-Variant 1.Korxonaning moliyaviy natijalarini tahlil qilish va prognoz qilish




Download 0,52 Mb.
bet28/38
Sana19.01.2024
Hajmi0,52 Mb.
#140675
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
1 dan 7 gaca

7-Variant


1.Korxonaning moliyaviy natijalarini tahlil qilish va prognoz qilish.
Moliyaviy natijalar – bu foyda yoki zarar.
Foyda (zarar) – korxonaning jami xarajatlari va jami daromadlari o‘rtasidagi farqni anglatadi.
Foyda - tashkilot faoliyatining ijobiy moliyaviy natijasidir. Salbiy natija zarar deb nomlanadi.
quyidagi foyda ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
•Mahsulot sotishdan yalpi foyda – mahsulot sotishdan sof tushum va sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi ayirma sifatida aniqlanadi:
YaF= SST-SMT.
•Asosiy faoliyatdan foyda – mahsulot sotishdan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi farq va boshqa daromadlar yoki asosiy faoliyatdan zararlar qo‘shilgan yoki ayirilgan holda aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ.
Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar), asosiy faoliyatdan foyda miqdoriga moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlarni qo‘shish, xarajatlarni ayirish yo‘li bilan hisoblanadi.
UF = AFF+MD-MX.
Daromad (foyda) solig‘i to‘langunga qadar foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan foyda va favqulodda ( ko‘zda tutilmagan) foyda va zararlar saldosining algebraik miqdori sifatida ta’riflanadi.
STF = UF+FP-FZ
Hisobot davrining Sof foydasi soliqlar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida qoladi, daromad yoki foyda solig‘i hisobdan chiqarilgandan so‘ng va yana boshqa qaerdadir hisobga olinmaydigan boshqa soliq va to‘lovlar ayirib tashlangandan so‘ng qoladigan soliqlar to‘langunga qadar foydani o‘zida aks ettiradi:
SF = STF-DS-BS.
Prognozlash - bu korxonaning kelgusidagi faoliyati natijasi va sharoitini aniklashga yo'naltirilgan son va sifat jihatdan rejadan oldingi tizimdir. U korxona oldiga ko'yilgan maksadlarni xakkoniyligini va foydaliligini belgilab beradi. U texnik va iktisodiy prognozlashga bo'linadi.
Bashoratning maqsadi - - bozorga ta`sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo`jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste`molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta`sir ko`rsatishi, an`anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni bashorat qilish muhim ahamiyatga ega bo`lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorining o`zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, bashorat rejalashtirishning ilmiy asosidir.




Download 0,52 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Variant 1.Korxonaning moliyaviy natijalarini tahlil qilish va prognoz qilish

Download 0,52 Mb.