4- mavzu. Investitsiya loyihalari tahlili turlari




Download 151,41 Kb.
Sana02.02.2024
Hajmi151,41 Kb.
#150487
Bog'liq
4- mavzu. Investitsiya loyihalari tahlili turlari-fayllar.org


4- mavzu. Investitsiya loyihalari tahlili turlari




4- mavzu. Investitsiya loyihalari tahlili turlari 
4.1
Loyihalarning texnik tahlilning maqsad va vazifalari. Texnik tahlil
strukturasi. Tijorat tahlili.
4.2
Ekologik tahlilning maqsad, vazifalari va hususiyatlari.
4.3
Investitsiya loyihalarini institutsional tahlilning maqsadi va vazifalari
4.4
Ijtimoiy tahlil. Loyihada hisobga olinishi zarur bo’lgan ijtimoiy omillar.
4.5
Investitsiya loyihalarining moliyaviy tahlili. Moliyaviy tahlil turlari
4.6
Iqtisodiy tahlil maqsad va vazifalari. Loyihaning tashqi samarasi va
oqibatlari
4.7
Investitsiya loyihalarida noaniqlik va qaltislik tahlili.
8.1. Texnik tahlilning vazifasi.
Loyihani texnikaviy tahlilining vazifasi bu loyiha maqsadiga loyik texnologiyani
aniqlash, loyihadan foydalanuvchi guruhlarga ta’siri, maxalliy sharoitlar, shu jumladan kapitalga
egalik qilish imkoni va uni qiymati, xom- ashyo, ishchi kuchlari, bozor o‘lchamlarini, hamda
loyihani rejalashtirish va imkoniyatlarini tahlil qilishdir.
Loyiha tahlilida birinchi navbatda texnik tahlil o‘tkazilib, unda loyihani texnik
rejasini muqobilligi va muammolari, xarajatlar va loyihani amalga oshirish jadvalini ko‘rib
chiqiladi. So‘ngra loyihani kim amalga oshirishi ya’ni, mulkga egalik shakli, loyihani ko‘lami,
joylashgan mintaqasi, amalga oshish muxlati va texnologiyalar to‘plami ko‘rib chiqiladi.
Loyihani yaratilishida bir qator muammolar bo‘lib, ular: mulkga egalik shakli, loyiha
ko‘lami, joylashtirish mintaqasi, amalga oshirish muxlatlari va texnologiyalar to‘plamidir.
Avval loyihalarini asosiy qismi davlat sektoriga tegishli bo‘lib uni davlat tomonidan
amalga oshirilar edi. Xozirda bozor iqtisodiyot sharoitida turli mulkchilik bo‘lganligi tufayli
loyihalarni investitsiyalash davlat va xususiy investorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bu o‘zgarishlarni ba’zi birlari siyosatga tegishli o‘zgarishlarni aks ettirsa, ko‘pchiligi
texnologiyadagi fundamental o‘zgarishlardan kelib chiqadi, ular esa o‘z navbatida avval
tarqalgan iqtisodiy va siyosiy argumentlarni iqtisodiy faoliyatida davlat qatnashuvi
foydasiga o‘tkazishni har tomonlama qayta ko‘rib chiqishni dav’at etadi.
Mulk shakli masalasi bir vaqtda loyihani texnik rejasini tanlanishini aniqlaydi.
YA’ni loyihani davlat yoki xususiy investor investitsiya bilan ta’minlashiga qarab texnologiya
tanlanadi chunki davlat sektori murakkab texnologiyaga asoslangan yirik loyihalarini amalga
oshirish imkoniga ega bo‘lsa, xususiy investorlar kichikroq arzonroq texnologiyaga asoslangan
loyihalarni amalga oshirishi mumkin.
Loyiha ko‘lami va to‘zishishi deyarli hamma xolatlarda o‘zgaruvchi miqdor
xisoblanadi va uni loyihani yaratilish davrida aniqlash tavsiya etiladi. Qishloq xo‘jaligi va
sanoat ishlab chiqarishi uchun loyiha ko‘lami uning mahsulotiga bo‘lgan talabi bilan
belgilanadi boshqa xollarda loyiha ko‘lami eng avval loyihani amalga oshiruvchi idoraning
tashqilotchilik imkoniyatiga yoki ishlab chiqaruvchilariga (fermerlar) bog‘liqdir.



Ba’zi bir loyihalarda ishlatilishi mo‘jallanayotgan tabiiy va xududiy jihatdan jismoniy


cheklangan resurslarga bog‘liq bo‘ladi.
Loyiha ko‘lamini eng maqbuli uni SKK miqdorini eng katta bo‘lgan holatida
xisoblanadi. Xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarida ko‘p qirrali (tomonli) taraqqiyot dasturlari
bo‘ladiki ular turli sektorlarga va faoliyat turlariga ta’luqlidir. Masalan, qishloq xo‘jaligini
taraqqiyot dasturi: sug‘orish tizimi va memoratsiya; ishlab chiqarish va infrastruktura turlarini
rivojlantirish loyihalarini o‘z ichiga oladi bunday holda dastur tarkibidagi aloxida kichik
loyihalar o‘zaro yaqin bog‘langan bo‘lsalar unda iqtisodiy tahlilda foyda va xarajatlarni har
birini alohida xisoblash shart emas va shuning uchun daromad ichki stavkasini xisoblash
zaruriyati yo‘q. Bunday xolatlarda SKK yoki daromadning ichki stavkasini butun loyiha
uchun xisoblash mumkin.
Agar dasturdagi kichik loyihalar bir biri bilan bog‘liq bo‘lmasa, unda ular aloxida
tahlil qilinishi zarur. Masalan, bir necha uchastkalardan tashkil topgan va turli tumanlarga
xizmat qiluvchi avtomobil yo‘llar uchun, har bir uchastkasi aloxida tahlil qilinishi kerak.
Dastur tarkibidagi loyihalar foydasiga qarab uchga bo‘linadi:
1. o‘zaro o‘rin almashuvechi loyihalar.
2. o‘zini o‘zi to‘ldiruvchi loyihalar.
3. erkin loyihalar.
O‘zaro o‘rin almashuvchi loyihalar- dastur tarkibidagi loyihalarni birgalikda amalga
oshirishdan keladigan foyda, ularni aloxida amalga oshirishda keladigan jami foydadan kam
bo‘lgan loyihalardir.
O‘zini - o‘zi to‘ldiruvchi loyihalar - dastur tarkibidagi loyihalarni aloxida-aloxida
amalga oshirishdan keladigan jami loyihasi, ularni birgalikda amalga oshirilganda keladigan
foydadan kam bo‘lgandagi loyihalar.
Erkin loyihalar - dastur tarkibidagi loyihalarni aloxida-aloxida amalga oshirilganda
keladigan foydalar yig‘indisi ularni birgalikda amalga oshirilganda keladigan foydaga teng
bo‘lgandagi loyihalar.
SHuningdek dastur tarkibidagi loyihalar xarajatlarga nisbatan ham uchga bo‘linadi:
1. o‘zaro o‘rin almashuvchi loyihalarda - umum loyiha xarajatlari aloxida- aloxida amalga
oshirilgan loyihalar xarajati yig‘indisidan ortiq bo‘ladi.
2. o‘zaro birini-biri to‘ldiruvchi loyihalarda esa, umum loyiha xarajatlari aloxida - aloxida
amalga oshirilgan loyihalar xarajatlar yig‘indisidan kam bo‘ladi.
3. xarajatlar bo‘yicha erkin loyihalarda- umum loyiha xarajatlari aloxida - aloxida
amalga oshirilgan loyihalar xarajatlarining yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Loyihalarni bunday guruhlarga bo‘lish ko‘p maqsadli loyiha dasturini kurilishda uni
tarkibidagi loyihalarni aloxida amalga oshirish samaralimi? yoki dasturdagi barcha loyihalarni
bir biriga bog‘liq holda umumiy amalga oshirish samaralimi? degan masalani hal qilish uchun
zarurdir.



