And σφαῖρα (sphaîra) „shar




Download 19,62 Kb.
bet1/2
Sana12.12.2023
Hajmi19,62 Kb.
#117407
  1   2
Bog'liq
Ekologiya


Gidrosfera (qadimgi yunoncha: ὕδωρ (húdōr) — „suv“, and σφαῖρα (sphaîra) — „shar“) — Yer kurrasidagi barcha suv — okean va dengizlar, daryo, koʻllar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmui. Koʻpincha, gidrosfera deganda okean va daryolar tushuniladi, lekin bu — xato. Gidrosferaning umumiy hajmi 1 491 049 ming km3.
Ggidrosfera Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi — Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 million km2) ning 361 million km2 ni, yoki 71% ni gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6% chasini egallab turadi. Yer kurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 million km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4% ini, quruqlik maydonining 14% ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8%, vodorod — 10,8%, xlor va natriy — 2,95%. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Suv (kimyoviy formulasi: H2O) – hidsiz, rangsiz, taʼmsiz, shaffof, suyuqlik shaklidagi kimyoviy moddadir (normal holatda). Yer sirtining 71 foizini egallaydi (~1.460 × 1015 killogramm); Yerdagi suv asosan okean, dengiz, koʻl, daryo (95,6 %) kabi suv havzalarida, shuningdek muzlar, yer osti suvlari (1.6 %) va atmosferadagi suv bugʻlari, bulutlarda (0.001 %) yigʻilgan. Bundan tashqari suv organizmlar tarkibida ham mavjud.
Suv kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar (tuzlar, gazlar) mavjuddir. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.
Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera – okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman, bulut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10 % ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferada gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi daryolar suvining yarmiga teng. Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi (qarang Suv aylanshi).
Tabiiy suvda erigan gazlar – azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. Suvda organik moddalar konsentratsiyasi oz – darelarda oʻrtacha 20 mg/l Yer osti suvlarida yanada oz, okean suvidada esa 4 mg/l.
Ammo insoniyatning bu boradagi ehtiyojlari va mavjud boʻlgan zahiralar oʻrtasidagi mutanosiblik allaqachon dolzarb muammo darajasiga etganligini ham unutib boʻlmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizdagi suv zahiralaridan faqatgina 2,5 foizigina ichish uchun yaroqli ekan. Shundan 0,5 foizidan insoniyat oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqda. Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining koʻpayish darajasi bilan bevosita bogʻliq jarayon.
Qo‘mita xodimining aytishicha, mamlakat hududidagi 97 ta yer konida 64 million kub metr umumiy suv zaxiralari mavjud.
«Dunyoda bo‘lgani kabi respublikamizda ham suv resurslari cheklangan. Chuchuk suv umumiy suv resurslarining 8 foizini, ichimlik suvlarining esa 67 foizini tashkil etadi.
O‘zbekistonda aholi ichimlik suvi ta'minoti uchun 2019 yilda 161,4 ming kub metr/sutka, ya'ni 950 ming kishiga yetarli miqdordagi chuchuk suv zaxirasi tasdiqlangan. 2020 yilda bu ko‘rsatkich yuqorilab, 193 ming kub metr/sutka, ya'ni 1 mln 140 ming kishiga yetarli suv zaxiralari tasdiqlanishi kutilmoqda.
Bugungi kunda aholi jon boshiga suvdan foydalanish me'yori sutkasiga 115-240 litr bo‘lib, bu dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past hisoblanadi. Misol uchun, Birlashgan Arab Amirliklarida kuniga 700, Rossiyada 400, AQShda 200, Germaniyada esa 130 litr suv sutkalik normani tashkil qiladi.
