|
Reja: Muzey kolleksiyasi
|
bet | 2/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 61,41 Kb. | | #145449 |
Bog'liq Muzey kolleksiyasiShundan:
- 81 260 nafari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- 113 366 nafari davlat tashkilotlari va muassasalari xodimlari;
- 605 960 nafari esa o‘quvchi va talaba yoshlarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, tashriflar sonini oshirish maqsadida o‘tgan davr mobaynida muzeylarda 200 dan ortiq "Muzeyda tun", "Open Air Fest" kabi ko‘ngilochar dasturlar, konsert tomoshalari tashkil qilindi.
Imkoniyati cheklangan shaxslar, maktab yoshidagi bolalar, keksa tashrif buyuruvchilar va ularga hamrohlik qiladigan shaxslarning muzeylarga tashrif buyurishlari uchun inklyuziv shart-sharoitlar yaratish maqsadida,
47 ta muzeyda pandus yo‘lakchalari, 7 ta muzeyda ko‘tarilish vositalari (lift) o‘rnatilgan va 30 ga yaqin muzeylarda audiogidlar tashkil etilgan.
2022-2023-yillarda respublikadagi davlat muzeylari tomonidan 400 dan ortiq ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etilgan.
Biroq, olis va chekka hududlarda muzey fondlarida saqlanayotgan noyob muzey ashyolari va kolleksiyalarining ko‘chma ko‘rgazmalarini tashkil etish uchun xavfsiz va maqbul joyning yo‘qligi, ashyolarni xavfsiz tashish uchun maxsus transport vositalari mavjud emasligi asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Muzeylarni aholiga yaqinlashtirish, olis va chekka hududlarda ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish choralarini kuchaytirish maqsadida bu boradagi muammo yechimi bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Xususan, muzey ashyolarini xavfsiz tashish uchun 9 ta maxsus transport vositalari bilan ta’minlandi.
Davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan, mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini xarid qilish uchun "Milliy merosga mening hissam!" umumxalq aksiyasi tashkil etilib kelinmoqda. Aksiya doirasida har yili davlat budjetidan 3 mlrd so‘mdan hamda hududlardagi tegishli davlat muzeylariga mahalliy byudjetdan 500 mln so‘mdan mablag‘ ajratib borilishi belgilandi.
Aksiya doirasida bugungi kunga qadar aholidan jami 3 811 ta ashyo va buyumlar to‘plandi. Shundan, 3 400 ta ashyo va buyumlar aholi tomonidan muzeylarga beg‘araz topshirildi.
147 ta ashyo 7,5 mlrd so‘m miqdorda baholandi va ularni respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan xarid qilish bo‘yicha Badiiy ekspertlar kengashi qarori qabul qilindi.
Har qanday muzeyning arxeologiya fondi kattaligi va sifati mazkur muzey joylashgan mintaqaning qay darajada o‘rganilganligi hamda muzeyning o‘zi qadimgi yodgorliklari qazib olishda ishtirok etishi darajasiga bog‘liqdir.
Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyining arxeologiya kolleksiyasi ush¬bu muzeyning butun hayoti davomida shakllanib kelgan. 1899 yildagi ekspo¬zitsiya¬ning ochilishi vaqtida Farg‘ona tarixi arxeologlar uchun deyarli oppoq dog‘ kabi edi. Mintaqani faol o‘rganish faqatgina XX asrning o‘ttizinchi yillarida boshlandi. Mazkur munosabat bilan arxeologiya kolleksiyasiga ko‘proq namunalar kelib tusha boshladi. SHu davrgacha muzeyga kelib tushuvchi arxeologiya namunalari havaskor-o‘lkashunoslar tomonidan topshirilgan taso¬difiy topilmalar edi. Bundan tashqari, 1928 yilda tomoshabinlar e’tiboriga yuqori san’at bilan ishlangan mis ashyolar hamda O‘zgandagi XII asr maqbaralari bezagining sopol qismlari taqdim etilsa-da, muzey fondida faqatgina 108 dona arxeologiya namunalari saqlanar edi.
1939-40 yillarda Katta, Janubiy va SHimoliy Farg‘ona kanallarining ulkan qurilishi jarayonida arxeologik nazorat uyushtirildi. Mazkur ekspeditsiya bosh qarorgohi Farg‘ona muzeyi binosida joylashgan edi. SHu munosabat bilan qurulish vaqtida topilgan o‘nlab arxeologiya namunalari muzey kolleksiyasiga topshirildi. Ular orasida Tolmozordan topilgan eramizgacha birinchi asrlarga mansub sopol idishlar noyob qiymatga ega. 1950-52 yillarda muzeyga Borkorbaz mozori, Quva shahristonidagi kichik shurf hamda Mug‘posho joyida topilgan ashyolar kelib tushadi. Bularning hammasi Pomir-Farg‘ona umumiy arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan taqdim etilgan. Muzey kolleksiyasi nisbatan yaxshilandi, ammo arxeologik buyumlar soni hali ham ko‘p emas edi.
