Raqobatbardoshlik strategiyaning maqsadi va vazifalari




Download 129,25 Kb.
bet2/3
Sana16.01.2024
Hajmi129,25 Kb.
#138290
1   2   3
Bog'liq
2 5350281897823975379
kur2 taqdimot2, Ашурова Умида Организация и руководства методической работать дошкольных, Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar, O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati, 36-§. Turkmaniston Respublikasi, 20 информ (2), vsosports, Документ Microsoft Word, Искуственные смолы. Целлюлоза, ikki tamonlama diplomatiya, shakhzoda, Sadullaev Kallibek ozb tarix
Raqobatbardoshlik strategiyaning maqsadi va vazifalari
Bugungi kunda, samarali raqobat muhitini yaratish hamda tovarlar va xizmatlar bozoridagi monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish vazifalarini hal etish uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Shu maqsadda, mamlakat iqtisodiyotida davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar va bozor mexanizmlariga o‘tish amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda tadbirkorlik faoliyati sohasida 86 ta ayrim litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-tamoyillari, shu jumladan 38 ta turini 16 taga birlashtirish, 25 ta turi bo‘yicha rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish hamda 14 ta litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni berishni markazlashtirish orqali bekor qilindi va soliq yuki kamaytirildi.
Tadbirkorlik sohasi izchil rivojlanayotgani qayd etilmoqda, so‘nggi uch yilning o‘zidayoq amaldagi tadbirkorlik subyektlari soni 25 foizga oshdi.
Ko‘rilayotgan choralar mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan ko‘plab oziq-ovqat (alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar, non, non mahsulotlari, go‘sht va sut mahsulotlari, qandolatchilik
mahsulotlari va boshqalar) hamda ayrim nooziq-ovqat tovarlar (mebel, gilam va gilam mahsulotlari, to‘qimachilik va boshqalar) bozorlarida raqobatning rivojlanishini ta’minladi. Qurilish materiallari, kabel va sim mahsulotlari, pul o‘tkazmalari xizmatlari bozorida yirik kompaniyalarning monopoliyasi tugatildi.
Yaratilgan birja mexanizmi bozor ishtirokchilarini yuqori likvidli va monopol turdagi xomashyo va materiallar bilan bir xilda ta’minlash imkonini berdi. Bugungi kunda O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi tovar aylanmasining 65 foizini monopol mahsulotlar tashkil etadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida so‘nggi yillarda monopol korxonalar soni ikki baravardan ortiqqa kamaydi.
Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotidagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan quyidagi tizimli muammolar hal etilmagan:
iqtisodiyotda davlatning haddan ziyod yuqori ishtiroki;
narxlarning haddan ortiq tartibga solinishi;
imtiyoz va preferensiyalarning samarasiz tizimi;
biznes subyektlariga yuqori tartibga solish yuki va tarmoq tartibga soluvchi organlarning raqobatni rivojlantirishdan manfaatdor emasligi;
tabiiy monopoliya holatini suiiste’mol qilish;
raqobatga qarshi holatlarga qarshi kurashish huquqiy mexanizmlarning takomillashmaganligi.
Strategiya yunon tilidan olingan bo‘lib,harbiy sarkarda, qo‘mondon ma‘nosini anglatadi. Shuningdek, uzoq muddatli maqsadga erishish yo‘llarining kompleks rejasi ma‘nosida ham qo‘llaniladi. Harbiy
strategiyada taktik usullardan foydalaniladi, shuningdek, bu usullarni iqtisodiyot, biznesda va hatto hayotda ham qo‘llash mumkin.
Maykl Porter ―What is Strategy deb nomlangan Harward Business Review jurnalida chop etilgan maqolasida strategiyaga quyidagicha ta‘rif bergan: Strategik pozitsiyalanish bu kompaniyaning o‘ziga xos farqli jihatlaridan kelib chiqib, barqaror raqobatbardoshlilikni ta‘minlashga harakatdir. Boshqacha qilib aytganda, raqobatchilardan farqli faoliyat yuritish yoki bir xil faoliyatni boshqa usulda yo‘lda amalga oshirishdir.
Strategiyaning asosiy maqsadi samarali faoliyat yuritadigan bozorlarni va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hisobiga iqtisodiy o‘sishni va innovatsiyalarni rag‘batlantirish, investitsiyalar oqimini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish hisoblanadi.
Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish;
shaffoflik va kirish uchun teng sharoitlarni ta’minlagan holda samarali faoliyat yuritadigan bozorlarni yaratish;
tadbirkorlik subyektlarining ma’muriy yukini va xarajatlarini, iqtisodiyotda davlatning ishtiroki darajasini kamaytirish, shuningdek, davlat ko‘magi taqdim etilishini tartibga solish;
narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan oqilona tartibga solish tizimini yaratish;
tabiiy monopoliyalar sohalarining raqobat mavjud bozor holatiga o‘tishi uchun to‘siqlarni bartaraf etish;
raqobat cheklanishini oldini oluvchi vositalarni joriy etish;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishiga nisbatan, birinchi navbatda, “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini kuchaytirish;
raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini joriy etish;
monopoliyaga qarshi organ faoliyatining shaffofligini va samaradorligini ta’minlash, jamiyatda raqobat madaniyatini va raqobatga qarshi harakatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasizlikni shakllantirish;
Quyidagilar orqali tadbirkorlik subyektlarining ma’muriy yuki va xarajatlarini, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini kamaytirish va davlat ko‘magini ko‘rsatilishini tartibga solish:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash;
normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan “gilotina” usulidan foydalangan holda kompleks o‘rganib chiqish;
amaldagi litsenziya turlari va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, keyinchalik ularni kamida ikki baravarga qisqartirish;
davlatning iqtisodiyotda ishtirok etish maqsadlarini belgilash mexanizmini joriy qilish va bozorda xususiy sektor mavjud bo‘lgan holda davlat korxonalari tashkil etilishini cheklashni ko‘zda tutuvchi
“sariq sahifalar” tamoyiliga o‘tish;
raqobat muhitiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil qilishda monopoliyaga qarshi organ roziligini olish mexanizmini joriy qilish;
davlat organlarining ayrim davlat va xo‘jalik funksiyalarini bajarish uchun xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha dasturlarni tayyorlash;
raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan davlat organlari tomonidan ta’sis etiladigan, shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik xo‘jalik birlashmalari va tabiiy monopoliya subyektlari bilan affillangan davlat unitar korxonalari sonini qisqartirish;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga “davlat ko‘magi” tushunchasini hamda imtiyozlar va preferensiyalar berilishida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olishni nazarda tutuvchi mexanizmni joriy qilish;
imtiyoz va preferensiyalarning reyestrini joriy etish va ularning samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
davlat tomonidan berilgan imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini tahlil qilish;
o‘zini o‘zi tartibga solish mexanizmi kabi davlat tomonidan tartibga solishga muqobil bo‘lgan mexanizmlarni joriy qilish.
2024-yilga qadar erishiladigan Strategiya samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlari
1. Monopollashgan tovar bozorlari sonini kamida 45 foizga kamaytirish.
2. Monopol korxonalar sonini 40 foizga qisqartirish.
3. Monopol korxonalarning kamida 80 foizida monopoliyaga qarshi
komplaens tizimini joriy qilish.
4. Iqtisodiyotda taqdim etilgan imtiyozlar hajmini YIM ko‘rsatkichiga nisbatan 10 foizgacha kamaytirish.
5. Eksklyuziv huquqlar va preferensiyalarni taqdim etishni ko‘zda tutgan normativ-huquqiy hujjatlarning kamida 60 foizini bekor qilish.
6. Iqtisodiy erkinlik indeksida Investitsion faoliyat erkinligi indikatori bo‘yicha ko‘rsatkichni 20 dan 80 gacha oshirish.
7. Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi va uning ko‘rsatkichlarini izchil ravishda yaxshilash.
8. Tovar, moliya va raqamli bozorlar ishtirokchilari sonini kamida 25 foizga oshirish.
9. Davlat xaridlari ishtirokchilari sonini 40 foizga oshirish.
10. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki ko‘rsatkichini YIM ko‘rsatkichiga nisbatan 40 foizgacha pasaytirish.
11. “Tartibga solish gilotina” usuli foydalangan holda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlardagi tadbirkorlik faoliyatini qiyinlashtiruvchi va raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi normalarni kamida 30 foizga qisqartirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoniga
2-ILOVA
Strategik pozitsiyalanish 3 ta asosiy prinsipga tayanadi:
1. Bir qator faoliyat/harakat turlarini o‘zida mujassam etgan noyob va qadrqiymatli positsiyani yaratishdir.
U uchta yo‘nalishda yaratilishi mumkin:
a) ko‘plab xaridorlarning bir nechta (sanoqli / kam) ehtiyojini qondirishga ixtisoslashish.
b) kam xaridorlarning ko‘plab ehtiyojini qondirishga ixtisoslashish.
c) kichik (tor ixtisoslikdagi) bozorda ko‘plab xaridorlarning ko‘plab ehtiyojini qondirishga ixtisoslashish.
