Vinolarni shampanlash nazariyasi




Download 132,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.11.2023
Hajmi132,27 Kb.
#103093
  1   2   3   4
Bog'liq
7 маьруза-конвертирован



7 -MAЪRUZA
VINOLARNI SHAMPANLASH NAZARIYASI 
 
Reja 
1. SHampan so‘zini kelib chiqishi va tarixi 
2. SHampanlash jarayonida yuz beradigan biokimyoviy o‘zgarishlar 
3. Biologik kislorodsizlantirish jarayonini moxiyati 
SHampan – Fransiya davlatini shimoliy sharkiy qismidagi provinsiya bo‘lib, 
unda asosan uzumchilik va vinochilik rivojlangan. 
SHampanlash jarayonini 1800 yilda Fransuz ximigi 
Jan-Antuan SHaptal
 
(1756-1832) taklif etgan. Ungacha esa shampan mahsulotlarini ishlab chiqarish 
ilmiy asosga ega emas edi. 
SHampan sharoblari ishlab chiqarish qo‘yidagi biokimyoviy jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi. 
1) xurushlash jarayoni 
2) kislorodsizlantirish jarayoni 
3) ikkilamchi bijg‘itish jarayoni 
4) biogeneratsiya jarayoni 
SHampan xom sharobi ishlab chiqarishda uzumdagi qand miqdori 16-19% va 
sharbatni titrlanadigan kislota ko‘rsatkichi 8-11 g/l bo‘lishi kerak. Uzum terib 
olingandan so‘ng 4 soatga qolmay qayta ishlashga berish kerak. SHarbat tarkibidagi 
SO
2
ni miqdori 10-15 g/l, bijg‘ish jarayoni 12
0
C xaroratda olib boriladi. Xom sharob 
tarkibidagi qoldik qand miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. 
Texnologik 
jarayonlarni 
amalga 
oshirishda 
suslani 
xavo 
bilan 
aeratsiyasiyalanishini oldini olish kerak. SHarob tarkibidagi temirni miqdori 4 mg/l 
dan oshsa sariq qon tuzi bilan ishlov berib, temir ioni olib tashlanishi lozim. 
SHarob tarkibidagi kolloid moddalarni olib tashlash uchun baliq elimi va 
tanindan foydalaniladi. 
Sifatli shampan sharobi olish uchun xom sharob tarkibidagi kislorodni 
minimal bo‘lishi, OV-potensial juda kam bo‘lishi kerak. Buning uchun achitqilarni 
nafas olish xususiyatidan foydalaniladi, yaъni sharobga achitqi xujayralari beriladi 
va bunda sharob tarkibidagi kislorod keskin kamayadi. Bu jarayon germetik yopiq 
idishlarda uzluksiz usulda olib boriladi. Achitqilarni tuxtatib qolish uchun rezervuar 
polietilen nasadkalar (to‘siqlar) bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. 
SHampanlash – bu shampan xom sharobini maxsus shampan achitqisida 
germetik yopiq sharoitda ikkilamchi bijg‘ish jarayonini olib borib, sharobni tabiiy 
karbonat angidrid gaziga to‘yintirish tushiniladi. Ikkilamchi bijg‘ishni olib borish 
uchun shampan xom sharobiga maxsus, spirtga chidamli sof achitqi ekini (8% 
atrofida) qo‘shiladi.
Achitqilar kislorodni assimilyasiyalaydi va sharob tarkibida peroksid xosil 
bo‘lishini oldini oladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonini rivojlanishiga yo‘l 
qo‘ymaydi va sharobni OV-potensialini ancha pasaytiradi. 
Ikkilamchi bijg‘ish oxirida muxitdagi CO
2
ni miqdori bir litrda 8-10 grammga 
etib qoladi. CO
2
gaz xolatida, erigan va bog‘langan xolatda bo‘ladi. 


CO

(gaz) CO
2
(erigan) RCO

Uglerod dioksidini bir qismi oqsil va boshqa yuqori molekulyar moddalar 
bilan sorbsiyalanadi, oqsil va peptidlar bilan karbonat angidridni boshqa 
bog‘lanishlari xam uchraydi va sharobning tarkibidagi moddalar bilan kimyoviy 
bog‘lanishi xam mumkin bunda murakkab efirlar, boshqa spirtlarni efir kabi 
moddalari xosil bo‘lishi mumkin.
Achitqilarni faoliyati muxitdagi spirt va CO
2
ni miqdoriga bog‘liq. Spirt va 
CO
2
ni miqdori yuqori bulsa achitqilar avtolizga uchraydi va bijg‘ish sekin ketadi. 

Download 132,27 Kb.
  1   2   3   4




Download 132,27 Kb.
Pdf ko'rish