|
Moliyaviy hisobot tizimida moliyaviy ma'lumotlarni shakllantirish tamoyillari va tartibi
|
bet | 16/38 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #140675 |
Bog'liq 1 dan 7 gaca3.Moliyaviy hisobot tizimida moliyaviy ma'lumotlarni shakllantirish tamoyillari va tartibi.
Korxonalar faoliyatini baholash uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimida foyda muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi o‘sishi, assortiment kengayishi va yangilanishi hisobiga bo‘lgani kabi, tannarxni kamaytirish hisobiga jamg‘armalarning muntazam ortib borishi korxonalar rahbarlari manfaatlariga
mos keladi. Foyda korxona faoliyatining turli jihatlari (ishlab chiqarish, ta’minot, mahsulot sotish va moliyaviy)n aks ettiruvchi sifatga oid sintetik ko‘rsatkich hisoblanadi. Korxona tomonidan olinadigan foyda miqdori sotilgan mahsulot hajmi, uning sifati, assortimenti, tannarx darajasi va boshqa omillar bilan bog‘liq. Olingan foyda oz yoki ko‘p darajada rentabellik miqdori, o‘z aylanma mablag‘lari holati, korxonaning to‘lov qobiliyatini belgilab beradi
Tahlil uchun asosiy axborot manbayi “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot” 2-shakl hisoblanadi. Amaldagi 2-hisobot shakli oldingisidan farqlanadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi holatlar bilan bog‘liq:
1) bozor sharoitida moliyaviy hisobotlardan yangi foydalanuvchilar, avvalo, aksiyadorlar, shuningdek, boshqa
investorlarning paydo bo‘lishi;
2) korxona menejerlarining yangi axborot so‘rovlari vujudga kelishi;
3) moliyaviy bozorlarning asosiy mezonlari va xo‘jalik boshqaruvi talablariga javob beruvchi foyda haqidahisobotning yanada aniqroq tarkibini ishlab chiqarish zarurati.
Moliyaviy natijalar tahlilining vazifalari:
• Moliyaviy natijalar rejasi (prognozi) ni baholash.
• Moliyaviy natijalar tarkibi va dinamikasini o‘rganish.
• Moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi omillar ta’sirini miqdoriy o‘lchash.
• Moliyaviy natijalarni oshirish zaxiralarini aniqlash.
• Korxonani rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda moliyaviy natijalarni samaraliroq shakllantirish va undan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Moliyaviy natijalar – bu foyda yoki zarar.
Foyda (zarar) – korxonaning jami xarajatlari va jami daromadlari o‘rtasidagi farqni anglatadi.
Foyda - tashkilot faoliyatining ijobiy moliyaviy natijasidir. Salbiy natija zarar deb nomlanadi.
Korxonada vujudga kelgan har bir foydani tahlil qilish, mavhum emas, balki qariyb aniq xarakterga ega bo‘ladi, chunki muassislar, aksiyadorlar va ma’muriyat uchun korxona faoliyatini jadallashtirishning eng muhim yo‘nalishlarini tanlashga imkon beradi
•Mahsulot sotishdan yalpi foyda – mahsulot sotishdan sof tushum va sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi ayirma sifatida aniqlanadi:
YaF= SST-SMT.
•Asosiy faoliyatdan foyda – mahsulot sotishdan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi farq va boshqa daromadlar yoki asosiy faoliyatdan zararlar qo‘shilgan yoki ayirilgan holda aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ.
Korxonaning asosiy faoliyati deganda ahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha korxonanin ixtiyoriy faoliyati tushuniladi. Bundan kelib chiqadiki, korxonaning asosiy faoliyatiga
korxonaning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan moddalar va favqulodda moddalar kiritilmaydi, xolos.
|
| |