|
Biznes-rejaning samaradorligini baholash
|
bet | 12/38 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #140675 |
Bog'liq 1 dan 7 gaca3.Biznes-rejaning samaradorligini baholash
Biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablag‘lari kiritishni amalga oshirish turli vaqt oralig‘ida pul mablag‘lari oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab qiladi. Bunday baholash kontseptsiyasi shunga asoslanadiki, pul qiymati vaqt o‘tishi bilan pul bozoridagi foyda normasini hisobga olgan holda o‘zgarib boradi, bu norma sifatida odatda ssuda foizi normasi qabul qilinadi. Mazkur holatda foiz deganda pul bozorida puldan foydalanish natijasida olinuvchi daromad miqdori tushuniladi. Investitsiyalash uzoq muddatli jarayon ekanligini hisobga olgan holda, investitsiya kiritilgan paytdagi pul qiymatini uni bo‘lajak foyda, amortizatsiya ajratmalari va boshqa shaklda qaytib kelish paytidagi qiymati bilan taqqoslanadi. Investitsiya kiritish va pul mablag‘larini qaytib olish paytidagi pul qiymatini taqqoslashda ikkita asosiy tushuncha – pulning hozirgi qiymati va kelajakdagi qiymatidan foydalanish qabul qilingan. Pulning kelajakdagi qiymati hozirgi paytda investitsiya qilingan pul mablag‘larining belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng ma‘lum bir foiz stavkasini hisobga olgan holda aylanishi lozim bo‘lgan miqdorini ifodalaydi. Pulning kelajakdagi qiymatini aniqlash ushbu qiymatning o‘sish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, pulning boshlang‘ich miqdoriga foiz summasini (foiz to‘lovlarini) qo‘shib borish yo‘li bilan bosqichma-bosqich kattalashtirishni aks ettiradi. Bu summa foiz stavkasi bo‘yicha hisoblanadi. Investitsiya hisob-kitoblarida bu stavka nafaqat pul mablag‘lari qiymatini o‘stirish vositasi sifatida, balki yanada keng ma‘noda – investitsiya operatsiyalarining daromadlilik darajasini o‘lchash uchun ham foydalaniladi. Pulning hozirgi qiymati kelajakda kelib tushadigan pul mablag‘larining belgilangan foiz stavkasini («diskont stavkasi») hisobga olgan holda hozirgi davrga keltirilgan miqdorini ifodalaydi. Pulning hozirgi qiymatini aniqlash bu qiymatning diskontllashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, pul mablag‘larining belgilangan yakuniy hajmida o‘sishiga teskari operatsiyani ifodalaydi. Bu holda foiz (diskont) miqdori pul mablag‘larining yakuniy miqdoridan (kelajakdagi qiymatdan) chiqarib tashlanadi. Bunday holat ma‘lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng oldindan belgilangan summani olish uchun bugungi kunda qancha mablag‘ investitsiya qilish kerakligini aniqlash zarur bo‘lgan hollarda vujudga keladi. Biznes-reja yoki investitsion loyhaning samaradorligi ko‘rsatkichlari loyiha qarorlarini texnikaviy, texnologik va tashkiliy nuqtai nazaridan tavsiflab beradi. Loyiha samaradoligi loyihaning jalb etiladigan hamkorlar uchun jozibadorligini aniqlash va moliyalash manbalarini qidirish maqsadida baholanadi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - loyihaning tijorat samaradorligi - loyihaning ijtimoiy (ijtimoiy-iqtisodiy) samaradorligi Investitsiyalar samaradorligini baholash investitsion qarorlar qabul qilish jarayonidagi mas‘uliyati eng yuqori bo‘lgan bosqichlardan biridir. Kompaniyaning rivojlanish sur‘ati va kiritilgan kapitalni qaytarish muddatlari baholashning qanchalik obyektiv va har tomonlama amalga oshirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Buni ko‘p jihatdan baholashning zamonaviy usullardan foydalanish belgilab berad
|
| |