|
Mustaqil ish mavzu: Aksiz solig`i Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 27,23 Kb. | | #248886 |
Bog'liq Aksiz solig`i
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Aksiz solig`i
Reja:
1. Aksiz solig`ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o`rni.
2. Aksiz solig`ini to`lovchilar, soliq ob`ekti va bazasi.
3. Aksiz solig`i bo`yicha imtiyozlar va uning stavkalari.
4. Aksiz solig`ini to`lash muddatlari va hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi.
5. Aksiz markalari.
AKSIZ SOLIG`INING IQTISODIY MOHIYATI.
Aksiz (fransuzcha: accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan ma’lum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qad. Rimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan.
Oʻzbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan.Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rniAksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o’rniO‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvga solinadigan soliq o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.Bundan tashqari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan ayrim tovarlarning (guruch, mebel, atir sovun va boshqa tovarlar) aksiz osti tovarlari ro‘yxatidan chiqarib tashlandi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi davlat byudjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika byudjetiga kelib tushadi va soliq yuki iste’molchilar zimmasida bo‘ladi.
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 232-moddasiga muvofiq Aksiz solig`i bazasi bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Aksiz solig`ining stavkalari mutlaq summada (qatiy belgilangan aksiz to`lanadigan tovarlar bo`yicha soliq solinadigan baza aksiz to`lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
2. Aksiz solig`ining stavkalari foizlarda (advalor )belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz to`lanadigan tovarlar bo`yicha , realizatsiya qilingan aksiz to`lanadigan tovarlarning aksiz solig`i hamda QQS kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
3. Aksiz solig`ining stavkalari foizlarda import qilinayotgan aksiz to`lanadigan tovarlar bo`yicha soliq solinadigan baza bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadiga bojxona qiymati asosida belgilanadi.Aksiz solig`i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda va naturada ifodalangan o`lchov o`lchov birligiga mutloq summada belgilanadi:
Aksiz solig`I stavkalari:
2.Naturada ifodalangan o`lchov birligiga nisbatan.
1.Tovarning qiymatiga nisbatan.
Foizlarda mutloq summada.
Aksiz solig‘i stavkalari, xorijiy davlatlar tajribasiSoliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o’lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o’z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi. Aksiz solig‘i stavkalari va aksiz to‘lanadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi.
Ayrim rivojlangan davlatlarda, masalan, Fransiyada aksizlar tovarlarning natural birligiga nisbatan qat’iy stavkalarda belgilab qo‘yilgan.
AQShda aksiz soliqlari Federal ahamiyatga ega bo‘lgan soliq hisoblanadi. Lekin ularning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi salmog‘i nisbatan kichik. Aksiz solig‘i tamaki va alkogolli mahsulotlarga, transport xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Aksiz solig‘ining stavkasi 10 foizni tashkil etadi. Buyuk Britaniyada aksiz soliqlari egri soliqlarning tarkibida salmog‘iga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘idan keyingi o‘rinni egallaydi. Aksiz solig‘i yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlariga, transport vositalari va xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Uning stavkalari 10 foizdan 30 foizgacha oraliqda tebranadi. Aksiz solig’ining soliq davri bo’lib, bir oy hisoblanadi. Soliq kodeksining 292-moddasiga muvofiq, soliq hisoboti, agar 292-moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq bo’yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi Germaniyada aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning asosiy qismi Federal byudjetga o‘tkaziladi, faqat pivoga nisbatan joriy qilingan aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar federal byudjetga kelib tushmaydi. Aksiz solig‘ining stavkalari tovarlarga nisbatan foizlarda va qat’iy summada belgilangan. Masalan, sug‘urta bitimlari bo‘yicha aksiz solig‘ining stavkasi sug‘urta polisi summasining 12 foiz miqdorida belgilangan. Shampan vinosiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi 0,75 litr uchun 2 evroni tashkil qiladi.Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to’lash tartibiAksiz solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to’lash tartibiBenzin, dizel yoqilg’isi va gaz avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.Soliq kodeksining 293-moddasiga ko’ra, soliqni to’lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay, ya’ni har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to’lash tartibiImport qilinadigan tovarlar bo’yicha soliqni to’lash bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg’alanishi lozim bo’lgan olib kiriladigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to’lanadi.Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‘g‘ri keladigan aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob-kitobni taqdim etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi. Ortiqcha kiritilgan aksiz solig‘i summalari bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab Davlat soliq xizmati organi tomonidan 15 kun ichida to‘lovchiga qaytariladi (agar byudjetga boshqa soliq turlari bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa).Aksiz markalariAksiz markalariTamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarilishi, import qilinishi, saqlanishi, tashilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, shuningdek, aksiz solig‘i to‘liq undirilishi, ko‘rsatilgan tovarlarni yashirincha ishlab chiqarish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida»gi 285-son qaroriga muvofiq 1996 yil 1 oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, majburiy tarzda belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalash joriy etildi va ularni aksiz markalarini yopishtirmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta‘qiqlandi.Aksiz markalariAksiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani «Davlat belgisi» Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi.Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar. Aksiz markalariAksiz markalariDavlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.«Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari aksiz markalarini: - alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymatining 50 foizi to‘langanidan keyin;- tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymati to‘liq to‘langanidan keyin; - tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz solig‘i to‘liq hajmda to‘laganidan keyin beradilar.