2. Strategiya sizdan bir narsaga erishish uchun boshqa bir narsadan voz kechishni talab qiladi (trade-offs), ya‘ni nimani qilmaslikni tanlashga majbursiz. Ba‘zi bir ustunlikka ega kompaniyalar bilan raqobatlashish juda qiyin. Bu kabi ustunlikka erishish uchun siz boshqa bir narsadan (segment, kategoriya, bozor va hokazo) voz kechishga majbur bo‘lasiz. Masalan: Neutrogena sovuni dorivor sovun deb targ‘ib qilinadi va uni faqat yuvuvchi vosita emasligini ta‘kidlab, katta hajmda ishlab chiqarish va ko‘p bozorni qamram olishdan (mainstream) voz kechadi.
3. Strategiya kompaniyaning boshqa faoliyati harakatlari bilan hamnafas bo‘lishi, mos kelishi lozim. Kompaniyaning faoliyati harakatlari hamnafas bo‘lishi deganda, uning olib boradigan ish faoliyati, chora-tadbirlari, harakat dasturlarining o‘zaro uyg‘unligi, mos kelishi nazarda tutilgan. Biznesda g‘alaba qozonish noyob strategik pozitsiyalanish orqali raqobatchilarga nisbatan zo‘rroq harakat faoliyat
yuritishdir.



Biznesda g’alaba qozonish strategiyasi
Maykl Porterning raqobatdagi ustunlik strategiyasi 3 ta asosiy yo‘nalishlarga ajratish mumkin.
1.Tannarxda yetakchilik qilish (Cost leadership).
2. Differensiatsiya farqlanish (Differentiation).
3. Fokus e‘tiborni bir joyga jalb qilish (Focus). O‘z navbatida, Fokus strategiyasini ikkiga ajratish mumkin. Tannarxga va Differensiatsiya fokus qilish.

Maykl Porterning raqobat strategiyalari

Respublikamizda korxonalar faoliyatini va ularning o’zaro to’g’ri hamda halol raqobatlashuvini tartibga solishda bir qator me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo’lib, “Raqobat to’g’risida” gi qonun ularning asosiysi hisoblanadi. Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 – yil 14 – noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2011 – yil 5 – dekabrda ma’qullangan bo’lib, 7 bob, 40 moddadan iborat. “Raqobat to’g’risida” gi Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar keltirib o’tilgan: Insofsiz raqobat deganda xo'jalik yurituvchi sub'ektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo'lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo'lgan hamda boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar-raqobatchilarga zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo'lgan yoxud ularning ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo'lgan harakatlari tushuniladi.Insofsiz raqobat, shu jumladan:


-boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektga zarar keltirishi yoki uning ishchanlik obro'siga putur etkazishi mumkin bo'lgan noto'g'ri taqqoslashlar;
-yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalangan holda tovarni realizatsiya qilish;
-tovarning xususiyati, ishlab chiqarish usuli va joyi, iste'mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat
majburiyatlari xususida iste'molchilarni chalg'itish, xo'jalik yurituvchi
sub'ekt (raqobatchi) tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarni uning tashqi bezatilishini, nomini, tamg'alanishini, tovar belgisini va yuridik shaxsni individuallashtirishning boshqa vositasini takrorlash, reklama materiallaridan, tovarning firma o'rovi va shaklidan nusxa ko'chirish orqali qalbakilashtirish;
-fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish;
-tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektning kirishiga to'siq qo'yish ta’qiqlanadi.
