|
Materiallardan foydalanishni tahlil qilish
|
bet | 22/38 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #140675 |
Bog'liq 1 dan 7 gaca4.Materiallardan foydalanishni tahlil qilish.
Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejani muvaffaqiyatli bajarish uchun korxona nafaqat xomashyo, yoqilg‘i va boshqa mehnat vositalari bilan o‘z vaqtida hamda to‘liq ta’minlanishi zarur, balki ulardan ishlab chiqarishda oqilona foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Bu esa materiallarni sarflashning ilg‘or me’yorlarini qo‘llash, yaroqsiz mahsulot chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik yoki bu holatni minimumga tushirish, materiallardan faqat bevosita mo‘ljallanganligiga ko‘ra foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri qo‘llashni taqozo etadi.
Materiallarni saqlash, moddiy qimmatliklarni yo‘qotish va hisobdan chiqarish, keraksiz materiallarni tashqarida sotish, yo‘qotishlar uchun aybdor shaxslardan undirish masalalari, shuningdek, moddiy qimmatliklar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish natijalari material resurslardan foydalanish tahlilida o‘z aksini topishi lozim.
Bunday tahlil materiallar qanchalik samarali sarflanayotganligi va mahsulot hajmi hamda tannarxiga qanday ta’sir qilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi asosida tovar mahsulotning haqiqatdagi va rejalashtirilgan material sig‘imi aniqlanadi, keyin esa ular o‘rtasidagi farq topiladi.
2. Sarflardan olingan farqni tovar mahsulotni haqiqatdagi ishlab chiqarishga ko‘paytirgan holda materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfining umumiy miqdori topiladi. Hosil bo‘lgan umumiy miqdor material sig‘imi o‘zgarishining mahsulot tannarxiga ta’sirini tavsiflaydi.
3. Materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfi miqdorini mos ravishda tovar mahsulotning haqiqatdagi yoki rejalashtirilgan material sig‘imiga bo‘lish yo‘li bilan tejash hisobiga qancha qo‘shimcha mahsulot olinganligi yoki ortiqcha sarf hisobiga ishlab chiqarish qancha kamayganligi aniqlanadi.
Materilllarni reja doirasida tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha biznes-rejani bajarish
uchun imkoniyat yaratadi. Agar materiallar tejab-tergab sarf etilmasa va ularning haqiqatdagi sarfi normaga nisbatan ortiqcha bo`lsa, u holda tayyorlangan materiallar mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha biznes-rejani bajarish uchun yetarli bo`lmaydi. Tahlil qilish orqali materiallardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajat bo`lgan bo`lsa, u holda qancha kam mahsluot ishlab chiqarildi yoki materiallarni iqtisod qilish natijasida qancha qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarganligini aniqlash kerak. Bularni hisobga olish usuli quyidagicha:
1.Mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat normasini materiallarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi.
2. Olingan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko`paytiriladi.
3. Materiallarni sarf etishda sodir bo`lgan ortiqcha xarajatni reja bo`yicha belgilangan xarajat normasiga bo`linadi, iqtisodni esa haqiqiy xarajat miqdoriga bo`linadi. Shu tariqa iqtisod qilish natijasida
qo`shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ortiqcha xarajat oqibatida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi aniqlanadi. Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar muhim mahsulot turlari tannarxida (kalkulyatsiyasida)
beriladi.
Aksariyat korxonalarda mahsulot turli materiallardan tayyorlanadi, shuning uchun solishtirma material sig‘imini hisoblash faqat qiymat ifodasida amalga oshiriladi.
|
| |