Iqtisodiy tahlilning predmeti va ob'ekti




Download 0,52 Mb.
bet15/38
Sana19.01.2024
Hajmi0,52 Mb.
#140675
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
1 dan 7 gaca

2.Iqtisodiy tahlilning predmeti va ob'ekti.
Tahlil (uni xo‘jalik faoliyatiga bog‘lamasdan va mustaqil fan sifatida ajratmay) azaldan mavjud va insoniyatning jami ilmiy va amaliy faoliyati asosida yotuvchi ancha keng tushuncha hisoblanadi. Tahlil obyekt va hodisalarni qismlarga ajratib o‘rganish jarayonini o‘zida aks ettiradi. Tahlilga teskari jarayon sifatida sintez namoyon bo‘lib, u bilan tahlil ko‘pincha amaliy yoki bilish faoliyatida uyg‘unlashadi. Iqtisodiy tahlil fan sifatida obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar hamda obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bilan bog‘liq maxsus bilimlar tizimini o‘zida aks ettiradi. Iqtisodiy tahlil real foyda keltirganda o‘zini oqlaydi. Iqtisodiy tahlilning haqiqiy nafi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida foydalanilmagan zaxiralarni aniqlashdan ham iborat. Iqtisodiy tahlilning muhim funksiyalaridan biri – resurslardan samarali foydalanishdagi foydalanilmagan zaxiralarni aniqlash, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish hamda fan va amaliyot yutuqlari, ilg‘or tajribalar o‘rganilishini hisobga olgan holda korxonani muvaffaqiyatli rivojlantirish va daromadlilik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Iqtisodiy tahlil boshqaruv obyekti (xo‘jalik faoliyati)ning asosiy va yirik bo‘limlari hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilni tashkil qilish, obyektlari, vazifalarni yechish usullari o‘ziga xoslikka ega.
Moliyaviy-iqtisodiy tahlil (korxonaning moliya xizmati, moliya va kredit organlari) korxona faoliyati natijalariga: moliyaviy reja bajarilishi, o‘z va qarz kapitaldan foydalanish samaradorligi, foyda miqdorini oshirish zaxiralarini aniqlash, rentabellik o‘sishi, korxonaning moliyaviy ahvoli va to‘lov qobiliyati yaxshilanishi kabilarga asosiy e’tibor qaratadi. Fan predmeti mazkur fan nimani o‘rganishini, metodi esa – qanday o‘rganishini, ya’ni ushbu tadqiqot predmetini o‘rganishda qanday uslublardan foydalanilishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy tahlil fan sifatida quyidagilar bilan bog‘liq maxsus bilimlar tizimini o‘zida aks ettiradi:
– obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv tusdagi omillar ta’siri ostida yuzaga keluvchi o‘zaro aloqadorlikdagi iqtisodiy jarayonlar tadqiqi;
– biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini obyektiv baholash;
– ijobiy va salbiy omillarni aniqlash hamda ularning ta’sirini miqdoriy o‘lchash;
– xo‘jalik taraqqiyoti tendensiyalari va proporsiyalarini oydinlashtirish, foydalanilmagan ichki xo‘jalik zaxiralarini aniqlash;
– ilg‘or tajribani umumlashtirish, optimal qarorlar qabul qilish.
Iqtisodiy tahlil korxonalardagi iqtisodiy ishlardan iborat iqtisodiy fanlarning muhim qismi hisoblanadi. U o‘z predmeti, obyekti va iqtisodiy jarayonlar, hodisalar, vaziyatlarni tadqiq qilish usullariga ega.
Iqtisodiy tahlil predmeti deganda, professor A.D.Sheremet ta’rificha, korxonalar, birlashmalar, assotsiatsiyalarning xo‘jalik jarayonlari, iqtisodiy axborotlar tizimida o‘z aksini topuvchi ularning obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida vujudga keluvchi faoliyatining ijtimoiyiqtisodiy samaradorligi va yakuniy moliyaviy natijalari tushuniladi
Professor M.Pardayev nuqtayi nazariga muvofiq, iqtisodiy tahlil predmeti obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida vujudga keluvchi xo‘jalik faoliyati, korxonalar iqtisodiy ahvoli ko‘rsatkichlarini yuksaltirish yo‘llarini ishlab chiqish hisoblanadi

Download 0,52 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy tahlilning predmeti va ob'ekti

Download 0,52 Mb.