• 2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha etkazishni nazarda tutgan holda
  • Reja: Elektron hukumat tarixidan. Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari. Elektron hukumat joriy etishning Janubiy Koreya tajribasi. Tayanch iboralar




    Download 1,27 Mb.
    bet16/16
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #138986
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi

    2020-2021 yillarda barcha sog’liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog’iga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirishni ko’zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to’liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
    2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha etkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish;
    dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish, 2023 yilga kelib, ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga etkazish;
    ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o’qitish markazlarini ochish maqsadida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi”lari tashkil etiladi.
    Raqamli iqtisodiyot davrida huquqiy xavfsizlik darajasini baholashda quyidagi sohalarda huquqiy vaziyatni hisobga olish zarur:
     raqamli iqtisodiyot xalqaro huquqi, uni mamlakatda va xorijda qo’llash amaliyoti;
     raqamli iqtisodiyot milliy huquqi va uni qo’llash amaliyoti;
     raqamli iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish vakolatli organlari ishi;
     raqamli iqtisodiyot davlat va xususiy apparat konstruktsiyalari, jumladan, bulutli servislar arxitekturasi;
     qo’llanadigan raqamli iqtisodiyot mahsulotlari, jumladan, bulutli servislarda;
     raqamli iqtisodiyotda fuqarolar, jamiyat va biznesning raqamli platformalari;
     raqamli iqtisodiyot bo’yicha milliy va mintaqaviy axborot resurslari;
     davlat amaldorlari, olimlar va amaliyotchi mutaxassislar muloqoti ixtisoslashgan forumlari; hozirgi kunda yo’l boshida mamlakatga sanoatchi va tadbikorlar ittifoqi, Evropa biznes assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi yuristlar assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi korporativ yuristlar assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi direktorlar AT kengashi, istisnosiz barcha integral, tarmoq va mintaqaviy tadbirkorlar birlashmalaridan professionallar va ilm-fanning tanqidiy ovozi zarur;
     raqamli iqtisodiyot uchun texnik, huquqiy va boshqaruv ta’lim tizimlari va h.k.
    Download 1,27 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Elektron hukumat tarixidan. Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari. Elektron hukumat joriy etishning Janubiy Koreya tajribasi. Tayanch iboralar

    Download 1,27 Mb.