Burulish davri 1953 yildan, muzey xodimlari mustaqil qazilmalarni boshlaganlaridan so‘ng boshlandi. N. G. Gorbunova va B. Z. Gamburg kabi arxeo loglar har yili eramizgacha VI-VII asrlarga oid obidalarda qazilmalar va izla nishlar olib bordilar. 1953 yildan 1956 yilgacha bo‘lgan to‘rt yilning o‘zidayoq muzeyning arxeologiya kolleksiyasi 2,5 ming buyumga ko‘paydi. Oqtom, So‘fon, Qo‘ng‘ay va boshqa mozorlardan topilgan ashyolar erta temir davriga oid Farg‘ona arxeologik madaniyatini ajratib olishga yordam berdi. So‘nggi bronza davriga oid mozorlarni qazib olish jarayonida noyob ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Mazkur davrdan boshlab, xozirgi kungacha Farg‘ona viloyati o‘lka-shunoslik muzeyi viloyat va butun vodiy miqyosida olib borilayotgan arxeo¬logik tadqiqotlarda ishtirok etmoqda.
1962 yildan 1986 yilgacha Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyi Dav lat Ermitaji (Rossiya) bilan hamkorlikda bir qator ekspeditsiyalar olib bordi. Xozirgi paytda muzey O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Arxeo logiya instituti bilan hamkorlik qilmoqda, ammo fondlarga tushuvchi buyumlar ning asosiy qismi muzey xodimlarining turli obidalarda olib boruvchi musta qil qazilmalari hisobigadir. Mazkur ishlar orasida alohida o‘ringa doimiy ra vishda viloyatdagi eng katta shahriston bo‘lmish Quvada olib boriluvchi izlanish lar turadi.
Bugungi kunda Farg‘ona muzeyining arxeologiya kolleksiyasida 11 ming dan ortiq buyumlar saqlanmoqda. Ularning davriy bo‘linishi Farg‘onaning tosh asridan boshlab to rivojlangan o‘rta asrlarga qadar bo‘lgan tarixi haqida etarli darajada ma’lumot beradi. Buyumlar orasida yuqori san’at bilan ishlangan va tarixiy ahamiyatga ega namunalar mavjud bo‘lib, ular nafaqat Farg‘onaning qadimgi tarixi haqida etarli darajadagi to‘liq ekspozitsiyani tashkil etishga imkoniyat yaratdi, balki olimlar ishi uchun ham bebaho manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Sharq Davlat muzeyi kolleksiyasi
O‘zbekiston zargarlik sanʼati asarlari Sharq davlat muzeyida 200 dan ortiq saqlov birligi orqali namoyish etilgan.
Ular orasida anʼanaviy bezakning to‘rtta mahalliy majmuasi – Toshkent–Samarqand, Buxoro, Xiva va Qoraqalpog‘iston to‘plamlari ajralib turadi. Ushbu to‘plamlar asosan Sharq Davlat Muzeyiga hadya qilingan shaxsiy kolleksiyalardan tashkil topgan.
Har bir mintaqada taqinchoqlarni bezatishning o‘z usullari odatga kirgan bo‘lib, zargarlar u yoki bu ashyoni afzal ko‘rganlar. Masalan, Buxoro zargarlari qimmatbaho toshlarni – turmalin, laʼl, yoqut, berill, feruza, daryo marvaridlarini afzal ko‘rganlar. Toshkent zargarlari XX asrning boshlarida rangli shishalar qadalgan go‘zal shakldagi zeb-ziynat buyumlarining butun boshli to‘plamini ishlab chiqqanlar, tillaqosh, oynador ziraklar, gajak, anor shaklidagi katta toshli bashang zebigardon, bilaguzuk, bozuband tumorlari va salmoqli qo‘shtumorlar ana shular jumlasiga kiradi.Muzey kolleksiyasida Toshkentda yashab o‘tgan ayolning butun boshli to‘y bezaklari to‘plami, uning bir necha turlarini ham ko‘rish mumkin.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston zargarlik buyumlari jaxon to‘plamlarida" kitob-albomida ( XLV jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
|
| |