Tezkor-kalendar rejalashtirish asoslari (tkr)




Download 13.64 Kb.
Sana03.03.2024
Hajmi13.64 Kb.
#165897
Bog'liq
Документ Microsoft Word
kur2 taqdimot2, Ашурова Умида Организация и руководства методической работать дошкольных, Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar, O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati, 2 5350281897823975379, 36-§. Turkmaniston Respublikasi, 20 информ (2), vsosports, Искуственные смолы. Целлюлоза, ikki tamonlama diplomatiya, shakhzoda

Tezkor-kalendar rejalashtirish asoslari (TKR):
TKR ning xususiyatlari. Tashkilot darajasida uning strategiyasi va biznes-rejasi ishlab chiqiladi (yillik reja, ishlab chiqarish dasturi). Sex (tashkilotning ishlab chiqarish bo‘linmalari) va uchastka (brigada) darajasida tezkor-kalendar rejalari ishlab chiqiladi, unda oylik dasturlar (topshiriqlar) eng qisqa vaqt oraliqlariga ajratiladi: dekada, sutki, smena.
Buyurtmani bajarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 1) buyurtmani rasmiylashtirish; 2) buyurtmani bajarishga tayyorlash; 3) buyurtmani bajarish. Buyurtmani rasmiylashtirish bosqichida tajriba-statistik uslublar bilan aniqlanadigan yiriklashtirilgan me’yorlarni qo‘llash muhim. Mashinasozlik zavodida buyurtmaning rasmiylashtirishning uzluksizligi 2.15-rasmda ko‘rsatilgan. Rasmda yagona ishlab chiqarishda buyurtmani rasmiylashtirish chizmasi berilgan, uning asosiy elementlari buyurtmalar portfeli, talab varag‘i (chizmada ko‘rsatilgan uzluksizlikda ijrochilarning hisob-kitoblari talablari va barcha istaklari kiritilgan hujjat), buyurtmalar haritasi va buyurtma bajarilishi shartnomasi (kontrakt) lar hisoblanadi. Talab varag‘ini har bir ijrochi buyurtmalar byurosiga va keyingi ijrosiga (sikl bo‘yicha) beradi.
Yagona ishlab chiqarishda kalendar-reja hisob-kitoblari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) mahsulotni tayyorlashningishlab chiqarish sikli uzunligi (buyurtmalar bajarilishi) va alohida buyurtmalar bo‘yicha siklli grafiklarni qurish hisob-kitobi;
b) sexlar ishida kalendar ilgarilab ketishlarni aniqlash;
v) ishlab chiqarish uchun qabul qilingan buyurtmalarni bajarishning jami kalendar grafigini tuzish va sex ishining kalendar ilgarilab ketishlarni keyingi aniqlashtirilishi.
g) ishlab chiqarish maydonlari va uskunalarning ishi ortishini tekshiruv hisob-kitobi (hajli-kalendar hisob-kitoblar) va alohida rejali davrlar bo‘yicha ishlarni tenglashtirish maqsadida yig‘ma grafikni tuzatish.
Ishning nomi, ijrochilar, buyurtmalar byurosi

  1. buyurtmalar portfelida jurnalida buyurtmani qayd qilish, talab varag‘ini rasmiylashtirish (ZL);

  2. ishlab chiqarishga konstruktorlik tayyorgarlik ko‘rish ko‘rsatkichlari hisobi (hajmi, muddati, harajatlar);

  3. ishlab chiqarishga texnologik tayyorgarlik ko‘rish ko‘rsatkichlari hisobi;

  4. moddiy resurslar harajatlarining me’yorlashtirilishi;

  5. ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha mehnatni me’yorlashtirish;

  6. resurs yetkazmalari rejasini ishlab chiqish;

  7. ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha buyurtmani bajarish muddatini aniqlash;

  8. harajatlarni kalkulyatsiya qilish va narx hisob-kitobi;

  9. daromad hisob-kitobi;

  10. buyurtma haritasi va shartnoma loyihasini to‘ldirish;

  11. shartnoma kelishuvi va uni tasdiqlash, uni jurnalda qayd qilish.

Download 13.64 Kb.




Download 13.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tezkor-kalendar rejalashtirish asoslari (tkr)

Download 13.64 Kb.