Loyihaning joylashtirilishi va muxlati - loyihani joylashtirishga turli omillar ta’sir etib


ular ichida SKK bosh hal qiluvchi omil xisoblanadi. Loyiha uchun SKK eng yukori darjasini
ta’minlovchi joy- bu eng joylashuv o‘rindir.
SHuningdek loyihani qabul qilish uni eng maqbul muxlati ham SKK ni eng ko‘p
beradigan yil xisoblanadi.
8.2. Loyihalarni ishlab chiqishning texnik muammolari
Turli loyihalarda uchraydigan texnik muammolar o‘ziga xos bo‘ladi. Ammo ayrim
muammolar (barcha loyihalarga bo‘l-masada) ko‘pchilik loyihalarga xos va ularni identifikatsiya
qilish mumkin. Bu muammolar kuyidagi kategoriyalarga bo‘linadilar: mulk shakli; loyiha
ko‘lami; amalga oshirish mud-rdtlari hamda texnlogiyalarni tanlash va to‘plash.
Loyihaning texnik rejasi, ekspluatatsiyasi va menejmenti loyihani kim amalga oshirishiga
bog‘liq. Qaysi loyihalarni davlat sektori, qaysisini esa xususiy sektor amalga oshirishi
kerakliligini aniqlash hozirda ancha muammo. CHunki xususiy investorlar infratuzilmalar va
kommunal xizmat singari an’anaviy davlat sektorlariga ham kirib borishayapti. Loyiha qaysi
sohaga (tarmoqqa) tegishli ekanligi ham mulk shakli-ni tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Mulk
shakli masalasi shu bilan birga loyihaning qanday texnik rejasi tanlanishini belgilab beradi.
Masalan, bir hududni elektr energiyasi bilan ta’minlash loyihasi davlat sektorida bajarilishi
tanlansa, u holda yi-rikroq elektrostansiya qurilishi tanlanadi. Xususiy sektorda esa bir necha
kichik, o‘zaro raqobat qiluvchi elektrostansiyalar qurilishi tanlanishi mumkin. Yirik
elektrostansiya qurish karori bunday investitsiyalarda tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgani
uchun xususiy investorlar ishtirokini inkor etadi. SHu sababli xususiy investorlarni loyiha ustida
ishlashga jalb qilish qarori qanday texnologiyalar tanlanishini belgilab beradi hamda
texnologiyalarni oldindan tanlash loyiha dav-lat sektoridagina bajarilishi mumkin, degan
xulosaga olib kelishi mumkin.
Loyiha ko‘lami va masshtabi deyarli har doim loyihani ishlab chiqish jarayonida
aniqlanadigan o‘zgaruvchan mikdor-lar bo‘lib kelgan. Qishloq xo‘jaligi yoki sanoat ishlab chiqa-
rish loyihalari ko‘lami loyiha mahsulotiga bo‘lgan talabga ko‘ra belgilanadi. Boshqa hollarda
loyiha ko‘lami, avvalo, uni amal-ga oshiruvchi muassasalarning yoki ishlab chiqaruvchilarning
imkoniyatlariga bog‘liq. Ayrim loyihalar ko‘lami foydalanish mo‘ljallanayotgan hududiy va
tabiiy resurslarning cheklangan-ligi bilan belgilanadi. Lekin har qanday sharoitda ham re-
jalashtiruvchi idoralarning mavjud sharoitni hisobga olmas-dan katta ko‘lamlarni afzal
ko‘rishlarini cheklash kerak. Taj-ribadan o‘tgan texnologik echimlar yo‘q bo‘lsa, bosqichma-
bosqich yondashushsh tanlashga majbur bo‘lipadi. Buiday yondashuv tadqi-qotlar va adaptatsiya
ishlaridan boshlanadi. SHundan so‘ng loyihaning tajriba varianti yaratiladi va u to‘plangan
tajriba bilan to‘ldira borilib, to‘liq loyihaga keltiriladi. Moliya-[viy jihatlar, masalan, loyiha
amalga oshirilgandan so‘ng uni ekspluatatsiya qilishga xarajatlar qilish zarurati ham loyiha
ko‘lamini belgilashi mumkin.
Loyiha k5'lami masalasiga tahliliy yondashish ham mum-kin. Oddiy qilib aytganda loyiha
uchun sof keltirilgan qiy-mat (SKQ) maksimal bo‘lishini ta’minlaydigan ko‘lam opti-mal
bo‘ladi. Bunday tahlil o‘tkazilishi uchun loyiha bir nechta alohida komponentlarga bo‘lib
tashlanadi, so‘ngra bu kompo-nentlar (o‘z xarajatlari va daromadlari bilan birga) texno-logik
jixatdan eng kichik bo‘lgan bazis loyihaga birlashtiri-ladi. Bundan keyin bazis loyiha hamda



komponentlarning har bir kombinatsiyasi uchun SKQ hisoblanadi. Oxirgi qo‘shilgan komponent


uchun daromadning cheklangan ichki stavkasi diskont stavkasiga teng bo‘lmagunga qadar
loyihaning izlanayotgan ko‘-lami kattalashtirib borilaveradi. Ayni shu lahzada SKQ bu-tun
loyiha uchun musbat bo‘ladi va maksimal darajaga etadi. Loyiha bundan keyin ham
kengaytirilganda qo‘shilgan kompo-nentlar uchun daromadning cheklangan ichki stavkasi
diskont stavkasidan past, SKQ esa manfiy bo‘ladi.
Iqtisodiyotni qayta qurish sharoitida ko‘lamga nisbatan bunday yondashuv yirik korxona
tarkibida alohida bo‘linma-larni ajratish qanchalik maksadga muvofiqligini aniqlash uchun
qo‘llanilishi mumkin. Ko‘pgina rivojlantirish loyiha-lari turli sektorlarga yoki faoliyat turlariga
tegishli kom-ponentlardan tashkil topadi. Masalan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasi
sugorish tizimi va drenajlar, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan turli ishlab chiqarish vositalari
ishlab chiqarish, qishloq yo‘llari va ijtimoiy infratuzilma-ning klublar, suv ta’minoti tizimi,
maktab va tibbiyot muas-sasalari kabi elementlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
SHu tufayli loyihaning turli elementlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqlash birinchi
navbatdagi vazifa hisoblanadi. Maktablar, klublar va tibbiyot muassasalari bir vaziyatda qishlok
xo‘jaligi ishlab chiqarishi oilan chambarchas bog‘langan bo‘lsa, boshqa vaziyatda hech qanday
aloqaga ega bo‘l-masligi mumkin. Agar loyiha komponentlari o‘zaro chambarchas bog‘langan
bo‘lsa, u holda iqtisodiy tahlilda daromadlar va xarajatlarni komponentlar bo‘yicha taqsimlash
hech qanday mazmunga ega bo‘lmaydi. SHu tufayli turli komnonentlar bo‘yicha daromad
stavkasini aniklash kerak emas. Bunday holda da-stlab butun loyiha uchun SKQ va daromadning
ichki stavkasini aniklash, so‘ngra loyihaning bir yoki bir necha komponentini o‘zgartirib,
aytilgan ko‘rsatkichlarni oshirish mumkin yoki mum-kin emasligini aniklash kerak.
Agar loyihaning alohida komponentlari bir-biri bilan deyarli borlanmagan bo‘lsa, ular
alohida-alohida tahlil qili-nishi kerak.
Loyiha alohida komponentlarining iqtisodiy tahlili.
Loyihaning turli komponentlari o‘zaro bir-birining o‘rnini bosadigan, bir-birini
to‘ldiradigan yoki mustaqil kom-ponentlar bo‘lishi mumkin.
Agar loyiha komponentlarini birgalikda amalga oshi-rishdan olinadigan manfaat ularning
har biri aloxida amal-ga oshirilganda olinadigan manfaatlar yig‘indisidan kam bo‘lsa, bunday
komponentlar o‘zaro bir-birining o‘rnini bosadigan komponentlar hisoblanadi.
Agar loyihaning alohida komponentlaridan manfaat ko‘rilsa, ular o‘zaro bir-birini
to‘ldiruvchi komponentlar dey-iladi. Agar butun loyihadan ko‘rilgan manfaat alohida kom-
ponentlardan ko‘rilgan manfaatlar yig‘indisiga teng bo‘lsa, bu komponentlar mustaqil
komponentlar deyiladi.
Loyiha komponentlari, shuningdek, xarajatlarga ko‘ra ham o‘zaro bir-birining o‘rnini
bosadigan, o‘rnini to‘ldiradigan va mustaqil komponentlar bo‘lishi mumkin. Bir-birining o‘rnini
bosuvchi komponentlar uchun umumiy xarajatlar ularni alohida-alohida amalga oshirish
xarajatlari yigindisidan katta bo‘la-di. Bir-birini to‘ldiruvchi komponentlar uchun esa umumiy
xara-jatlar ularni alohida-alohida amalga oshirish xarajatlari yirindisidan kichik bo‘ladi. Mustadil
komponentlar uchun xara-jatlar miqdori boshqa komponentlar bor-yo‘kligiga bog‘liq bo‘l-
maydi. Ko‘pgana ko‘p maqsadli loyihalar xarajatlarga ko‘ra, bir-birini to‘ldiruvchi,
daromadlarga ko‘ra esa, bir-birining o‘rnini bosuvchi xdsoblanadi. Masalan, sug‘orish va
gidroelektrostansiya uch^t! umumiy turon qurish alohida-aloxdda tugon qurishga nis-batan kam
xarajat talab etadi. Lekin elektr energiyasi olish uchun kishda oqizilgan suv sug‘orish uch^^n



