• Kirish
  • Reja: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi Fuqarolik jamiyatining siyosiy va davlat tuzilishi




    Download 32,57 Kb.
    bet1/6
    Sana16.02.2024
    Hajmi32,57 Kb.
    #157913
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI

    FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI RIVOJLANTIRISH HAMDA ULARNING IJTIMOIY VA SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR


    Kirish

    Reja:

    1. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi

    2. Fuqarolik jamiyatining siyosiy va davlat tuzilishi


    3. Mamlakatda ko‘p partiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi

    4. O‘zbekiston Prezidenti «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tashkil etish

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish


    O‘zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tuzumidan voz kechib, mamlakatda bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildi. Yurtimizda adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish istiqbollari strategik maqsadga aylanganligi hamda siyosiy darajada ko‘p bora bunga e’tibor qilib kelinayotganligi bejiz emas. Binobarin, fuqarolik jamiyati bo‘lmasa, davlat huquqiy mazmun sifatlariga ega bo‘lolmasligi ayon. Zero, bunday jamiyat huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy poydevori hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, fuqarolik jamiyatining nazariy, konseptual asoslari davlat mustaqilligimizning dastlabki davrlaridanoq yaratila boshlangan edi. Mazkur sohadagi siyosiy-huquqiy ta’limot o‘z mohiyat-e’tibori bilan tamomila milliy istiqlol g‘oyasi bilan yaratilgan bo‘lib, davlatimiz rahbarining dastlabki asarlari, nutq va ma’ruzalarida asoslab berildi. Xususan, Prezident I. A. Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida «bizning pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»1, – deb ta’kidlaydi.


    O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi
    Mazkur dasturiy asarda O‘zbekiston jamiyati siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy poklanishining asosiy yo‘llari va ustuvor yo‘nalishlari yangicha mushohada asosida belgilab berildi. Unda «O‘zbekiston – demokratiya va ijtimoiy adolat jamiyati» shiori ostida amalga oshiriladigan ichki va tashqi siyosat chinakam mustaqil O‘zbekistonni barpo etish bilan belgilanadi. Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyat bunyod etish – bosh vazifadir, deydi Prezident.

    Download 32,57 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 32,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi Fuqarolik jamiyatining siyosiy va davlat tuzilishi

    Download 32,57 Kb.