1 turizm va transport xizmatlarining bir-biri bilan uzviy bog’liqligi




Download 27,8 Kb.
bet1/3
Sana05.06.2024
Hajmi27,8 Kb.
#260387
  1   2   3
Bog'liq
IQTISODIYOT VA TURIZM №2-87-91













1)TURIZM VA TRANSPORT XIZMATLARINING BIR-BIRI BILAN UZVIY
BOG’LIQLIGI

Turizmda transport xizmatlarini tashkil etish, uning mazmuni va mamlakat iqtisodiyotning rivojlanishidagi ta’sirini har tomonlama o’rgangan chet ellik olimlardan Stephen J. P, Hall C.M, Sorupia E, Meredith, J, May A, Roberts M, Lynam, D., Sutch, T, Broughton, J, Lawson, S va boshqalar, Rassiyalik olimlardan Kuskov Aleksey Sergevich, Ovcharov Anton Olegovich, Birjakov Mixail Borisovich, Kotelnikova Valeriya Yevgenevna ushbu mavzuni rivojlantirishda salmoqli hissa qo’shganlar.


Stefen Peyjning ta’kidlashicha, transport infratuzilmasining asosiy vazifasi turistik oqimlarning erkin harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat [3].
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning fikricha “Transport turizmning asosiy omili bo'lib, turistlarni o'z joyidan ko'chirishda va turli diqqatga sazovor joylarga borishini ta’minlab, turizm bozorida hudud va sayohat manzilgohlarida ichki harakatini osonlashtirish va bog’lash vazifasini o’taydi.
Rus olimi Kuskov Aleksey Sergevichning so'zlariga ko'ra “transport infratuzilmasi transport kompleksining asosini tashkil qiladi va yuk va yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan haqiqiy transport tarmog'ini, shuningdek, transport vositalari va doimiy qurilmalardan samarali foydalanishni ta'minlaydigan tashkiliy tuzilmani ifodalaydi [5].
Ovcharov Anton Olegovichning fikriga ko'ra, transport infratuzilmasi ba'zi hollarda turistik va ekskursiya xizmatlarini ko'rsatadigan turistik faoliyatning mustaqil sub'ekti bo'lishi mumkin. Transport bilan ta'minlash turistik mahsulotni tashkil etuvchi asosiy xizmatlarning bir qismi bo'lib, transport korxonalari turizm industriyasini tashkil etuvchi o'ziga xos turistik korxonalar sifatida qaraladi.
Birjakov Mixail Borisovich o’zining “turizm industriyasi” kitobida Transport turizm biznesining mohiyati yoki muhim tarkibiy qismi bo'lib, transport vositalari nafaqat turistlar va sayohatchilar, shuningdek ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga tashishga xizmat qilishi, balki koʻngilochar, sport, muzey kolleksiyalari predmeti, modellashtirish, savdo vositasi boʻlishi ham mumkin .


Download 27,8 Kb.
  1   2   3




Download 27,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 turizm va transport xizmatlarining bir-biri bilan uzviy bog’liqligi

Download 27,8 Kb.