• Mavzu: « ALKOGOLLI MAHSULOTLARNI IDENTIFIKATSIYASI VA SOXTALIGINI ANIQLASH USULLARI »
  • TOSHKENT – 2022 MUNDARIJA
  • KIRISH………………………………………………….3
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti «oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakulteti




    Download 440,13 Kb.
    bet1/13
    Sana24.05.2024
    Hajmi440,13 Kb.
    #251858
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Alkogolli mahsulotlar identifikatsiyasi va soxtaligini aniqlash.


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI


    «OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI» FAKULTETI


    «GO’SHT-SUT VA KONSERVA MAHSULOTLARI TEXNALOGIYASI » KAFEDRASI




    «Oziq-ovqat mahsulotlarini identifikatsiyalash va soxtaligini aniqlash» fanidan


    Mavzu: « ALKOGOLLI MAHSULOTLARNI IDENTIFIKATSIYASI VA SOXTALIGINI ANIQLASH USULLARI» mavzusidagi

    KURS ISHI


    Bajardi: M 21-12 guruhi talabasi
    Muhamedjonova M.D.

    fan o’qituvchisi: k.f.n., dotsent Azizov O.T.

    Tekshiruvchilar: PhD. Jumaev B.M.


    PhD. Eshmatov F.X.

    «Go’sht-sut va konserva mahsulotlari dots. Sanayev E.


    texnologiyasi » kafedrasi mudiri:
    TOSHKENT – 2022


    MUNDARIJA








    Bet

    1.

    KIRISH………………………………………………….3




    2.

    Meyoriy xujjat talablari ………………………………. 7




    3.

    Alkogolli mahsulotlar klassifikatsiyasi…………….… 10




    4.

    Alkogolli mahsulotlar identifikasiya usullari……….11







    4.1.

    Organaleptik tekshirish usullari…………………………17







    4.2.

    Fizik-kimyoviy usullarni qo’llash……………………...19







    4.3.

    Mikrobiologik yoki bakteriologik usullarni qo’llash orqali identifikatsiya va miqdoriy aniqlash…………………..21




    5.

    Alkogolli mahsulotlarni soxtalashtirish usullari va ularni aniqlash metodlari.............................................23







    5.1.

    Assortimentni soxtalashtirish va ularni aniqlash metodlari...........................................................................29







    5.2.

    Sifatni soxtalashtirish va ularni aniqlash metodlari.........34







    5.3.

    Axborotni soxtalashtirish va ularni aniqlash metodlari..........................................................................38




    6.

    XULOSA……………………………………………….50




    7.

    Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yхаti…………………….51





    KIRISH.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining yuqori sifatli, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish eng muhim masalalardan biri sanaladi. Respublikamizda ishlab chiqarishni qabul qilishda "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi, "Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to’grisida" gi qonun chiqishi bunga yaqqol misoldir. Mamlakatimiz milliy istiqlolga erishgani bois "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Ta'lim to’g’risida"gi qonunlarning qabul qilinishi mamlakatda amalga oshiriladigan demokratik va iqtisodiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda, kadrlar tayyorlash tizimini keng isloh qilishni ibtidosi bo’ldi. Hozirda davlatimiz tomonidan innovatsion texnologiyalarni biladigan, zamonaviy malakali mutaxassislar yetishishi uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Tabiiyki, qishloq xo’jalik homashyolari yetishtirish va oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi o’zgarishlarni olib boruvchilarga xizmatini ko'rsatishda yangi turlarini ishlab chiqarishni talab qiladi. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlari va xususan, spirtli ichimliklar ishlab chiqarish borasida ham malakali kadrlar tayyorlash zaruriyati borligidan dalolat beradi. Kadrlar tayyorlash tizimi islohini muvaffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo oliy ta'limning barqaror va aniq maqsadli rivojlanishini ta’minlashni ko’zda tutadi.


