1.2. ADSL texnologiyasi.
Hozirgi paytda abonent tarmoqlarida ADSL texnologiyalari eng ko‘p tarqalgan. Ular quyidagicha afzalliklarga ega:
Kabel juftliklaridan minimal foydalanish imkoniyati. Odatdagi telefon tarmoqlari uchun bunday juftliklar faqatgina telefon signallarini uzatish uchun qo‘llanilar edi. ADSL texnologiyasi yaratilgandan keyin, telefon liniyalari bo‘ylab nafaqat telefon signallari, balkim yuqori tezlikda ma'lumotlarni uzatish mumkin. Ularning ikkalasi xam bir – biriga xalaqit bermaydi;
ADSL da ulanish vaqtining kamligi, tarmoqdan foydalanishning qulayligi va narxining patsligi. Hozirgi paytda telefon tarmoqlari juda katta va juda ko‘p abonentlar soniga ega bo‘lgan, keng tarqalgan telekommunikatsiya tarmoqlaridan iborat. ADSL texnologiyalari yordamida markaziy ofisda bitta markaziy qurilmani va foydalanuvchi xonadonida, bitta qurilmani joylashtirish lozim. Yuqori tezlikli va keng oraliqli imkoniyatdan foydalanadigan, keng oraliqli tarmoqga ulangan foydalanuvchilar yangi liniyadan xarajatsiz foydalanishi mumkin;
Axborotni tortib olishda yuqori tezlikga erishish. ADSLning assimetrik xususiyati uchun tortib olinadigan tezlik, 8 Mbit/s gacha yetishi mumkin.
Quyidagi 1.2 va 1.3-rasmlarda ADSL ning abonent liniyasini ulanishi va ADSL kanallarining chatsota bo‘yicha tarqalishi. ko‘rsatilgan.
1.2 - rasm. ADSL texnologiyasi qo‘llanilgan abonent liniyasida kanalarning hosil qilinishi
1.3- rasm. ADSL kanallariga chastotaning taqsimlanishi
ADSL (Assymetric Digital Subscriber Line - assimetrik raqamli abonent liniya), xDSL texnologiyalari kabi yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan texnologiyalar tarkibiga kiradi. ADSL texnologiyasi interfaol videoxizmatlarni (talab bo‘yicha video, video o‘yinlar va boshqalar) va ma'lumotlarni tez uzatish (Internetga ulanish, lokal hisoblash va boshqa tarmoqlarga uzokdan ulanish) uchun yuqori tezlikni ta'minlashga mo‘ljallangan. ADSL liniyasi, xar bir telefon kabellarining juftliklarini oxiriga ulangan ikkita modemni bir-biri bilan bog‘laydi. Bizga ma'lumki, analog modemlar, standart telefon kanallari buyicha 28 Kbit/s gacha tezlikni oshirish imkoniyatiga ega edi. Xuddi shunga o‘xshab, modulyasiyalash usullari qo‘llanilgan ADSL texnologiyalari esa tarmoqdan abonentga keladigan ma'lumotlar oqimining tezligini bir necha Mbit/s gacha yetkazishi mumkin. Bu texnologiya foydalanuvchidan stansiyagacha past tezlikli kanal orqali tarmoqdan abonentga tushuvchi oqimlarni boщqarish imkonini beradi. Bunda asosan uchta axborotli kanal hosil bo‘ladi. Tarmoqdan abonentgacha uzatiladigan ma'lumotlar oqimi, abonentdan tarmoqqa uzatiladigan ma'lumotlar oqimi va telefon aloqa kanali. Telefon aloqasining kanallari filtr yordamida ajratiladi, bu ADSL ulanishida avariya yuz bergan takdirda xam telefon ishini kafolatlaydi.
ADSL, mavjud bo‘lgan telefon kabellarining juftliklarini, ma'lumotlar uzatish uchun mo‘ljallangan yuqori chastotali traktga aylantiradi.