foydasiz bo‘lsa, yozda surorish uchun elektr energiyasi olish ehtiyojlaridan ko‘proq suv


oqiziladi. Suv oqizish mikdori GES talablari uchun ham, qishloq xo‘jaligi talabi uchun ham zarur
bo‘lgan optimal miqdordan ko‘p bo‘ladi. Oqibatda alohida loyihadagiga nisbatan kamroq qishloq
xo‘jaligi mahsuloti hamda elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday holatda iqtisodiy
tahlil chog‘ida «loyihasiz»
vaziyat sifatida tegishli inshootlarni alohida qurish varian-ti ko‘rib chikilishi kerak.
Alohida loyihalarni iqtisodiy baholash asosi sifatida qo‘llanilishi loyihaning alohida
komponentlariing turli kombinatsiyalari uchun quyidagi natijalarga olib keladi.
Loyihalarning komponentlari bo‘yicha turlanishi
Loyiha
komponentlarn
Xarajatlar
ga
nura
mustaqpl
Xa
ra
jatla rga 1;o‘ra
bir-bprpmn
to‘ldirunchi
Xarg^jatla
rga ko‘ra bir-
birshshng
o‘rippi
bosukchi
Daromadl
arga
ko‘ra
mustatsil
Umumnm
OKK mustaqml
SK1<^1ar
yirssdisiga
tomg
Umumii
SKK muggakpl
SKKlar
yirsndisidan
katta
Umumii
SKK mustaqpl
SKKlar
yirspdpspdam
kichpk
Daromadl
arga ko‘ra bir-
birshsh
to‘ldpruvchn
Umumpi
SKQ muetakil
(!KKpar
nirindisndan
kitta
Umumnb
SKQ
aloxida
SKKlar
yirindisidan
katta
Aniqlanm
agai
natija.
Birma-bir
solishtirib
kurish
talab
etnladi
Daromadl
arga
kura
bir
:
birnshshg
o‘rnshsh
bosuvchi
Umumii
SKK
alohpdn
SKKlar
yngindigndan
1M1CHIK
Lniqlanm
agan
natnja.
Birma-bnr
solishtirib
ko‘rish
talab
etnladi
Umumiy
OKK
aloxnda
SKQlar
yirssdisidai
kichik
8.3. Loyihani joylashtirish o‘rni
Loyihaning joylashish o‘rnini belgilovchi omillar tur-li-tuman bo‘lib, bu omillarni ham
tahlil qilish mumkin. Loy-iha uchun SKQni maksimallashtiradigan joy eng yaxshi hisob-lanadi.
Ko‘p hollarda joylashish o‘rnini tanlash ham loyiha ko‘lamini belgilashdagi kabi bir qator
jihatlarni hisobga olishni talab etadi. Masalan, sanoat korxonasi xom ashyo ba-zasi yaqiniga yoki
boshlang‘ich energiya manbai yaqiniga yoxud mah-sulot bozori yoniga yo bo‘lmasa tegishli
infratuzilmaga yaqin joyda qurilishi mumkin. Har bir variant o‘z afzalliklari va kamchiliklariga
ega. Maksimal SKQni ta’minlaydigan joylashish o‘rni tanlanishi uchun bu afzalliklar va
kamchilik-lar baholanishi hamda taqqoslanishi mumkin.
Loyihaga kapital qo‘yilmalar muddatlari masalasi ham loyihani tayyorlash boskichida
alohida ko‘rib chiqilishi lozim. Kapital qo‘yilmalar muddatlari bilan oog‘liq muammolarning
ahamiyati loyiha ko‘lami, joylashish o‘rni bilan bog‘liq mu-ammolarga nisbatan kam bo‘lib
ko‘rinishi mumkin. Loyihalar ba’zida investitsiyalash muddatlarining maqbul (optimal) ekan-ligi
to‘liq asoslanmasdan qabul qilinadi. Loyiha iqtisodiy va moliyaviy jixatdan samarali bo‘lishini
ta’minlash uchun,uning mahsulotiga bo‘lgan talab, tsxnologiyalar holati, qo‘shim-cha kapital
kiritish imkoniyatlari etarlicha rivojlanmagan-ligi tu
t
fayli vaqtidan erta bo‘lishi mumkin.
Boshka tomondan loyihaning iqtisodiyotga hissasi va un-dan kelgan manfaat ancha yukrri
bo‘lishi, muddatidan kechiki-shi ham Mumkin. Ekspluatatsiyaning birinchi yilidagi daromad
darajasi, loyihaning alohida komponentlaridan olinadigan cheklangan daromad singari,
loyihalarni amalga oshirishning makbul muddatlarini baholash mezoni hisoblanadi. Agar shu
yilgi daromad stavkasi diskont stavkasidan past bo‘lsa, u hol-da loyiha muddatini kechiktirish
sof keltirilgan qiymatning (SKQ) ko‘payishiga olib keladi. Optimal (maksimal SKQni



ta’minlovchi) muddatda ekspluatatsiyaning birinchi yili uchun daromad stavkasi diskont


stavkasiga teng bo‘ladi.
Ekspluatatsiyaning birinchi yilida olingan daromad mezoni
Ekspluatatsiyaning birinchi yilida olingan daromad me-zoni birinchi yilda olingan manfaat
etarli daromadlilik darajasini ta’minlay olish-olmasligini aniqlash orqali loy-iha muddatlari
to‘g‘ri tanlanganligini tekshirish imkonini beradi. Bunda ekspluatatsiyaning birinchi yilida
olingan sof daromad loyihaga qilingan (kurilish davrida io‘qotilgan % daromadini qo‘shgan
xrlda) kapital xarajatlar bilan solish-tiriladi.
Agar daromadlarning xarajatlarga nisbati kapital qo‘y-ilmalarning muqobil kiymatidan
yukrri bo‘lsa, loyiha mudda-tidan kechikkan hisoblanadi. Bu mezonni qo‘llash SKQni mak-
simallashtirish loyiha rejasi bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun keng ko‘lamli tekshiruv
boshlashda birinchi qadam hisoblanadi. Sof daromad (manfaat) birinchi bor kapital qo‘yilmalar
rentabelliligi ta’minlangan yil SKQ ko‘rsatish birinchi bor musbat bo‘lgan yilga mos keladi.
8.4. Xarajatlar smetasi.
Xarajatlar smetasi ikki qismdan : asosiy va qo‘shimcha ya’ni kutilmagan jismoniy va
narxiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq xolatdagi smetasidan iboratdir.
Asosiy smeta loyxani maqsadga muvoffikligini birlamchi asoslanishining bir qismi
sifatida tayyorlanadi va uni aniq muxandislik bilan ishlanishi natijasi asosida, uni ishlab
chiqilishi vaqtida qiymatini aniqrok baholab beradi. SHuningdek bunday loyihani rejalashtirilgan
muxlatda amalga oshirilishi xisobga olingan holda, sotib olinadigan ashyolar va xizmatlarni
hajmi va qiymati talab qilinadigan darajadagi aniqlikda bo‘ladi va loyihani ishga tushirishda
xech qanday o‘zgarishlar qilinmaydi. Binobariin, asosiy smetaga loyihani ishga tushirish
davrida son va narx o‘zgarishlari bo‘yicha xech qanday o‘zgartirishlar kiritilmaydi. Ular ko‘zda
tutilmagan xarajatlar smetasi yordamida xisobga olinadi. Bu smeta shunday fizik va narxga
tegishli o‘zgarishlar xisobga olinadiki ularni asosiy smetani tuzib belganidan to loyihani ishga
tushirguncha kutish mumkin. Xarajatlar to‘la smetasi - asosiy va kutilmagan xarajatlar
smetasidan tashqil topib u loyihani oxirgi eng maqbul qiymatini ifodalaydi.
Moddiy ko‘rsatkichlarni kutilmagan o‘zgarishlari. Moddiy ko‘rsatkichlarni kutilmagan
o‘zgarishlari loyiha amalga oshgan sari bajarilgan ish hajmini, sotib olinadigan dastgohlar soni
va turini o‘zgarishi xisobiga kelib chiqadi va asosiy smetaga qaraganda loyiha bo‘yicha
kutilgan ko‘lamda xarajatlar hajmini, qiymatini aks ettiradi.
Ko‘zda tutilmagan xolat sifatida masalan, geologik faol xududlarda kutilmaganda
ko‘chmalar yoki er qimirlashlar; iqlim sharoitlarini o‘zgarishlari, masalan, tez-tez yog‘in-
sochinlarni bo‘lishi, shamol yo‘nalishlarini o‘zgarishi, loyihani amalga oshirilayotgan xududga
qurilish materiallarini etkazib berilishidagi qiyinchiliklar va x.k. Bu kabi turli qo‘yilmagan
xarajatlar salmog‘i jaxon banki tomonidan qabul qilingan tartibda belgilanadi.
- Loyihalarda muntazam ishlatiladigan andozali dastgohlar uchun 5% yoki fuqaro
muxandislik inshaotlarida aniqlanish imkoniga ega ish turlari, ya’ni, masalan yo‘l qatlamlarini
joylashtirish, kanallarni qoplamlar bilan qoplash.



