|
1-Variant Korxona xarajatlarini tahlil qilish
|
bet | 17/38 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #140675 |
Bog'liq 1 dan 7 gacaDavr xarajatlari deganda, bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va daromadlar tushuniladi: sotish bo‘yicha xarajatlar, ma’muriy xarajatlar, kelgusida soliqqa tortiladigan
bazadan chiqarib tashlanadigan hisobot davri xarajatlari.
Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar), asosiy faoliyatdan foyda miqdoriga moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlarni qo‘shish, xarajatlarni ayirish yo‘li bilan hisoblanadi.
UF = AFF+MD-MX.
moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlarga quyidagilar kiritiladi:
• Olingan royalti va kapital transfertidan daromadlar
• O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalarning faoliyatida ulushli ishtirokdan olingan daromadlar, aksiyalar bo‘yicha dividendlar hamda va obligatsiyalar va korxonaga tegishli boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.
• Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan daromadlar.
• Valyuta hisoblashishlari, shuningdek, chet el valyutasida operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs farqlari.
• Qimmatli qog‘ozlar, sho‘ba korxonalar va boshqalarga joylashtirilgan mablag‘larni qayta baholashdan foydalar.
• Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
1. O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan hisob stavkasi doirasidagi yoki undan yuqori bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar; yetkazib beruvchilarning kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari uchun xarajatlar.
2. Mulkni uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha foiz to‘lovlari uchun xarajatlar.
3. Manfiy kurs farqlari va chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha zararlar.
4. Joylashtirilgan mablag‘lar (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va boshqalarga) ni qayta baholashdan zararlar.
5. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar.
6. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar.
Daromad (foyda) solig‘i to‘langunga qadar foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan foyda va favqulodda ( ko‘zda tutilmagan) foyda va zararlar saldosining algebraik miqdori sifatida ta’riflanadi.
STF = UF+FP-FZ.
|
| |