• Ilmiylik
  • Komplekslilik
  • Muntazamlik
  • -Variant 1.Bankrotlik ehtimolini tahlil qilish




    Download 0,52 Mb.
    bet31/38
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #140675
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
    Bog'liq
    1 dan 7 gaca

    8-Variant


    1.Bankrotlik ehtimolini tahlil qilish.
    2.Iqtisodiy tahlil tamoyillari.
    Iqtisodiy tahlil umumqabul qilingan tamoyillarga qat’iy asoslanishi
    lozim. Korxonalarning xo‘jalik faoliyati tahlilida tamoyillar bilimning
    turli jabhalari uchun qo‘llaniladi: obyektivlik, ilmiylik, tizimlilik,
    aniqlik, komplekslilik, muntazamlik, taqqoslanuvchanlik. Ixtiyoriy
    darajadagi xo‘jalik faoliyati tahlilini olib borishda ularga asoslanish
    talab qilinadi. Obyektivlik tamoyili tadqiq etilayotgan hodisa, vaziyat,
    jarayonlar tekshirilgan va ishonchli iqtisodiy axborotlar tizimida
    ifodalangan obyektiv voqelikni aks ettirishi lozim.
    Ilmiylik tamoyili tahlil o‘tkazishda ilmiy asoslangan metodika va
    tartiblarga tayanish lozimligini anglatadi.
    Tizimlilik tamoyili – tadqiq etilayotgan jarayonlar, iqtisodiy
    hodisalar, xo‘jalik operatsiyalari bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda,
    yagona tizimda o‘rganilishini anglatadi.
    Aniqlik tamoyili o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlar
    konkret real ma’lumotlarga asoslanishi lozim, natijalar esa aniq analitik
    hisob-kitoblarga asoslanadi.
    Komplekslilik tamoyili tizimli tahlilning asosiy tarkibiy qismi
    hisoblanadi va butun va uning qismlariga dialektik yondashuv sifatida
    ko‘rib chiqiladi. Tahlil va sintez birligi haqida mulohazalarga tayangan
    holda hodisa va jarayonlarning barcha jihatlari ichki aloqadorlikda
    hamda omillar ta’sirida o‘rganish asosida xo‘jalik faoliyati haqida aniq
    bilimlarga ega bo‘lish va uni to‘g‘ri baholash mumkin. Demak, kompleks yondashuv faoliyatning barcha jihatlarini qamrab olish, korxonalar
    iqtisodiyotidagi sabab bog‘lanishlarini har tomonlama o‘rganishni talab
    qiladi.
    Muntazamlik tamoyili hodisadan hodisagacha emas, balki oldindan belgilangan vaqt oralig‘ida doimiy ravishda, uzluksiz tahlil olib
    borilishini talab qiladi.
    Amaliylik tamoyili korxonalar faoliyatida kamchilik va xatoliklarni o‘z vaqtida aniqlash va kelgusida bu holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni
    anglatadi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar belgilangan natijalarga erishish
    maqsadida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi.

    Download 0,52 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Variant 1.Bankrotlik ehtimolini tahlil qilish

    Download 0,52 Mb.