Reja: Muzey kolleksiyasi




Download 61,41 Kb.
bet1/7
Sana25.01.2024
Hajmi61,41 Kb.
#145449
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muzey kolleksiyasi




Mirzo Ulugbek Nomidagi Uzbekiston Milliy Universetining Tarix fakuteti Arxivshunoslik 3 kurs sirtqi yo’nalishi talabasi Nabiyev Xalidning Muzey kolleksiyasi mavzusida tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI



Reja:

  1. Muzey kolleksiyasi 

2. Sharq Davlat muzeyi kolleksiyasi


3. O‘zbekiston Amaliy San’at Va Hunarmandchilik Tarixi Davlat Muzeyi Do‘ppilar Kolleksiyasi
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish


Muzey kolleksiyasi — o‘z kelib chiqish xususiyati yoki shaklan yaqinligi tufayli yoxud boshqa belgilari bo‘yicha birlashtirilgandagina muzey ashyosi xususiyatiga ega bo‘ladigan madaniy boyliklar majmui hisoblanadi.
Hozirgi davrda muzeylar turizm sohasining yetakchi tarmog‘iga aylanib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizda 150 ta muzey faoliyat yuritib kelmoqda, shundan 49 tasi asosiy muzeylar (ulardan 6 tasi muzey-qo‘riqxonalar) va 78 tasi filiallar, shuningdek, 16 tasi idoraviy va 7 ta nodavlat muzeylar hisoblanadi. Respublika muzeylari fondlarida jami 2,5 mlndan ortiq yurtimiz tarixi bilan bog‘liq noyob muzey ashyolari va kolleksiyalari mavjud.
So‘nggi yillarda muzeylar sohasini rivojlantirishda asosiy e’tibor sohaga axborot texnologiyalarni faol tadbiq qilish, raqamlashtirish ishlariga qaratilmoqda. Hozirgi kunga qadar Milliy muzey fondining davlat katalogiga davlat muzey va muzey-qo‘riqxona hamda uy-muzeylaridan jami 1,2 mlnga yaqin muzey ashyolari kiritilgan.
Muzeylarga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish maqsadida davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi "Ochiq eshiklar kuni" deb e’lon qilindi va tashrif buyuruvchilarga bepul etib belgilandi. Shuningdek, haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi, deb belgilab qo‘yilgan.
2022-yilda O‘quvchi va talabalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va boshqa fuqarolarning muzeylar va mamlakatimizning tarixiy manzilgohlariga tashriflarini tashkil etish maqsadida “Moziyga sayohat” dasturi ishlab chiqildi.
Dastur doirasida o‘tgan davr mobaynida (2022-yil avgust – 2023-yil aprel) jami 800 586 nafar aholining muzeylarga qo‘shimcha tashrifi tashkil etildi. 

Download 61,41 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 61,41 Kb.