Iqtisodiy kontsentratsiya bu,xo'jalik yurituvchi sub'ektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta'sir ko'rsatadigan bitimlar tuzish va boshqa harakatlarni sodir etishdir. Kamsituvchi shart-sharoitlar deb tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste'mol qilish, olish, realizatsiya qilish, o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish shart-sharoitlariga aytilib, ular boshqa teng shart-sharoitlarda bitta yoki bir nechta xo'jalik yurituvchi sub'ektni o'zga xo'jalik yurituvchi sub'ekt-raqobatchi bilan taqqoslaganda teng bo'lmagan holatga solib qo'yadi. Kelishib olingan harakatlar deganda tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo'jalik yurituvchi sub'ektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan ma'lum bo'lgan, raqobatni cheklashga olib
keladigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan harakatlari tushuniladi. Moliya bozori bu, banklar hamda boshqa kredit, sug'urta va o'zga moliya tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy bo'linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko'rsatish imkoniyati mavjud bo'ladi. Noto'g'ri taqqoslash deb raqobatchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan tarqatiladigan, tovar yoki moliya bozorida ayrim xo'jalik yurituvchi sub'yektga afzalliklar yaratadigan yoxud xo'jalik yurituvchi sub'ektni (raqobatchini) yoki raqobatchi ishlab chiqargan tovarni yomonlovchi yolg'on, noaniq yoki buzib taqqoslashga aytiladi. Raqobatga qarshi harakatlar deganda raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarida xo'jalik yurituvchi sub'yektlar uchun man etilgan harakatlar, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ular mansabdor shaxslarining raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi tushuniladi. Tovar deb faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo'ljallangan mahsuli, shu jumladan ishlar va xizmatlarga aytiladi. Tovar bozori bu, tovarning, shu jumladan, bir-birining o'rnini bosadigan tovarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy bo'linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida
Kompaniyaning raqobat strategiyasi bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustahkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o’xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo’lishi, zarar ko’rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya galaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi hujumkorlik va mudofaa harakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli harakatlarni o’z ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta bo’lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va ko’rinishlari shuncha bo’ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko’p bo’lmasin, ularning o’xshashliklari topiladi. Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti mavjud bo’lib, ular quyida keltirilgan:
1.Xarajatlar bo’yicha ilg’orlik strategiyasi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda kompaniya to’la xarajatlarini pasaytirishni ko’zda tutadi. Bu esa ko’p sonli xaridorni jalb qiladi.
2.Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Kompaniya tovarlariga raqobatchi firmalar tovarlaridan farq qildiradigan o’ziga xos chizgilarni berishga qaratilgan. Bu ham xaridorlarni jalb etishga yordam beradi.
3.Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar va mahsulotni keng tabaqalashtirishni uyg’unlashtirish hisobiga qimmatli tovar olish imkoniyatini beradi. Asosiy vazifa o’xshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat va past baholarni ta’minlashdan iboratdir.
4.Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslanganbo’lib, xaridorlarning tor segmentiga yo’naltiriladi. Bunda firma o’z raqobatchilaridan ancha past baholar hisobiga o’tib ketadi. 5.Ifodalangan strategiya yoki mahsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor uyasi strategiyasi. Uning maqsadi - tanlangan segmentlar namoyondalarini ularning did va talablariga yanada to’laroq javob beradigan tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdir.
Hozirgi kunda raqobat kurashida ustunlik bunday raqobatda emas, balki baholardan tashqari raqobatdadir. Chunki, hozirgi kunda istе'molchilar ko`pincha mahsulotning bahosiga emas, balki birinchi navbatda tovarning foydali fazilatlariga ahamiyat bеrishadi va shu fazilatlar ma'qul kеlsa, tovar uchun ko`proq pul to`lashga ham tayyor bo`ladilar.Markеting izlanishlari shuni ko`rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda xaridor tovar xarid qilayotganda birinchi navbatda uning fazilatlari, tashqi ko`rinishiga, dizayniga ahamiyat bеradilar. Shundan kеyin tovarning tеxnik ko`rsatkichlariga e'tibor bеradilar. Shunday ko`rsatkichlar ichida narx-navo 6 - 7 o`rinlarda turadi. Lеkin bu boy, aholisining turmush darajasi yuqori bo`lgan davlatlariga xos xususiyatdir. Vaholanki, ko’plab mamlakatlarda baho hozircha xaridor uchun muhim ko`rsatkich hisoblanadi. Buni albatta hisobga olish zarur. Yetuk firmalar baholardan tashqari raqobatda quyidagi narsalarga ham e'tibor bеradilar va evaziga firmaning bir tеkis rivojlanishiga erishadilar: -tovarning tеxnik jihatdan yangiligi, uning avtomatlashtirilishi; -tovarlarning yangidan-yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari; -
o`xshash tovarlarga nisbatan ishlab chiqarilayotgan tovarning chidamliligi, ishonchliligi, sifatining yuqorilik darajasi; -tovarlarni sotib olgan xaridorlarga ko`rsatiladigan xizmatlarning xilmaxilligi, holati; -tovarlarning tеjamliligi, ixcham, foydalanishdagi samarasi; -atrof-muhit uchun ekologik toza bo`lishi; -mahsulotlarni ishlab chiqarishda zamonaviy innovatsion va axborot texnologiyalarini qo’llash; -ishlab chiqarish faoliyatida so’nggi zamonaviy usullarni qo’llash.
