Simsiz keng polasali kirish tarmoqlari va ularni qurish usullari




Download 5,58 Mb.
bet4/16
Sana05.06.2024
Hajmi5,58 Mb.
#260528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Individual loyiha2

1.3. Simsiz keng polasali kirish tarmoqlari va ularni qurish usullari.


Keng polosali simsiz tarmoqlar (Broadband Wireless Network- BWN) turli radioaloqa tarmoqlarini o‘zida mujassam qiladi va abonentlarni o‘zaro axborot almashinishlari yoki abonentlarni boshqa telekommunikatsiya tarmog‘ining axborot resurslariga yuqori tezlikda (odamda B≥1 M bit/s) ulanish imkonini beradi. Bunday tarmoqlarning formal ta’rifi quyidagicha:
Keng polosali simsiz tarmoqlar bu – texnik tavfsiflari quyidagi talablarga javob beruvchi radiokanallar bilan o‘zaro bog‘langan uzellar majmuidir:

  • Radio kanal resursi umum foydalanishdagi bo‘lishi lozim;

  • Bandwidth- chastota polosasi kengligi bir necha MHz va shuncha ma’lumot uzatish tezligi sekundiga bir necha Mbitni tashkil qilishi lozim;

  • Tarmoq uzellari tarkibidagi jihozlar arxitekturasi va joylashuviga bog‘liq ravishda bir- biriga nisbatan to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rishga ega holatda (line of sight) yoki bir- biriga nisbatan ixtiyoriy holda, ya’ni, to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rish nazarda tutilmagan holda joylashishlari mumkin.

Yuqorida keltirilgan ta’riflar va belgilanishlar asosida ta’kidlash mumkinki, BWN ning asosiy vazifasi kichiq o‘lchamli hududlarda simsiz ulanishlarni ta’minlash bilan bir qatorda, ushbu simsiz keng polosali tarmoq abonentlarini transport tarmog‘i orqali boshqa telekommunikatsiya tarmog‘i resurslariga ulanishlarini ta’minlashdir (1.8-rasm). Turli BWN da yuqoridagi vazifalarning biri prioritetga ega bo‘lishi mumkun va bunga bog‘liq ravishda simsiz keng polosali tarmoqlarni ikki kotigoriyaga ajratish mumkun:

  • Ikki va undan ortiq local kirish tarmoqlarini o‘zaro bog‘lash vazifasini bajaruvchi simsiz keng polosali kirish tarmoqlari (Broadband Wireless Access Network).




1.8-rasm. Lokal kirish tarmoqlarini o‘zaro simsiz bog‘lanishini ta’minlovchi keng polosali simsiz tarmoq.



  • Keng polosali mobil aloqa tarmoqalari. Bunday tarmoqalarda foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumot almashinishni ta’minlash asosiy vazifadir.


1.9-rasm. Keng polosali mobil aloqa tarmoqalari.

Simsiz keng polosali tarmoqlarining paydo bo‘lishi va dunyo bo‘ylab juda keng miqyosda qo‘llanilishi telekomunikatsiya tarmog‘i abonentlarining axborot uzatish tezligiga va uzatiladigan axborotning xajmiga bo‘lgan talablarini keskin ortib ketishiga olib keldi. Bu asosan XX asrning to‘rtinchi choragida yaqqol namoyon bo‘ldi. Aynan o‘sha davrlardan boshlab axborot va axborot almashishning jamiyatning ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatiga aylandi. Shu tariqa bugungi kunga kelib jamiyat azolarining individual bevosita muloqoti shakli sezilarli darajada telekomunikatsiya vositalari orqali muloqot shakliga o‘ta boshladi. Masalan sotsial tarmoqlar (network socicty).


Yangi davrning talablarini qondirishga simsiz aloqadan foydalanish eng samarali yechim bo‘la oladi. Bunga sabab simsiz aloqa tizimlari uzatish qurilmalarining joylashishi o‘rniga bog‘liq bo‘lmagan holda, xar qanday vaqtda aloqa jarayonini tashkil qilish imkoniga ega. Radioto‘lqinlarning tarqalish xususiyati va radio vositalar orasidagi o‘zaro halaqitlarning mavjud bo‘lmasligiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda, radioaloqaning hamma joyda va ommaviy ravishda qo‘llanilishiga to‘sqinlik qiluchi omil sifatida radiochastota resurs (DUP)ni cheklanganligini keltirish mumkin. Simsiz tarmoqlarning o‘tkazgichli tarmoqlar bilan hamkorlikda, vazifalarni quyidagi tartibda bo‘lib olinishi asosida faoliyat ko‘rsatishi natijasida bu radio chastota resursi cheklanganligi muammosini hal qilish mumkin:

