|
O‘zbekiston Amaliy San’at Va Hunarmandchilik Tarixi Davlat Muzeyi Do‘ppilar Kolleksiyasi
|
bet | 3/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 61,41 Kb. | | #145449 |
Bog'liq Muzey kolleksiyasiO‘zbekiston Amaliy San’at Va Hunarmandchilik Tarixi Davlat Muzeyi Do‘ppilar Kolleksiyasi
O‘zbek xalqi o‘zining qadimiy amaliy san’ati bilan jahonga mashhurdir. Turli buyumlar yasash, yaratish va tikish san’ati xalqimizning eng qadimiy ijodlaridan hisoblanadi. Ana shunday badiiy hunarmandchilik namunalari me’moriy yodgorliklar, ganch o‘ymakorligi, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdo‘zlik, ipak va ip gazlamachiligi, zardo‘zlik, kashtachilik kabi ko‘plab amaliy san’at turlarida o‘z namunalarini saqlab qolgan. Hozirgi kunda yuksak san’at darajasiga ko‘tarilgan amaliy san’at asarlarining qadimiy va yorqin namunalari respulikamiz muzeylarida saqlanib kelinmoqda.
1998- yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risda”gi farmonda “O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalq ma’naviy axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, O‘zbek xalqi o‘zining qadimiy amaliy san’ati bilan jahonga mashhurdir. Turli buyumlar yasash, yaratish va tikish san’ati xalqimizning eng qadimiy ijodlaridan hisoblanadi. Ana shunday badiiy hunarmandchilik namunalari me’moriy yodgorliklar, ganch o‘ymakorligi, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdo‘zlik, ipak va ip gazlamachiligi, zardo‘zlik, kashtachilik kabi ko‘plab amaliy san’at turlarida o‘z namunalarini saqlab qolgan. Hozirgi kunda yuksak san’at darajasiga ko‘tarilgan amaliy san’at asarlarining qadimiy va yorqin namunalari respulikamiz muzeylarida saqlanib kelinmoqda.
1998- yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risda”gi farmonda “O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalq ma’naviy axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, turining uzoq rivojlanish yo‘lidan dalolat beradi. Do‘ppilarga o‘xshash bosh kiyimlar qadimdan mavjud bo‘lganligi haqida bilvosita haykaltaroshlik na’munalari, devoriy suratlar, terakota haykalchalari hamda sharq miniatyuralaridan bilish mumkin. Do‘ppilar dastlab konussimon qilib tikilgan va ularni salla ostidan kiyishgan. 1920- yillardan boshlab do‘ppilar rang-barang bo‘lib, ularning shakllari o‘zgaradi: uchli, konussimonroq, yumaloq, to‘rtburchakli va hokazo. Ular yuqori yoki past devorlarga ega, to‘qilgan yoki ipak, baxmal va boshqa matolardan tikilgan hoshiyalar bilan bezatilgan.
Muzey kolleksiyasida saqlanayotgan do‘ppilar orasida XIX-XX asrlarga oid ilg‘or ustalar tomonidan tikilgan Farg‘ona, Toshkent, Namangan, Shahrisabz, Buxoro, Boysun kabi barcha maktablarga oid ajoyib namunalarni ko‘rishimiz mumkin.
1960-yilda “iroqi” choklar bilan tikilgan Shahrisabz do‘ppisi muzey ekspozitsiyasidan o‘rin egallagan. Ushbu yumshoq turdagi do‘ppining yuqori qismi konussimon shaklda bo‘lib, naqshlari qizil, pushti va yashil rangdagi o‘simlik va geometrik shakllardan iborat. Do‘ppining pastki qismiga naqshli ingichka jiyak tasma tikilgan. Bu turdagi “iroqi” do‘ppi Shahrisabzda keng urf bo‘lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlangan. Do‘ppining bu turida matoga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chokda tikiladi. Iroqi do‘ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob do‘ppido‘zlari tomonidan tayyorlanadi. Shahrisabzning “iroqi” chokda tikilgan do‘ppilari kolleksiyalari muzey fondida ham mavjud bo‘lib, ular “Laylo” do‘ppilari deb ataladi4 . Muzeydagi saqlanayotgan nodir kolleksiyalar qatorida eng yirik va noyobligi jihatidan Toshkent va Marg‘ilon “iroqi” nusxa do‘ppilari san’at ixlosmandlari diqqatini jalb qilib kelmoqda.
