3.Ko‘rsatkichlar tarkibi va buxgalteriya hisobi va operasion hisobning axborot tizimining xususiyatlari.
Iqtisodiyotning ko'zgusi - bu uni ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Bu ко‘rsatkichlar iqtisodiyotda erishilgan yutuqlar, kamchiliklar, uning yaxshilanayotgani yoki yomonlashayotgani haqida to‘liq malumot beradi. Xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlami ifodalovchi ko‘rsatkichlami mazmuni bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyatga ega. Ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha ikki gumhga: miqdor va sifat ко ‘rsatkichlariga bo‘linadi. Miqdor ko‘rsatkichlariga bevosita amaliyotda yaxlit holda mavjud bo‘lgan umumiy ко‘rsatkichlar kirsa, sifat ko‘rsatkichlariga, aksariyat holda, nisbiy, ishning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Ushbu ко‘rsatkichlar tizimini tahlilning maqsadi va mazmuniga, qaysi sohada amalga oshirilayotganligiga qarab turli tomonga o‘zgartirishi, ya’ni sonini ko‘paytirishi yoki kamaytirishi, nomini esa iqtisodiy vaziyatga, jarayonga qarab o‘zgartirishi mumkun. Iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi foydalanish doirasi bo‘yicha ikki guruhga: umumiy va maxsus ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Umumiy ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha soha bo‘g‘inlarida foydaliniladi. Masalan, mehnat unumdorligi yoki rentabellik ko‘rsatkichlari sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida yoki qurilishda ham foydalanilishi mumkin. Ammo mahsus ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning faqat bitta yoki ikkita sohasiga tegishli bo‘lishi mumkin. Masalan, savdoning muomala xarakatlari faqat savdoga tegishli, uni chorvachilikda yoki qurilishda qo‘llab bo‘lmaydi. Yoki chorva mollarining mahsuldorligi ko‘rsatkichini sanoatda qo‘llab bo‘lmaydi. K o‘rsatkichlar ifodalanish shakli bo‘yicha ham ikki guruhga: mutlaq va nisbiy ko'rsatkichlarga bo‘linadi. Mutlaq ko‘rsatkichlar ham o‘z navbatida qaysi o‘lchamda ifodalanishiga qarab ikki guruhga: natural (miqdor) va qiymat ko'rsatkichlariga bo‘linadi. Natural ko‘rsatkichlar asosan tabiiy holda mavjud bo‘lgan jismoniy birlikda ifoda etiladigan ko‘rsatkichlardir. Ushbu gumh ko‘rsatkichlariga biror bir predmetinng uzunligi, og'irligi, maydoni yoki kengligi kabi o‘lchamlami ifodalovchi ko‘rsatkichlami misol keltirish mumkin. Qiymat ko‘rsatkichlar ham turli o'lchamlarda bo‘ladi. Masalan, biror tovaming bahosi, umumiy summasi, biror xizmatning tarifi, xodimlarga to‘lanadigan ish haqi kabilami misol keltirish mumkin. Nisbiy ko‘rsatkichlar aksariyat hollarda turli mutlaq ko‘rsatkichlaming bir-biriga yoki bir xil mutlaq ко‘rsatkichlarning turli davrlardagi hajmini bir-biriga solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan, bir ko‘rsatkichni ikkinchi boshqa bir ko‘rsatkichga solishtirib darajani aniqlash mumkin, bir xil ko‘rsatkichlaming turli vaqtlardagi hajmini solishtirib indeks, foiz kabi ko‘rsatkichlami hisoblasa bo‘ladi. Ко‘rsatkichlar shakllanish usuli bo‘yicha besh guruhga bo‘linadi: meyoriy, reja, hisob, hisobot va tahliliy. Me’yoriy ko‘rsatkichlarga ko‘p hollarda mamlakat miqyosidagi, davlat manfaatlariga molik ко‘rsatkichlar kiradi. Masalan, bir kishining o‘rtacha non iste’mol qilish me’yori. Bu ko‘rsatkich davlatining o‘z aholisini non bilam ta’minlash uchun ma’lum bir davrga qancha g‘alla yoki un zaxirasini hozirlab qo‘yishi uchun zarur bo‘ladi. Hozirgi paytda me’yoriy ko‘rsatkichlar xarajatlami hisoblashda, biror mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo miqdorini