14-Mavzu: O‘rgatuvchi dasturlar va ularning yaratish texnologiyasi




Download 250.91 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi250.91 Kb.
#74856
  1   2
Bog'liq
14-mavzu
8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

14-Mavzu:O‘rgatuvchi dasturlar va ularning yaratish texnologiyasi.
Elektron darslik bu mavjud oʻquv qoʻllanma, darsliknining undan foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus dasturiy vositalar yordamida ixcham holatga keltirilgan maʻlumotlar toʻplamidan iborat. Elektron darslik tayyorlashda taqdim etilayotgan maʻlumotlar undan foydalanuvchilarga
qulay, qiziqarli va kerakli boʻlishligi ahamiyatlidir. Hozirgi kunda elektron darsliklarni bir necha xil tayyorlash usullari mavjud. Koʻpchilik holatlarda tayyorlanayotgan elektron darslik maʻlumotlari dastlab HTML sahifalari koʻrinishiga oʻtkaziladi. HTML tili imkoniyatlaridan foydalanib ham elektron darslik tayyorlash mumkin. Bu sohaning hozirda imkoniyatlari kengaygan. HTML sahifalari tayyorlovchi va ularga bezak berish imkonini beruvchi maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlarga misol sifatida Microsoft FrontPage, Dreamweaver dasturlarini keltirish mumkin. Bu dasturiy vositalar yordamida osonlik bilan elektron darsliklar tayyorlash va tahrirlash imkoniyatlari mavjud. Lekin bularda maʻlumotlar .html yoki .htm kengaytmali koʻrinishda saqlanadi va elektron darslik tarkibidagi maʻlumotlar koʻp boʻladigan boʻlsa uni maʻlumot tashuvchi kompyuter qurilma (fleshka) larga koʻchirish yoki koʻchirib olish koʻp vaqt talab etadi. Bu esa doim ham hushlanavermaydi. Anashu holatlardan qochish uchun maxsus dasturiy vositalar ishlab chiqilgan boʻlib, ular yordamida mavjud HTML tilida tayyorlangan elektron darsliklarni osonlik bilan exe yoki chm kengaytmali fayllar holatiga keltirish mumkin. Bunday elektron darsliklar foydalanishga qulayligi va yuqoridagi kamchliklardan holiligi bilan oddiy HTML maʻlumotlar toʻplamidan iborat boʻlgan elektron darsliklardan afzal hisoblanadi. Bu elektron darslikning afzalligi uning hajmini oddiy HTML hujjatlari papkasidan iborat elektron darslik hajmidan kichikligidir. Bunday elektron darsliklarni koʻchirish yoki koʻchirib olish oson va qisqa vaqt talab etadi. Butun bir-biriga bogʻlangan HTML maʻlumotlar bitta exe yoki chm fayli holatiga keltiriladi. Bunday elektron darslik tayyorlovchi dasturlar orasida SbookBuilder va htm2chmdasturlari oʻziga xos mavqega ega. Quyida anashu dasturlar imkoniyalari bilan tanishib chiqamiz.
SbookBuilder dasturi yordamida elektron darsliklar tayyorlash.
Hozirda vaqtda bir necha xil elektron darslik tayyorlash imkonini beruvchi dasturlar mavjud. Oddiy HTML koʻrinishida elektron darslikni biror bir matn muharrida ham tayyorlash mumkin (misol uchun, HTML sahifalarni Notepad matn muharrida tayyorlash uchun HTML kodlarini matn muharriga
yozib saqlashda .htm yoki .html kengaytma berish kifoya ) yoki maxsus HTML maʻlumotlar tayyorlashga moʻljallangan Microsoft FrontPage, Dreamweaver kabi dasturlari yordamida ham tayyorlash mumkin. Lekin .chm yoki .exe kengaytmali faylllar oʻzining yaxlitligi va oson nusxasini koʻchirib olinishi bilan oddiy HTML sahifalar toʻplamidan iborat elektron darsliklardan afzal hisoblanadi.
Ushbu dastur bepul tarqatiluvchi dasturlardan biri boʻlib osonlik bilan elektron darsliklar tayyorlashga juda qulaydir. Ushbu dasturni global tarmoqning ushbu http://jansfreeware.com manzilidan koʻchirib olish mumkin.Dastur hech qanday oʻrnatilishni talab qilmaydi. Ushbu dastur mavjud HTML sahifalarini .exe fayl koʻrinishidagi elektron darslik holatiga keltiradi. Yaʻni bu dasturda avvaldan tayyorlab olingan bir-biriga bogʻliq HTML sahifalar koʻrinishidagi maʻlumotlarni yaxlit bir .exe fayl koʻrinishiga keltiradi. Uni ishga tushirish uchun SbookBuilder.exe fayli ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosamiz va natijada