Aksiz solig'i bilvosita soliq ko'rinishida byudjetga kiritiladigan (olinadigan), narxda va qo'shilgan qiymat solig'i solish bazasida xisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir.
Aksiz solig'i stavkalari va aksizlanadigan tovarlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda soliq to'lovchilarga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq Qo'mitasi tomonidan etkaziladi.Aksiz solig'i to'lovchilari
Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qatxi nazar, yuridik shaxslar aksiz solig'i to'lovchilari xisoblanadi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishida yoki tezkor bosh-qaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va xisob-kitob varag'iga ega bo'lgan aloxida korxonalar xam tushuniladi.
Soliq solish obyekti
Aksizlanadigan tovarlar uchun soliq solish obyekti bo'lib quyidagilar xisoblanadi:
aksiz solig'ining Qatiy stavkalari belgilangan alkogolli maxsulot, tamaki maxsulotlari, qsimlik (paxta) yog'i, etil spirti, pivo, vino materiallari bo'yicha - sotilgan maxsulot xajmi natura ifodasida;
boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ini xisobga olmasdan, yuklab jo'natilgan tovarning shartnomaviy narxlar bo'yicha qiymati (o'z ichiga aksiz solig'i summasini oladi). Tekinga beriladigan aksizlanadigan maxsulot bo'yicha quyidagilar soliq solish obyekti bo'lib xisoblanadi:
aksiz solig'ining Qatiy stavkalari belgilangan alkogolli maxsulot, tamaki maxsulotlari, qsimlik (paxta) yog'i, etil spirti, pivo, vino materiallari bo'yicha - sotilgan maxsulot xajmi natura ifodasida;
boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha soliq to'lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib xisoblangan, biroq mazkur aksizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo'yicha xaqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo'lmagan qiymat.
Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan maxsulotga aksiz solig'ini xisoblash chog'ida aksiz solig'i solinadigan maxsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi:
aksiz solig'ining Qatiy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha tayyor maxsulotning fizik xajmidan kelib chiqib;
boshqa maxsulotlar bo'yicha tayyor maxsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyo qiymatidan kelib chiqib.
Aksiz solig'i summasi quyidagi formulalar bo'yicha aniqlanadi:
Suvsiz etil spirtining 1 litri uchun aksiz solig'ining Qatiy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha maxsulot birligiga alkogolli maxsulot (kam spirtli vino, shampan vinosidan tashqari)
(F x A) / 100, bunda:
F - tayyor maxsulot tarkibidagi spirt (o'tkirligi), foizlarda (undan spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qatxi nazar);
A - aksiz solig'ining Qatiy stavkasi, qlchov birligiga so'mlarda.
Tayyor maxsulot birligiga aksiz solig'ining Qatiy stavkalari belgilangan maxsulot bo'yicha (kam spirtli vino, shampan vinosi, vino materiallari, etil spirti, pivo, qsimlik (paxta) yog'i va tamaki maxsulotlari)
S x A, bunda:
S - tegishli qlchov birliklarida sotilgan maxsulotning fizik xajmi;
A - aksiz solig'ining Qatiy stavkasi, qlchov birligiga so'mlarda.
Boshqa aksizlanadigan maxsulotlar bo'yicha
(O x A) / 100, bunda:
O - o'z ichiga aksiz solig'ini oladigan narx, QQSsiz;
A - aksiz solig'i stavkasi, foizlarda.
Aksiz markalari bilan markalangan tovarlar bo'yicha aksiz solig'i belgilangan tartibda xisoblab chiqiladi.
Bunda aksiz markalarining nominal qiymati aksiz solig'ini to'lash xisobiga kiritilmaydi. Aksiz solig'ini xisoblab chiqishning xususiyatlariAlkogolli maxsulot bo'yichaAlkogolli maxsulot bo'yicha belgilangan tartibga muvofiq byudjetga to'lanadigan aksiz solig'i summasi belgilangan stavkalar bo'yicha xisoblab yozilgan soliq summasi bilan "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus xisobvarag'iga o'tkaziladigan soliq summasi o'rtasidagi ayirma sifatida belgilanadi.
"O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga o'tkaziladigan aksiz solig'ining miqdori, shuningdek mazkur tartib tatbiq etiladigan alkogolli maxsulotlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Alkogolli maxsulot ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko'rsatadigan bankda "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga o'tkaziladigan, belgilangan stavka bo'yicha xisoblab chiqilgan aksiz solig'ini to'lashga doir maxsus xisobvaraq ochadilar, bu soliq korxonaning ko'rsatilgan xisobvarag'iga xar o'n kunda, aksiz solig'ini to'lash muddatlaridan kechiktirmay o'tkaziladi.