Respublika hududidagi 97 ta yer konida 64 million kub metr, ya'ni soniyasiga 700 tonna yerosti suvlari umumiy zaxiralari mavjud. Bular asosan Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘rtacha suv zaxiralari bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda chuchuk suvlar deyarli mavjud emas.
Yer sharining uchdan ikki qismi suvliklardan iborat. Buning 97 foizi sho‘r suv, 3 foizi chuchuk suvdir. Shuning ham 2 foizi muzliklardagi suvlar hisoblanadi.
Tahlillarga ko‘ra, 2025 yilga borib yer yuzidagi davlatlarning yarmidan ko‘pida suv taqchilligi yuzaga keladi. 2050 yilga borib esa dunyo mamlakatlarining to‘rtdan uch qismida suv taqchilligi kuzatilishi taxmin qilinmoqda.
Suv manbalaridan noto‘g‘ri foydalanishning eng ayanchli ko‘rinishlaridan biri – Orol dengizi qurishidir. Buning natijasida 5 million gektar maydonda yangi cho‘l – Orolqum paydo bo‘ldi. Dengizning qurigan qatlamidan kelib chiqqan chang va tuzli bo‘ronlar sug‘oriladigan yerlarga ham, aholi sog‘lig‘iga ham ta’sir qilmoqda.
Bu hududda ichimlik suv tanqisligi, xavfli kasalliklar tarqalishi, yashash sharoitlari og‘irlashishi natijasida aholi migratsiyasi ko‘paydi, yovvoyi o‘simliklar va hayvonot dunyosi qirilib ketmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, faqatgina Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari Orol dengizining yanada qurib ketishining oldini olishi mumkin. Afsuski, mintaqa davlatlari umumiy deklaratsiya va memorandumlarni imzolashdan nariga o‘tmayapti. Orol dengizi muammosini hal qilishdagi muvaffaqiyatsizliklarni uning asosan Qozog‘iston va O‘zbekiston hududida joylashgani va bu respublikalarning «ichki dengizi» hisoblanishi bilan izohlash mumkin. Qolgan respublikalar esa o‘z ichki gidroenergetik siyosati va intensiv qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi maqsadlari sabab yuzaga kelayotgan katastrofik vaziyatga yetarli darajada e’tibor qaratayotgani yo‘q.
Orol dengizidan tashqari, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ham ekologik holat yildan yilga yomonlashishda davom etmoqda. Oxirgi yillarda «Chordara» suv ombori orqali «Arnasoy» suv omboriga kam miqdorda suv tashlanayotgani sababli ko‘llar tizimiga suv faqat kollektor-drenaj tarmoqlaridan kelmoqda va 2005 yildan keyingi davrda suv hajmi 34,46 mlrd. kub metrga, ko‘llarning umumiy yuzasi 320 ming gektarga kamaygan.
Toshkent shahrida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borish tendensiyasi aslida aholi sonining koʻpayishidan emas, balki, birinchidan, kishilarda tozalik va ozodalikning, shuningdek, sanoatda toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojning kuchayib borishi bilan oʻlchansa, ikkinchidan, toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish darajasining susayishi natijasida roʻy bermoqda. Agar biz rivojlangan mamlakatlardagi yirik shaharlaridagi suv isteʼmolini hisobga oladigan boʻlsak, qarama-qarshi manzarani koʻrishimiz mumkin. Masalan, Yaponiya poytaxti Tokioda oʻtgan asrning 50-yillarida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoj har bir kishiga bir kunga qariyb 400 litrga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bu koʻrsatkichni 2000-yilda 160 litrga tushira olganlar. Suvdan oqilona foydalanish hayot zaruratidir. Toshkent shahri aholisining jon boshiga suv sarfi yildan yilga oshmoqda. Agar XX asrning oʻrtalarida Toshkent shahri aholisining jon boshiga kuniga oʻrtacha 550—600 litr toza ichimlik suv sarflangan boʻlsa, shu bugungi kunda bu koʻrsatkich 1136 litrga koʻtariladi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojni belgilab beruvchi omilga aylanadi, yani mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, suvdan oqilona foydalanish usullari darajasi ham yuksaladi. Suvdan foydalanishning ilgʻor texnologiyalari ishlab chiqiladi va uni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari ham ochila boradi.
Suvning minerallashuv darajasi.