- Agar takrorlanib turadigan va noaniqlikni oldindan aytib beruvchi omillar bilan


umumiy fuqaro qurilishi bo‘ladigan bo‘lsa 10%. Masalan, imorat inshotlari, kuvur
o‘tkazgichlari, elektr simlari va tekis erlarda o‘tkaziladigan yo‘l va tuproq qazish ishlari.
- Agar ishlov beradigan korxonalar, inshoatlar, murakkabroq erlardagi muxandislik
inshoatlari, yirik va mayda sug‘orish va drenaj inshoatllari va tugonlar bo‘ladigan bo‘lsa 15%.
Basharti moddiy ko‘rsatkichlarni kerakli zaxiralarni kutilmagan o‘zgarishlari bo‘yicha
15-20% dan ortiq bo‘lsa loyiha rejasini takomillashtirish tavsiya kilinadi va joylardagi
vaziyatni qo‘shimcha ravishda noaniqlik darajasini ushbu bitimga davogarni taklif qilinib uni
kamaytirish yo‘llarini o‘rganib chiqiladi. Ba’zan ishlar bo‘yicha ko‘zda tutilmagan
o‘zgarishlarni oldindan to‘la aytib bo‘lmaydi. Masalan, tog jismida yorilgan joy bo‘lgan
joylarda er osti yo‘llarini qazish yoki tog jinsini ko‘chishini tuxtalishi qiyin bo‘lgan erlarda
50% li ko‘zda tutilmagan moddiy omillar uchun zaxiralar o‘zini oqlagan deb xisoblanadi.
Narxlarni kutilmagan o‘zgarishlari loyihani turli tarkibiy bo‘laklarini asosiy xarajatlar
smetasi tuzilgandan keyin yuzaga kelgan narxlar o‘zgarishi xisobiga bo‘ladi va u loyihani
kutilgan qiymatini oshirishiga olib keladi.
Narxni kutilmaganda o‘zgarishini aniqlash uchun 2 omil xisobga olinadi.
1. Loyihani amalga oshirish muxlati davomidagi maxalliy va jaxon inflyasiyalar darajasi;
2. Ba’zi bir ish va xizmat turlarini maxalliy va xorijiy narxlarini umumiy inflyasiyaga
moyilligidan ogishini kutilgan darajasi.
Agar loyiha bo‘yicha tuzilgan bitimlarda ishlar bajarilishga yoki dastgohlarga ma’lum narxni
indeksatsiyasi ishlatilishi eslatib o‘tilgan bo‘lsa, unda bu sharoitni xisobga olinadi.
Tavakkalchilik uchun kushimcha xaq to‘lash. Loyihada tavakkalchilik uchun qo‘shimcha xaq
muammoli fizikaviy sharoitlar evaziga to‘lanadi. Masalan, loyiha joylashgan joyga uni kirishi
murakabligi, transportni yomon ishlashi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, pudratchilarni
buyurtma bo‘yicha bajarilgan ishlari gayri tabbiy tavakkalchilik tufayli bo‘lganda to‘lanadi.
Tavakkalchilik uchun to‘lanadigan xaqni har qanday qismi, agar buyurtma qabul
qilingan va baho belgilangan bo‘lsa, unda uning zarurati bulmay qoladi va bekor qilinishi
kerak. SHuning uchun smetaga aloxida “tavakkalchilik uchun kushimcha xaq to‘lash” ni o‘rniga
savdoni kutib turish buyurtmani olish ahamiyatliroqdir. Bu esa loyihani moliya bilan ta’min
etishdan oldin ishonchliroq xarajatlar smetasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Loyihani texnik tomonini ishlab chiqishda o‘z ichiga loyihani amalga oshirish rejasini
ko‘rsatishni ham oladi. Bunda har bir ko‘rsatilgan ishni kim va qachon bajarilishi bayon etiladi.
Loyihani amalga oshirish jadvali aniq, ya’ni loyiha uchun javobgar shaxs va tashqilotlar
ko‘rsatigan va uni oddiy hamda samarali ishlatiladigan bo‘lmog‘i lozim aks holda loyihani
amalga oshirish reja topshirigi muxlatlarini kechiqishiga, bu o‘z navbatida turli bo‘limlar
orasida noxush kelishmovchiliklar kelib chiqishiga olib keladi. Pirovardida loyihani samarasiga
salbiy ta’sir etadi.
8.5. Loyihani amalga oshirish grafigi.



Loyihaning texnik jihatlarini ishlab chiqish hech bo‘lmaganda loyihani amalga


oshirishning kim, nimani va kachon baja-rilishi ko‘rsatib o‘tilgan dastlabki rejasini tuzishni o‘z
ichiga olishi kerak. Bunday faoliyat ba’zida tarmokli tahlil yoki kritik yo‘l uslubida tahlil deb
yuritiladi. Oxirgi atama dastur-larni baholash va izohlash uslubi kabi murakkab tizimlarni o‘z
ichiga oladi. Bu tizimlar bir tadbir boshlanishidan oldin tu-gallanishi kerak bo‘lgan yoki
belgilangan muddatda tugallanmay qolishi butun loyiha bo‘yicha ishlarning kechikishiga olib
keli-shi mumkin bo‘lgan tadbirlarni aniqlashga mo‘jkallangan. Bu tizimlar yirik fuqaro
inshootlarini o‘z ichiga olgan loyiha-larni rejalashtirishning samarali vositasi bo‘lsa-da, boshka
loyihalar uchun tadbirlar ketma-ketligini belgilovchi va izoh-lar bilan to‘ldirilgan oddiy kalendar
rejalari ham etarli xdsoblanadi. Har ikkala holda ham o‘z vaqtida bajarilishi loy-ihani amalga
oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi tadbirlarni aniq-lash va ularni tugallashga etarli vaqtni ta’minlashi
kerak. Bu tadbirlarni etarli darajada rejalashtirmaslik oqibatida loy-ihani rejalashtirish muddatlari
cho‘zilib ketishi mumkin.
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar grafigi real, ya’ni tashkilot va shaxslarning
imkoniyatlari darajasiga asos-langan bo‘lishi shart. Haddan ortiq optimistik grafiklardan
foydalanish salbiy natijalarga, operativ rejalashtirishning izdan chiqishi, ishlar rejadan orqada
qolganda turli tashki-lotlar o‘rtasida kelishmovchiliklarga olib keladi. Bundan tashqari ishlar
grafigi noreal tuzilganda iqtisodiy va moli-yaviy tahlilda noto‘g‘ri xulosalarga kelishga sabab
bo‘ladi.
.
'
8.6. Tijorat tahlilining vazifasi.
Ma’lumki har qanday loyihani muvaffakiyati va barbod bo‘lishi ist’emolchi va
foydalanuvchilarga bevosita bog‘liqdir. SHu boisdan tijorat tahlili loyiha tahlilida hal qiluvchi
rol o‘ynaydi. CHunki, tijorat tahlilining asosiy maqsadi loyiha taklif etadigan mahsulot va
xizmatning bozorini kelajak nuqtai-nazaridan baholashdir. SHuningdek, loyihani mahsulot ishlab
chiqarish masalasi, uning mahsuloti uchun ko‘zda tutilgan bozorni har tomonlama tahlil qiladiki,
ko‘rsatilgan mahsulot uchun samarali talabni va foydasi katta narxni ta’minlashdan iboratdir. Bir
so‘z bilan aytganda tijorat tahlili loyihani ishlab chiqarish va mahsulotini sotish bo‘yicha barcha
tadbirlarni baholashdir.
Tijorat tahlilida loyihani quyidagi savollar bo‘yicha batafsil ko‘rib chiqiladi.
1.Mahsulot qaerda sotiladi?
2. Narxlarni o‘zgarishida loyiha moliyaviy nuqtai-nazardan yashash qobiliyatini saqlab
qoladimi?
3.Bozorni hajmi loyihani ta’minlaydimi?
4.YAngi mahsulot ishlab chiqarishini o‘zlashtirish uchun ishlab chiqarish quvvatlari
mavjudmi?
5.Loyiha quvvati darajasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni qayta ishlash va
marketinggi uchun yangi loyiha yaratish kerak bo‘ladimi?
6.Ishlab chiqiladigan mahsulot ichki iste’molgami yoki eksportga mo‘lajallanganmi?



7.Ishlab chiqaradigan mahsulot sifati va navi ichki va jaxon bozori talabiga mosmi?


