• Xo‘jalik faoliyatining kompleks taxlili” fanining mohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida ahamiyati va vazifalari.
  • 1-Variant Korxona xarajatlarini tahlil qilish




    Download 0,52 Mb.
    bet1/38
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #140675
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    1 dan 7 gaca


    1-Variant



    1. Korxona xarajatlarini tahlil qilish.

    Korxona faoliyatining muhim va unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir.
    Tannarx tahlili orqali har bir xo‘jalik yurituvchi subyektni ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish yuzasidan qilingan xarajatlarini maqsadga muvofiqligi, samaradorligi va natijaviyligi baholanadi.
    Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir.
    Xarajatlar – muayyan davr oralig‘ida sarflangan resurslarning pul o‘lchovidagi qiymatidir.
    Xarajat – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
    Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning qiymat ko‘rinishini ifodasidir.
    Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilish, mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini aniqlash, korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo‘yicha qarorlarni qabul qilish, resurslardan foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan ko‘rilgan samaradorlikni ifodalaydi.
    Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi subyektda paydo bo‘ladigan barcha xarajatlar to‘g‘risida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi, soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi.
    Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
    1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
    a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
    2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
    a) sotish xarajatlari;
    b) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar);
    v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
    3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari:
    a) foizlar bo‘yicha xarajatlar; b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari; v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash; g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar.
    4. Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
    Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
    Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
    1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
    2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
    3. Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
    4. Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
    5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
    1. Moddiy xarajatlar xarajatlarning eng muhim va asosiy qatori hisoblanadi. Ularning jami xarajatlar tarkibidagi salmog‘i ishlab chiqarish, faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqadi. Sanoat bo‘g‘inida moddiy xarajatlar salmog‘i 60-70 foizgacha tashkil etadi.
    Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy xarajatlar tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi.
    Moddiy xarajatlar tarkibi
    Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.

    Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek‚ asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xo‘jalik buyumlarini va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarini qiymati


    Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar


    Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek‚ xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar


    Tabiiy xomashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, korxonalar tomonidan suv xo‘jaligi tizimlaridan beriladigan iste’mol qilinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun — yog‘och, taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash xarajatlari


    Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari


    Xo‘jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek‚ xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi)


    Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar:

    Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari; Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha xarajatlar; Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari; Brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar; Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar tufayli yo‘qotishlar; Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari; Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari; Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to‘lanadigan nafaqalar; Umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar;


    Obyektlarni davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlar; Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bo‘lmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda;
    Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo‘yicha xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga tegishli bo‘lmasa (ya’ni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar «Kelgusi davrlar xarajatlari» sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak.
    Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq to‘lanishi kerak
    Xalqaro amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlari ikkita toifaga bo‘linadi. Ya’ni, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar. O‘zgaruvchan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o‘zgarib boradi. O‘zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda barqaror qoladi. Ushbu tarkiblash, xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi. O‘zgaruvchan xarajatlarni hisoblash metodologiyasini bilish biznesning daromadli bo‘lishiga erishish maqsadida ishlab chiqarish birligiga sarflangan xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.
    Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘zgaruvchan xarajatlarning to‘g‘ri va egri turlari tarkiblanadi. Shuningdek, o‘zgaruvchan xarajatlarning proporsional, degressiv, progressiv turlari guruhlanadi. Ularning o‘zgaruvchanligini quyidagi chizmalarda tavsiflash mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlarga to‘g‘ri tarkiblash va hisoblash tahlil natijasiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ularni tarkiblashda ya’ni turkumlashda aniqligiga muhim e’tibor qaratish lozim. O‘zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarilmagan hollarda ham majburiyatlarni yuzaga keltirishini hisobga olsak, bu tarkiblash juda muhim hisoblanadi. Yalpi natijaga ta’sir etmagan birlik oxir-oqibatda xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini to‘g‘ri baholamaslikka olib keladi.
    Bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajat o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish xarajatlarini boshqarishda eng muhim usul hisoblanadi. Bir birlikka xarajatlarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga: o‘zgaruvchan xarajatlar, o‘zgarmas xarajatlar, ularning jami xarajatlar tarkibidagi salmog‘ining o‘zgarishi, tarkib elementlardagi o‘zgarishlar kiradi:
    Si = Fi / Qi + Vi
    Bunda:Si – i-mahsulot birligini tannarxi;
    Fi – i-mahsulot birligiga doimiy xarajatlar;
    Qi – i-mahsulot birligini ishlab chiqarish hajmi;
    Vi – i-mahsulot birligiga o‘zgaruvchan xarajatlar.
    Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik va sintetik hisobida analiz va sintez qoidasiga asoslaniladi. Shu sababli ham “analitika”, “sintetika” so‘zlari buxgalteriya hisobining muhim tushunchalariga aylangan. Ularning mazmuniga e’tibor qaratsangiz “analitika” – butunni bo‘laklarga bo‘lish, “sintetika” bo‘laklarni birlashtirish, umumlashtirish ma’nosini anglatadi va bu analitik va sintetik hisobning to‘liq mazmunini ifoda etadi.
    Xarajatlarni umumiy hajmda o‘rganish moliyaviy hisob obyektiga kiradi. Uning birlik elementlari, kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha o‘rganish boshqaruv hisobi obyektiga kiradi.
    Xarajatlarning umumiy hajmi bo‘yicha o‘rganishda quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat qaratiladi:
    - jami xarajatlarning umumiy o‘zgarishlari tahliliga;
    - jami xarajat o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahliliga;
    - bir so‘mlik ishlab chiqarilgan, sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajat tahliliga.
    Jami xarajatlarning umumiy o‘zgarishi rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarni aniqlash orqali baholanadi.
    Jami ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida doimiy xarajatlarning o‘zgarishi, mahsulot birligiga o‘zgaruvchan xarajatlarning o‘zgarishi ta’siri, mahsulot ishlab chiqarish miqdorining o‘zgarishi ta’sir etadi. Xarajatlar o‘zgarishiga albatta ichki birliklar sifatida sarf normalari va baholarining o‘zgarishi ham tarkiblanadi. Bu kabi omillar xarajat elementlari bo‘yicha farq qiladi.



