|
Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘idagi “Zilol” maxallasida gpon texnologiyasi asosida tarmoq loyihasi
|
bet | 1/16 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,58 Mb. | | #260528 |
Bog'liq Individual loyiha2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI VA KASB TA’LIMI FAKULTETI
«HIMOYAGA»
Kafedra mudiri
________ O.SRayimjonova
«___» __________ 2024-yil
Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘idagi “Zilol” maxallasida GPON texnologiyasi asosida tarmoq loyihasi
mavzusida
INDIVIDUAL LOYIHA 2
631-21 guruh talabasi Abdujalil Marufjonov
Rahbar: D.R.Komilov
Farg‘ona 2024 yil
MUNDARIJA
I BOB. KENG POLOSALI ABONENET KIRISH TARMOQLARI VA ULARNI QURISH USULLARI 5
1.1. Raqamli abonent kirish tarmoqlari. 5
1.2. ADSL texnologiyasi. 8
1.3. Simsiz keng polasali kirish tarmoqlari va ularni qurish usullari. 15
1.4. Zamonaviy optik abonent ulanish tarmoqlari. 19
II BOB. FARG’ONA TUMANINING ABONENTLAR ULANISH TARMOG‘INING TAVSILOTLARI 26
2.1. Farg’ona tumanida abonent kirish tarmoqlari taxlili. 26
2.2. Abonent kirish tarmoqlarini modernizatsiya qilishda optik texnologiyalardan foydalanish. 29
III BOB.FARG’ONA TUMANIDAGI “ZILOL” MAXALLASIDA GPON TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TARMOG‘ LOYIXASI 33
3.1. “Zilol” mahallasida FTTx konsepsiyasi bo‘yicha keng polosali tarmoq yaratish. 33
3.2. “Zilol” xududida GPON daraxtsimon tarmog‘ini qurishda optik budjetni hisobi. 37
3.3. “Zilol” xududida GPON tarmog‘i loyixasi va qurilishi. 43
XULOSA 56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 57
KIRISH
Hozirda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati har qachongidan ham dolzarb bo‘lib hayotiy zaruratga aylangan. Mamlakatimizda qay bir soha rivojiga ahamiyat bermaylik, ularning zamirida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hissasi yuqori bo‘layotganini ko‘ramiz.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini har tomonlama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, soxa uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan katta e’tibor tufayli AKTni zamon talablariga muvofiqlashtirish va takomillashtirish dasturi yaratildi. Tarixan qisqa davrda AKTning mustahkam infratuzilmasi, malakali kadrlar tayyorlash tizimi shakllantirildi. Axborot texnologiyalarining davlat boshqaruvi va ishlab chiqarishda keng joriy qilinayotgani natijasida tarmoq muntazam kengayib, uning ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Respublikamizda bugun telekommunikatsiya soxasida bir qancha davlat va tijorat tashkilotlari o‘z xizmatlarini taklif etib kelmoqda.
Xususan, «O‘zbektelekom» AK- butun O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmoqidan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda «misdan optikaga» o‘tish jarayoni keng ko‘lamda davom etmoqda. 2019 yil boshidan buyon «O‘zbektelekom» AK aholi va ijtimoiy ob’yektlarga GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyalarini o‘rnatdi. Yil oxiriga qadar O‘zbekiston bo‘ylab fuqarolarning uylariga bir necha o‘n minglab kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.
Kompaniyaning har bir faol abonenti tezkor, ishonchli va arzon internetga ega bo‘lishga intiladi. UZTELECOM UNLIM seriyasining yangilangan tarif rejalari aholiga 100 Mbit/s.gacha internet xizmatidan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatlar GPON texnologiyasi bo‘yicha taqdim etiladi.
GPON (ingliz tilidan, Gigabit Passive Optical Network, gigabit passiv optik tarmoq) – bu internet, telefoniya va televideniye xizmatlari kafolatlangan xizmat ko‘rsatish sifati bilan bitta kabel bilan ta’minlangan keng polosali multiservisli kirish tarmog‘idir. GPON – bu 1 Gbit/s.gacha o‘tkazish qobiliyatiga ega shaxsiy optik tolali kanal.
Shuning uchun ham optik tolali abonent liniyalarini qurishda GPON texnologiyasidan foydalanish axamiyatlidir.
|
| |