|
YouTube da shaxsiy kanal ochish
|
bet | 3/7 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 25,61 Kb. | | #152214 |
Bog'liq 7-mavzu 6-22YouTube da shaxsiy kanal ochish
Agarda siz o‘z videoblogingizni yaratmoqchi bo‘lsangiz, aynan mana shu variant
to‘g‘ri keladi. Uning nomi hamda belgisi ham xuddi o‘zingizning Google profilingizdan avtomatik tarzda olinadi. Siz bitta akkauntingiz doirasida faqat
bittagina shaxsiy YouTube-kanal ocha olasiz.
Buning uchun YouTube interfeysining yuqori o‘ng burchagidagi o‘z profilingiz
belgisi ustiga sichqoncha bilan cherting. Agarda pastga ochilgan menyuda «Vash
kanal» bandi ko‘rinsa, demak – tizim allaqachon siz uchun uni ochib qo‘yibdi
ekan:
Bungacha siz YouTube‘da biror rolikka izoh yozgan yoki pleylist yaratgan
bo‘lsangiz shunaqa – tizim siz uchun kanalni ham tayyorlab qo‘yadi. «Vash kanal»ni bosib, o‘z kanalingizni boshqarishni boshlashingiz mumkin.
Boshqa nomda YouTube-kanal yaratish Bunday kanallar o‘z ismidan boshqa nomda videoblog yaratishni istagan vlogerlarga, shuningdek, turli tashkilotlarning va brendlarning kanallarini ochishda kerak bo‘ladi. Ularning shaxsiy videokanallardan farqlari – shaxsiy bo‘lmagan kanalning nomini va belgisini mustaqil tanlay olasiz; uni faqat o‘z profilingizdan emas, balki mualliflar jamoasi tomonidan ham boshqarish imkoni bo‘ladi.
Demak, shaxsiy bo‘lmagan kanal ochish uchun YouTube interfeysidagi «Upravleniye kanalami» bo‘limini ochib, «Sozdat kanal» belgisini bosasiz.
Yangi ochilgan YouTube-kanalni ishga tayyorlash
1. Agarda yangi kanalni ochish jarayonida YouTube sizdan o‘z akkauntingizni
telefon raqamingiz orqali tasdiqlashni so‘ramagan bo‘lsa, buni mana bu havola orqali maxsus sahifada o‘zingiz amalga oshiring. Aks holda, kanalingizda YouTube‘ning ayrim funksiyalaridan foydalana olmaysiz. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilish, 15 daqiqalikdan oshuvchi videoroliklar joylash imkoni bo‘lmaydi.
2. Servis foydalanuvchilarining diqqatini tortishi uchun kanalingizning qiyofasini
sozlang. Buning uchun profil belgichasi ustiga chertib, menyudagi YouTube-kanalingiz nomi, keyin esa «Nastroit vid kanala» bandini bosasiz. Ushbu bo‘limda siz kanalingiz belgichasi (ikonka), muqovasi (oblojka), tavsifi (opisaniye), shuningdek, o‘z saytingizga va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga eltuvchi havolalar qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.
|
| |