|
Zamonaviy optik abonent ulanish tarmoqlari
|
bet | 5/16 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,58 Mb. | | #260528 |
Bog'liq Individual loyiha2 1.4. Zamonaviy optik abonent ulanish tarmoqlari.
Barchamizga ma'lumki bugungi kunda telekommunikatsiya tarmoqlarining muammoli qismi abrnent kirish tarmoqlari hisoblanadi. Bu asosan mavjud o‘rama juft mis simli aloqa kabellari asosida qurilgan abonent kirish tarmoqlarining o‘tkazish qobiliyatining pastligi, signallarni uzoq masofaga sifatli yetkazishda muammolar mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Hozirda rivojlangan axborotlashgan jamiyatda abonentlarning axborotga bo‘lgan extiyojlari tobora ortib bormoqda. Yangi telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish jarayonida bu muammolar ayniqsa cheklanishlarni yuzaga keltiradi. Xususan bugungi kunda telekommunikatsiya xizmatlaridan biri sifatida keng rivojlanib borayotgan HDTV(high definition TV) - yuqori aniqlikdagi televizion xizmatini misol keltirish mumkin. Chunki aholining(abonentlaring) aksariyat qismi bunday xizmatlarni taqdim etishga tayyor bo‘lmoqda ya'ni, ular ENT(elektron-nur trubkali) televizion qabul qilgichlarini (televizorlarini) suyuq kristalli yoki plazmali tevizion qabul qilgichlarga almashtirmoqdalir. Bu esa ularga HDTV televizion xizmatidan foydalanish imkoniyatini beradi.
Ushbu xizmatni amalga oshirish uchun tashkil qilingan tarmoqga o‘tkazish qobiliyati va paketlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Chunki bu xizmatni taqdim qilish internet va telefoniya xizmatlariga nisbatan ancha murakkab va nisbatan katta o‘tkazish qobiliyatini talab qiladi. Masalan rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Osiyo-Tinch okeani regioni mamlakatlari, Yevropa) keng polosali abonent tarmoqlarini qurishda opperatordan abonentga 25/50 Mbit/s, abonentdan operatorga esa 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan tezliklarni ta'minlash ko‘zda tutilgan. Ommaviy ravishda aholini bunday tezlik bilan ta'minlashda optik tolali texnologiyalardan foydalanish eng samarali usul hisobdlanadi. Ya'ni, keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishni FTTX (Fiber to the X) konsepsiyasi asosida amalga oshirish. FTTX konsepsiyasini amalga oshirishda asosan PON texnologiyasidan foydalaniladi. FTTX konsepsiyasining bir qancha variantlari bor:
FTTHome –xonadongacha (kvartiragacha) optik tolali abonent tarmog‘ini qurish;
FTTPremises –xususiy binogacha optik tolali tarmoq qurish;
FTTBuilding – ko‘p qavatli aholi turar joyigacha optik tolali tarmoq qurish (taunxaus);
FTTCurb – taqsimlash shkafigacha optik tolali tarmoq qurish (pod'ezdlarda).
PON texnologiyasi. PON texnologiyasi asosida qurilgan optik tarmoq passiv tarmoq bo‘lib, unda optik tarmoqlagichlar (splitterlar) va optik to‘lqin multipleksorlari (ko‘p sondagi ulangan abonentardan tushayotgan abonent trafiklarini bir tolaga konsentratsiyalash uchun). Optik tolali abonent kirish tarmoqlarini qurishda PON texnologyasidan foydalanish operatorga kirish uzelidagi portlar sonini kamaytirish va nisbatan kam tolali optik kabellardan foydalanish imkoniyatini beradi[7].
PON texnologiyasi asosida qurilgan optik abonent kirish tarmog‘ining prinspial sxemasi 1.11- rasmda keltirilgan.
Hozirda PON texnologiyasining bir qancha standartlari ishlab chiqilgan bo‘lib ularning keng tarqalgan turlari quyidagilar:
EPON – Ethernet PON ( shuningdek GEPON);
BPON – ATM protokoli asosidagi keng polosali (Broadband) PON;
GPON – GFP protokoli asosidagi multigigabit PON.
1.11-rasm. PON texnologiyasi asosida qurilgan passiv optik tarmoqning prinspial sxemasi.
PON standartaring asosiy xarakteristikalari 1-jadvalda keltirilgan. PON ning hozirda eng keng qo‘llaniladigan standartlari bu EPON va GPON lardir. Osiyo – Tinch okeani regini mamlakatlarida (Yaponiya, Xitoy Koreya va b.r) optik abonent kirish tarmoqlarini EPON standarti asosida qurish keng rivojlangan. GPON standarti esa AQShda keng qo‘llanilmoqda.
GPON standarti asosida qurilgan abonent kirish tarmog‘i video va ovozni yePON tarmog‘iga nisbatan sifatli yetkazadi va sheningdek unda abonentga yo‘nalgan trafikning polosasi uch barobar keng. Bu esa bir tola bo‘ylab abonentlar konsentratsiyasini 64 tagacha oshirish imkonini beradi. Lekin nisbatan kam ishlab chiqarilishi boisdan GPON jixozlari EPON.
1.2-jadval.
|
| |