• 4.Mahsulot yangilanishi va sifatini tahlil qilish.
  • Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni tahlil qilish




    Download 0,52 Mb.
    bet30/38
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #140675
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
    Bog'liq
    1 dan 7 gaca

    3.Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni tahlil qilish.
    Ishchi tomonidan ishlab chiqarish, mehnatning ishlab chiqarish quvvati va uning intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Mehnatning ishlab chiqarish quvvati darajasi texnik jihozlanganlik bilan belgilanadi. Mehnatning ishlab chiqarish quvvati ishning mehnat sig‘imi kamayishi bilan birgalikda ortib boradi. Mehnat intensivligi uning vaqt birligidagi miqdori bilan o‘lchanadi, darajasi esa ish vaqtidan foydalanishga bog‘liq.
    Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotning o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq:
    K – bir yilda bir ishchining o‘rtacha ishlagan kunlari miqdori;
    D- ish kunining o‘rtacha davomiyligi;
    SI – ishchining o‘rtacha bir soatlik ishlab chiqarishi.
    Demak, bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi yil davomida bir ishchi tomonidan ishlangan kunlarning o‘rtacha miqdoriga, ish kunining o‘rtacha davomiyligi va ishchining o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishiga bog‘liq bo‘ladi.


    4.Mahsulot yangilanishi va sifatini tahlil qilish.
    Mahsulot sifati – mahsulot sotish o‘sishiga imkon beruvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va korxonalar raqobatbardoshligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir.
    Mahsulot sifati – uning mo‘ljallanganligiga muvofiq muayyan ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shartlovchi mahsulotlar xususiyatlari majmuyidir. Yangi mahsulot ishlab chiqarish hajmi texnik taraqqiyot darajasini tavsiflaydi.
    Tabiiyki, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning ilk davrida katta xarajatlarni talab qiladi, lekin bu loyiha quvvatlarini o‘zlashtirish, kelgusida seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarish natijasida o‘zini qoplaydi. Tobora mahsulot tannarxi kamayib, mos ravishda uning ulgurji narxlari ham pasayadi. Bu ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste’molchilar uchun foydali hisoblanadi. Mahsulotlarning sifatini tashkil etuvchi bir yoki bir nechta xususiyatlarining miqdoriy tavsifi sifat ko‘rsatkichi, deb yuritiladi. Mahsulotlar sifat ko‘rsatkichining umumiy, individual va
    bilvosita ko‘rsatkichlari mavjud. Sifat ko‘rsatkichlari mahsulotlarning parametrik, iste’mol, texnologik dizayn xususiyatlarini, uning standartga muvofiqligi, ishonchliligi va chidamliligini tavsiflaydi.
    Umumiy ko‘rsatkichlar turi va mo‘ljallanganligidan qat’iy nazar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini masalan, quyidagilarning ulushini tavsiflaydi:
    – umumiy ishlab chiqarishda yangi mahsulotlar ulushi;
    – sertifikatlangan va sertifikatlanmagan mahsulotlar ulushi;
    – xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlar ulushi;
    eksport qilinayotgan, jumladan yuksak rivojlangan sanoat mamlakatlariga jo‘natilayotgan mahsulotlar va boshqalar.
    Mahsulot sifatining individual (yagona) ko‘rsatkichlari uning xossalaridan birini tavsiflaydi:
    – foydalilik (sut yog‘liligi, ko‘mirning yonuvchanligi, rudada temir
    miqdori, oziq-ovqat mahsulotlarida oqsil miqdori va boshqalar);
    – ishonchlilik (chidamlilik, ishda buzilmasligi);
    – konstruktorlik va texnologik qarorlar samaradorligini aks ettiruvchi texnologiklik (mehnat sig‘imi, energiya sig‘imi va hokazo);
    – mahsulotlar estetikligi. Bilvosita ko‘rsatkichlar – bular sifatsiz mahsulotlar uchun jarimalar, yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning hajmi va ulushi, reklama qilingan mahsulotlar ulushi, yaroqsizga chiqarishdan yo‘qotishlar va boshqalar.
    Axborot manbalari sifatida sinov hujjatlari, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarning laboratoriya nazorati ma’lumotlari, texnik nazorat bo‘limi (TNB) ma’lumotlari va boshqalar xizmat qiladi. Mahsulot sifati bo‘yicha rejaning bajarilishini umumlashtirma baholash uchun turli usullar, jumladan ball usuli qo‘llaniladi. Baholashning ball usuli mohiyati shundan iboratki, mahsulot sifatining o‘rtacha tortilgan bali aniqlanadi hamda uning haqiqatdagi va rejadagi darajasini
    taqqoslash yo‘li bilan sifat bo‘yicha reja bajarilishining foizi topiladi. Sifat nav bilan tavsiflanadigan mahsulotlar bo‘yicha har bir navning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi, o‘rtacha navlilik koeffitsiyenti, taqqoslama shartlarda mahsulotning o‘rtacha tortilgan narxi
    hisoblanadi. Birinchi ko‘rsatkich bo‘yicha reja bajarilishini baholashda mahsulotning umumiy hajmida har bir navning haqiqatdagi ulushi rejadagi bilan, sifat dinamikasini o‘rganish uchun esa – o‘tgan davrlar ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. O‘rtacha navlilik koeffitsiyenti barcha navdagi mahsulotlar qiymatining yuqori nav bahosi bo‘yicha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.

    Download 0,52 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni tahlil qilish

    Download 0,52 Mb.