• Mahsulotning material sig‘imi
  • Material qaytimi
  • Material resurslardan foydalanish koeffitsiyenti




    Download 0,52 Mb.
    bet23/38
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #140675
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
    Bog'liq
    1 dan 7 gaca

    Material resurslardan foydalanish koeffitsiyenti – bu haqiqatdagi material sarfining rejalashtirilgan kalkulyatsiya bo‘yicha hisoblangan material sarfi miqdori va mahsulotning haqiqatdagi ishlab chiqarishi hamda assortimentiga nisbatidir. Material sig‘imining xususiy ko‘rsatkichlari material resurslarning alohida turlaridan (xomashyo sig‘imi, metall sig‘imi, energiya sig‘imi va boshqalar) foydalanish samaradorligini tavsiflash uchun, shuningdek, alohida mahsulotlarning material sig‘imi darajasini (mahsulot birligiga ishlatilgan barcha materiallar qiymatining uning ulgurji narxiga nisbati) tavsiflash uchun qo‘llaniladi.
    Xo'jalik faoliyati barcha tomonlarining natijalarini, birinchi navbatda, uning zaif va oqsoq tomonlarining natijalarini chuqur tahlil qilib, mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularni xo'jalik faoliyatiga jalb qilish asosida sifatli mahsulot ishlab chiqarishni yanada ko'paytirish hamda samaradorligini oshirish yo'llarni ko'rsatishdan iborat.
    Material resurslar samaradorligining xususiy ko‘rsatkichlari material resurslarning alohida elementlarini iste’mol qilish samaradorligini tavsiflash, shuningdek, alohida mahsulotlar material sig‘imini baholash uchun qo‘llaniladi. Alohida mahsulotlarning solishtirma material sig‘imi qiymat, natural-qiymat va natural ifodada hisoblanishi mumkin.
    Mahsulotning material sig‘imi material sarfining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi material sarfini ko‘rsatadi:

    Bu yerda Mz – material sarfi; Nv – qiymat yoki natural ko‘rsatkichlardagi mahsulot hajmi. Material sarfi tarkibiga xomashyo, asosiy va qo‘shimcha materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar, yonilg‘i, energiya kiritiladi.


    Material qaytimi – material sig‘imiga teskari ko‘rsatkich, iste’mol qilingan resurslarning 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni tavsiflaydi:

    Mahsulotlarning turlari bo‘yicha solishtirma material sig‘imi mahsulot birligi ishlab chiqarish uchun material sarfining mahsulotning ulgurji narxiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich ham natural, ham qiymat ifodasida ifodalanishi mumkin.



    Download 0,52 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Material resurslardan foydalanish koeffitsiyenti

    Download 0,52 Mb.