Raqamli abonent ulanish tarmoqlarini ADSL texnologiyasi asosida qurishda liniyaviy uskunalarga xech qanday o‘zgarishlar kiritilmaydi. Mis o‘tkazgichli analog telefaniya tarmog‘ini raqamli keng polosali ko‘p xizmatli abonent kirish tarmog‘iga aylantirish uchun qayta jixozlanish jarayoni asosan stansiya va abonent tomonda amalga oshiriladi. Stansiya tomonida abonentlar guruxidan kelayotgan signallarga ishlov beruvchi va global tarmoqdan kelayotgan ma'lumotlar oqimini abonentlarga taqsimlab uzatuvchi qurilma maxsus qurilma guruxli modem hisoblanuvchi DSLAM qurilmasi qo‘llaniladi. Bu qirilmaning asosiy vazifasi mis o‘tkazgichli aloqa liniyalari orqali ulangan abonentlarni xDSL texnologiyasi asosida yuqori tezlikli internet tarmog‘iga ulanishini ta'minlashdir. Odatda DSL texnologiyasidan internet provayderlari foydalanuvchilarga simli internet tarmog‘iga ulanishni ta'minlash maqsadi fo‘llanilib kelinmoqda. Shuning uchun ham stansiya tomonida o‘rnatiluvchi bu qirulma bir tomondan internet provayderining regional tarmog‘iga (ko‘p kanallai uzatish tizimi orqali), ikkinchi tomondan esa abonent liniyasiga ulanadi (kross orqali). Mos ravishda abonent tomonda individual modem qurilmasi, ya'ni ADSL modem o‘rnatilishi lozim. Quyidagi 4.4 rasmda ADSL asosida raqamli abonent kirish tarmoqlarini qurishda qo‘llaniluvchi qurilmalarning ulanish ketma-ketligi ifodalangan.
1.4-rasm. ADSL asosida raqamli abonent kirish tarmoqlarini qurishda qo‘llaniluvchi qurilmalarning ulanish ketma-ketligi ifodalangan
Abonent tomonida ATS tomonida kelgan bir juftli mis abonent o‘tkazgichi abonent inshooti devor qismidagi telefon rozetkasiga ulanadi. Telefon rozetkasiga bir tomonidagi RJ11 konnektori bilan ulangan telefon kabeli ikkinchi tomonidagi RJ11 konnektori bilan chastota bo‘yicha ajratish qurilmasi, ya’ni splitter qurilmasining “line” portiga ulanadi. Splitterning asosiy vazifasi stantsiya tomonda kelayotgan umumiy oqim tarkibidan past chastotali telefon signallari (0,3-3,4 kGs) va yuqori chastotali (26kGs-1100kGs) ma’lumotlar uzatish tarmog‘i signallarini ajratishdan iborat. Splitterning ikkinchi tomonida “phone” va “modem” portlari mavjud bo‘lib “phone” portiga telefon apparati, “modem” portiga esa ADSL modemi ulanadi. Quyidagi 1.5-rasmda abonent inshootida ADSL modem va uning komponentalarini ulanish ketma-ketligi tasvirlangan.
1.5-rasm. Abonent inshootida ADSL modem va uning komponentalarini ulanish ketma-ketligi
ADSL modemi va abonentning ma’lumotlar uzatish tarmog‘i (masalan Internet tarmog‘i) ohirgi qurilmasi (kompyuter) o‘rtasida bog‘lanish ADSL modemning imkoniyatiga bo‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkun. Odatda ADSL modem va kompyuter o‘rtasidagi ulanish Ethernet tehnologiyasi asosida amalga oshiriladi. Bunda modemning “LAN” Ethernet portlarida biriga Ethernet kabelining RJ45 konnektoriga ega bir uchi ulanadi. Kabelning ikkinchi tomoni esa kompyuterning Ethernet portiga ulanadi. Ammo shuni takidlash kerakki bugungi kunda ADSL modemlari va abonent ohirgi qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanish jarayonini qulaylashtirish va bir vaqtda ulanuvchi qurilmalar soni va mobilligini ortirish maqsadida simsiz texnologiyalar keng qo‘llanilib kelinmoqda. Masalan Wi-Fi texnologiyasi bunga yaqqol misol. Shuning uchun ham ADSL modemlar Wi-Fi tehnologiyasi bilan jihozlangan holatda ishlab chiqarilmoqda . Bunda ohirgi qurilmalar (kompyuter, smart telefonlar va boshqa tarmoqda ishlashga mo‘ljallangan qurilmalar) ADSL modemga simsiz ulanishlari mumkun.
1.6-rasm. Wi-Fi texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi ADSL modem.