    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 16 yanvar kuni “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonni imzoladilar.
    Buning natijasida mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sog’lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur sohadagi mavjud tizimli muammolarga barham berish maqsadida 2018-yil 1-fevraldan boshlab O’zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo’yicha ayrim xo’jalik yurituvchi sub’yektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa soxalarda o’z isbotini topmoqda.
    Bugungi kunga kelib oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Bu borada О’zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda “Oziq–ovqat maxsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida”gi qonuni qabul qilingan bo’lib, ushbu qonunda aholini sifatli "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 298 va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilab quyilgan. Xususan mustaqillikdan so’ng alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va qadoqlash korxonalari sonining ko'payishi bilan O’zbekistonning ichki iste'mol bozorida katta o'zgarishlar ro'y berdi. Bu bozorda alkogolli ichimliklarni noqonuniy ishlab chiqaruvchilarning ko’payishiga sabab bo’ldi. Buning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.01.2004 yildagi 24-son “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevni 2018 yil 28 fevraldagi “Vinochilik soxasini va alkogolli maxsulotlami realizasiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan tartibga solingan. So'nggi yillarda vino ishlab chiqarish sifati bilan bog'liq vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga qaramasdan, bu muammo dolzarbligicha qolmoqda. Vino ishlab chiqarishda mahsulotning buzilishi, standartga nomuvofiqligi, organoleptik ko'rsatkichning standartga to’g’ri kelmasligi, vinodagi moddalarning miqdorining o’zgarishi vinoni soxtalashtirishganligini ko'rsatadi. Vinolarning kimyoviy tarkibini o’rganish ichimlik sifatini aniqlashga yordam beradi. Vino mahsulotlar tarkibida bir necha yuz birikmalar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari fenol birikmalar, biologik faol moddalar, protein moddalar, peptidlar va ularning gidroliz mahsulotlar, amino kislotalar va nitratlar kiradi. Vino tarkibidagi oqsillar va peptidlar, aromatik moddalar vino ta'mni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Mamlakatimizda vinolarning sifati standartlarga muvofiqligi faqat bir nechta normallashtirilgan fizik-kimyoviy ko'rsatkichlar bilan belgilangan.Vino mahsulotlari UzTR 71-012:2017 “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”, O’z DST 942 “Vino va qayta ishlangan vino mahsulotlari. Umumiy texnik shartlari” va ISO 22000 xalqaro standartlari asosida ishlab chiqariladi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, bu ko'rsatkichlar ko'pincha vinolarning haqiqiyligi haqida ob'ektiv yondashuv asosida xulosaga kelish etarli emas. Shu bilan birga, hozirda vinolarning haqiqiyligi va sifatini baholash uchun nazorat qilinadigan ko'rsatkichlar qo'llaniladi. Bu ko’rsatkichlar asosan vino guruhlari uchun qo’llaniladi (1-jadval). Yuqorida takidlanganidek xavfsizlik nuqtai nazaridan, barcha oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan vino mahsulotlari tegishli davlat standartlari va davlatlararo me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga javob berishi kerak. Kamaytirishni ta'minlaydigan soxtalashtirishning bir nechta asosiy yo'nalishlari mavjud.

    2. Me’yoriy xujjat talablari.


    1.Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha umumiy texnik reglament
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.07.1998 yildagi 275-son