"O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XKga tegishli bo'lgan aksiz solig'i summasi, basharti korxona alkogolli maxsulotga doir aksiz solig'i bo'yicha to'lovlarning belgilangan prognozlarini bajargan va unda ko'rsatilgan soliq turi bo'yicha boqimandalar mavjud bo'lmasa, kompaniyaning maxsus xisobvarag'iga yo'naltiriladi.
Maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladigan aksiz solig'ining miqdori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.Tozalangan qsimlik (paxta) yog'i ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko'rsatadigan bankda belgilangan miqdorda xisoblab chiqarilgan aksiz solig'ini to'lash bo'yicha aloxida xisobvaraq ochadilar, u korxonaning ko'rsatilgan xisobvarag'iga xar o'n kunda, aksiz solig'ini to'lash muddatlaridan kechiktirmay o'tkaziladi.Davlat soliq xizmati tuman organlarining raxbarlari korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari bilan xamkorlikda, ular bo'lmagan taqdirda esa tuman (shaxar) xokimiyatlarining moliya bo'limlari raxbarlari bilan xamkorlikda xisobot oyining yakunlari bo'yicha, xisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay, aksiz solig'i bo'yicha boqimanda yoki ortiqcha to'lov summasini aniq ko'rsatgan xolda prognoz ko'rsatkichlarining bajarilganligi to'g'risida dalolatnoma tuzadilar.
Aksiz solig'i bo'yicha prognoz ko'rsatkichlari bajarilgan va unga doir boqimanda bo'lmagan taqdirda korxonaning maxsus xisobvarag'ida to'plangan summa dalolatnoma asosida xisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi.
Belgilangan prognoz ko'rsatkichlari bajarilmagan yoki aksiz solig'i bo'yicha boqimanda bo'lmagan taqdirda etishmayotgan summa dalolatnoma asosida korxona xisobvarag'ida to'plangan summa xisobiga byudjetga undiriladi, to'plangan summaning qolgan qismi esa maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi.
O'simlik (paxta) yog'i ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus xisobvaraqlarida to'plangan pul mablag'lari Qatiyan maqsadga ko'ra ishlatiladi, Yani maxsus xisobvaraqqa o'tkaziladi.
Soliq solishdan bo'shatib olingan mablag'lardan maqsadga ko'ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.
Xar oyda, xisobot oyidan keyingi oyning 6-kunidan kechiktirmay, maxsus xisobvaraqda to'plangan mablag'lar konvertatsiyaga yo'naltiriladi. Konvertatsiyalangan mablag'lar ikki bank kuni mobaynida xukumat kafolati bilan jalb etilgan kreditlarni so'ndirishga yo'naltirilishi kerak. Soliq solishdan bo'shatib olingan mablag'lardan maqsadga ko'ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi.
Xar chorakda, xisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan miqdorda xisoblab chiqarilgan aksiz solig'ining kelib tushishi va ko'rsatilgan mablag'larni kreditlarni so'ndirishga yo'naltirish to'g'risida xisobot taqdim etiladi.
Aksiz solig'ini o'tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shaxar moliya boshqarmalarining boshliqlari, Davlat soliq xizmati xududiy organlarining raxbarlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining qsimlik yog'i ishlab chiqaruvchi korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari zimmasiga yuklanadi. Aksiz solig'ini xisobga olish unga doir aksiz solig'i O'zbekiston Respublikasi xududida to'langan xom ashyodan (maxsulotdan) aksizlanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, xom ashyo (maxsulot) bo'yicha to'langan aksiz solig'i summasi ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilmaydi, balki tayyor maxsulotning sotilgan xajmi bo'yicha byudjetga to'lanadigan aksiz solig'i summasini aniqlash chog'ida xisobga olinishi kerak.
Xisobga olinadigan aksiz solig'i summasi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) yetkazib beruvchilar xisobvaraq-fakturalarda yuklab jo'natilgan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i summasini ajratib ko'rsatishlari kerak.
Agar xarid qilinayotgan aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i summasi xisobvaraq-fakturada ajratib ko'rsatilmagan bo'lsa, u xisob-kitob yo'li bilan xisoblab chiqarilmaydi va tayyor maxsulot bo'yicha xisobga olinmaydi.
Keyinchalik xisobga olinadigan, xarid qilinadigan aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i summasi aloxida ochiladigan "Xarid qilinadigan aksizlanadigan xom ashyo (maxsulot) bo'yicha aksiz solig'i" xisobvarag'ida xisobga olinadi va byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarni xisobga olish xisobvarag'ining debetiga sotilgan maxsulot (soliq solinadigan aylanma) xajmiga to'g'ri keladigan xissada xisobdan chiqariladi.
Tayyor maxsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, xisobot davri mobaynida xaqiqatda kelib tushgan vino materiallari uchun olingan xisobvaraq-fakturalarda ko'rsatilgan aksiz solig'i summasi xarid qilinadigan vino materiali bo'yicha mazkur tartibdan istisno tarzida xisobga kiritiladigan soliq summasi bo'lib xisoblanadi.
|
| |