belgilash kabi hollarda ham keng qo‘llanilmoqda. Bu ayniqsa foydadan olinadigan soliq miqdorini aniqlashda zarur bo‘lmoqda. Shunday qilib, me’yoriy ko'rsatkichlarga xarajatlar va sarflaming ma’lum birlikka nisbatan me’yorda ifodalangan miqdori kiradi. Bu ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy, biologik jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim. Reja ko‘rsatkichlariga xo‘jalik yurituvchi subyektlaining rivojlanish istiqbolini belgilovchi biznes-rejada ifoda etilgan ko‘rsatkichlar kiradi. Masalan, foyda rejasini olaylik. Ushbu ko‘rsatkich oldindan beltilanishi va barcha faoliyat shu rejadagi miqdorga erishishga qaralmog‘i lozim. Chunki foydaning miqdoridan davlat ham, mulkdor ham, mehnat jamoasi ham, korxona ham manfaatdordir. Hisob ko‘rsatkichi ham o‘ta muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Unga buxgalteriya, statistika va tezkor hisob malumotlarida ifoda etilgan ко‘rsatkichlar kiradi. Iqtisodiy jarayonlar ketma-ket doimiy ravishda sodir bo‘lib boradi. Ular uzluksiz hisobga olib borilishi lozim. Bu hisob ma’lumotlari ko‘rsatkichlaming haqiqiyligi va qonuniyligini ta’minlaydi, chunki har bir sodir bo‘lgan iqtisodiy jarayon tegishli ravishda hujjatlashtiriladi. Hujjatga tegishli mas’ul shaxslar imzo chekib, tashkilot muhri bosiladi. Masalan, birorta korxonadan ikkinchi bir korxonaga ma’lum hajmda tovar jo‘natildi. Вц tegishli hujjat orqali amalga oshiriladi, shu orqali hisobga olinadi va hisobdan chiqariladi. Demak, hisobdagi ко‘rsatkichlar har bir ko‘rsatkichning qonuniyligini ifoda etadi.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash bajariladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schyotlarni olib borish, birlamchi va yig'm a hujjatlar, hisoblash algoritmlarining o‘zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an’anaviy ravishda vazifalaming quyidagi majmualarini o‘z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqish harajatlari hisobi, yig‘ma hisob va hisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir turli resurslari haqidagi axborotlarga ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni mo‘ljailash an’anaviy ravishda hisobni qo‘lda olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa hisoblash axborotlarining hisoblash markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda
o ‘z qo'llanishini topgan.
Buxgalteriya hisobi bu faoliyat ko’rsatayotgan subektning mulki, majburiyatlari, xo’jalik
operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz hujjatlashtirish yo’li bilan tartibli yig’ish, nazorat qilish, o’lchash, ro’yxatga olish, pul o’lchovida ishlov berish tizimidir.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi - to’liq va ishonarli axborotlarni
shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish.
Demak, buxgalteriya hisobi bu - Subyektning iqtisodiyoti to’g’risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir; iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o’lchash va uzatish jarayonidir; cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir.
Buxgalteriya hisobini tashkilot va muassasalar to’g’risidagi moliyaviy axborotlar bilan
ta’minlovchi tizim, amaliyotga iqtisodiy nazariyani amalda qo’llovchi, soliqqa tortiladigan
bazani shakllantirish usuli desak, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalter - moliyaviy
axborotlar menejeri, moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi mutaxassis, moliyaviy asosda
qarorlar qabul qilish bo’yicha menejerga faol yordamchi va nihoyat korxona faoliyatini
tubdan yaxshilovchi shaxsdir.
