|
O‘zbekiston
|
bet | 1/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #255628 |
Bog'liq rek. kurs ishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
______________________________________________________
______________________________________________FAKULTETI
______________________________________________YO‘NALISHI
___________ - KURS (BOSQICH) __________ GURUH TALABASI
____________________________________________________NING
________________________________________________FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU : Jahon rekratsion resurslari, ularning turlari va mintaqalar bo‘yivha taqsimlanishi
Bajardi_________________________________
Tekshirdi________________________________
Urganch -2024
Reja
Kirish
I BOB. DUNYONING REKRATSION RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH. 1. 1. Turizm va rekreatsiya tushunchasi. 1.2. Turizm va rekreatsiya turlari va ular bo‘yicha jahon tajribasi .
II BOB. HUDUDIY REKRATSION RESURSLAR, ULARENING TURLARI VA TASNIFI .
2.1. Hududiy rekratsion resurslar turlari.
2.2. Hududiy rekratsion resurs turlariga tavsiflar.
XULOSA .
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI .
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Turizm mamlakatda iqtisodiy o'sish va aholi bandligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan asosiy iqtisodiy faoliyat turidir, chunki u iqtisodiyotning transport, mehmonxona va restoran xizmatlari, savdo, qurilish, iste'mol tovarlari va ko'plab asosiy tarmoqlariga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, turizm O‘zbekistonning dunyoda nufuzini mustahkamlash, qadriyatlarimizni shakllantirish va ko‘p asrlik madaniy almashinuv, tillar xilma-xilligi va bunyodkorlik samarasi bo‘lgan mamlakat jozibadorligini oshirishga hissa qo‘shishning muhim vositasidir. Bundan tashqari, turizm biznes yoki dam olish maqsadida ko'proq sayohat qiladigan fuqarolar hayotining tobora muhim jihatiga aylanib bormoqda. Mamlakatdagi madaniy va tabiiy merosga, shuningdek, an’analar va zamonaviy madaniyatga ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turi sifatida turizm O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va barqaror rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasini 2021-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiq “Turizm-rekreatsion majmua ko‘p tarmoqli kompleks bo‘lgan respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning eng istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlari o‘z ifodasini topadi.Har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirish ko‘p jihatdan turistik xizmatlar ko‘rsatishda salohiyatdan foydalanishga bog‘liq1.
|
| |