|
7-Mavzu: smm platformalari bilan tanishish
|
bet | 1/7 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 25,61 Kb. | | #152214 |
Bog'liq 7-mavzu 6-22
7-Mavzu: SMM platformalari bilan tanishish.
SMM(Social Media Marketing) - ijtimoiy tarmoqlarda marketing - bu mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.
Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra, mijozlar biron tovarni sotib olishdan yoki xizmatdan foydalanishdan avval o'rtacha 10.4 ta maqolani o'rganib chiqishar ekan. Oddiy foydalanuvchi o'rtacha 5.8 ta akkauntga ega bo'lib, ularni 2.8 tasidan faol ravishda foydalanar ekan. Bu esa mahsulot yoki xizmat egalarida aynan shu muhitlarda foydalanuvchilar bilan aloqani yo'lgda qo'yish, o'z mahsulot yoki xizmarlarini aynan shu muhitlarda reklama qilish, uni qo'llab-quvvatlash zaruratini tug'diradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - juda effektiv qurol bo'lib, uning yordamida, ijtimoiy tarmoqlardan, bloglardan, kundaliklardan va forumlardan saytga foydalanuvchilarni jalb etish mumkin. Foydalanuvchilar va potensial mijozlarni jalb etishni reklama yordamida sotib olish mumkin. Ammo potensial auditoriyani
sotib olish mumkin emas. Uni ishonchini qozonish mumkin. Ijtimoiy medida muhitlar – bu mijozlar/foydalanuvchilar bilan muloqot qilish quroli. Hozirgi kunda bu auditoriyani teletomoshabinlar auditoriyasi bilan solishtirish mumkin. Eng katta farqi shundagi, bu auditoriya teletomoshabinlar auditoriyasidan ko'ra ancha ehtiyotkor, faolroq va juda diqqatlidir. SMM reklamadan ko'ra ko'proq PR'ga
o'xshash. SMM bu bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlashdir.
SMM yordami bilan hal qilish mumkin bo'lgan vazifalar:
brend yaratish va uni yurgizish/tanitish;
brendni mashhur qilish, unga bo'lgan qiziqishni oshirish;
PR;
kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo bo'lgan savollar tezkor javob berish, xizmat ko'rsatish.
SMM hozirda bajaradigan vazifasiga ko'ra noananaviy qurollardan biri hisoblandi. Shunga qaramay, hozirda ko'pchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - hozirda nafaqat katta kompaniyalar, o'z bozorlari faollari, balkim, o'rta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, o'z mijozlari bilan qayta aloqani yo'lga qo'yishmoqda.
Odatiy ijtimoy mediada marketing quroli:
har xil muhitlarda bloglar yaratish, uni ma'lumotlar bilan to'ldirish va bu
resursni tanitish;
blogni yurgazish;
tematik saytlarda, guruhlarda mahsulot yoki xizmatni qo'llab-quvvatlash
bilan shug'ullanish;
tematik forumlar yaratish, ularda mahsulot yoki tovar yuzasidan beriladigan
savollarga javob berish;
kompaniya nomidan munozara va mulohazalarda qatnashish;
virusli marketing;
mahsulot yoki xizmatga bo'lgan yaxshi va yomon kayfiyatlarni kuzatib
borish;
kompaniya internet resurslarini ijtimoiy mediaga moslash, optimizatsiya
qilish. Ijtimoiy tarmoqlarda marketing kompaniya saytini SMO - Social Media Optimization talablariga moslashni ham talab qiladi.
|
| |