XX asr Marg‘ilon noyob do‘ppilari “iroqi” chok yordamida qo‘lda tikilgan. Och feruza rangli fonda gullar, o‘simliklar, geometrik shaklli naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlarning umumiy ko‘rinishi gulzorni eslatadi. Markazdan qora chiziqlar bilan to‘rt sektorga ajratilgan. Pastki qismiga 1,5 sm enlikdagi qora baxmal tasmali jiyak bilan hoshiyalangan. Bundan tashqari, muzey nozik kompozitsiyali Andijon do‘ppilarini namoyish etadi. Bu do‘ppilarda baxmalga biser, piston va nozik munchoqlar yordamida ishlov berilgan.
1950-yilda tikilgan to‘q qizil asosdagi do‘ppiga, oq munchoqlar bilan bezak berilgan. Naqshlari gullar tasvirini hosil qilgan. Badiiy jihatdan juda chiroyli ranglari ham yorqin va yarqiroq bo‘lib, oq rangidagi munchoqli to‘pgullar do‘ppini yanada jilolantirib turgan. Gardishi to‘q qora rangdagi baxmal bilan aylantirib tikib chiqilgan. Do‘ppido‘zlikda yana bir mahalliy guruh - Chust do‘ppilari alohida o‘ringa ega. “Tus do‘ppi” yaʼni Chust do‘ppilarining birgina klassik variantining o‘zida sakkizta yuvelir chok uslubi qo‘llaniladi: zanjira, to‘g‘ri chok, chita, kungura, yetalatma, taroq, ova, pildiroqlar asosiy tikish choklari hisoblanadi5 . Muzeyda namoyish etilayotgan do‘ppilar qatorida 1960-1980-yillarda qo‘l mehnati yordamida tiklilgan Chust do‘ppilari mavjud. Ushbu do‘ppilarga qora fonda oq ipak bilan bosma chokda tikilgan. Naqshlari qalampir va bodomnusxalarida tikilgan. Pastki qismi gir aylana qilib qora rangli tasma bilan qoplangan. Qalampirsifat va bodomnusxa naqshlarning o‘z ma’nolari bor. Qalampirsifat naqsh balo qazolardan asrash ma’nosini anglatsa, bodom shakldagi naqsh turi farzandi bor degan ma’noni anglatadi. Bodomnusxa naqsh oldidagi dumaloq belgilar orqali nechta farzandi borligini aniqlash mumkin bo‘lgan. Kichik shakl go‘dak yotadigan beshik. Ustidagi nuqta go‘dak yotadigan beshikka nur sochayotgan manbadir. Katta shakl ham beshik. Lekin u bu dunyoni tark etayotgan kishining belgisidir. Ichkaridagi nuqta vafot etgan kishining so‘nayotgan nurini anglatadi. Olam kengayadi va torayadi, tug‘ilish bir ekan o‘lim ham bordir
Bosh kiyimini teng qismlarga ajratadigan to‘rtta qismi, insonni dunyoning turli burchaklaridan keluvchi yovuz kuchlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Do‘ppi asosidagi qora rang bo‘shliq va zulmatni anglatadi. Bosh kiyimning pastki qismidagi mehrob ko‘rinishiga ega o‘n oltita element hayot va o‘limning davriylik xarakterini anglatadi. Afsonaga ko‘ra, bu elementlar boylikni jalb qiladi va hayotiy g‘ayratni ta’minlaydi7 .
Chust va Marg‘ilon do‘ppilari yurtimizdagina emas, chet ellarda ham yuksak sanʼat asari sifatida qadrlanadi. Boysun do‘ppilari ham muzeyda mavjud bo‘lib, boshqa viloyat do‘ppilaridan farqlanib turadi. Muzeyda saqlanayotgan Boysun erkaklar do‘ppisi 1960-yilda tikilgan. Uning shakli bir qarashda qovurg‘a ko‘rinishini eslatadi. Uchki qismi konussimon tugallangan. Do‘ppini tikishda sariq, yshil, oq kabi bir necha ranglar birlashmasidan foydalanilgan.
