Reja: Korxonani boshqarishda "raqobat" va "raqobat ustunligi" tushunchalarining mohiyati va ahamiyati




Download 129,25 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2024
Hajmi129,25 Kb.
#138290
  1   2   3
Bog'liq
2 5350281897823975379


Sof monopoliya sharoitida korxonaning raqobatbardoshlik strategiyasi


Reja:
1.Korxonani boshqarishda “raqobat” va “raqobat ustunligi” tushunchalarining mohiyati va ahamiyati.
2.Raqobatbardoshlik strategiyasining asosiy vazifalari va maqsadlari
3.Sof monopoliya sharoitida raqobatdoshlik.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mamlakatda valyuta siyosatini liberallashtirish, real bozor konyunkturasini hisobga olgan holda narxni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sog‘lom raqobat va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda bazi bir korxonalarga berilgan preferensiyalarning bekor qilinishi nosog‘lom raqobat, ayrim mahsulot turlari importining monopollashtirilishi, narxning sun‘iy oshirilishi, oqibatda, bu asosda asossiz foyda ko‘rishga ko‘maklashuvchi shartsharoitlarga barham berish borasida hukumat tomonidan tegishi chora tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Sog‘lom raqobat muhitida ishlab chiqaruvchilar va xizmat sohasidagi korxonalar erkin raqobat bilan kurashadi. Bu o‘z navbatida uddaburon, tadbirli menejerlarga talabni oshiradi.