8.Loyiha amalida marketingni moliya bilan ta’minlashda qanday maxsus choralar ko‘rilishi
talab etiladi?
9.Loyiha talab qiladigan resurslarni kerakli muddatda ta’minlashni etarli imkoniyatlariga
egami?
10.Loyiha uchun kerakli resurslarni etkazib beruvchilarni moliyaviy holati qanday? Ishlab
chiqaruvchilarni ushbu resurslarni sotib olish uchun kredit bilan ta’min etilishichi?
YUqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki loyiha tahlilida tijorat tahlil muhim
ahamiyatni kasb etadi. U loyiha mahsulotiga bo‘ladigan talabni so‘ngra kelajak narxlarni,
kelajakdagi talabdan kelib chiqqan holda, oldindan bashorat qiladi.
Loyiha mahsulotiga bo‘ladigan talab tahlilini loyiha potensialini baholash zaminida
yotgan bo‘lsa ham ko‘pchilik xollarda ushbu tahlilni o‘tkazish o‘ziga xos nuqsonlarga ega.
Ba’zida talab kelajagining bashorati (prognozi) har qanday bilimdonlik bilan o‘tkazilsa ham tez-
tez xatoliklarga yo‘l qo‘yish mumkin. Ayniqsa, o‘zoq muddatli oldindan bashorat qilishlar juda
katta xatoliklarga olib kelishi mumkin.
SHunga qaramasdan bugungi kunda shunday qaror qabul qilish kerakki u o‘zoq muddatli
kelajakga ega bo‘lsin. Masalan, transport loyihasi yoki sanoat korxonasi ko‘rish loyihasi katta
kapital mablag‘lar kiritilishini talab qiladi va katta ko‘lamga egadirlar. Loyiha ko‘lamini
muxlatini yoki joylashgan mintaqani tanlashda yo‘l qo‘yilgan xato qimmatga tushishi muqarar.
Bu kabi loyihalar bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida talabni oldindan bashorat qilish muhim
o‘rin egallayd
Mavjud ma’lumotlarni noaniqlik darajasiga qarab bashorat bo‘yicha mutaxassis bitta
ehtimoli talabni muqobil narxlanishlarni tuzishi, muhim noaniqliklarni xisobga olgan holda
kelajak vaziyatlarni aks ettiruvchi keng bashoratni taklif etishi yoki ssenariyasini ishlab chiqishi
mumkin. Turli bashoratlardan foydalanish loyiha tahlilining moliya yoki boshqa bo‘limlariga
xilma xil kelajak shartlarini va kutilgan natijalar uchun zarur bo‘lgan taxminlarni aks ettirish
imkonini beradi.
Talab bashoratiga loyihani tayyorlash va uni ko‘rish va boshlangich davridagi
ishlatilishida vaqti vaqti bilan tuzatishlar kiritilib turilishi kerak bo‘ladi, bu bashorat bilan aniq
vaziyat oraligidagi o‘zilishni kamaytiradi.
8.7. Talab va taklif tahlili.
Talab va taklif tahlili. Ma’lumki, har doim bozorda tovarning narxi va bu tovarga
bo‘lgan talab miqdori oraligida ma’lum nisbat mavjud bo‘ladi. Narx va sotib olingan tovar soni
oraligidagi nisbat talab jadvali yoki talab eg‘ri chizig‘i deb nomlanadi. Bundan shu xulosani
ko‘rish mumkinki, agar narx yuqori bo‘lsa loyiha mahsulotiga talab kamayadi, aksincha narx
past bo‘lsa loyiha mahsulotiga talab ortadi.
Loyiha mahsulotiga bo‘lgan talabga uning narxidan tashqari quyidagi omillar ham ta’sir
etadi:



1. Iste’molchilarni o‘rtacha daromadi. Daromad oshgan sari xalqning barcha


mahsulotlarga bo‘lgan talabi oshib boradi.
2. Bozor ko‘lami. Bozor ko‘lami qancha katta bo‘lsa talab shuncha ko‘p bo‘ladi, va
aksincha. Masalan, katta shahardagi bozorda kichik shahardagi bozorga nisbatan mahsulotga
bo‘lgan talab yuqoridir va aksincha.
3. Bir-birini to‘ldiruvchi, o‘rin bosuvchi tovarlar narxi.
4. Iste’molchilarning didi va mahsulotni sifati.
5. Aloxida sharoitlar. Masalan, ob-havo, kelgusi iqtisodiy sharoitlar va boshqalar.
Mahsulotning narxi va uning bozorga kelib tushgan soni oraligidagi nisbat taklif jadvali
yoki taklif egri chizigi deb nomlanadi. Narx o‘sishi bilan ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab
chiqarishni va uni sotilish hajmini ko‘paytirshga intiladi, narx pasayishi bilan esa aksincha.
Mahsulot taklif jadvaliga narxdan tashqari quyidagi omillar ta’sir etadi.
1. Ishlab chiqarish xarajatlarni pasayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini orttiradi, ya’ni
mahsulot taklifini ko‘paytiradi.
2. Ishlab chiqarishga ser unum texnika va texnologiyalarni qo‘llash.
3. Ishlatiladigan resurslar va xom ashyo narxining o‘zgarishi.
4. Bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan firmalar soni.
5. Takomillashgan raqobat.
YUqorida bayon etilgan omillarning o‘zgarishi taklif hajmini har bir bozor narxi uchun
o‘zgarishiga olib keladi.
Nazorat va mulohaza savollari
1. Loyihalarni texnik tahlil qilishning vazifalarinitushuntirib bering.
2. Ko‘p komponentli loyihalarga misol keltiring. Ko‘pkomponentli loyihalarda loyiha
ko‘lami qanday aniqlanadi?
3. Bir vaqtning o‘zida bir-birining o‘rnini bosuvchi vadaromadlarga ko‘ra bir-birining
o‘rnini to‘ldiruvchi komponen-tlarda umumiy SJQ mustakil SKQ yig‘indisidan kattami
yokikichikmi?
4. Loyihani joylashtirish o‘rni qaysi mezonlarga ko‘ratanlanadi?
5. Ko‘zda tutilmagan baho o‘zgarishlari loyihaga qandayta’sir ko‘rsatadi?
6. Loyihani amalga oshirish ishlari grafigining ahami-yatini ochib bering.
7. Tijorat tahlilining vazifasi nima?
8. Talab va taklifning mohiyatini bayon qiling.
9-modul. EKOLOGIK TAHLIL
R E J A



9.1. Ekologik tahlilning mohiyati, vazifasi


9.2. Ekologiya bo‘yicha loyiha smeta xujjatlarini tayyorlash.
9.3. Atrof-muhitni ximoya qilishning iqtisodiy tahlili.
9.4 Atrof-muhitni ximoya qilishga sarflanadigan mablag‘larni qoplash manbalari
9.1. Ekologik tahlilning mohiyati, vazifasi
Insonlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki ular o‘zlarni cheksiz ehtiyojini qondirish
uchun tinimsiz harakat qiladilar. Bunda fan texnika taraqqiyotiga (FTT) suyanib, uning
yutuqlaridan keng foydalanishga harakat qiladi. FTT esa amaldagi ekologik muvozanatga ta’sir
etadi. Ko‘p xollarda u salbiy bo‘ladi. SHu boisdan har qanday loyihani ekologik tahlil qilish juda
muhimdir, CHunki gap kishilarni o‘zlari yashab turgan atrof muhit xaqida bormoqda.
Loyihani ekologik tahlilining asosiy vazifasi loyihani amalga oshirish tufayli atrof
muhitga etkaziladigan zararalarni aniqlab, uni yo‘l qo‘yiladigan darajagacha pasaytirish yoki
bartaraf etish tadbirlarini tahlil qilishdir. Atrof muhitni o‘zi kapital xisoblanadi: undan keladigan
foyda va uni xizmati-daryo oqimi va tuproqlarni himoyalash, ifloslovchi vositalarni chirishi-
iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantiradi va qo‘llab quvvatlaydi. Noto‘g‘ri rejalashtirilgan
taraqqiyot jarayoni milliy kapitalni emirilishiga, uni qimmatini pasayishiga olib keladi.
Ekologik boshqaruvni vazifasi odamlarni tabiiy resurslarga bo‘lgan talabini (xozir va
kelajakda) qondirish va atrof muhitni bu talabni bajarilishidagi kobiliyati oraligidagi balansni
belgilashdan iboratdir.
Loyiha tahlilida atrof muhitga keltiradigan zararlarni qoplash uchun belgilangan
tadbirlardan ko‘ra, uni oldini olish tadbirlari bo‘lishiga aloxida e’tibor berilmog‘i zarur. CHunki,
etkazilgan zararni qoplashdan ko‘ra, uni oldini olish muhim va arzonroqdir. SHu boisdan har
qanday loyihani yoki taraqqiyot dasturini ekologik tahlil qilinmogi zarur. Agar loyiha samarali
bo‘lib u atrof muhitga jiddiy zarar keltirsa, unda loyihani qayta ishlash zarur. Bordi-yu qayta
ishlash xatarni kamaytirmasa unda loyihadan vos kechmoq kerak.
Xavfsizlikning kichik me’yorlari va himoyalash kafolatlari.
Xavfsizlikning kichik me’yorlari deyilganda-odamlar hayoti va sog‘ligi xavfsizligining
me’yorini belgilash, maxsus ajratilgan xududlarni himoyalash (xiyobonlar, saylgohlar,
ko‘rikxonalar) va boshqalar xaqida kat’iy belgilangan tartib hamda me’yoriy ko‘rsatkichlar
tushuniladi. Xalqaro kelishuvga binoan loyihalar qo‘shni davlatlar ekologiyasiga ta’sir etadigan
bo‘lsa ular bilan tuzilgan bitimga binoan ulardan tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirilmasligi
zarur. Biroq bu qoida xali keng taraqqiyotga ega emas. Masalan, Tojikistonning Tursunzoda
rayonidan qurilgan alyumiiy ishlab chiqarish korxonasi unga qo‘shni bo‘lgan O‘zbekistonning
Surxondaryo viloyatining Sari osiyo rayoni ekologiyaiga katta salbiy ta’sir etmoqda.
Amaliyotda ma’lum darajada ekologik degradaksiyaga (yomonlashishga) ham ruxsat
bo‘lishi mumkin, qachonki u kishilar hayotiga va tabiatiga katta ta’sir etmasa. Masalan,
qishloqqa yaqin joyda temir yo‘l o‘tkazish bunda temir yo‘l shovqini kishialar ruxiyatiga salbiy
ta’sir etadi. Buning uchun qishloq axolisiga zararni qoplashi uchun to‘lov to‘lanadi. SHuningdek