Yuqoridan qaraganda, do‘ppi markazida sakkiz qirrali yulduz tasviri ko‘zga tashlanadi. Umumiy olganda, do‘ppida geometrik shakllar yaqqol namoyon bo‘ladi. Hozirgi kungacha bunday do‘ppilarning zamonaviylashgan turlari mavjud. Buxoroning zardo‘zi do‘ppilari ham muzeyning noyob kolleksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu do‘ppilar asosan 1940-1960- yillarga tegishli. Buxoro do‘ppilariga zar iplar bilan ishlov berilgan. Kolleksiyada kelinlar, yosh qizlarning hamda og‘il bolalarning do‘ppilarini uchratamiz. Ularning farqi do‘ppidagi manjetda ya’ni do‘ppi aylanasidagi chiziqlarda. Qora chiziqli do‘ppilarni erkaklar kiyishgan. Pastki qismiga geometrik naqshli tasma tikilgan bo‘lib, u kompozitsiyani yakunlagan.
Muzeydagi do‘ppilar ko‘rinishi, naqsh uslublari, badiiy ramzlar uyg‘unligi bilan bir-biridan farq qiladi. Har bir viloyat do‘ppilarining tayyorlanishida shu joyning tabiiy sharoiti, atrof-muhit, aholi turmush tarzi va mahalliy an’analarning tarixiy rivojlanishi, umumiy madaniyatining rivojlanishi kata ta’sir ko‘rsatgan. Masalan muzeydagi Surxondaryo va Qashqadaryo (ayniqsa Boysun) dumaloq, qubbasimon ko‘rinishdagi do‘ppilar, yorqin bir-biridan farq qiladigan iplar bilan tikilgan bo‘lsa, Buxoro do‘ppilari ko‘proq zar iplar bilan tikilgan.
“Temuriylar tarixi davlat muzeyi kolleksiyasi”
Temuriylar tarixi davlat muzeyi o‘zbek xalqining davlatchilik tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Amir Temur va Temuriylar davri tarixini, moddiy va ma’naviy yodgorliklarini ilmiy-amaliy asosda o‘rganib, ekspozitsiyada keng jamoatchilikka namoyish etuvchi, komil insonni tarbiyalovchi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy maskandir. Uning fondlarida O‘zbekiston tarixini, Amir Temur va Temuriylar davri tarixini aks ettiruvchi 5 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi. Muzey noyob eksponatlarining salmoqli qismi tangalardan iboratdir.
Muzey fondiga dastlabki tangalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi muzey va ilmiy muassasalari fondidan Amir Temur va temuriylar davriga oid eksponatlarni Temuriylar tarixi davlat muzeyiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 259-son Qaroriga asosan kelib tushgan. Ushbu qarorga asosan muzeyga jami 720 ta eksponat o‘tkazilgan bo‘lib, undan 260 tasi tangalar bo‘lgan. Bular Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi Davlat muzeyidan 188 ta, O‘zR FA arxeologiya institutidan 12 ta, Surxondaryo viloyatidagi o‘lkashunoslik muzeyidan 35 ta, Andijon viloti o‘lkashunoslik muzeyidan 10 ta, Qo‘qon viloyati o‘lkashunoslik muzeyidan 3 ta, S.Borodin uy-muzeyidan 12 ta tanga. Amir Temur va Temuriylar davriga oid ana shu tangalar asosida muzey fondida numizmatika kolleksiyasi shakllandi. Keyinchalik muzey olimlarining arxeologik qazishmalari natijasida va turli tashkilotlar, jonkuyar fuqorolar tomonidan taqdim etib kelinayotgan turli davr tangalari hisobiga kolleksiya yanada boyib kelmoqda.
“Metropoliten” muzeyi
“Metropoliten” san’at muzeyi dunyodagi eng yirik muzeylardan biri bo‘lib, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha reytinglarda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 2018-yildan beri muzeyga bepul kirish huquqi faqat u joylashgan hudud aholisi – nyu-yorkliklar uchun saqlanib qolgan, qolgan tashrif buyuruvchilar uchun 25 dollarlik badal joriy qilingan. “Daryo” bugun sizni ushbu muzey bilan tanishtiradi.
|
| |