|
Ochilova Hayitgul Mavzu: Globallashuv va ma’naviyat savollar
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 26,46 Kb. | | #116573 |
Bog'liq savoljavob
Ochilova Hayitgul
Mavzu: Globallashuv va ma’naviyat
SAVOLLAR:
1.Globallashuvning nima?
1. Globallashuv — bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Yana, globallashuv millat va elatlar, mamlakatlarning madaniy, ma’naviy, iqtisodiy jihatidan uyg‘unlashuviga olib keladigan jarayondir.
2. Olimlarning fikricha inson necha foiz axborotni ko‘rish orqali oladi?
2. 85
3. Sizning o’ylashingizcha XXI asrga kelib televizor, radiopriemniklarga ega bolgan?
3. Insoniyat XXI asrga 2,2 million radiopriemnik, 1 milliard 200 million televizorga ega sifatida kirib kelgan.
4. Internet nomli magnatning paydo bo‘lishi 1995 yilga kelib undan foydalanuvchilar soni dunyoda 900 ming kishini tashkil etishi, 1999 yilga kelib esa 171 million kishi undan foydalanishni o‘zlashtira olishi, 2002 yilga kelib internet abonentlari soni 500 millionga yetishi bu tizimning naqadar tez rivojlanayotganini ko‘rsatadi. 2015 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda qancha kishi internetdan foydalana boshlagan.
4. 3 milliard
5. Globallashuv jarayonida yuzaga kelgan muammolardan birini ayting?
5. Globallashuv jarayonida yuzaga kelgan muammolardan yana biri – bu, milliy-ma’naviy o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda kirib kelayotgan begona madaniyatning jamiyat taraqqiyoti talablariga mos keluvchi ijobiy tomonlarini qabul qilishdagi ma’naviy saviyani ko‘tarish, barcha tashqi ta’sirga hushyorlik immunitetini hosil qilishdir.
6. Olimlar global o'zgarishlar omillarini sanab bergan o’sha omillarni ayting.
6. Umuman olganda, barcha tadqiqotchi olimlar global o‘zgarishlar faqat iqtisodiy omillar bilangina chegaralanmasdan, madaniy o‘ziga xosliklarga ta’sirini albatta o‘tkazishini ta’kidlaydilar, biroq ushbu ta’sir doirasi to‘g‘risida har xil munosabat bildiradilar. Ba’zilari yangi texnologiyalarning keng tarqalishini qo‘llab-quvvatlaydilar, bu bilan globallashuv jarayoni barcha salbiy oqibatlarning oldini olishga qodir deb hisoblaydilar. Farb tsivilizatsiyasining yutuqlaridan hayratlangan boshqalar esa globallashuv faqatgina ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi degan fikrda. Ushbu toifadagi tadqiqotchi va olimlar bu o‘rindagi madaniy o‘ziga xoslikni qoloqlik, kambag‘allik, taraqqiyotdan voz kechish kabi tushunchalarning sinonimi sifatida baholaydilar. Uchinchi bir guruhdagilar esa global o‘zgarishlarda katta tahdid mujassam ekanligini ta’kidlaydilar.
7. Maʼnaviyat nima?
7. Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi.
8.Ma’naviyat qanday hollarda namoyon bo’ladi?
8. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi.
9.Ma’naviyatli odamning belgilari?
9. Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanparvarlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
10. Maʼnaviyatimiz qachondan boshlab shakllangan?
10. Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda.
|
| |