    • o‘tkazgichli ( elektir yoki optik ) yoki sun’iy yo‘ldoshli (radio releyli aloqa tarmog‘I orqali kichiq o‘lchamli simsiz kirish tarmoqlarini o‘zaro ulanishlarini ta’minlaydi;

    • simsiz kirish tarmoqlari esa yuqorida sanab chiqilgan barcha afzalliklarga ega bo‘lgan holda abonentlarni simsiz o‘zaro ulanishlarni va ularni transport.

Kichiq o‘lchamdagi simsiz tarmoqlarni tashkil etishda kam quvvatli, o‘rta yuqori (UHF) va o‘ta yuqori (SHF – Super High Frequency ) chastotalar diapazonidagi radio signallardan foydalaniladi va bunda signal manbadan uzoqlashgan sari jadal ravishda so‘nib boradi. Bu ikki omil o‘zaro yaqin joylashgan ikki simsiz kirish tarmog‘ida bir xil chastotadan foydalanishga imkon beradi va xar ikki hududda keng polosali simsiz kirish tarmog‘i tashkil etiladi.
Shahar simsiz tarmog‘i (WMAN-wireless Metropolitan Area Network ) katta bo‘lmagan aholi yashash punktlari hududida yoki katta shaharlarning administrativ hududlarida (kvartal yoki boshqa.) simsiz tarmoqlarni tashkil etishga mo‘ljallangan.

1.10-rasm. WMAN- Shahar simsiz tarmog‘i.

WMAN tarmog‘i uzellari orasidagi masofa 100 m dan bir necha o‘nlab kilometrlargacha bo‘lishi mumkin. WMAN ga misol sifatida kichiq shaharlardagi Wi-MAX tehnologiyasi asosidagi simsiz kirish tarmoqlarini obektlari tarqoq joylashgan katta hududga ega tashkilot yoki zavodlar hududidagi simsiz tarmoqlarni keltirish mumkin.


Shuningdek chet el davlatlarida ko‘lami katta hududga yoyilgan universitet simsiz tarmoqlarini kompus tarmoqlari (CAN-Campus Area Network ) deyiladi.
Uyali mobil aloqa tarmoqlari regional yoki milliy masshtabdagi hududlarda 120 km/soat gacha tezlikda harakatlanayotgan foydalanuvchilarni mobil (harakatdagi) aloqa bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi. Uyali mobil aloqa tarmoqlarining strukturasi uzatish va qabul qilishni amalga oshiruvchi uzellar (bazaviy stansiya - BTS) dan va bir uzel xizmat ko‘rsatish hududidan boshqa bir uzel hududiga ko‘chib o‘tganda abonentlarning ayni paytdagi joylashgan uzel hududini (joylashgan o‘rnini shuningdek) aniqlash va bu abonentni uzliksiz aloqa bilan ta’minlash vazifasini bajaruvchi kommutatsiya jihozlaridan tashkil topadi. Tarmoqning qamrov hududi yacheykalarga (uyalarga) bo‘linadi.
Transport tarmog‘i sifatida elektr o‘tkazgichli, radioreleyli va optik kabelli tizimlardan foydalanilishi mumkin.
Ta’kidlanganidek simsiz keng polosali tarmoqlar simsiz ulanishi mobil stansiyalar (MS-abonentlar) ni o‘zaro ulanishiga yoki bu MS larni boshqa telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanishlarini ta’minlash mumkun. Aynan qay bir vazifasi birlamchi hisoblanishiga bog‘liq ravishda BWN larni ikki xil kategoriyaga mumkin. BWAN (Broad wireless access network) keng polosali simsiz kirish tarmoqlari. Bunday BWAN tarmog‘ining asosiy vazifasi MS larni boshqa telekommunikatsiya tarmog‘I resurslariga simsiz ulanishlarini ta’minlashdir. Masalan Wi-Fi va Wi-MAX texnologiyasi asosidagi simsiz kirish tarmoqlari.
Uyali aloqani keng polosali tarmoqlari. Bunday simsiz keng polosaning asosiy birlamchi vazifasi MS larni o‘zaro bog‘lanishlarini ta’minlashdir.



Download 5,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 5,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Simsiz keng polasali kirish tarmoqlari va ularni qurish usullari

Download 5,58 Mb.