|
Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun hal qilinadigan asosiy masalalar
|
bet | 26/38 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #140675 |
Bog'liq 1 dan 7 gaca3.Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun hal qilinadigan asosiy masalalar.
Мoddiy resurslardan samarali foydalanishning zarurligi va ahamiyati Mamlakat iqtisodiyotining intensiv taraqqiyot yoliga otkazishning muhim shartlaridan biri - xomashyo, materiallar, yonilgi va energiyadan samarali tarzda foydalanish va ularni tejashdir. Bunda avvalambor «samarali» soziga tushuncha berishga harakat qilamiz. «Samarali» deganda oylab, maqsadga muvofiq, asoslangan holda foydalanish tushuniladi. «Samaradorligini oshirish» deganda takomillashtirish, yaxshilash tashkil etish darajasini orttirishni tushunish mumkin. Moddiy resurslardan samarali foydalanish-bu tashkil etishning malum darajasida moddiy resurslardan foydalanishning sifat tavsifidir. Moddiy resurslarni istemol qilish samaradorligini oshirish ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bogliq tarzda ulardan foydalanishni takomillashtirib borishning uzluksiz jarayonidir. Klassik iqtisodchilar fikriga kora, ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan har qanday xom ashyo va materiallar koplab xususiyatlarga egadirlar. Shu sababli ularning ana shu xususiyatlariga kora foydalanishgina samara beradi deb hisoblaymiz. Har bir material malum bir sohada katta samara berishi bilan birga, ikkinchi bir sohada samarasiz bolishi mumkin. Iqtisoddagi muhim muammolardan biri ham ana shunda, yani har bir resursning samarali boladigan jarayonni topishdir. Aks holda amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar samarasiz tugashi mumkin. Tashkilot va korxonalar faoliyatidagi eng muhim holat ham har bir materialning oziga xos xususiyatini topib olishdadir. Faqatgina ana shu xususiyat tashkilotga samara keltirishi mumkin. Faqat bu yerda shuni unutmaslik lozimki, kechagina samarali hisoblangan xususiyatlar bugungi kunga kelib fan yutuqlari natijasida samarasiz holatga kelishi mumkin. Moddiy resurslardan foydalanganlar ana shu qonuniyatga amal qilish lozim. Moddiy resurslarni tejash va ulardan samarali foydalanish tushunchalari turli xil manoni anglatadi. Har qanday tejash ham moddiy resurslardan samarali foydalanishni nazarda tutmaydi. Masalan, moddiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanib, mahsulotning istemol qiymatini pasaytirish moddiy resurslarni tejash boladi, ammo bu bilan biz moddiy resurslardan samarali foydalanishni yolga qoya olmaymiz. Moddiy resurslardan samarali foydalanish birgina korxona yoki tashkilot miqyosida emas, balki butun xalq xojaligi miqyosida amalga oshishi lozim, yani korxonada amalga oshirilgan ishlar mahsulotning istemol qiymatini oshirishi lozim. Amalga oshirilgan ishlar xalqning moddiy ehtiyojlarini tolaroq qondirishga olib kelsagina, biz moddiy resurslardan samarali foydalangan bolamiz va jamiyat miqyosida moddiy resurslarni tejagan bolamiz. Mamlakat miqyosida moddiy resurslardan samarali foydalanishning barcha tashkiliy-iqtisodiy tadbirlari ikki yonalishdan iboratdir: 1. Taqsimot va muomala bosqichlarda moddiy resurslardan samarali foydalanishni tashkil qilish. 2. Ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslardan foydalanishning darajasini orttirish. Birinchi yonalishda, yani taqsimot va muomala bosqichida moddiy texnika ta`minoti va moddiy resurslarning taqsimotining tizimi yaratiladi va bu tizim ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslardan foydalanish asoslarini yaratadi. Sanoat korxonalarida moddiy resurslardan samarali foydalanish ulardagi ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishni talab qiladi. Ishlab chiqarishni takomillashtirish natijasida moddiy resurslar tejalishi amalga oshadi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslardan foydalanish darajasini oshirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim a) tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish; b) moddiy resurslarni tejashning iqtisodiy vositalaridan foydalanish; v) korxonada boshqaruvni takomillashtirish; g) ishlab chiqarishni tashkiliy tuzilishini takomillashtirish; d) texnik-texnologik tadbirlarni amalga oshirish; e) ishlab chiqarishni yangi texnika bilan jixozlash va qayta jixozlash; j) ishlab chiqarishdagi barcha jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ishlarini amalga oshirish; z) mehnatni ilmiy tashkil etishni va uning asosiy yonalishlari boyicha tadbirlarni amalga oshirish; i) ishlab chiqariladigan mahsulot tuzilishini takomillashtirish; k) korxonada chiqayotgan chiqindilardan va ikkilamchi resurslardan samarali foydalanishni tashkil qilish; l) mehnat resurslarini tanlash, oqitish va malakasini oshirish; Moddiy resurslarni tejash va ulardan samaraliroq foydalanishning ahamiyati va kolami yildan-yilga ortib bormoqda. Bu ishlab chiqarish hajmining ortishi, mahsulotlarning raqobatbardoshligini orttirish maqsadida murakkablashib borishi va shu kabilar bilan asoslanadi. Moddiy resurslar qiymati ham yildan-yilga ortib bormoqda, moddiy resurslarni tayyorlash va qazib chiqarishdagi xarajatlar ham ortib bormoqda. Shu sababli ularni tayyorlash, qazib chiqarish hisobiga kopaytirish orniga, ularni ishlab chiqarishda tejash orqali miqdorini orttirish samarali hisoblanadi. Sanoat korxonalarida moddiy resurslarni tejash, ularni yangisini olishga qaraganda 2-4 marta arzonroq tushadi. Shu sababli, ularni tejashda samarali foydalanishga katta e`tibor qaratish lozim.
Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi masalalar muhim bo'ladi:
1. Tahlil va analiz qilish: Qanday va qancha resurslardan foydalanishingizni tahlil qilishingiz kerak. Nima uchun, qanday yo'nalishda, va qancha o'qishni vaqtingizni belgilang.
2. Ishonchli manbalar: Ishonchli va ishonmaslik uchun qilingan ma'lumotlarni aniqlang. Ishonchli manbalardan olingan ma'lumotlar qisqa vaqt ichida o'zaro muvofiq va yaxshi aniqlangan bo'ladi.
3. Qulaylik va tezlik: Resurslar bilan ishlashni qulayroq va tezroq qilish uchun, kerakli ma'lumotlarni tez topish, navigatsiyani osonlashtirish va kerakli fayllarni tez ochishni ta'minlash juda muhim.
4. Yangiliklarga e'tibor bering: So'nggi yangiliklarni kuzatish va so'nggi texnologiyalardan foydalanish, resurslarni yangi vaqt talablariga moslashtirish samaradorligini oshirishga yordam bera olishi mumkin.
5. Texnik rivojlantirish: Resurslar va vositalarning texnik tarqalishlarini kuzating. Yangi texnik o'zgarishlar sizning faoliyatingizni samaraliroq qilishi mumkin.
Bu masalalar bilan shug'ullanish, resurslardan maksimal foyda olishingizni ta'minlaydi.
|
| |