• Fizik - kimyoviy jarayonlar
  • Jilvali sharoblar tayyorlash texnologiyasini nazariy asoslari




    Download 132,27 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,27 Kb.
    #103093
    1   2   3   4
    Bog'liq
    7 маьруза-конвертирован

    Jilvali sharoblar tayyorlash texnologiyasini nazariy asoslari
    Jilvali (shampan) sharoblar ishlab chiqarish korxonalarida, ayniksa, 
    ikkalamchi bijg‘itishda (shampanizatsiyalashda) biokimyoviy, fizik-kimyoviy 
    jarayonlar eъtiborga molikdir. Ularni kechishi ushbu tipdagi sharoblarni o‘ziga xos 
    taъmi va xushbuyligiga shu bilan birga faqat shampan sharobiga xos bo‘lgan 
    xossalarini shakllanishiga taъsir ko‘rsatadi. SHarob bokalga quyilishi bilan ozmi - 
    ko‘pmi ko‘pik xosil bo‘ladi va karbonat angidrid ajralib chikadi. Bu ko‘rsatkichlar 
    shampan sharobini sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, baholanganda bir so‘z “MUSS” - deb 
    tavsiflanadi. Quyilgan shampanni ko‘pigi qancha ko‘p, baland bo‘lsa va balandligi 
    pasaymasdan uzoq muddat saqlansa, shuncha sifati yuqori baxolanadi. Karbonat 
    angidrid pufakchalari mayda bo‘lib, marjondek izi uzilmasdan o‘ynab tursa va o‘yin 
    muddati uzoq davom etsa bu yuqori sifat darajasini belgisidir. 
    Ikkilamchi bijgitishga sog‘lom, tiniq, sifatli, kuvvati 10,5-12,5% bo‘lgan 
    xom sharob olinadi, bijg‘ish past xaroratda, xavosiz sharoitda va past OV-
    potensialda olib boriladi.
    Bijg‘ish jarayonida xosil bo‘lgan va mavjud moddalar muxitda karbonat 
    angidridi bilan bosim ostida qoladi. Jilvali sharoblarni o‘ziga xos xossalari yuqori 
    sifatli shampanga xos bo‘lishini maxsus sharoitni saqlash bilan taъminlanadi. 
     
    Fizik - kimyoviy jarayonlar 
     
    Achitqi fermentativ avtolizining mahsuloti faqat sharobni taъmini va 
    xushbuyligini tuzilishida ishtirok etib qolmasdan, avtoliz natijasida jilvali 
    sharoblarni tipik xossalarini shakllovchi fizik-kimyoviy jarayonlarda ishtirok 


    etuvchi sirt aktiv moddalar miqdorini xam oshiradi. Bu moddalarga asosan, oqsil va 
    uning parchalanishi natijasida xosil bo‘lgan moddalar kiradi. Ular yuqori qovushqoq 
    - egiluvchan plastik xususiyatlarini ximoya qiluvchi absorbsion katlamlarni xosil 
    kiladi. Bu esa o‘z navbatida jilvali sharobni ko‘pigini, barqarorligini kuchaytiradi va 
    ko‘pik xosil qiluvchi xossalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. SHu bilan birga
    avtolitik jaranlar suyuq, engil xarakatlanuvchi adsorbsion katlamlar beruvchi sirt-
    aktiv moddalarni miqdorini oshishiga imkon beradi. Buning natijasida karbonat 
    angidridni ajralib chiqish tezligi pasayadi va sharobni o‘ynoqi xususiyatlarini 
    kuchayishiga olib keladi. Sirt aktiv moddalarni miqdori oshgan sari ko‘pigini 
    barqarorligi xam oshadi, karbonat angidridni ajralib chiqishiga qarshilik kuchayadi 
    va jilva, ko‘pik xosil qilish xossalari shakllanadi. Ikalamchi bijg‘ish natijasida
    sharob karbonat angidrdiga to‘yinib, sharobga jilva beradi, suyuqlik-gaz ikki fazali 
    tizim shakllanadi.
    Jilvali sharoblarni tipik xossalarini shakllanishida ikkilamchi bijg‘ish 
    jarayonida uglevod dioksidini bog‘langan turlarini RCO
    2
    xosil bo‘lishi va uni 
    miqdorini oshishi katta axamiyatga ega. RCO
    2
    uglerodni bog‘langan turi bo‘lib, 
    faqat sharobni karbonat angidrid qoplagan, yuqori bosim sharoitida mavjud bo‘ladi.
    Karbonat angidridining xamma xolatlari xam fazo muvozanatiga bog‘liq. 
    SHarobni yaxshi jilva va ko‘pik xosil kiluvchi xususiyatlarini taъminlash uchun 
    maxsus texnologiya, texnologiya tizimiga va sharoitlarga rioya kilish lozim. Maxsus 
    texnologiya karbonat angidridini bog‘langan shaklini miqdorini oshirishga va 
    yo‘qotmasdan saqlashga yo‘naltirilgan. Karbonat angidridni bog‘langan xolati asta-
    sekin parchalanib uzok muddat davomida uni gaz xolatda ajralib chikishini va jilva 
    ko‘rsatgichini saqlab turadi. Karbonat angidridini uchta xolatini o‘zaro muvazanati 
    kuyidagi tenglama bilan izoxlanadi:

    Download 132,27 Kb.
    1   2   3   4




    Download 132,27 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jilvali sharoblar tayyorlash texnologiyasini nazariy asoslari

    Download 132,27 Kb.
    Pdf ko'rish