Operativ hisob- ayrim xo’jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir
bo’layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo’lib
hisoblanadi. Bu hisobning muassasa va uning tarkibiy bo’linmalariga joriy rahbarlik qilish
maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq
qiladigan belgisi hisoblanadi.
Operativ hisob turli-tuman xo’jalik xodisalarni o’z ichiga olib, asosan asosiy faoliyat -
texnika xususiyatidagi ko’rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U asosiy faoliyat bo’yicha
topshiriqlarning bajarilayotganligi, xarajatlar normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish, shartnomalarga rioya qilinishi mol yetkazib beruvchilar va
xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operativ hisobda o’lchovlarning hamma turlari - moddiy, mehnat va qiymat o’lchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan ko’rsatklchlar talab qilinmaganligi sababli, unda asosan moddiy va mehnat o’lchovlaridan foydalaniladi.
Nazoratning operativligini ta’minlash uchun xo’jalik operatsiyalarining borishi haqidagi
axborotni tezroq olish kerak bo’ladi. Shuning uchun operativ hisobning ma’lumotlari iloji
boricha osonroq yo’l bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita kuzatish yo’li bilan
yetkazishadi, telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yo’llar
bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda operativ axborotni olish uchun mexaniqa va avtomatik
o’lchov, tartibga soluvchi asboblar, moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda.
Hisobni bunday tashkil qilish xo’jalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga
oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi.
Operativ hisobning ma’lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki ularning
asosiy vazifasi kuzatilayotgan obektlarda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda operativ hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan
kifoyalanadilar. Lekin bu axborot yetarli darajada to’g’ri bo’lishi kerak, zeroki, unga qarab
sodir bo’lgan o’zgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz bo’lgan boshqaruv qarorlarni qabul qilish mumkin bo’lsin. Operativ hisob korxonaning har xil bo’linmalari - bo’limlari, sexlari, omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi. Operativ axborot yordamida – moliya-hisob xodimlari asosiy faoliyat bo’yicha topshiriqni bajarilishining borishi, muassasani ta’minlash bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati va borishi haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi. Operativ hisobotning
ko’rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq xo’jaligi miqyosida tegishli jarayonlarni
borishi ustidan kuzatish va axborotni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Лазизбек
Buxgalteriya hisobi va operativ hisobning axborot tizimining xususiyatlari quyidagicha bo'lishi mumkin:
1. Maqsadlar:
- Buxgalteriya hisobi: O'rganilgan, tuzatilgan, va davlat tomonidan talab qilingan xisob-kitoblar bo'yicha ma'lumotlarni tuzish.
- Operativ hisob: Kunning har bir operatsiya va operatsiyalarni batafsil nazorat qilish.
2. Oxirgi muddat:
- Buxgalteriya hisobi: Yillik yoki chorak davrda hisob-kitoblar.
- Operativ hisob: Kunning yoki soatning har bir bo'limida yoki tez orada hisob-kitoblar.
3. Ma'lumotlar turlari:
- Buxgalteriya hisobi: Asosan moliyaviy ma'lumotlar, jismoniy va amaliy resurslar, daromadlar va xarajatlar kabi.
- Operativ hisob: Kunning operatsiyalari, depozitlar, tovarlar, xizmatlar, sotuvlar va boshqa operativ jarayonlar.
4. Topshiriqlar: - Buxgalteriya hisobi: Hisob-kitoblarni tuzish, to'lovlar va qarzlar monitoringi, xisobotlarni ishlab chiqish.
- Operativ hisob: Kunning operatsiyalari, xarajatlari, daromadlarni nazorat qilish va amaliyotlarni optimallashtirish.
