• 2.Iqtisodiy tahlil turlarining qisqacha tavsifi: tashqi va ichki tahlil.
  • Korxona aktivlari rentabelligining umumiy formulasi




    Download 0,52 Mb.
    bet25/38
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #140675
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
    Bog'liq
    1 dan 7 gaca

    Korxona aktivlari rentabelligining umumiy formulasi:
    Ra= SF *100 /A.
    Bu yerda,
    SF – korxonaning sof foydasi;
    A – balans aktivlarining o‘rtacha qiymati.
    Ishlab chiqarish rentabelligi sof foydaning ishlab chiqarish fondlari o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanib, uning tarkibiga asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy aylanma mablag‘lar kiritiladi. Ishlab chiqarish rentabelligi ko‘rsatkichi olingan sof foydani ishlab chiqarish fondlari miqdori bilan bog‘lagan holda joylashtirilgan mablag‘larning iqtisodiy unumini tavsiflaydi.
    Mahsulotlar rentabelligini oshirishning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat:
    • mahsulot birligiga yoki bir so‘miga xarajatlarni pasaytirish;
    • tannarxni shakllantiruvchi ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni yaxshilash (mahsulotlarning fond sig‘imi, material sig‘imi, amortizatsiya sig‘imini pasaytirish yoki ularga teskari ko‘rsatkichlar, ya’ni fond qaytimi, material unumi va boshqalarni oshirish);
    • sotish hajmining o‘sishi;
    • sifati yaxshilanishi bilan birga kuzatiladigan mahsulot narxi o‘sishi.