    Hujjat 06.08.2022 sanasi holatiga
    Amaldagi versiyaga o‘tish

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizomni tasdiqlash to’g’risida
    Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan xorijda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti olib kirishga ruxsatnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
    Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “O‘zkimyo-sanoat” uyushmasi spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda materiallar sarfi, tayyor mahsulot chiqishi normativlarini, shuningdek tabiiy kamayish normalarini 1998-yil 1-sentabrgacha ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
    3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
    Vazirlar Mahkamasining Raisi
    Toshkent sh.,
    1998-yil 2-iyul,
    275-son
    Vazirlar Mahkamasining
    1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori bilan
    TASDIQLANGAN
    Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid
    NIZOM
    Umumiy qoidalar
    Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga tatbiq etiladi.
    Oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z faoliyatini:
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan litsenziya;
    aksiz markalari va muvofiqlik belgisi markalangan alkogolli mahsulotga (davlat soliq xizmatining hududiy organlari tomonidan beriladigan) idensifikatsiyalash nomeri mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiradilar.
    Ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulot deyilganda ixtisoslashtirilgan korxonalarda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgan va standartlar talablariga javob beradigan spirtli ichimliklar tushuniladi hamda ular vino, vino materiallari, aroq, likyor-aroq mahsulotlari, konyak, balzam, konyak spirti, oziq-ovqat spirti va spirt xomashyosini o‘z ichiga oladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Chet el oziq-ovqat spirtidan alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Chet el oziq-ovqat spirti mavjudligi, shuningdek korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘radilar.
    (bo‘limning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
    I. Spirt ishlab chiqarish va uning sarflanishini hisobga olish va nazorat qilish
    Oldingi tahrirga qarang.
    1. Spirt va spirt xomashyosi “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik ish tartibiga muvofiq ishlab chiqariladi. Spirt va spirt xomashyosini hisobga olish, saqlash, berish, transportda tashish “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
    (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
    Oldingi tahrirga qarang.
    2. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun spirt sarflashga sarflashning belgilangan me’yorlari doirasida yo‘l qo‘yiladi, Sarf qilish, jumladan, tabiiy kamayish normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadi. Spirtdan to‘g‘ri foydalanilishini korxona buxgalteriyasi va korxona rahbari tayinlaydigan mas’ul shaxslar nazorat qiladilar.
    (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
    3. Spirt va spirt xomashyosining nobudgarchiligi uni qayta ro‘yxatga olish yo‘li bilan aniqlanadi.
    Spirt qoldiqlarini tezkor tekshirish ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan asboblarda o‘lchash yo‘li bilan har oyda amalga oshiriladi. Xatlov har yili bir marta, qoldiqlarning eng kamaygan davrida spirtni 1-klassli o‘lchagichlar orqali o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Xatlov natijalari “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlangan Xatlovni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
    (3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
    II. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish va markalash
    4. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqi ishlab chiqariladigan mahsulot turiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga va uni ishlab chiqarish uchun zarur shartlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga beriladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    5. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarda ularning ixtisoslashuviga muvofiq va standartlar, shuningdek mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan, “O‘zsharobsanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zstandart” agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
    (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
    6. Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq mikrobiologik, fizik-kimyoviy va texnologik nazoratni ta’minlaydilar va amalga oshiradilar.
    7. Sarflangan xomashyo va materiallar sifati va miqdori maxsus qayd daftarlarida va dastlabki hisobga olish blanklarida qayd etiladi.
    8. Tayyor alkogolli mahsulotlarni idishlarga quyish va rasmiylashtirish ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarda amalga oshiriladi.
    9. Mahsulotni idishlarga quyish, tiqinlash, yorliqlash va aksiz markalari hamda muvofiqlik belgisi bilan markalash amaldagi Standart talablariga muvofiq va “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan Alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
    (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
    III. Vino-aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarni hisobga olish
    10. Alkogolli mahsulotlarning barcha ko‘char va ko‘chmas resurslari buxgalteriya hisobi bilan qamrab olinadi. Miqdoriy hisob hajm ko‘rsatkichlaridan tashqari, spirt va shakar miqdorini, normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan fizik-kimyoviy va boshqa ko‘rsatkichlarni ham qamrab olishi kerak.
    11. Vino-aroq mahsulotlari va boshqa alkogolli mahsulotni idishlarga quyish sexlarida har oyning birinchi kunida alkogolli mahsulotlar qoldiqlarini chiqarib olish, idishlarning, aksiz markalarining, yorliqlarning, tiqinlarning va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tayyorlashga taalluqli boshqa moddiy boyliklarning holatini aniqlash yo‘li bilan hisobga olish amalga oshiriladi. Ushbu moddiy resurslarning tezkor hisobi har kuni olib boriladi;
    Tezkor hisobga olish uchun idishlarga quyish liniyalarida davlat tekshiruvidan o‘tgan, ishlab chiqariladigan mahsulotning miqdorini hisoblaydigan o‘lchagichlar o‘rnatiladi.
    12. Xatlash natijalari bo‘yicha tayyor mahsulotlar, xomashyo va materiallarning nobud bo‘lishi va sarflanishlari belgilangan normalardan chetga farq qilgan hollarda korxona rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko‘riladi.
    13. Korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni keltirish va olib ketish, qat’i hisobda turadigan blankalardan foydalangan holda, ma’muriyat tomonidan belgilangan vaqtda, maxsus jihozlangan nazorat — o‘tkazish joylari orqali amalga oshiriladi.
