Moliyaviy tahlilning axborot bazasi




Download 0,52 Mb.
bet13/38
Sana19.01.2024
Hajmi0,52 Mb.
#140675
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
1 dan 7 gaca

4.Moliyaviy tahlilning axborot bazasi.
Moliyaviy tahlil ko‘p qirrali murakkab jarayon bo‘lib, u tashkil qilinishi, buning uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat: - absolut va nisbiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi aloqalarni borligini bilish; - moliyaviy tahlil mobaynida absolut va nisbiy ko‘rsatkichlardan birgalikda foydalanish; - moliyaviy tahlil mantiqiy ravishda amalga oshirilib, u induktiv usulga - alohida hodisalardan umumiy hodisalarga o‘tish, moliyaviy holatning bir shakl ko‘rinishidan umumiy ko‘rinishga o‘tish va deduktiv usulga – umumiy hodisalardan alohida hodisalarga o‘tishga asoslanib tahlil qilish; - hamma foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar bir xil, asoslangan usulda aniqlanishi lozim; - moliyaviy holatni tahlil qilishda tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarini boshqa korxonalar, o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlari va ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash; - moliyaviy tahlilning har tomonlama bo‘lishligi va korxonalarning umumiy moliyaviy holatiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil etish; - moliyaviy tahlilni samarali o‘tkazish uchun kerakli ma’lumotlarni oldindan tayyorlash va bu borada asosiy tasdiqlangan moliyaviy manbalar bilan cheklanmasdan birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanish; - moliyaviy tahlil obyektiv ravishda tashkil qilinib, u korxonalarning moliyaviy holati real darajasini ifodalashi lozim; - moliyaviy tahlil o‘z vaqtida o‘tkazilib, tahlil yakunlariga asoslanib, moliyaviy holatni yaxshilash choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga imkon berish; - moliyaviy tahlil kompleks ravishda o‘tkazilib, unda moliyaviy holatning hamma shakl va yo‘nalishlari ifodalanishi lozim; - moliyaviy tahlil o‘z vaqtida va haqqoniy o‘tkazilishi moliyaviy holatni ko‘tarishga bag‘ishlangan tadbirlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga imkon berishi kerak; - moliyaviy holatni tahlil qilish shunday vaqtda o‘tkazilishi kerakki, tahlil yakunlari quyidagi maqsadni amalga oshirib, korxona boshqaruv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatini tug‘dirishi lozim; - moliyaviy tahlil barcha yig‘ilgan va umumlashtirilgan ma’lumotlarga asoslanib, kerakli ko‘rsatkichlardan foydalanib, bu ko‘rsatkichlarning asosliligi to‘g‘ri usullarda aniqlanishi lozim. Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega: · moliyaviy tahlilning natijalaridan hamma foydalanishi mumkin; · moliyaviy tahlilning subyektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng; · moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan hisobot ma’lumotlariga asoslanadi; · moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o‘tkaziladi; · moliyaviy tahlilning yo‘nalishi moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo‘lib, unda chegaralangan aniq bir vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustahkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir. Ko‘rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish keng miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o‘tkaziladi. Korxonalarni ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, qadimdan qo‘llanilib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi ma’lumotlarni yig‘ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o‘tkazish, absolut, nisbiy, o‘rtacha, dinamik ko‘rsatkichlardan foydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelatsiya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim
Iqtisodiy tahlilda qo'llaniladigan axborotlar odatda ikkiga bo'linadi: hisoblanadigan va hisoblanmaydigan.
Hisoblanadigan axborot manbalariga quyidagilar kiradi:* buxgalteriya hisobi va hisoboti;* statistika hisobi va hisoboti;* tezkor hisob va hisobot;* tanlab kuzatilgan hisob ma'lumotlari.

Buxgalteriya hisobi va hisobotida xo'jalik operatsiyalari, xo'jalik mablag'lari va ularning manbalari ifodalanadi.


Statistika hisobi va hisobotida hodisa va jarayonlar umumiy majmuasining miqdoriy jihatlari ifodalanadi.
Tezkor hisob va hisobotlarga hisobot davri ichida olish mumkin bo'lgan axborotlar majmuasi kiradi.
Tanlab kuzatish natijasida olingan ma'lumotlar hisobotdagi ko'rsatkichlarni chuqurlashtirish hamda hodisa va jarayonlarni alohida o'rganish imkonini beradi.
Hisoblanmaydigan ma'lumot manbalariga quyidagilar kiradi:
* ichki idora va idoradan tashqari taftish ma'lumotlari;
* ichki va tashqi audit hisobotlari;
* laboratoriya va tibbiy-sanitariya nazorati materiallari;
* soliq xizmati xodimlarining tekshirish natijalari;
* mehnat jamoasining majlis va yig'ilish qarorlari.

Shuningdek, tahlil jarayonida tasdiqlangan reja, biznes-reja va boshqa me'yoriy hujjatlar ham qo'llaniladi.


Iqtisodiy tahlilda qo'llaniladigan axborotlar oshkoraligi nuqtai nazaridan yopiq va ochiq ma'lumotlarga bo'linadi. Buxgalteriya va statistik hisobotlarda ifodalangan ma'lumotlar tashqariga, boshqa sub'ektlarga taqdim qilinadi va ular ochiq ma'lumotlarga kiradi.
Bozor munosabatlari sharoitida har bir xo'jalik yurituvchi sub'ekt o'zining me'yoriy ko'rsatkichlarini, ta'riflari, limitlari va ularni baholash yo'llarini ishlab chiqadi. Bu ko'rsatkichlar xo'jalik sub'ektining tijorat, texnologik, ishlab chiqarish siri bo'lib hisoblanadi.
Ma'lumotlar tegishli, ishonchli, taqqoslanadigan va o'z vaqtida bo'lsa foydali hisoblanadi.
Axborot, agar uning mavjudligi yoki yo'qligi bayonotlardan foydalanuvchilarning qarorlariga (shu jumladan boshqaruviga) ta'sir ko'rsatishi, ularga o'tmishdagi, hozirgi yoki kelajakdagi voqealarni baholashda yordam berishi, ilgari qilingan taxminlarni tasdiqlash yoki o'zgartirishi mumkin bo'lsa, tegishli hisoblanadi.
Axborotning taqqoslanuvchanligi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarning tashkilotning moliyaviy holati va moliyaviy faoliyatidagi tendentsiyalarni aniqlash uchun turli vaqt davrlaridagi natijalarni solishtirishi mumkinligini anglatadi.
Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarning axborotga bo'lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni ikki toifaga bo'lish mumkin: tashqi va ichki.
- ichki (ma'muriy xodimlar, bo'limlarning rahbarlari, rahbarlari va mutaxassislari, ta'sischilar, ishtirokchilar, mulkdorlar);
– tashqi: bevosita manfaatdor (davlat, soliq organlari, mavjud va potentsial kreditorlar, etkazib beruvchilar va xaridorlar, mablag'lar egalari va boshqalar tomonidan taqdim etiladi); bilvosita manfaatdor (auditorlik xizmatlari, qimmatli qog'ozlar birjalari, moliyaviy maslahatchilar, qonunchilar, huquqshunoslar, banklar, investorlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari, davlat statistika organlari, kasaba uyushmalari).



Download 0,52 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyaviy tahlilning axborot bazasi

Download 0,52 Mb.