suv ombori, GES ko‘rish uchun ma’lum bir axolini kuchirilishi mumkin, buning uchun kam


to‘lov amalga oshiriladi
Atrof muhitni himoyalash bilan bog‘liq xarajatlar turli tarmoqlarning loyihalarida
umumiy xarajatni 3-5% atrofida bo‘ladi.
Ekologik muammolarni eng yuqori samaradorligi uchun loyiha-smeta xujjatlarida
ekologik zararni oz xarajatlar bilan xal qilinishini aks ettirilishi lozim. Masalalarni aniqlash
davrida va loyihani tayyorlanishida, ekologik “razvedka” tavakkalchilik va imkoniyatlarni
aniqlab berish va atrof muhitni himoyalashga asoslangan qonunlar bo‘yicha ixtisoslashgan
ekolog va yuristlar yordamida kerakli ish rejasini tuzish zarur. Bunda ishlabchiqarish rejalari,
loyihani amalga oshirish va baholash atrof muhit uchun imkonli oqibatlarni, ularni ogohlantirish
chora tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Ba’zi bir jiddiy ekologik oqibatlarga ega loyihalar uchun bosh
institut doirasidagi, atrof muhit monitorligi uchun javobgar, loyihani amalga oshiruvchi tashkilot
va uni aloxida bo‘limi bo‘lishi samarali choradir.
Ba’zan bir loyihani amalga oshirishni unga aloqador bo‘lgan boshqa bir loyiha bilan
birgalikda olib borishni taqazo etadi. Masalan, yangi erni o‘zlashtirish loyihasi uni er osti
suvlarini ko‘tarilishini bartaraf etuvchi loyiha bilan birga amalga oshirilgandagina samarali
bo‘ladi. Aks holda katta zarar keltiriladi.
Atrof muhitni himoya qilishning ekologik tahlili. Amalda loyihaga atrof muhitni himoya
qilish tadbirlarini kiritilishi iqtisodiy va ijtimoiy foydani oshirib xarajatlarni pasaytiradi.
Loyihalar ichida ekologik loyihalarni iqtisodiy samarasini andozaviy tahlilini o‘tkazishni
ko‘pchilik xolatlarda imkoni bo‘lmaydi. Ekologik g‘oyaga ega loyihalarni baholashda ham eng
kam xarajat xisobiga eng ko‘p foyda olinishi asos qilib olinadi. SHuningdek diskontlashtirilgan
xarajatlar va “Loyiha bilan” “Loyihasiz” vaziyatlarni solishtirilgandagi daromadlar daromadni
ichki stavkasi kabi ko‘rsatkichlar bilan tahlil etiladi. Biroq o‘zoq vaqtlar evaziga aniqlanuvchi
ekologik xarajat va daromadlar bilan bog‘liq muammoni oldindan bashorat qilish va o‘zgartirish
ancha mushkildir.
Tabiyat muhiti faqat ma’lum resurslar manbai bo‘lib kolmay, balki u turli ekologik
xizmatlarni ham bajaradi. Masalan, daryolar suv oqimini ta’minlash, tuproqni tiklanishi,
ifloslantiruvchi moddalarni chirishi, iqlimni tartibga solish vazifalarni bajaradi. Bunday
vazifalarga ko‘pchilik xollarda etarli diqqat e’tibor berilmaydi, ularni qiymati yaxshi
baholanmaydi, chunki ularni jamiyatni tovari xisoblanib bozor narxiga ega bo‘lmay kelgan. SHu
sababli bunday xizmatlarga etkaziladigan zararni o‘lchash juda mushkil bo‘lsa ba’zida esa
butunlay mumkin emas.
Ekologik muvozanatni bo‘zilishi natijasida insonlar sog‘ligiga etkazilgan oqibatlarni
o‘lchash juda qiyin bo‘lib ular havo saviyasini yoki ichimlik suv sifatini pasayishi xisobiga
yuzaga keladi. Bu kabi oqibatlarini ba’zi birlarini qiymatini kasalxonalardan olinadigan statistik
ma’lumotlar yoki shifokorlarni gonorarlari asosida ozmi ko‘pmi baholash mumkin; xalqni
majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni ham o‘lchash mumkin. Ammo ko‘pgina
xarajatlarni o‘lchash imkoni yo‘q va salbiy oqibatlar qurbonlari odatda xech qachon amaliyotda
biror nima bilan qoplanmaydi.
Odatda ekologik tahlilda loyihani atrof muhitga chiqarayotgan zararli chiqindilari
miqdorini eng kam me’yoriga nisbatan farqiga qarab baholanadi. Agar zararli chiqindi eng



kichik me’yoridan ortiq bo‘lsa uni bartaraf etish miqdoridagi to‘lov belgilanadi va shu asosida