Mineral suvlar — tarkibida baʼzi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek, gazlar boʻlgan suvlar. Tarkibidagi erigan minerallarning umumiy miqdori 1 g/l gacha boʻlgan suvlar chuchuk hisoblanadi. Baʼzi dengiz va koʻl suvlari ham Mineral suvlar ga kiradi. Mineral suvlarning maʼlum shifobaxsh xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan uzoq muddat foydalanish uchun yetarli miqdorga ega boʻlganlari mineral suv manbalari deb ataladi. Suv tarkibida yod, brom, litiy, bariy, temir va boshqa, gazlardankarbonat angidrid, radon, sulfat gazlari boʻlishi ularda shifobaxsh xususiyat vujudga keltiradi. Sulfatgidrokarbonatli Narzan suvi (Kislovodskda), karbonat angidridli Jeleznovodsk, Pyatigorsk, Yessentuki, oltingugurtli Chimyon, Uchqizil (Oʻzbekiston), Obishifo (Tojikiston), Matsesta (Gruziya), azotli Qiziltepa (Oʻzbekiston), Issiqota (Qozogʻiston), radioaktivli Xoʻjaobigarm (Tojikiston), Jetiogʻuz (Qozogʻiston) va boshqa oʻnlab joylarda mineral suv manbalari bor. Mineral suvlar hosil boʻlishi va Yer oʻstida joylanishiga qarab sovuq va iliq (20° atrofida), termal (issiq, 37° dan yuqori), gipotermal (42° dan yuqori) hamda qaynoq (100° va undan yuqori) boʻladi. Minerallanish miqdoriga qarab: kuchsiz (1—2g/l), kam (2—5 g/l), oʻrta (5-15 g/l), yuqori (15-30 g/l), shoʻr (15—30 g/l) va oʻrtacha shoʻr (35— 150 g/l) kabi turlarga boʻlinadi. Tarkibida 2—20 g/l mineral tuzlar boʻlgan Mineral suvlar isteʼmol uchun ishlatiladi.


Mineral suvlarning shifobaxsh xususiyati tarkibidagi foydali elementlar, gazlar, organik moddalarning sifati va miqdoriga qarab belgilanadi. Mineral suvlarning paydo boʻlishi, joylanish qonuniyatlari va foydalanish masalalarini gidrogeologiya va kurortologiya oʻrganadi. Mineral suvlarning organik va kimyoviy xossalarini oʻrganish va foydalanishga topshirish bilan ilmiy tadqiqot muassasalari, lab. va st-yalar shugʻullanadi. Hozirgi sanatoriy va shifoxonalarda sunʼiy yoʻl bilan oltingugurtli va radonli Mineral suvlar tayyorlanadi.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Mineral suvlarga boy boʻlgan mamlakat edi. Respublika xududida ularning tabiatda maʼlum boʻlgan barcha guruh va tiplari aniqlangan. Oʻzbekistonda Mineral suvlarning quyidagi balneologik guruxlari bor: spetsifik xususiyatlarsiz va komponentlarsiz, oltingugurtli, yod, brom, radonli va karbonat angidridli.
Oqova suvlardan erimaydigan va o’zi mustaqil cho’kadigan aralashmalarni аjrаtib olish uchun flotatsiya usulidan foydalaniladi. Ba’zan erigаn mоddаlаr, mаsаlаn sirt faol moddalarni аjrаtib оlishda ham bu usuldan foydalaniladi. Bundаy jаrаyon ko’pikli sеpаrаsiya yoki ko’pikli quyiltirish deb аtаlаdi. Flоtаsiya ko’pginа kоrхоnаlаrning оqоvа suvlаrini tоzаlаsh uchun qo’llаnilаdi: nеftni qаytа ishlаsh, sun’iy tоlа, sеllyulоzа – qоg’оz, tеri оshlаsh, mаshinаsоzlik, оziq-оvqаt, kimyo sаnоаti misоldir.
Flоtаsiya usulining mоhiyati quyidаgicha: suvdа yuqоrigа ko’tаrilаyotgаn hаvо pufаkchаsi bilаn qаttiq gidrоfоb zаrrаchаlаrini аjrаtib turgаn suv qаtlаmchаsi buzilib pufаkchаning zаrrаchа bilаn yopishib birikishi, so’ngrа «pufаkchа-zаrrаchа» kоmplеksi suv yuzаsigа ko’tаrilib yig’ilаdi vа bоshlаngich оqоvа suvdаgigа nisbаtаn yuqоrirоq kоnsеntrаsiyasi bo’lgаn zаrrаchаlаrni ko’pikli qаtlаmi vujudgа kеlаdi.
Oqova suvlarni biokimyoviy tozalashdan so'ng erigan organik moddalardan to'liq tozalash uchun adsorbsiya usulidan foydala- niladi. Agar suvda organik moddalarning konsentratsiyasi yuqori bo'lmasa va ular biologik parchalanmasa yoki kuchli zaharli bo'lsa, mahalliy qurilmalarda ham adsorbsiya jarayoni qo'llaniladi. Adsorbentning kam solishtirma sarfida modda yaxshi adsorbsiyalansa mahalliy qurilmalarning ishlatilishi maqsadga muvofiq.