Raqobat ustunliklariga ega bo’lish maqsadida ishlab chiqaruvchi korxonalarning sotuvchilari o’rtasida ham raqobat yuzaga keladi. Sotuvchilar o’rtasidagi raqobatning quyidagi turlari mavjud: 1.Gorizontal raqobat. Savdo tarmog`ining bir bo’g’inida faoliyat ko`rsatayotgan bir xil turdagi vositachilar o`rtasidagi raqobat. 2.Turlararo gorizontal raqobat.Raqobatning bu shakli tarmoqning bir bo’g’inida faoliyat ko`rsatayotgan, biroq faoliyat turlari turlicha bo`lgan vositachilar o`rtasida uchraydi; u ko`pincha assortimеnt va narxlardagi farqlarning katta bo`lishiga olib kеladi.
3.Vеrtikal raqobat.Tarmoqning turli bo’g’inlaridagi vositachilar yuqoriroq yoki pastroq darajali vositachilik funksiyalarini bajaradilar. Masalan, chakana sotuvchilar ulgurji savdogarlarning funksiyalarini bajarishi va aksincha ulgurji sotuvchilar chakana savdo bilan shug`ullanishi mumkin.
4.Sotish kanallari o`rtasidagi raqobat.Bu holda butun kanallar bir-biri bilan raqobatlashadi.Masalan, an'anaviy sotish tarmog`i tovarlarni pochta orqali sotish bilan raqobatlashadi.Raqobat ustunliklariga ega
bo’lish maqsadida ishlab chiqaruvchi korxonalarning sotuvchilari o’rtasida ham raqobat yuzaga keladi. Sotuvchilar o’rtasidagi bu kabi raqobatlashuv shak-shubhasiz korxonalarga ular ishlab chiqaruvchi tovarlarning raqobatbardoshligini oshiradi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytirish strategiyalari.

XULOSA
Hozirgi kunda har bir ishlab chiqarish korxonasi Respublikamiz xalq xo’jaligining bir bo’g’ini bo’lib, ular faoliyatining natijalari mamlakat iqtisodiyotiga, xalqimizning farovon turmush kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Shu sababli xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish asosida ishlab chiqarishni jadal sur’atlarda rivojlantirib borish zarur. Korxona o’zining bozordagi raqobat vaziyatini pozitsiyasini tashkil etish va sharoitlarni aniqlash orqali baholashi mumkin. Baholash ishlari korxonaning tarmoq bozoridagi holatini aniqlash, yangi bozorlarga mahsulot sotish rejasini ishlab chiqish va istiqbolli ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun, investorlar mablag’larini jalb qilish maqsadida olib boriladi. Iqtisodiyotda raqobatning mavjudligi uning rivojlanishini ta’minlovchi omillardan biridir. Korxonalarning raqobat kurashida yengib chiqishi uchun korxonalar bir qator faoliyatlarni amalga oshirishlari lozim, zeroki, bu kabi faoliyatlar korxonalar uchun raqobat ustunliklari hisoblanadi. Ular quyidagilardan tashkil topadi: 1.Korxona faoliyatiga yangiliklar (innovatsiyalar) ni jioriy etish. Hozirda “Karbonat” AJ da ja’mi 178 nafar ishchi – mutaxassis xodimlar mehnat qilmoqda. Ular tomonidan 2014-yilda 7 milliard 981 million 933 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsa, joriy yilda ushbu ko’rsatkich 10 milliard 500 million so’mga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.Aytish joizki, har qanday sanoat korxonasi muvaffaqiyatlariga baho berganda, uning daromadlari miqdori alohida e’tiborga olinadi.Zero, daromad faoliyat rivojini ta’minlovchi
eng muhim manbadir. Shu ma’noda, “Karbonat” AJ ning mahalliylashtirish dasturiga kiritilishi va bu orqali qator imtiyozlar berilishi korxona imtiyozlarini yanada kengaytirdi. Pirovardida korxonada modernizatsiyalash ishlari olib borildi va olib borilmoqda. Shu asnoda, korxonada 735 million 772 ming so’mlik texnologik yangilanishlar amalga oshirilib, mavjud uskuna va dastgohlar quvvati 1,75 barobarga oshirildi. O’z navbatida, qo’shimcha ish o’rinlari ham yuzaga keladi. 2.Mahsulot tannarxini pasaytirish. Bu borada “Karbonat” AJ faoliyatida ham yuqorida aytib o’tilgan korxona faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish hamda zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida mahsulot ishlab chiqarish korxonada xarajatlarning kamayishiga hamda mehnat unumdorligining oshishiga erishilib, mahsulotlarning tannarxi nisbatan kamytirilishiga erishilmoqda. 