomashyo eksport qilishdan yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar eksportiga bosqichma-bosqich o’tish;
 iqtisodiy erkinlashtirishni davom ettirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini kamaytirib borish;
 moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish;
 “bilimlar iqtisodiyoti”ni shakllantirish uchun inson kapitaliga investitsiyalarni oshirish;
 jamiyatni keng axborotlashtirishni ta’minlash;
 innovatsion institutlarni tashkil qilish;
 hududlarni kompleks rivojlantirish.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, “bilimlar iqtisodiyoti”ni shakllantirish va axborotlashtirish jarayonlarini keng ko’lamda amalga oshirish iqtisodiy o’sishimizning asosiy omillaridan hisoblanmoqda.
AKT sohasida respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar hisoblash texnikalarini ishlab chiqarish (75 ta korxona), axborot tashuvchi vositalar ishlab chiqarish (2 ta), dasturiy vositalarni loyihalashtirish va ishlab chiqish (371 ta), axborot-hisoblash xizmatlari (910 ta), Internet va kompyuter tarmoqlari orqali xizmat ko’rsatish bo’yicha (2426 ta) shug’ullanishmoqda.
Dunyoning 246 mamlakatida raqamlashtirish bo’yicha olib borilgan keng ko’lamli tadqiqotlarga ko’ra, 2019 yil ma’lumotlariga asosan turli mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish ko’rsatkichlari tendentsiyasi turlicha (2-jadval).

Download 1,27 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 1,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aholining mobil aloqa bilan ta’min-lanishi

Download 1,27 Mb.