Vinolarni shampanlash nazariyasi




Download 132,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.11.2023
Hajmi132,27 Kb.
#103093
1   2   3   4
Bog'liq
7 маьруза-конвертирован

Biokimyoviy jarayonlar 
Ikkilamchi bijg‘ish jarayonida SO
2
gaz shakliga o‘tmasdan bevosita xom 
sharobda eriydi, bu esa uni sharob tarkibidagi turli moddalar bilan bog‘lanishiga 
imkon beradi. CO
2
ni miqdorini yuqoriligi, kislorodni yo‘qligi va OV-potensialni 
kamligi jilvali sharoblarni tipikligini shaklanishiga zarur sharoit yaratadi. 
Bosim ostida xujayra qatlamini o‘tkazuvchanligini kuchayishi sababli, 
fermentlar muxitga chiqadi va biokimyoviy jarayonlarni chuqurroq ketishiga imkon 
yaratadi. 
OV-potensialni pasayishi qaytarish natijasida qaytarilish reaksiyasi 
kuchayadi, aldegid, xinon va boshqa oksidlovchi moddalar miqdori kamayadi. 
Glitserin va yuqori molekulali spirtlar kam miqdorda xosil bo‘ladi, azotli 
moddalar miqdori esa oshadi. 
Ikkilamchi bijg‘ish tugashi bilan, achitqi xujayralari ochlik bosqichidan o‘tib 
avtolizga uchraydi va tarkibidagi ferment bilan aktiv moddalarni sharobga chiqaradi. 
Gidrolitik fermentlar (proteinaza, pektinaza va boshq.) aktivligi keskin oshadi. Bu 
jarayon xarorat va metabolitlarga bog‘liq. S.P.Avakyans bergan maъlumotga ko‘ra 
sharoblarga sovuqlik ishlovi -5; -6 darajali xaroratda olib borilsa va sovitish 
xaroratida 2-5 kun yoki 20-30 kun 10-15 xaroratda saqlansa, avtolizlanayotgan 
achitqidan ferment va boshqa moddalar tezda sharobga o‘tadi. Issiqlik bilan ishlov 
berilganda dastlab fermentlar aktivlashadi va ko‘p miqdorda avtoliz mahsulotlari 
xosil bo‘ladi. SHu moddalardan azot va fosfor birikmalari achitqi xujdayrasini
chukur parchalanishi natijasida denaturatsiyaga duch keladi. 
SHarob maъlum muddat saqlanganda - /выдержка/ achitqi avtolizining 
mahsulotlari bilan bir katorda achitqi xujayralar taъsirida sharob tarkibiga kiruvchi 
ayrim moddalarning fermentativ transformatsiyasi ruy beradi. 
Klassik usulda tayyorlangan shampan sharobida CO

ni 75% kimyoviy 
bog‘langan shaklda bo‘ladi. Ikkilamchi bijg‘ish jarayonida tayyorlangan shampan 
sharobida СO

ni bog‘langan shakli 11,2-17,3% ni, rezervuar uslubda 
shampanlanganda 12,2% ni tashkil etadi. 
Bunda bijg‘ish jarayonida achitqi faoliyati mahsulotlari xisobiga 
biokimyoviy etirifikatsiya reaksiyalari joy eganlagan.
SHampan sharobi tarkibida sirt aktiv moddalarni miqdori oshishi bilan СO

ni 
ajralib chiqish tezligi pasayadi va sharobning jilvali xususiyati oshadi. Sirt aktiv 
moddalarni oshishi ko‘pik xosil qilish xossalarini xam kuchaytiradi.


Ikkilamchi bijg‘ish germetik yopiq sig‘imlarda olib borilganda bijg‘ish
jarayonini asosy mahsuloti - karbonat angidrid gaz shakliga o‘tmasdan bevosita 
eriydi, bu esa sharob tarkibidagi turli moddalar bilan bog‘lanishiga imkon yaratadi. 
Barometrik bosimga nisbatan yuqori bosim ostida o‘tkazilgan bijg‘ish, ayrim 
moddalar nisbatini o‘zgartiradi. Ketokislotalar va sharob kislotasini miqdori 
kamayadi, sut kislotasi va aminokislotalar beruvchi azot moddalarni miqdori oshadi. 
Achitqi xujayrasidan sharobga o‘tadigan moddalar tarkibi achitqi turiga, 
fiziologik xolatiga va avtoliz jarayoniga bog‘liq. 
Achitqidan sharobga alanin, glitsin, treonin, prolin, leysin va boshqa 
aminokislotalar o‘tadi. SHarobda argosterin miqdori oshadi, lipidlar xosil bo‘ladi, 
mannan, xushbuy moddalar va jilvali sharoblarni taъmini xamda muattarligini 
shaklantiruvchi moddalar yig‘iladi.
Achitqi tarkibidagi turli ferment sistemalarini mavjudligi ko‘p biokimyoviy 
jarayonlarni aktivlashishiga olib keladi va uglevod, oksillar, aldegidlar, aromatik 
spirtlar, efirlar, V
1
va V
2
vitaminlar va boshqa moddalar jilvali sharoblarning 
taъmini, 
xushbuyliligini 
shakllantiruvchi 
moddalar 
miqdorini 
oshiradi. 
Saturatsiyalangan sharobdagi bog‘langan shakldagi karbonat angidridining miqdori, 
bir oy saqlaganda 0,4% ni, 3 oyda 2,6 %, 6 oyda 2,9%, 12 oyda 3,3% ni tashkil 
etadi. 

Download 132,27 Kb.
1   2   3   4




Download 132,27 Kb.
Pdf ko'rish