3.Mahsulotlarni differentsiatsiyalash, ya’ni mahsulotlarning alohida dizaynga ega, yuqori sifatli va boshqa-boshqa turlarini ishlab chiqarish. Bu borada “Karbonat” AJ bir qator faoliyatlarni amalga oshirib kelmoqda.Ya’ni bu tashkilot tarkibida ohak ishlab chiqaruvchi “NDIZ” MCHJ hamda sement ishlab chiqaruvchi “Forish sement” MCHJ faoliyat olib bormoqda. 4. Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mеhnat unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini ko`paytirish va mеhnatkashlarning ehtiyojini qondirishga imkon bеradi. “Karbonat” AJ da tovar sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona va uning bo`limlarining muhim vazifasidir. Ushbu korxonada ishlab
chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari talablarini qondira oladi.“Karbonat” AJ da mahsulotlarning eksportbop turlarini tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.Chunki tashqi bozordan mustahkam joy egallash uchun korxona texnologiyalarini muntazam takomillashtirib borish talab etiladi. Respublikamizda korxonalar faoliyatini tashkil etish va samarali boshqarish, ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda ularning raqobatbardoshligini oshirish borasida quyidagi takliflarni bersak, maqsadga muvofiq bo’ladi: Birinchidan,asosiy ishlab chiqarish faoliyatiga qo’shimcha faoliyat va xizmat turlarini ko`rsatish yo`nalishida tashkil etishda olinadigan foyda miqdori ko`payadi. Bu esa, o`z navbatida, asosiy sohani yanada rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash va qo`shimcha faoliyat turlarini yaratish yo`nalishidagi tadbirlarni ichki manbalar hisobidan moliyalashtirishimkonini beradi. Ikkinchidan, qo`shimcha faoliyat sifatidagi xizmatlar ko`rsatish ishlariningasosiy ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritilishi iste`molchilar uchun mahsulot tannarxini pasayishiga, ishlab chiqaruvchilar uchun foydani oshishiga olib kelib, ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobat muhitining kuchayishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko’rsatish sifatining yaxshilanishi va narxining pasayishiga olib keladi. Uchinchidan,korxonalarda mahsulotlar yetishtirishni diversifikatsiyalash mahalliy va tashqi bozorlarni yangi texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan, raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta`minlanish imkonini yanada yaxshilaydi. Bu esa, o`z navbatida, xalqimiz turmush
farovonligini yuksalishiga xizmat qiladi. To`rtinchidan,ishlab chiqarish korxonalarimoddiy-texnikbazasini mustahkamlash, ularni zamonaviytexnikalarbilan ta`minlash, istiqbolda ularni ishlab chiqarish faoliyatini yanada barqarorlashtirishga yordam beradi. Ushbu tadbirning amalga oshirilishi korxonada, bir tomondan, foyda miqdorining oshishiga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan ishlab chiqarish bo`yicha xo`jalik mustaqilligini beradi. Beshinchidan,ishlab chiqarish korxonalarining istiqbolli yo`nalishlari doirasida ularni bozor bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`lanishi va bu orqali o`zlari ishlab chiqargan mahsulotlaridan ko`proq manfaatdor bo`lishini ta`minlaydigan tadbirlarni amalga oshirish ishlari mujassamlashgan. Bu esa pirovardida, ishlabchiqaruvchi korxonalarni iqtisodiyotimizdagi raqobatbardosh sub`ekt sifatida shakllantirishga yordam beradi. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi ishlab chiqaruvchi korxonalarning barqaror rivojlanishiga, aholini ehtiyojlarini qondiruvchi turli-tuman mahsulotlar bilan ta`minlashni yaxshilashga olib keladi.


Download 129,25 Kb.
1   2   3




Download 129,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqobatbardoshlik strategiyaning maqsadi va vazifalari

Download 129,25 Kb.