Adsorbsiya usuli oqova suvlarni fenol, gerbitsit, pestitsid, aromatik nitrobirikmalar, SFM, bo'yovchi va boshqa moddalardan zararsizlantirishda qo'llaniladi. Bu usulning afzalligi yuqori samaradorligi bo'lib, tarkibida bir nechta modda bo'lgan oqova suvlarni tozalash va ularni rekuperatsiya qilish mumkinligidadir. Oqova suvlarni adsorbsion tozalash regenerativ va destruktiv bo'lishi, ya'ni oqova suvlardan ajratib olingan moddalar adsor- bent bilan birga yo'qotib yuborilishi mumkin. Oqova suvni adsorbsiya usulida tozalashning samaradorligi 80-95% ga teng. Bu adsorbentning kimyoviy xususiyati, adsorbsiya yuzasining o'l- chami, moddaning kimyoviy tuzilishi va uning aralashmadagi holatiga bog'liq.


Biokimyoviy tozalash usullari. Biokimyoviy tozalash usuli oqova suvdagi
erigan ko’plab organik va ba‘zi noorganik (sulfidlar, H2S, NH3, nitritlar va
boshqalar) birikmalarni mikroorganizmlar yordamida o’zlashtirib
zararsizlantirishdir.
Biokimyoviy tozalashga yuboriladigan oqova suvlar BPK va XPK
kattaliklari bilan xarakterlanadi. BPK – bu oqova suvdagi 1 mg organizm
birikmalarining ma‘lum vaqt chegarasida (2, 5, 8, 10, 20 sutka) bioximik
oksidlanishiga sarf bo’ladigan kislorodning mg.dagi miqdorini ko’rsatadi.
Masalan: BPK5 – bu 5 sutkada biokimyoviy oksidlanishga kerak bo‗ladigan
kislorodning miqdorini bildiradi. XPK – bu suvda mavjud bo‗lgan barcha
qaytaruvchilarning kimyoviy oksidlanishiga kerak bo‗lgan kislorodning miqdorini
bildiradi. Organik moddalar bilan to‗qnashgan mikroorganizmlar ularni qisman
parchalab suvga, C02 ga va biomassaga aylantiradi va bu jarayon biokimyoviy
oksidlanish deb ataladi.

Download 19,62 Kb.
  1   2




Download 19,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



And σφαῖρα (sphaîra) „shar

Download 19,62 Kb.