ekologik muvozanat tartibga keltirilib beriladi.
Agar tabiatga etkaziladigan zarar beqiyos bo‘lib uni qoplash imkoni yo‘q bo‘lsa, ya’ni
tabiatga to‘zatib bo‘lmas zarar keltirsa bunday loyihalardan vos kechish darkor.
Qoidaga binoan begona shaxslarni jabirlanishiga javobgarlar buning evaziga xaq
to‘lashga majburdirlar. SHunga qaramasdan ko‘pchilik xokimiyatlar ifloslanganlik uchun
javobgarlardan atrof muhitni himoyalash tadbirlarini to‘la qiymatini undirib olish o‘rniga,
aksincha, amaldagi korxonalarda tozalash jixatlarini o‘rnatishni yoki bu korxonalarni yangi, yoki
amaldagi normativlarga rioya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni oshishini subsidiyalaydi. Bu xol
ba’zan samarasiz investitsiya loyihasini qabul qilishni taqdirlashdir. SHuning uchun sof ekologik
maqsadlarga oid xarajatlarni oddiy ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki uni samaradorligini
oshirish bilan bog‘liq xarajatlardan farqlanishini bilmog‘ kerak va shu asosda qaror qabul
qilinishi zarur. Bu masalani ijobiy xal etishda to‘siq bo‘layotgan sabablardan biri ekologik
bilimga ega kadrlarni etishmasligidir. SHuning uchun bu boradi ishlarni jadallashtirish kelgusida
loyihalarga ekologik baho berishni yuqori darajaga ko‘tarishga imkon beradi.
9.2. Ekologiya bo‘yicha loyiha smeta xujjatlarini tayyorlash.
Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini ko‘zlash loyiha- smeta xarajatlarida o‘z
aksini topadi. Iqtisodiy ri-vojlanish muammolarini insonlar tomonidan ilmiy o‘rganish
kuchayishi bilan, loyihacharning ekosistemaga ta’sirini juda bo‘lmaganda minimal xavfsizlik
me’yori darajasiga tushirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu me’yorlarga inson salomatligiga bo‘l-gan
xavf darajasi, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarish me’yorlari va boshqalar misol bo‘ladi.
Loyihalar ekosistemani muhofaza qilish bo‘yicha chet el mamlakatlari bilan tu-zilgan
shartnomalar buzilishiga olib kelishi kerak emas.
Ayrim hollarda loyiha ta’sirida ekologik holat salbiy tomonga qarab o‘zgarishi va bunga
ruxsat berilishi ham mum-kin. Masalan, aholi joylashgan joy yaqiniga temir yo‘l qurish
loyihalashtirilsa va bu loyiha amalga oshsa, shovqin ko‘payadi hamda bu aholi yashash tarziga
salbiy ta’sir etishi mumkin. Loyihada bu salbiy ta’sirni bartaraf qilish yo‘llari bo‘lishi kerak.
Buning uchun aholini boshqa joyga ko‘chirish (bu esa juda qiyin, chuiki odamlar o‘zlari o‘rganib
qolgan joylardan, yaxshiroq sharoit yaratib berilishiga qaramasdan, ko‘chishga ro-zilik
bermasliklari mumkin) yoki shovqinni kamaytiradigan, yaxshisi, umuman yo‘krtadigan
moslamalarni uylarga o‘rnatigp kerak. Bu, albatta, qo‘shimcha xarajatlarga olib ksladi. Undan
tashqari ayrim vaqtlarda aholini kompensatsiya berish yo‘li bilan ham rozi qilish mumkin.
Masalan, elektrosgapsiya qurish loyihasi amalga oshsa, kompaniya egalari atrofda yashovchi
aho-liga elektroenergiyani tekinga berishni o‘z bo‘yniga oladi.
Ayrim hollarda loyihalarni amalga oshirishda vujz^dga keltiriladigan ekologik xavfni
bartaraf qilish juda oson, ayrim hollarda esa juda murakkab kechadi. 1970 yildan bosh-lab, Jahon
banki hamma investitsiya loyihalarining ekosiste-maga salbiy ta’sirini tahlil qila boshladi. 1971-
1980 yil-lar ichida 1342 loyihani tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ulardan 845 tasi yoki 63%i
ekologik jihatdan bexatar loyi-halar, 365 tasi yoki 27%i ekologik muammolarni engil hal kilsa
bo‘ladigan loyihalar ekan. 22 loyiha bo‘yicha loyihalarni qayta ko‘rib chiqish tavsiya etildi va
110 ta loyiha ekosistemaga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosa berildi. Bu loyihalar
bo‘yicha maxsus maslahatchilarning maslahati zarur. Ekologik ta’sirni bartaraf kilish muammosi
investitsiya oldi bosqichida hal qilinishi kerak, shunda bu jarayonga qilinadi-gan xarajatlar eng
kam miqdorda bo‘ladi. Umuman, loyihalar-ni ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlarida



atrof-muhitni himoya qilish xarajatlari taxminan 5% ini tashkil etadi. Jahon bankining atrof-


muhitni himoya qilish bo‘limi loyihalarning turli kategoriyalari uchun maxsus qo‘llanma yarat-
gan bo‘lib, u loyiha tahlili bilan shueullanadigan mutaxassis-lar uchun tavsiya etiladi. Tajribada
eng ko‘p sodir bo‘ladigan va atrof-muhit uchun katta ziyon etkazadigan omillar havo-ning
buzilishi, suvga zararli moddalarning oqizshshshi va bosh-qalar hisoblanadi. Umuman,
ekosistemaga loyihalarning ta’siri har xil bo‘ladi.
9.3. Atrof-muhitni ximoya qilishning iqtisodiy tahlili.
Umuman olganda, loyihalarni ekologik tahlil qilish uchun sarf etilgan xarajatlar unchalik
katta emas, lekin ularni o‘tkazmaslik, ya’ni loyihada ekologik xavfni e’tiborga olmas-lik
keyinchalik juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ekologik xavfni standart tahlil qilish
uslubiyati mavjud emas. Ekologik loyiha va ekologik tadbirlarni o‘z ichiga olgan loyihalar
natijasi kapitalni boshqa muqobil loyihalarga jalb etishdan olinadigan natijalardan yuqoriroq bo‘-
lishi kerak. Darhaqiqat, ekologik loyihalarni iqtisodiy tahlil qilish umuman loyihani iqtisodiy
tahlil qilishdan farq qilmaydi. Muammo shundan iboratki, ekologik loyihalarning natijasi juda
kech namoyon bo‘ladi, shuning ularni oldindan bashorat qilish va o‘lchash juda murakkab.
Tabiiy muhit faqatgina tabiiy resurslarning manbai bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga u
har xil ekologik xizmat-lar ham ko‘rsatadi (tuproqni tiklash, chiqindilarni chiritish va h.k.).
Tabiatning bu vazifalariga ko‘pincha etarli e’tibor berilmaydi, chunki ularning bozor bahosi
mavjud emas. Suv va havoning ifloslanishi natijasida odam organizmidagi o‘zgarishlarning
salbiy oqibatlarini statistik ma’lumotlar yor-damida taxminiy aniklash mumkin bo‘lsada, bu ham
ancha kiyni •kechadi. SHuning uchun ko‘p hollarda bu zararlarni aniqlyash uslubi bo‘lmaganligi
sababli bunday holatdan zarar ko‘rgan odam-lar tovon puli ololmay qoladilar.
Ayrim hollarda xarajatlarni hisoblash vaqtida bilvo-sita uslublardan foydalanish mumkin.
Masalan, Braziliyada kanalizatsiya tarmog‘ini vujudga keltirish atrofdagi er va binolar bahosini
oshiradi, ya’ni boshqa mahsulotlar bahosi bilan ekologik tadbirlarga ketgan xarajatlar aniqlanadi.
Loyihalarni amalga oshirish natijasida um)TU1an tiklab bo‘l-maydigan tabiat va uning
elementlarini baholash deyarli amalga oshirib bo‘lmaydigan eng qiyin hodisadir.
9.4. Atrof-muhitni ximoya qilishga sarflanadigan mablag‘larni qoplash manbalari
Ekologik loyihalar xarajatini umumiy loyihadan foyda ko‘radigan shaxslar krplashi
kerak. Agar loyiha davlat tomonidan ro‘yobga chiqarilsa, xarajatlar manbai davlat byudjeti
hisoblanadi. Lekin masalaga bunday yondashning o‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud.
Masalan, pirovardda ekologik loy-ixa tufayli kim manfaatdor ekanligini aniqlash juda qiyin,
undan tashqari loyihaning maqsadi yo‘krtilgan yoki buzilgan ekologik elementlarni tiklash yoki
xavf oldini olish bo‘lishi mumkin. Bunda yutuk to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Agar metallurgiya
kombinati atrof-muhitni bo‘lg‘ayotgan bo‘lsa, ekolo-gik xavfni bartaraf qilish harajatlarini o‘z
bo‘yniga olishi kerak. Sel xavfidan saqlanish uchun kanal qurilishi xarajatlarining manbai davlat
byudjetidir.
Atrof-muhitni ifloslanishdan asrash uchun kurash ruxsatnomalar va litsenziyalar olish
tartibini joriy etish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi. Korxonalar tashki muhitga ma’lum



miqdorda zararli moddalar chiqarishi uchun litsenziya oladilar. Buning uchun zaharli moddalarni


atmosferaga chiqarish, vaqt birligida suvlarga oqavalarni tashlash me’yorlarini vujudga keltirish
zarur.
Bu me’yorlar hamma turdagi korxonalar uchun umumiy qilib tuzilganligi uchun ham
yaxshi samara bermaydi. SHuning uchun tajribada har xil sohadagi korxonalar uchun alohida
me’yorlar belgilanadi. Individual me’yorlar korxona turgan rayon-ga qarab o‘zgarishi mumkin.
Tadbirlardan yana biri atrof-muhitning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan korxonalarga
jarima solish hisoblanadi. Jarimalar tizimini puxta o‘ylab vujudga keltirish atrof-muhitni
ifloslantirishdan saqlab qoladi.
Jahon banki tomonidan amalga oshiriladigan loiiha-lar asosan individual me’yorlarga
asoslangan. Ayrim mamla-katlar tajribasida me’yordan yuqori bo‘lgan chiqindilar savdo-sotig‘i
amalga oshiriladi. Masalan, shaharlarda havoga zaharli moddalar chiqarishni kamaytirishda ana
shunday tadbir qo‘lla-niladi va bu ijobiy natijaga olib kelgan. SHaharlarda joy-lashgan
korxonalarga havoga ma’lum miqdorda (shaharni o‘rtacha ifloslash darajasiga unchalik ta’sir
etmaydigan miqdor-da) zaharli moddalar chiqarish uchun ruxsat berilgan. Aytay-lik, yo bir
korxona yangi texnologiya joriy qilish yo‘li bilan havoga zaharli moddalar chiqarishni ma’lum
mikdorda kamaytirdi. Qolgan korxonalar bu korxonadan ortiqcha chiqarilgan zaharli moddalarni
sotib olishlari kerak. Bunday hol boshqa korxonalarni ham yangi, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq
qilishga undaydi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Ekologik tahlilinig mohiyati va vazifasini tushuiti-rib bering.
2. Loyihalarning salbiy ekologik oqibatlarini bartaraf qilishning kanday yo‘llari bor?
3. Atrof-muhitga ta’siri to‘liq va qisman tahlil qili-nishi zarur bo‘lgan loyihalarning
turlarini sanab o‘ting.
4. Loyihalarning ekologik oqibatlarini iktisodiy baholash muammolari nimada?
5. Ekologik loyihalar xarajatlarini qoplash manbalariga izoh bering.
6. Normativdan yuqori bo‘lgan chiqindilarni sotib olishtajribasining mohiyati nimada?
10-modul. IJTIMOIY TAHLIL
R E J A
10.1. Ijtimoiy tahlilning mohiyati va tarkibiy qismlari.
10.2. Axolining ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlari.
10.3. Loyiha va maxalliy madaniyat talablari
10.4 Loyihalardan manfaatdorlikni ta’minlash masalalari.
10.1. Ijtimoiy tahlilning mohiyati va tarkibiy qismlari.