ADSL assimetrik texnologiyalar tarkibiga kiradi, chunki tarmoqdan abonentga keladigan ma'lumotlar oqimining tezligi, abonentdan tarmoqka beriladigan ma'lumotlarning uzatish tezligidan past. Foydalanuvchidan uzatiladigan tezlik, analog modemlarning qurilmalaridagiga nisbatan yuqori. Telefon kabellarining juftliklari orqali uzatiladigan axborotlarning katta xajmini siqish uchun, ADSL texnologiyasida signallarni raqamli kayta ishlash, maxsus yaratilgan algoritmlar, takomillashtirilgan analog filtrlar va analog raqamli o‘zgartirgichlar qo‘llaniladi. Juda katta masofaga ega bo‘lgan telefon liniyalari, uzatiladigan yuqori chastotali signallarni satxini pasaytirishi mumkin. Bu esa ADSL modemlarining analog tizimlarini yetarli darajadagi yuqori yuklamada ishlashga majburlaydi. Bunday yuklamada yuqori dinamik diapozon va shovqin satxi past bo‘lishi lozim. Dastlabki ADSL tizimlarini oddiy deb hisoblash mumkin, chunki u oddiy telefon kabellari orqali yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatish kanallarini hosil qiladi.
Texnologiya odatdagi telefon aloqasi uchun ma'lum bir chastota oralig‘ini zaxirasini ta'minlaydi.
Shunday qilib, eski telefon liniyalaridan yangi telefon liniyalari hosil bo‘ladi. Yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatuvchi boshqa texnologiyalarga nisbatan ADSL yana bir asosiy afzalligi telefon kabellarining mis simlarini odatdagi juftliklaridan foydalanishdir. ADSL, ustiga qo‘yilgan tarmoqni hosil qiladi. Bunda qimmatga tushadigan qurilmalar va telekommunikatsiya qurilmalarini takomillashtirish uchun ko‘p vaqt talab qilinmaydi.
Umuman olganda ADSL funksional chegarasi 0,5 mm uzunlikdagi simda abonent liniyasining uzunligi 3,5-5,5 km ni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda ADSL, tarmoqdan abonentga keluvchi ma'lumotlar oqimining tezligini 1,5 Mbit/s dan 8 Mbit /s gacha tezlikda va abonentdan tarmoqda keluvchi ma'lumotlar oqimining tezligini 640 Kbit/s dan 1 Mbit/s gacha ta'minlaydi. Bunday texnologiyalarning kelgusidagi rivojlanish tendensiyasi tarmoqdan abonentga keluvchi ma'lumotlar oqimini tezligini oshirish kutiladi.
ADSL texnologiyasi ta'minlaydigan ma'lumotlar oqimining tezligini baxolash uchun, boshqa texnologiyalar qo‘llanilganda foydalanish uchun lozim bo‘lgan tezlik bilan solishtirish lozim. Analog modemlar ma'lumotlar oqimini 14,4 - 56 Kbit/s gacha tezlikda uzatishni ta'minlaydi.
xDSL ning turli texnologiyalari foydalanuvchilarga IDSL uchun 128 Kbit/s, HDSL uchun 768 Kbit/s, ADSL uchun tarmoqdan talabgorgacha 1,5-8 Kbit/s va abonentdan tarmoqqacha 640-1000 Kbit/s, VDSL uchun tarmoqdan talabgorgacha 13-15 Mbit/s va abonentdan tarmoqkacha 1,5- 2,3 Mbit/s gacha ma'lumotlar oqimini uzatish tezligini ta'minlaydi.
Kabel modemlari 500 Kbit/s dan 10 Mbit/s gacha tezlikda ma'lumotlar oqimini uzatish imkoniga ega (bunda kabel modemlarining o‘tkazuvchanlik oralig‘i shu liniyadan foydalanish imkoniyati bo‘lgan barcha foydalanuvchilar orasida bo‘lishini xam nazarda tutish lozim. Shuning uchun xam bir vaqtda ishlovchi foydalanuvchilar soni, ularning xar biri uchun haqiqiy ma'lumotlarni uzatish tezligiga sezilarli darajada ta'sir qiladi). Ye-1 va Ye-Z raqamli liniyalar mos xolda 2048 Mbit/s va 34 Mbit/s gacha uzatish tezligiga ega.
ADSL texnologiyasini qo‘llaganda magistral tarmoq bilan foydalanuvchi bog‘langan liniya’ning o‘tkazuvchanlik oralig‘i har doim va faqat foydalanuvchiga tegishli.
|