Rekreatsion turizm tizimi




Download 1,35 Mb.
bet3/12
Sana28.05.2024
Hajmi1,35 Mb.
#255628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
rek. kurs ishi

Rekreatsion turizm tizimi. Rekreatsion turizm ko'plab qiyinchiliklarga duch kelganligi sababli, uning tashkil etilishi turli xil tadbirlar bilan ham bog'liq. Dam olish turizmini tashkil qilish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi. dam olish yo'nalishini tanlash va uning salohiyati va resurslarini baholash; marshrutni ishlab chiqish; zarur va ularni etkazib beruvchilar ro'yxatini tuzish; ekskursiyada mumkin bo'lgan qo'shimcha mahsulotlar va xizmatlar ro'yxatini tuzish.
Zamonaviy turizm sanoati – iqtisodiyotning eng eng rivojlanayotgan va serdaromad tarmoqlaridan biridir. Uning hissasiga dunyodagi yalpi daromadning qariyb 10 foizi to`g`ri keladi. Dunyo miqyosida turizmning o`sish tempi yiliga 4-5 foizga ortmoqda. O`zbekistonning tarixi va madaniyati nihoyatda boy va turizm tarmog`ining rivojlanishi uchun yuqori salohiyatga ega. Hudud “Buyuk Ipak yo`li”da joylashganligi bois, tarixda savdo va madaniy aloqalar markazi sifatida dunyo mamlakatlari ichida shuhrat qozongan. Respublika hududida 4000 ga yaqin arxitektura yodgorliklari bo`lib, ularning ba`zilari 2500 yillik uzoq tarixdan guvohlik beradi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy obidalar dunyo tarixchilari va sayyohlarining doimo diqqat markazida bo`lib kelgan. Bu shaharlar nafaqat, o`zlarining yodgorliklari, masjidlari, madrasalari, maqbaralari bilan, balki, bu hududlarda Al Xorazmiy, Al Beruniy, Ibn Sino, At Termiziy, Amir Temur, Ulug`bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk o`zbek olimlari yashab ijod qilganligi bois ham mashhurdir. O`tgan mustaqillik davri mobaynida O`zbekiston turizm sanoatida sezilarli o`zgarishlar yuz berdi, ya`ni mamlakatda turizmning rivojlanishi bilan bog`liq siyosiy qarashlar o`zgardi, turizmni rivojalantirish me`yoriy hujjatlari ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Turizmning barcha turlarini 37 rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqildi va hozirda takomillashmoqda. Shuningdek, kichik turistik majmualarga xorijiy investitsiyalar jalb etilmoqda, yangi turistik yo`nalishlar ochilmoqda, tarmoqni rivojlantirish uchun malakali kadrlar tayyorlanmoqda va xizmat ko`rsatishni jahon andozalariga tenglashtirishga intilmoqda.
Respublika aholisi dam olish maqsadida erta bahordan toki kech kuzga qadar, tog` yonbag`ridagi suv omborlari bo`ylariga oshiqishadi. Lekin, har bir rekreantning tabiat va uning qayta tiklanmas ne`matlariga munosabatlarini bir xilda ijobiy baholab bo`lmaydi. Shu o`rinda ekologik madaniyatni rivojlantirish muhim o`rin tutadi. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda boshqaruvning o`rni faqatgina davlat xizmati bilangina emas, balki jamoatchilik rolini oshirish bugungi “Demokratik huquqiy davlat qurish” yo`lidagi ekologik bilimlarni targ`ibot qilish, aholining ekologik saviyasini ko`tarish borasida bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda.
Lekin, shunga qaramay, bu sohada bir qator kamchiliklar mavjud. Shu bois, yuqorida ta`kidlaganimizdek, rekreatsion manzilgohlarlarda insonning dam olishi tabiat bilan muloqotini rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yaratilishi lozim va bu manzilgohlarda tarkib topgan rekreatsion majmualar iqtisodiy daromad keltirishi, aholining sog`ligi va mehnat qobiliyatini tiklashga, tabiatni muhofaza qiilishga salmoqli hissa qo`shishi kerak bo`ladi. Biz yuqorida rekreatsion rayonlarni ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya ekanligini e`tirof etdik. Chunki, rekreatsion rayon shakllangan hududda xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bir necha tarmoqlar: aloqa, tibbiyot, mehmonxona va oziq-ovqat muassasalari tashkil topadi. Yangi ish o`rinlari shakllanadi, shu yerlik aholining bandligi ortadi. Zero, rekreatsion rayonlarning shakllanishi tabiat yoki joyning geografik o`rni bilan bog`liq ekan, o`z navbatida joyning iqtisodiy-geografik o`rnining ahamiyati ortadi. Shu o`rinda, rekreatsion rayonni iqtisodiy-geografik jihatdan ta`minlovchi shart-sharoitlarni 5 ta turga ajratish mumkin4:
1. Rekreatsion rayonning rekreantlar oqimini hisobga olish (rekreantlarni qabul qilish salohiyati, rekreantlarning ijtimoiy va yosh tarkibi, mahalliy yoki xorijiy turistlar ekanligi);
2. Rekreatsion rayonning transport-geografik shart-sharoiti, rekreantlarning yashash joyi va dam olish joylari oralig`idagi transport xizmatining qulayligi;
3. Rekreatsion rayonga tashqi ta`minot bazalarining mahsulot etkazib berishdagi qulayliklari, asosan tez buziluvchi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etkazib berish va ularning iste`mol uchun yaroqliligini ta`minlash;
4. Rekreatsion rayonning qo`shimcha ishchi kuchlari bilan ta`minlovchi hududlarga yaqinligi. Asosan rekreantlar eng ko`p bo`ladigan vaziyatlarda;
5. Rekreatsion rayonning boshqa rekreatsion rayonlarga nisbatan tutgan o`rni;
Rekreatsion rayonning ichki ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini quyidagi omillar belgilaydi: Turizm va dam olish maskanlarining xom ashyo texnik bazasining rivojlanganlik darajasi va hududiy tarkibi; Shuningdek, rekreantlarga xizmat qiluvchi sohalar faoliyati Hududning iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish infrastrukturasining rivojlanganlik darajasi; Mehnat resurslari.


Download 1,35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,35 Mb.