4.5.1.- rasm. SbookBuilder dasturi oynasi Ushbu dastur bilan ishlash oynasi ochiladi



4.5.2.- rasm. SbookBuilder dasturi ishchi oynasi
Bu dastur juda sodda tuzilmaga ega. Uning quyidagi boshqarish maydonlari mavjud:

  1. Select folder – bu maydonda HTML maʻlumotlari joylashgan papka tanlanadi. Quyidagi rasmlda Qoʻllanma nomli papka tanlangan uni tarkibidagi maʻlumotlar Files boʻlimida koʻrsatilgan.



4.5.3.- rasm. SbookBuilder dasturida yaratilgan mahsulotni saqlash


oynasi

  1. Select homepage – maydon yordamida bosh sahifa tanlanadi. Bosh sahifa shunday boʻlishi kerakki boshqa sahifalar u bilan bogʻlangan boʻlish lozim.


4.5.4.- rasm. SbookBuilderda yaratilgan mahsulotni yuklash
oynasi

  1. Enter title – bu maydonda elektron darslikka sarlavha yoziladi

4.5.5.- rasm. SbookBuilder dasturida sarlavha va parol yozish oynasi



  1. Enter password – agar maʻlimotimizni boshqalardan himoyalamoqchi boʻlsak bu maydonda elektron darslikka parol qoʻyish orqali muammodan qutulamiz.

  2. Select icon – bu maydon yordamida darslik ikonkasini tanlashimiz mumkin. Buning uchun .ico kengaytmali rasm fayl boʻlishi kerak.


4.5.6.- rasm. SbookBuilder dasturi Select icon oynasi

  1. Allow printing – bu maydon yordamida darslikning faol turgan qismini printerda chop qilish mumkin.



  1. Show toolbar – bu boʻlim imkoniyati yordamida SbookBuilder dasturiningmaxsus uskunalar paneli tayyorlanayongan elektron darslikda joylashish yoki joylashtirmaslikni sozlash mumkin.



  1. Create ebook – bu maydonda tayyorlangan darslik qaysi joyga va qaysi nom bilan saqlanishligi koʻrsatilib Сохранить tugmasi bosiladi natijada avtomatik tarzda koʻrsatilgan nomdagi .exe kengaytmali mashgʻulotligimiz tayyor boʻladi.



4.5.7.- rasm. SbookBuilder dasturida saqlash oynasi


Quyidagi rasmda saqlangan keyin avtomatik ishga tushgan oyna tayyorlandan fayl va uni umumiy papkani necha foiz siqilgandagi oʻlchami koʻrsatilgan.



Quyidagi keltirilgan ikkita rasmda SbookBuilder dasturining 6- va 7- maydon-larida taʻkid qoʻyilgan va qoʻyilmagan holatda tayyorlangan koʻrinishlari keltirilgan.


4.5.8.- rasm. SbookBuilder dasturida tayyorlangan electron darslik


naijaviy oynasi
HTML to Chm dasturi yordamida elektron darslik tayyorlash

Download 250.91 Kb.
  1   2




Download 250.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14-Mavzu: O‘rgatuvchi dasturlar va ularning yaratish texnologiyasi

Download 250.91 Kb.