I BOB. KENG POLOSALI ABONENET KIRISH TARMOQLARI VA ULARNI QURISH USULLARI




Download 5,58 Mb.
bet2/16
Sana05.06.2024
Hajmi5,58 Mb.
#260528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Individual loyiha2

I BOB. KENG POLOSALI ABONENET KIRISH TARMOQLARI VA ULARNI QURISH USULLARI



1.1. Raqamli abonent kirish tarmoqlari.


Optik tolali aloqa liniyalarining kirib kelishi, sinxron raqamli iyerarxiya (SDH) uzatish tizimlarini keng tadbiq etilishi, yaqin kelajakda abonent liniyalarini shu qurilmalar asosida tuzilishiga olib keladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida optik tolali tarmoqlarni qurish iqtisodiy qimmatga tushadi, ayniqsa abonent liniyalarini. Oxirgi variant yuqori iqtisodiy samaradorlikni beradi. Bunday liniyalardan foydalanganda xDSL texnoloniyalarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir va bunday liniyalardan yana ko‘p yillar foydalanish mumkin. Shu sababli mavjud liniyalar qoldirilib, ularda yuqori tezlikli xDSL, texnologiyasining siflariga asoslangan raqamli uzatish tizimlarini qo‘llash imkoniyatlari yaratildi.
Hozirgi vaqtda nafaqat ovozli axborotlarga, balki Internet xizmatlariga bo‘lgan talablar dolzarb hisoblanadi. Bunday tarmoqlarni ikkita yo‘l: tolali-optik-tolali tarmoqlar va mavjud bo‘lgan kabellardan foydalanish orqali kurish mumkin. Ko‘pgina xollarda oxirgi variant yuqori iktisodiy samaradorlikni beradi. Lekin bunday tarmoqlarni yaratish uchun bir necha savollarga javob topish lozim:

  • mavjud bo‘lgan kabelli tarmoq uchun kanday raqamli abonent texnologiya ko‘proq mos keladi;

  • qanday qurilma ko‘proq samaradorlikka ega;

  • mavjud bo‘lgan kabelli tarmoqlarni, abonentlar ulanuvchi raqamli abonent tarmoqlarining kanday yangi xizmatlari uchun qo‘llash mumkin.

Oxirgi vaqtlarda abonent liniyalari qurilmalarining bozori jadallik bilan rivojlanayotgani tufayli operatorlarning xolati murakkablashib ketmoqda. Yuqoridagi aytib o‘tilgan kamchiliklarga, muammolarga va savollarga javob sifatida xDSL (Digital Subscriber Line) - raqamli abonent liniyalari texnologiyalari qo‘l keladi [1].
xDSL ning variantlari sifatida yaratilgan keyingi texnologiya bu yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi HDSL (High-bit-rate Digital Subscriber Line) hisoblanadi. Bu texnologiya 2048 kbit/s tezlikda dupleks axborot almashtirishni to‘liq ta'minlaydi. Axborotni uzatish uchun kabelning ikki yoki uch juftligidan foydalanishadi. HDSL texnologiyalarining keyingi rivojlanishi simmetrik yuqori chastotali raqamli abonent liniyalarining qurilmalarini yaratilishiga sababchi bo‘ldi.
Bunday SDSL qurilmalari (SDSL -Singil Pair Symmetrical Digital Subscriber Line) kabelning bir juftligi orqali ishlashga mo‘ljallangan. Shuningdek oxirgi yillarda xDSL ning assimmetrik raqamli abonent liniyasini qurish texnogiyalari ishlab chiqildi, Masalan ADSL (assimetrik raqamli abonent liniyasi) texnologiyasi tarmoqdan abonentgacha bo‘lgan yo‘nalishda axborotni uzatganda 8 mbit/s gacha, abonentdan tarmoqgacha bo‘lgan yo‘nalishda esa 1 mbit/s tezlikni ta’minlaydi, shuningdek Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lishi ham mumkin.

1.1-rasm. Mis aloqa liniyalaridan tortib, hozirgi paytgacha raqamli uzatish tizimlarining tezligini o‘sishi.
VDSL texnologiyasi (Very High - bit rate Digital Subscriber Line) yangi qurilmalar tarkibiga kiradi va kelgusidagi abonent tarmoqlarida qo‘llashga mo‘ljallangan.
xDSL texnologiyasi 70-yillardan boshlab rivojlana bordi, ya'ni bu yillarda VK (Basic Rate), 160 Kbit/s li ISDN qurilmalari ishlab chiqarila boshlagan edi. xDSL texnologiyasining ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining texnologiyalarini tolali optik aloqa tizimida ilk bor sinab ko‘rildi va natijalarga erishildi. Faqat tolali optik aloqa liniyasi orqali «xar bir uyga raqamli telefon» olib kirish mumkin, degan fikr xam bor edi.
xDSL texnologiyasi mavjud mis simli liniyalardan yuqori tezlikli aloqani hosil qilish imkonini beradi. 1.1-rasmda mis kabel liniyasidan axborot uzatish tezligining, ya'ni morze alifbosi (10 bit/s) dan VDSL (52 Mbit/s)gacha o‘ta yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi texnologiyasigacha rivojlanish tarixi ko‘rsatilgan[1].
xDSL texnologiyasi quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • HDSL (High-bit-roto Digital Subscriber Line) tezligi 2048 kbit/s bo‘lgan dupleks aloqani ta’minlaydi.

  • SDSL (Singl Pair Symmetrical Digital Subscriber Line) yuqori chatsotali raqamli abonent liniyalari qurilmasi bo‘lib, signallarni simmetrik xolda uzatishga mo‘ljallangan.

  • ADSL (Asymmetric Digital Subscriber Line) bu texnologiya tarmoqdan abonentga signalni uzatishda 8 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlikni, abonentdan tarmoqga signalni uzatishda esa 1 Mbit/s tezlikni ta’minlaydi, ya'ni signallarni uzatish assimetrik xolda amalga oshadi.

  • VDSL (Very High lit rate Digital Subscriber Line) bu yangi qurilma hisoblanib, kelgusida yuqori tezlikli aloqa tarmoqlarida qo‘llashga mo‘ljallangan.




Download 5,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 5,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. KENG POLOSALI ABONENET KIRISH TARMOQLARI VA ULARNI QURISH USULLARI

Download 5,58 Mb.