Oʼzbekiston iqtisodiyotini tarkiban oʼzgartirishni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning yangi bosqichida, «2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi» iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning muhim negizi sifatida namoyon boʼlmoqda. Ushbu yoʼnalishda iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini shakllantirish hamda bozorda monopoliyani kamaytirish ustuvorlik kasb etib, eng avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, mahalliy xomashyo resurslarini
chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʼshimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish lozim.
Bu, oʼz navbatida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti - muhtaram Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan gʼoya -"Аgar xalq boy boʼlsa, davlat ham boy va kuchli boʼladi" degan tamoyilni amalga oshirishning muhim jihatidir.
Har bir ishlab chiqarish korxonasi Respublikamiz xalq xo’jaligining bir bo’g’ini bo’lib, ular faoliyatining natijalari mamlakatimiz iqtisodiyotiga, xalqimizning farovon turmush kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Korxona iqtisodiyoti sharoitida yangi iqtisodiy mexanizmlar ishga tushishi munosabati bilan ko’p tashkilotlarda bir qancha muammolar yuzaga keldi. Bu mexanizmlarning maqsadi faqatgina reja bajarilishiga qaratilgan bo’libgina qolmay, balki korxona ehtiyojini qondiradigan eng samarali yo’llarni izlab topish va boshqa tashkilotlar bilan raqobatda bo’lishdir. Birinchi navbatda, jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan va keyingi bosqichda iqtisodiy o’sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotiviga aylanishi mumkin bo’lgan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo’naltirilgan holda qo’llab quvvatlashni ta’minlash zarur.
Hozirgi sharoit ishlab chiqarishdan shuni talab qiladi-ki, ular o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishish uchun o’z strategiya yo’llarini mustaqil tanlashi yoki ishlab chiqishi lozim. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarish korxonalaridan bozor ehtiyojlarini o’rganishni, o’z i
imkoniyatlariga tayangan holda, zamonaviy ish uslublarini qo’llab ish yuritishni talab qiladi. Shu sababdan, yillar davomida o’z tarkibi va mavqeiga ega bo’lgan korxonalarga hozirgi sharoitda o’z imkoniyat darajasini qaytadan ko’rib chiqish masalasi qo’yilgan. Ishlab chiqarish va boshqaruv shunday tashkil qilinishi kerak-ki, kishi mehnat mahsuldorligi, maksimal foyda (daromad) olish, bozorda raqobatlashishga qodir bo’lgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan manfaatdor bo’lishlari lozim. Bunga faqat ishlab chiqarish va boshqaruvni muntazam takomillashtirib borish yo’li bilan erishish mumkin. Bundan tashqari, yangi bilimlarni egallash, ulardan amalda foydalanishni o’rganish talab etiladi.Hozirgi sharoit ishlab chiqarishdan shuni talab qiladi-ki, ular o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishish uchun o’z strategiya yo’llarini mustaqil tanlashi yoki ishlab chiqishi lozim. “2024-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan muammolarni yechish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qilishi haqida bugun gapirib o‘tirishning zarurati yo‘q, deb o‘ylayman. Bu o‘rinda so‘z, birinchi navbatda, mamlakatimizda tom ma’nodagi raqobat muhitini shakllantirish haqida bormoqda. Ma’lumki, bunday muhit ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish, jahon bozorlariga chiqish yo‘lida hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi”. Darhaqiqat, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi
amalga oshirilayotgan hozirgi paytda ishlab chiqarish korxonalarni samarali boshqarish va ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishning Respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy yuksalishidagi tutgan o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Shuningdek, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o’ringa ega bo’lishi hamda rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishi yo’nalishidagi ulug’vor maqsadlarimiz ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizning raqobatga bardoshliligiga nechog’lik bog’liq ekanligini ham unutmasligimiz lozim. Korxona iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil qilish va boshqarish, ularni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Respublikamizda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil qilish va ularni samarali boshqarishning hozirgi kundagi holatini o`rganish; rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil qilish va samarali bosqarishning ilg`or tajribalarini o`rganish;
“Karbonat”Aktsiyadorlik jamiyatifaoliyatini iqtisodiy, ijtimoiy hamda moliyaviy ko’rsatkichlarining hozirgi holatini tahlil qilish;
Ishlab chiqarish korxonalarifaoliyatini tashkil qilish va ularni samarali boshqarishning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Raqobat umumijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qatnashchilari o‘rtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun
bo‘ladigan kurashni anglatadi.
Kambrij lug‘atida raqobatga quyidagicha tarif berilgan:odamlar yoki korxonalar bir-birlariga qaraganda muvaffaqiyatliroq bo‘lishga intilayotgan vaziyat. Masalan bozorda ko‘proq savdo qilish va yuqoriroq daromad olish.
Biznes lug‘atida esa raqobat axborot ochiqligi, talab va taklif muvozanati asosidagi bozordagi subyektlarning o‘zaro yaxshiroq natija va muvofaqqiyat uchun kurashishi deb tarif berilgan. Xusunan, sotuvchilar bozordagi katta ulush, foyda va savdoga erishish uchun raqobatchilariga nisbatan eng yaxshi narx, sifat va servislarning kombinatsiyasini taklif qilish orqali erishishi mumkin.
Raqobat (iqtisodiyot) - eng yaxshi sharoitlar va tijorat faoliyatining natijalariga erishish uchun bozor munosabati sub‘ektlarining o‘zaro kurashi.
Iqtisodiy sohadagi raqobat ishlab chiqarish munosabatlarining sub‘ektlari (ishlab chiqaruvchilar, iste‘molchilar, tadbirkorlar, yollanma ishchilar va hokazolar) o‘rtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoiti (arzon ishlab chiqarish resurslari va ishchi kuchi)ga ega bo‘lish unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo‘lga olish, umuman, yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‗rsatish mumkin:
1) tartibga solish vazifasi;
2) resurslarni joylashtirish vazifasi;
3) innovatsion vazifa;
4) moslashtirish vazifasi;
5) taqsimlash vazifasi;
6) nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste‘mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o‘tkazishdan iborat. Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste‘molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir o‗tkazadi.
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi
Raqobatning turlari va shakllari.
Iqtisodiyotda raqobatning 2 turi mavjud: mukammal va nomukammal. Mukammal yoki sof, erkin raqobat bu iqtisodiy model, bozorning ideallashgan holati bo‘lib, bunda individual xaridor va sotuvchilar narxga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir qila olmaydilar, balki narx talab va taklif muvozanati orqali o‘zi shakllanadi.
Mukammal raqobat belgilari:
 Xaridor va sotuvchilarning ko‘pligi. Mahsulotni ma'lum bir narxda sotib olishga tayyor va imkoniyatga ega bo‘lgan ko‘p sonli iste'molchilarning mavjudligi hamda mahsulotni ma'lum bir narxda yetkazib berishga tayyor va qobiliyatga ega bo‘lgan ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning mavjudligi;
 Barcha ishtirokchilarning ma'lumotlarga teng va to‘liq egaligi. Savdo jarayoniga ta‘sir etuvchi axborotlarning oshkoraligi, yashirin va maxfiy ma‘lumotlarga yo‘l qo‘yilmaganligi;
 Sotilayotgan mahsulotlarning bir xilligi (keskin farq qilmasligi);
 Bozorga kirish yoki chiqish uchun to‘siqlarning yo‘qligi;
 Mulk huquqlari aniq belgilanganva tartibga solinganligi.
 Ratsional xaridorlar. Xaridorlar xaridini mantiqan mahsulot nafliligidan kelib chiqib xarid qilishi;
 Tashqi omillarning yo‘qligi. Faoliyatning xarajati yoki foydasi uchinchi tomonga aloqasi yo‘qligi, xususan, hukumat yoki boshqa tashkilotlarning har qanday aralashuviyo‗qligi. Hech bo‘lmaganda yuqoridagi bitta omil bo‘lmasa, raqobat nomukammal hisoblanadi.Agar ushbu omillar bozorda monopol mavqega ega bo‘lish uchun sun'iy
ravishda olib tashlangan bo‘lsa, bu vaziyat nomukammal raqobat deb ataladi. Iqtisodiy nazariyada nomukammal raqobat raqobatning hamma hususiyatlarini o‘zida ko‘rsatmasdan, balki bazi bir jihatlarini o‘zida mujassamlaganraqobat bozorning bir turi hisoblanadi.
Nomukammal raqobat shakllariga quyidagilar kiradi:

  1. Monopolistik raqobat.

  2. Monopol korxonalar o‘rtasidagi raqobat.Masalan, O‘zbekiston Temir yo‘llari temir yo‘l sohasida, O‘zbekiston Havo yo‘llari aero tashuvda monopol hisoblanadi. Ammo ikki korxona ham yo‘lovchi yoki yuk tashishda bir-biri bilan raqobatlashishi mumkin. Shuningdek, yaxshi xodimlarni jalb qilish, investitsiyalarni jalb qilish va boshqa ikki korxona uchun kerakli resurslarni qovlga kiritish uchun ham o‘zaro raqobatlashadi.

2) Monopoliya(yunoncha. μονο - bitta; πωλέω - sotaman) - bu bozor tuzilishi, unda yirik korxona bir yoki bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishni boshqaradi. Bozorda sezilarli raqobat bo‘lmaydi va bitta kompaniya bozorning hammasini yoki eng katta ulushiga egalik qiladi, sanoatdagi qolgan raqobatchilar monopol korxonaning narx belgilashiga qarab faoliyat yuritadi.
Erishilgan monopoliyada korxona innovatsiya hisobiga noyob, mislsiz mahsulot ishlab chiqaradi va bozorga yangi kirib kelayotgan firmalardan mualliflik patenti va know how bilan himoyalangan bo‘ladi. Tarixdagi birinchi monopoliyalar davlat sanktsiyalari natijasida, bitta kompaniyaga
ma'lum bir mahsulotni sotish bo‘yicha imtiyozli huquq berish orqali yuzaga kelgan. Masalan, o‘rta asrlarda faqat Ost-India kompaniyasigini sharqdan ipak, choy, ziravorlar va boshqa noyob mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan. Monopol korxona kamroq mahsulot ishlab chiqaradi, katta xarajatlarini mahsulotini yuqori narxda sotish orqali qoplaydi.Raqobatning yo‘qligi monopol korxonaning innovatsiya qilish, tejamkorlik, samaradorlik kabi iqtisodiy omillar haqida kam o‘ylashiga olib keladi. Narxlarning yuqoriligi iste‘molchilarning ortiqcha pul to‘lashiga, mahsulot tanqisligiga olib kelishi mumkin.Bunday salbiy natijalarni oldini olish uchun odatda davlat tomonidan tartibga solinadi.
3) Oligopoliya bir nechta korxonalar bozorning katta ulushiga egalik qiladigan bozor turi. Agar ular til biriktirsa, ular ishlab chiqarishni kamaytirishiva foyda olishni monopoliya singari oshirish uchun kartelni tashkil qilishi mumkin.
Oligopsoniya - bir nechta xaridor va ko‘plab sotuvchilar bo‘lgan bozor. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarning texnika bilan ta‘minlanish va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo‘lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat kapitallarning foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi.

Download 129,25 Kb.
  1   2   3




Download 129,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Korxonani boshqarishda "raqobat" va "raqobat ustunligi" tushunchalarining mohiyati va ahamiyati

Download 129,25 Kb.