    1. Xo‘jalik faoliyatining kompleks taxlili” fanining mohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida ahamiyati va vazifalari.

    Iqtisоdiy tаhlilning fаn sifаtidа shаkllаnishi
    -Balansshunoslik;-Balansni tahlil qilish Hisobot tahlili Iqtisodiy tahlil ;-Sotsial- iqtisodiy tahlil
    -Xo’jalik faoliyati tahlili;-Moliyaviy va boshqaruv tahlili -Iqtisodiy tahlil
    Iqtisodiy tahlil- dialektikaning muhim xususiyati. Dialektika –tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qoidalari to’g’risidagi fan
    Asosiy tamoyillari: O’zaro bog’liqligi : Yakka va umumiy Qism va butun , Sabab va oqibat , Mazmun va shakl ,Zaruriyat va tasodif , Imkoniyat va haqiqat , Mohiyat va hodisa , Toifalar
    Rivojlanishi : Miqdorning sifatga aylanishi, Qarama qarshiliklar , Birligi va kurashi ,Inkorni inkor qilish
    Qonunlar
    DIALEKTIK BILISH USULLARI
    Аnаliz - blr buтuуnni bo‘lаklаrgа bo‘lib o‘rgаnish
    Sintеz – mayda bo’laklarni umumlashtirish asosida o’rganish
    Deduksiya – hodisa, jarayonni umumiylikdan xususiy sari o‘rganish
    Induksiya – tadqiqotni yoki biror obyektni xususiylikdan umumiylik sari o‘rganish
    Iqtisodiy tahlil prеdmеti dеganda, korxonalar va birlashmalar faoliyatini biznеs-
    rеjasini bajarish va uning asosligini tеkshirish, ularning mеhnat, moddiy va moliya rеsurslaridan oqilona foydalanish natijasida ichki xo’jalik rеzеrvlarini aniqlash bo’lib, bular barchasi o’z navbatida iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimida o’z aksini topib, hisob va hisobot hamda hisobdan tashqari ma'lumotlarga asoslanishi tushuniladi.
    Iqtisodiy tahlilning muhim vazifalari: biznes-rejaning qanchalik realligi (mavjudligi) va ilmiy jihatdan asoslanganligiga baho berish; iqtisodiyotni rivojlantirishning joriy va istiqbol rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar bazasini aniqlash, korxonalarning xo‘jalik faoliyatida kutiladigan natijalarni oldindan aniqlash; biznes-rejasining bajarilishiga ob’ektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillar va sabablarni bir-biridan ajratib aniqlash; ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash; tahlil materiallariga asosan ishlab chiqarishda aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
    IQTISODIY TAHLIL:
    ijobiy va salbiy ta’sir etgan omillarni aniqlash, raqamlarda ko‘rsatish va hisoblash; obyektiv va subyektiv ta’sir etuvchi omillarni o’rganish; korxona faoliyatiga aniq va xolisona baho berish;
    mavjud imkoniyatlar, samaradorlikni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish
    Iqtisоdiy tаhlilning mаqsаdi kоrхоnаni hisоbоtlаr оrqаli o’tgаn dаvrdа, tаhlil qilinаyotgаn vаqtdа erishilgаn vа kеlаjаkdа erishilаdigаn mоliyaviy nаtijаlаri vа mоliyaviy hоlаtigа bаhо bеrish, iqtisоdiy tаshхis qilish, samaradorlikni oshirishning amaliy tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
    Iqtisоdiy tаhlil kоrхоnаni bоshqаrishni muhim funksiyalаridаn biri sifаtidа quyidаgilаrgа yo’rdаm bеradi:
    bоshqаruv qаrоrlаrini ilmiy аsоslаnishi tа’minlаnаdi; istiqbоlli bоshqаrish uchun zаmin tаyyorlаydi.
    Korxonalarni boshqarish jarayonida iqtisodiy tahlilning uch bosqichni ko‘rsatish mumkin:
    Axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tayyorlash;Obyektning holatini iqtisodiy tahlil qilish va tahlil natijalari asosida takliflar kiritish; Optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
    Iqtisоdiy tаhlilning asosiy prinsiplari(tamoyillari)
    Obyektning holatini dastlabki iqtisodiy nazariya jihatidan tahlil qilishning zarurligi, o‘rganiladigan hodisalarning mohiyati va bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi;Tahlilning kompleks xarakterga ega ekanligi hamda o‘zaro bir-biriga uzviy ravishda bog‘liq tahliliy ko‘rsatkichlar tizimining qo‘llanishi;Iqtisodiy ma’lumotlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash jarayonida o‘rganiladigan hodisalarni guruhlashtirish va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni miqdor va sifat belgilariga qarab turkumlash; Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda taqqoslash usulining ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlashdagi ahamiyati;Tahlil natijalari asosida ilg‘or tajribalarni keng yoyish va ommani korxonalarni boshqarishga yana ham keng jalb etish;Korxonalarni boshqarishda hisob va hisobotning hal qiluvchi roli, ularning iqtisodiy tahlilda asosiy axborot manbai ekanligi



    Download 0,52 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Variant Korxona xarajatlarini tahlil qilish

    Download 0,52 Mb.