1 turizm va transport xizmatlarining bir-biri bilan uzviy bog’liqligi




Download 213,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.06.2024
Hajmi213,89 Kb.
#260388
  1   2   3
Bog'liq
Sadulloyev Abduvohid GUID119



 
1)TURIZM VA TRANSPORT XIZMATLARINING BIR-BIRI BILAN UZVIY 
BOG’LIQLIGI 
 
Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish, uning mazmuni va mamlakat iqtisodiyotning rivojlanishidagi ta’sirini har 
tomonlama o’rgangan chet ellik olimlardan Stephen J. P, Hall C.M, Sorupia E, Meredith, J, May A, Roberts M, Lynam, D., 
Sutch, T, Broughton, J, Lawson, S va boshqalar, Rassiyalik olimlardan Kuskov Aleksey Sergevich, Ovcharov Anton Olegovich, 
Birjakov Mixail Borisovich, Kotelnikova Valeriya Yevgenevna ushbu mavzuni rivojlantirishda salmoqli hissa qo’shganlar. 
Stefen Peyjning ta’kidlashicha, transport infratuzilmasining asosiy vazifasi turistik oqimlarning erkin harakatlanishi 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat [3]. 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning fikricha “Transport turizmning asosiy omili bo'lib, turistlarni o'z 
joyidan ko'chirishda va turli diqqatga sazovor joylarga borishini ta’minlab, turizm bozorida hudud va sayohat manzilgohlarida 
ichki harakatini osonlashtirish va bog’lash vazifasini o’taydi. 
Rus olimi Kuskov Aleksey Sergevichning so'zlariga ko'ra “transport infratuzilmasi transport kompleksining asosini 
tashkil qiladi va yuk va yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan haqiqiy transport tarmog'ini, shuningdek, transport 
vositalari va doimiy qurilmalardan samarali foydalanishni ta'minlaydigan tashkiliy tuzilmani ifodalaydi [5]. 
Ovcharov Anton Olegovichning fikriga ko'ra, transport infratuzilmasi ba'zi hollarda turistik va ekskursiya xizmatlarini 
ko'rsatadigan turistik faoliyatning mustaqil sub'ekti bo'lishi mumkin. Transport bilan ta'minlash turistik mahsulotni tashkil 
etuvchi asosiy xizmatlarning bir qismi bo'lib, transport korxonalari turizm industriyasini tashkil etuvchi o'ziga xos turistik 
korxonalar sifatida qaraladi. 
Birjakov Mixail Borisovich o’zining “turizm industriyasi” kitobida Transport turizm biznesining mohiyati yoki muhim 
tarkibiy qismi bo'lib, transport vositalari nafaqat turistlar va sayohatchilar, shuningdek ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga 
tashishga xizmat qilishi, balki koʻngilochar, sport, muzey kolleksiyalari predmeti, modellashtirish, savdo vositasi boʻlishi ham 
mumkin . 

Download 213,89 Kb.
  1   2   3




Download 213,89 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 turizm va transport xizmatlarining bir-biri bilan uzviy bog’liqligi

Download 213,89 Kb.
Pdf ko'rish