    2.Iqtisodiy tahlil turlarining qisqacha tavsifi: tashqi va ichki tahlil.
    Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga xillarga ega. Ammo ko'pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Ammo ular mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi.
    Iqtisodiy tahlilning turi_deganda ma'lum belgilari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo'lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi.
    Iqtisodiy tahlilning shakli deganda uning o'ziga xos bo'lgan tashqi ko'rinishi, sirtqi qiyofasi, bilan birga o'ziga xos mazmuni, ya'ni uni amalga oshirish yo'llari, usullari tushuniladi.
    Iqtisodiy tahlilning turi va shakli mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin, chunki ularning ikkalasi ham tahlil qiluvchining o'z oldigan qo'ygan maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ammo ular bir-biridan ma'lum belgilari, shakli va mazmuni bo'yicha farqi bor. Tahlilning turi necha xil bo'lishidan qatiy nazar ularda bir-biriga juda yaqin va o'xshash usullardan foydalaniladi. Tahlilning shaklida esa har birida o'ziga xos usullar majmuasi qo'llanilishi mumkin.
    Iqtisodiy tahlilning turi uning belgilari bo'yicha guruhlanadi. Bu tahlilga qaysi nuqtai nazardan qarashga bog'liq. Masalan, iqtisodiy tahlil mazmun jihatidan qaralsa u glabal, lokal va tematik tahlilga bo'linadi. Bularning hammasida bir xil usullardan foydalanish mumkin. Ammo iqtisodiy tahlilning shaklini ko'radigan bo'lsak, uni makon va zamon nuqtai nazaridan qarab, unda qo'llaniladigan o'ziga xos usullarning majmuasidan kelib chiqiladi. Masalan, kompleks tahlilda qo'llaniladigan kompleks baholash usullari funksional qiymat tahlilida (FQT) qo'llanilmaydi. FQT da qo'llaniladigan usullar omilli tahlilda qo'llanilmasligi mumkin va hokazo.
    Iqtisodiy tahlil mazmuni bo'yicha uch guruhga bo'linadi: glabal, lokal va temmatik.
    Glabal tahlil deganda xo'jalik yurituvchi sub'ektning faoliyatini atroflicha to'liq yaxlit holda o'rganish tushiniladi.
    Lokal tahlil deganda xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatining alohida bir tarkibiy qismini o'rganish tushiniladi. Misol tariqasida aksiyadorlik jamiyati xo'jalik faoliyatini olish mumkin. Uning tarkibiga bosh korxona va oltita sho'ba korxonalari kiradi deb faraz qilamiz. Hammasining holatini yaxlit holda bir hisobot davri mobaynida erishilgan natijalari bo'yicha tahlil qilish global tahlilga misol bo'lishi mumkin. Uning alohida bo'linmalarini tahlil qilish lokal tahlilga misol bo'lsa, shu bo'linma ichida alohida bir mavzuni o'rganishga bag'ishlangan tahlil tematik tahlilga misol bo'lishi mumkin.
    Demak, tematik tahlil deganda xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatini alohida mavzusi bo'yicha tahlil qilish tushiniladi. Bunga aksiyadorlik jamiyatining bozor faolligini, ish faolligini, moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar tahlili kabilarni misol keltirish mumkin. Tezkor tahlil deganda hisobot davri davomida, u tugamasdan o'tkaziladigan tahlil tushiniladi. Masalan, hisobot davri bir chorak deydigan bo'lsak, uning tomom bo'lishini kutish uchun uch oy kerak. Ammo shu muddatda qanday natijaga erishish mumkinligini aniqlash uchun shu davr ichida tezkor tarzda har kuni, har haftada, har o'n kunlikda, har oyda tahlil qilib borish lozim. Bu aynan shu hisobot davrida (chorak ichida) amalga oshiriladi. SHu tufayli ushbu tahlil tezkor tahlil hisoblanadi.
    Joriy tahlil deganda hisobot davri tugashi bilan buxgalteriya, statistik va tezkor hisobot ma'lumotlari va boshqa axborot manbalariga asosan o'tkaziladigan tahlil tushiniladi. Masalan, hisobot davri chorak bo'lsa, u tugashi bilan buxgalteriya, statistik va tezkor hisobotlar tuziladi. Hamda ular tegishli tashkilotlarga (soliq idorasiga, moliya, statistik bo'linmalarga) topshiriladi. asl nusxasi shu xo'jalik yurituvchi sub'ektda qoladi. Ana shu hisobot ma'lumotlariga asosan ushbu xo'jalik yurituvchi sub'ektning faoliyati joriy tahlil qilinadi. Iqtisodiy tahlilning shakllari o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, ularning har biri ma'lum darajada mustaqil usullarga va tushunchalarga ega. Shu jihatdan uning turlari ma'lum bir belgilari bo'yicha tasniflansa, shakli esa o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy tahlilning turlarida, asosan, tahlilda qo'llaniladigan barcha usullardan foydalanilsa, usullarida esa o'ziga xos turlaridangina foydalaniladi.
    Iqtisodiy tahlil maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, makon va zamonga ko'ra, foydalamladigan maribalar, kim tomonidan o‘tkazilishidagi uyg‘imlik va yaxlitlik bo‘yicha turlarga ajratilsa maqsadga muvofiq boiadi. Shu jihatdan: - moliyaviy tahlil; - boshqaruv tahlili: - tezkor tahlil; - joriy tahlil; - istiqbolli tahlil; - kompleks tahiii; - tizimli tahlil; - funksionai qiymatli tahlil; - mavzuga oid tahlil; - staxostik tahlil; - determinallashgan tahlil; - marjinal tahlil: - solishtirma tahlil; - xo‘jalik faoliyati tahlili; - texnik-iqtisodiy; - ijtimoiy-iqtisodiy; - iqtisodiy-ekologik; - diognostik tahlil; - ichki tahlil; - tashqi tahlil va shu kabilar
    Iqtisodiy tahlilning bir necha tur bo'lib, ular quyidagilar:

    1. Maksadli: O'z ichiga o'zaro aloqador mazmuni bor bo'lgan tahlil. Masalan, mamlakatning iqtisodiyotini o'sishining sabablari.


    2. Nazariy (Teorik): Nazariy tahlilning maqsadi iqtisodiy qonunlar, prinsiplar va modellarga asoslanadi.
    3. Amaliy (Empirik): Sayyoralarni, statistik ma'lumotlarni va iqtisodiy olaylarni empirik (amaliy) metodlar orqali tahlil qiladi.
    4. Tashqi (Eksogen): Tashqi tahlil mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarni, xorijiy savdo-sotiqni, valyuta kurslarini o'rganadi.
    5. Ichki (Endogen): Ichki tahlil esa mamlakatning ichki iqtisodiy holatini, investitsiya, ishlab chiqarish darajasi kabi ichki jarayonlarga e'tibor beradi.
    6. Dinamik (Vaqtaviy): Vaqt o'tishi boyicha iqtisodiy jarayonlarni tahlil qiladi, masalan, iqtisodiyoti o'sib borayotgan mamlakatda katta rolini o'ynaydigan olaylar va tendentsiyalar.
    Bu turdagi tahlillar o'zaro bog'liqlikda ishlaydi va iqtisodiyotning murakkab jihatlari, xususiyatlari bilan tanishishga yordam beradi.



    Download 0,52 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxona aktivlari rentabelligining umumiy formulasi

    Download 0,52 Mb.