    IV. Spirt, vino materiallari va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo sarfini hisobga olish
    14. Vinochilik va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo va spirt sarflashga belgilangan normalar asosida hisoblab chiqarilgan ehtiyojlar doirasida yo‘l qo‘yiladi va belgilangan shakllardagi dastlabki hisobga olish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
    15. Qayta ishlangan uzumdan va sarflangan spirtdan olingan vino materiallari chiqishi miqdori hisobot yilining 1-dekabridagi va hosildan keyingi yilning 1-aprelidagi xatlash ma’lumotlariga ko‘ra aniqlanadi.
    16. Spirt, vino materiallari va uzumning sarflangani va nobud bo‘lgan miqdori xatlash ma’lumotlari bo‘yicha belgilanadi va belgilangan normalar doirasida hisobdan chiqariladi.
    17. Vinochilik mavsumida ishlab chiqarilgan vino materiallari kompaniya vakillari yoki tarmoqning markaziy degustatsiya komissiyasi a’zosi ishtirokida ularning sifatini aniqlash va kalendar yilning 1-dekabrigacha foydalanishga yuborish uchun majburiy tartibda fizik-kimyoviy analiz qilinadi va degustatsiya jihatidan baholanadi.
    Ishlab chiqarishda bo‘lgan alkogolli mahsulot har yili 2-marta — 1-dekabrda va 1-iyulda xatlashdan o‘tkazilishi kerak.
    V. Spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlash va transportda tashish
    18. Aksiz markalari bo‘lmagan alkogolli ichimliklarni saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi, mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan texnologik jarayonga muvofiq saqlanishi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib ketish uchun saqlanishi bundan mustasno. Olib ketish uchun saqlanayotgan alkogolli mahsulot hujjatida tovarning donalar (shishalar)dagi miqdori ko‘rsatilgan holda tamg‘a belgisi va javobgar shaxsning imzosi bilan tasdiqlanishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
    19. Spirt va alkogolli mahsulotlar o‘lchangan, shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan, xonalarda va muhofaza qilinayotgan hududda uni saqlashni ta’minlaydigan soz holdagi qulf armaturasi bo‘lgan idish (himoyalash qoplamasi bo‘lgan metall, dubdan ishlangan va boshqa)da saqlanadi. Alkogolli mahsulot ochiq maydonda saqlanganda mahsulot solingan idishlar plombalab qo‘yiladi.
    20. Savdo tarmog‘ida sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan alkogolli mahsulot standartlar talablariga javob berishi, markirovka, aksiz markalari, muvofiqlik belgisiga ega bo‘lishi va normativ talablarga javob beradigan xonalarda saqlanishi kerak. Mahsulot korxona laboratoriyasi xulosasi bilan chiqariladi va muvofiqlik sertifikati bilan jo‘natiladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    21. Vino-aroq mahsulotlarini, ko‘piklanadigan va vishillaydigan vinolarni, konyak va boshqa alkogolli mahsulotlarni savdo bazalarida, ishlab chiqaruvchi korxonalar va do‘konlarning omborxonalarida saqlash O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
    (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    22. Spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlashda vaqtidagi nobud bo‘lish normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
    (22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
    23. Idishga quyilmagan alkogolli mahsulot kalibrlangan katta idishlarda saqlanishi kerak. Har bir idish belgilangan tartibda tasdiqlangan kalibrlash jadvaliga ega bo‘lishi zarur.
    24. Idishga quyilmagan alkogolli mahsulotni transportda tashish kalibrlangan temir yo‘l va avtomobil tsisternalarida amalga oshirilishi kerak. Sisternalar ularga haqiqatda qancha mahsulot sig‘ishini belgilovchi pasportga ega bo‘lishi lozim.
    VI. Spirtni ulgurji sotish va alkogolli mahsulotlarni sotish
    25. Alkogolli mahsulotlarni ulgurji sotishga faoliyatning ushbu turiga belgilangan tartibda olingan litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalarga ruxsat beriladi va u ikki tomonlama shartnoma asosida ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    26. Spirtdan foydalanuvchining yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlangan hisoblab chiqarilgan ehtiyojlariga muvofiq “O‘zsharobsanoat” AJning naryadi hamda yetkazib beruvchi bilan foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan yetkazib berish shartnomasi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa ehtiyojlari uchun spirt olish (berish)ga asos bo‘ladi.
    (26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
    VII. Statistika va texnologiya hisoboti
    27. Hududiy statistika organlariga belgilangan muddatlarda quyidagi hisobotlar taqdim etiladi:
    uzumning sanoat yo‘li bilan qayta ishlashga qabul qilinishi to‘g‘risidagi hisobot (iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr);
    oziq-ovqat spirti ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi hisobot (har oyda);
    vino materiallari, konyak spirti ishlatilishi to‘g‘risidagi hisobot (bir yilda 2-marta —1-iyulda va 1-yanvarda);
    uzum vinosi, shampan vinosi va vishillaydigan vinolar, aroq, konyak, balzam ishlab chiqarish bo‘yicha hisobot (har oyda);
    vino materiallari yuklab jo‘natilganligi to‘g‘risidagi hisobot (har oyda).
    Oldingi tahrirga qarang.
    Statistika hisobotlari, shuningdek yuqori turuvchi tashkilotlarga va “O‘zsharobsanoat” AJ ga ham taqdim etiladi. “O‘zsharobsanoat” AJ ga statistik hisobotlardan tashqari mavsum bo‘yicha uzumni qayta ishlash to‘g‘risidagi yakuniy hisobot taqdim etiladi.
    (27-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
    Oldingi tahrirga qarang.
    VIII. Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olishni nazorat qilish
    28. Soliq organlari:
    aksiz solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishi;
    alkogol mahsulotlarining (tabiiy va ko‘piklanadigan vinodan tashqari) aksiz markalari va muvofiqlik belgilari bilan to‘g‘ri markirovka qilinishi;
    alkogol mahsulotlarini belgilangan tartibda identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
    29. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi:
    xomashyo, materiallar sarfi va tayyor mahsulot chiqishi normativlariga rioya qilinishi;
    spirt va vino-aroq mahsulotlarini amalda ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va ularni sotish hajmlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga muvofiqligi;
    spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlash va berish (sotish) talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
    (VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)

    Download 440,13 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 440,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo-texnologiya instituti «oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakulteti

    Download 440,13 Kb.