|
1-Variant Korxona xarajatlarini tahlil qilish
|
bet | 18/38 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #140675 |
Bog'liq 1 dan 7 gacaFavqulodda zararlar – bu korxonaning xo‘jalik faoliyatida o‘ta kamdan-kam hollarda yuzaga keluvchi zarar bo‘lib, ular uchun odatiy hisoblanmaydi va korxona tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlari oqibati sifatida qaralmaydi.
Hisobot davrining Sof foydasi soliqlar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida qoladi, daromad yoki foyda solig‘i hisobdan chiqarilgandan so‘ng va yana boshqa qaerdadir hisobga olinmaydigan boshqa soliq va to‘lovlar ayirib tashlangandan so‘ng qoladigan soliqlar to‘langunga qadar foydani o‘zida aks ettiradi:
SF = STF-DS-BS.
4.Inventarizasiya holatini tahlil qilish.
Inventarizatsiya holatini tahlil qilish uchun quyidagi qadamlar:
1. Mijozlar vaqtlarini bahramand qiling: Mijozlar o'rtasida kamida marta so'rov yuboring va ularning talablari va fikrlarini hisobga oling.
2. Omborlarni tekshirish: Har bir omborni tekshirib, mavjud maxsulotlarni sanab, ularning holatini baham ko'ring.
3. Xarajatlar va chegirmalar: Tijoratdagi omonatlarni, xarajatlarni va chegirmalarni aniqlang. Bu, pul mablag'larini muvofiqlashtirish uchun kerakli bo'lishi mumkin.
4. Hisobotlar va ma'lumotlar analizi: O'tgan davrga oid hisobotlar va ma'lumotlarni o'rganing. Bu, oldingi yillarning solig'i va yangi yo'nalishlarni aniqlashda yordam bera oladi.
5. Personallikni tekshirish: Xodimlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyatlarini, takliflarini va muammolari haqida ma'lumot to'plang.
6. Yo'nalishlarni aniqlash: Mijozlar vaqtida qaysi maxsulotlarni talab qilayotganlarini, yangi maxsulotlarga qanday munosibati ko'rsatayotganlarini aniqlang.
7. Moliyaviy natijalarni chiqaring: Inventarizatsiya natijalariga asosan, pul mablag'larini, omonatlarni va xarajatlarni qanday mustahkamlash mumkinligini o'rganing.
Natijalarga asoslangan tahlil, kompaniyaning samaradorligini oshirish va harakat qilish yo'nalishlarini belgilashda yordam bera oladi.
Inventarlashning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak.
Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Quyidagi hollarda inventarlash o‘tkazilishi shart:
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog‘da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi:
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida);
- o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda;
- tabiiy ofatlar, yong‘inlar falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o‘tkaziladi.
Inventarlashni o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tarkibida:
– xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
– bosh buxgalter;
– boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi..
Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun tarkibida:
–inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
–mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi inventarlash komissiyalari tuziladi.
Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarlash komissiyalarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga binoan buyruq, qaror, farmoyish).
Inventarlashni o‘tkazish chog‘ida komissiyaning aqalli bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol inventarlash natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari:
- boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha bo‘lim, bo‘lim, sho‘’balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
- inventarlash o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;
- inventarlash to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarlashdan o‘tkazadi;
- inventarlash natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, bo‘limlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boyliklarni qayta navlarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
- zarur hollarda (inventarlashni o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarlashlarni o‘tkazadi;
- boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko‘rilgan talafotlarni bir izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.
Ishchi inventarlash komissiyalari:
- saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mablag‘larini inventarlashni amalga oshiradi;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarlash natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish chog‘idagi ortiqcha chiqishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo‘qolish me’yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olishni yaxshilash va ular saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish masalalari, shuningdek, me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy boyliklarni sotish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- quyidagi hollarda:
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘iga muvofiq inventarlashni o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
b) hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;
c) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun;
d) belgilangan tartibga muvofiq inventarlash materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javob beradi.
|
| |