5. Foydalanuvchilar:
- Buxgalteriya hisobi: Boshqaruv, hisobotlar tuzish va davlat organlariga hisob-kitoblarini taqdim etish uchun mavjud bo'lgan shaxslar.
- Operativ hisob: Boshqaruv, korxona mudiri va operatsiyalarini batafsil nazorat qiluvchi shaxslar.
6. Dasturlash tillari:
- Buxgalteriya hisobi: Ko'plab dasturlash tillari, masalan, Moliya Muhasebesi tili (IFRS, GAAP).
- Operativ hisob: Ko'plab korxona resurslarini avtomatlashtirish uchun ERP (Enterprise Resource Planning) tizimlar.
7. Tushuntirish va hisobotlar:
- Buxgalteriya hisobi: Dastlabki va oxirgi holatni ko'rsatish, daromadlar, xarajatlar, to'lovlar, qarzlar va qo'shimcha ma'lumotlar.
- Operativ hisob: Kunning operatsiyalari, depozitlar, xizmatlar va sotuvlar kabi tarkibiy ma'lumotlar.
Ushbu tizimlar har birini boshqarish va monitoring qilish uchun kerakli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi va tashkil etadi.
Ko'rsatkichlar tarkibining axborot tizimlari (KTAT) quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin:
1. Obyektivlik: KTAT, ma'lumotlarni to'liq, aniq va haqiqiy ko'rsatkichlarni ta'minlashda obyektiv bo'lishi lozim. Ma'lumotlar manipulyatsiyaga uchramasligi va tadqiqotlar orqali tasdiqlanmasligi muhim.
2. Holatni ta'riflash: KTAT ma'lumotlarni batafsil va tushuntiruvchi holatda ta'riflash uchun tayyor bo'lishi kerak. Bu, sayt statistikasi, mijozlarning ravishda qolish jarayonlari, sotishlar, va boshqa muhim ko'rsatkichlarni o'z ichiga olishni o'z ichiga oladi.
3. Real vaqt monitoringi: Axborot tizimi, harakatda bo'lgan holatni to'g'ri vaqtda ta'minlashda yaxshi xizmat qilishi kerak. KTAT, real vaqt monitoringini ta'minlash va holatlarni boshqarishda ishlatiladi.
4. Integratsiya: KTAT, tashkilotning muhim tizimlari, masalan, hisob-kitob, moliya, xaridorlar va boshqa tizimlar bilan integratsiyaga ega bo'lishi lozim. Bu, ma'lumotlar o'tkazilishi va biror qanday aksiyalarni amalga oshirish uchun kerakli.
5. Ko'rsatkichlarni tahlil qilish: KTAT, ko'rsatkichlar haqida ma'lumotni to'plab olishni, tahlil qilishni va bu ma'lumotlardan foydalanib boshqa sohalarda ishlovchi bo'lishni o'z ichiga olishi kerak.
6. Xavfsizlik: Ma'lumotlar xavfsiz va maxfiy bo'lishi, tashkilotning axborotlarini himoya qilish uchun muhimdir. KTAT, maxfiylikni ta'minlash va ma'lumotlarni himoya qilish uchun kerakli xavfsizlik protokollariga ega bo'lishi lozim.
7. Foydalanuvchilar uchun til va interfeys: KTAT foydalanuvchilarning o'zlariga mos keladigan til va interfeyslarni taqdim etishi, ularga oson foydalanish imkoniyatini yaratishi kerak. Bunda dasturiy ta'minot juda muhimdir.
8. Skalabilnost: Tashkilotning o'sishi bilan birga, KTAT ham o'sishga tayyor bo'lishi kerak. Bundaylikda, yangi ko'rsatkichlar va tashkilotning talablariga mos keladigan xizmatlarni ta'minlash imkoniyati mavjud bo'lishi kerak.
Bu xususiyatlar, tashkilotning o'zining maqsadlari va talablari asosida boshqa xususiyatlarga ham qo'shilishi mumkin.
|