Har qanday loyiha samarali amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tahlilning ahamiyati katta.


Loyihaning taklif etilayotgan u yoki bu varianti aholining maqsadli guruhi manfaati talablariga
javob berishi yoki bermasligini aniqlash ijtimoiy tahlilning vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy tahlil
loyiha va u yo‘naltirilgan ijtimoiy guruhning o‘zaro muvofiq kelishini yaxshilash bo‘yicha
tadbirlarni taklif etadi. SHuningdek, ijtimoiy tahlil aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigats
hamda jamoatchilik srikri va qarashlaridagi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish yo‘li bilan loyiha
maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan loyiha strategiyasini belgilaydi.
Ijtimoiy tahlil qilinmagan loyiha mazmuniga uni ishlab chiqaruvchilarning madaniy
qarashlari loyiha mo‘ljallangan kishilarning madaniy qarashlariga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘r-
satadi, Ijtimoiy tahlil loyiha tahlilishshg boshkd turlari bilan birga o‘tkazilishi kerak. Loyiha
tahlilining boshka turlari singari ijtimoiy tahlil ham indentifikatsiya bosqichida boshlanib, loyiha
davrining keyingi har bir bosqichida davom etishi kerak.
Ijtimoiy tahlil to‘rt asosiy sohaga e’tiborni jamlay-di. Bular:
1. Loyihaga ta’sir ko‘rsatadigan aholining ijtimoiy-madaniy tavsifi, miqdoriy tavsifi va
ijtimoiy tuzilmasibo‘yicha tahlil.
2. Loyiha amal qiladigan hududdagi aholi tomonidanishlab chiqarishni tashkil qilish
shakllari, shu jumladan, oilalar, uy xo‘jaliklari t}tuzilmasi, ishchi kuchining mavjudliligi,erga
egalik qilish shakllari, resurslardan foydalanish imkoniyati va ulardan foydalanishni tartibga
solish masalalaritahlili.
3. Loyihaning mahalliy madaniyat nuqtai nazaridan ta-labga javob berishi, xususiy
loyihaning mavjud ijtimoiy me’yorlarga moslash}tvchanligi, kishilarning qarashlarida, o‘z
ehtiyojlarini anglashlarida zarur o‘zgarishlar yasashga krbilligi.
4. Loyihadan uni amalga oshiruvchi tashkilot hamda mahalliy aholi manfaatdorligini
ta’minlash strategiyasi. Bundan maqsad aholi va tashkilotlarning loyihaning barcha
bosqichlarida uzluksiz ishtirokini ta’minlashdir.
10.2. Aholining ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlari.
Ijtimoiy tahlilning birinchi bosqichi loyiha yo‘naltiril-gan aholi guruhi, uning miqdori va
tarkibini aniqlashdan ibo-rat.
Loyiha yo‘naltirilgan aholining turmush tarzi ko‘pincha uni ishlab chiquvchi kishilarning
turmush tarzidan farq qiladi. SHu tufayli rejalashtirish jarayonlariga mahalliy aholi jalb etilmasa,
loyiha mahalliy sharoitga mos kelmasligi mumkin. Mahal-liy sharoitlarni bilmaslik, bu to‘g‘rida
bir guruh shaxslar, xusu-san, yo‘lboshchilarning intervyu yo‘li bilan olingan fikriga ko‘ra ish
yuritish aholi ko‘pchilik tabaqalari qarashlarining e’tibo-ridan chetda qolishiga olib keladi.
SHahar hamda qishlok joylaridagi oilaviy xo‘jaliklar tarkibi to‘g‘risida to‘g‘ri tassavurga
ega bo‘lish ham katta kuch talab etadi. SHahar joylari uchun mo‘ljallangan ayrim loyihalarda bu
erlarda oila a’zolari qishloq joylarida muhim rol o‘ynovchi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimidan
butunlay aloqasini uzgan deb qaralgan. Aslida kam ta’minlangan shahar oilasi tez o‘zgarib
turuvchi ijtimoiy koalitsiya hisoblanadi. Iqtisodiy va siyosiy sharoitlar o‘zgarishi ta’sirida bu oila
bolalari bir uy xo‘jali-gidan boshqasiga o‘tib turadilar, boshqa a’zolari esa boyroq qarin-
doshlarinikiga ko‘chib o‘tadilar. Bunday o‘zgarishlar oila a’zola-ri sonining o‘zgarib turishiga
moslasha oladigan uy-joy maydonini talab etadi.



Ko‘pchilik shahar oilalari o‘z daromadlarining kattagina qismini karindoshlaridan


yordam tariqasida oladilar. SHunday yo‘l bilan ijtimoiy himoya tizimi yaratiladi va minimal
zarur iste’mol darajasi ta’minlab turiladi. Uy-joy qurilishi loyi-halashtirilganda bu jihatlar
e’tiborga olinishi kerak. Agar loyiha aholini ko‘chirishni ko‘zda tutsa, ularning ijtimoiy
madaniyati va demografik xususiyatlarini e’tiborga olishi zarur. Majburiy ko‘chirish o‘ziga xos
ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. U ojizlik, begonalik tuyg‘ularini tug‘diradi hamda
ijtimoiy birdamlik va guruh ishlab chiqarish potensiali pasayishiga olib keladi.
Ko‘chirish dasturlari uy-joy bilan ta’mishyush, tovon puli to‘lash, ishga joylashtirish
tadbirlari bilan bir qatorda, kishilarga ularning turmush darajalari yaxshilanishini kafolatlashi
kerak.
Ko‘p hollarda loyiha ta’sir ko‘rsatadigan aholi (ayniqsa, qishloq joylarida) resurslar va
mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda uyushgan bo‘ladilar. Bunda mulk huquqi va er hamda
suvdan foydalanish huquqlari muhim ahamiyatga ega. Uyushmalarning boshqa bir tashkiliy
elementi resurslarni birgalikda va individual boshqarish usullari, kapitalga ega bo‘lish xarakteri,
ishchi kuchini mavsumiy taklif etish, mehnat taqsimoti, ragoatlantirish tizimi, mahalliy ishlab
chiqarish uyushmalarining tiplari, savdo va hukumat muassasalari bilan o‘zaro munosabatlar
hisoblanadi. Bir qancha kamchiliklarga ega bo‘lishiga qaramasdan bu tashkiliy elementlarni
doimo hisobga olib borish kerak, chunki ular loyiha tuzish uchun asos bo‘ladi.
Ko‘p sonli aholiga ta’sir etuvchi loyihalar muvafaqqiyatli bo‘lishi uchun ularning
ko‘pchiligi loyiha maqsadini tushinishlari va uni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. SHu tufayli
loyhalarny ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida mahalliy qadriyat-lar tizimini, urf-
odatlar, an’analar, aniqlangan ehtiyojlar va maqsadlarni hisobga olish zarur.
Milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan samarali bo‘lgan loy-ihalar maqsadi mahalliy aholi
uchun tushunarsiz yoki ular fikriga ko‘ra, ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Oqibatda loyihalar
mahal-liy aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Ijtimoiy tahlil mahalliy sharoitlarga
asoslangan holda loyiha vazifalari va umumiy maqsadlarni mahalliy aholining individual
maqsadlari bilan bog‘lash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Oilani rejalashtirish masalasida ham mahalliy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari
loyiha maqsadiga yoki umumiy maq-sadlarga erishishga ta’sir ko‘rsatadi. Loyiha natijalari
odamlarning loyiha va undan keladigan foyda o‘rtasidagi bog‘liqlik-ni qanchalik tushunishiga
aloqador bo‘lgan yana bir soha sog‘liqni saqlash sohasidir.
10.3. Loyiha va mahalliy madaniyat talablari
Ko‘p sonli aholiga ta’sir etuvchi loyihalar muvafaqqiyatli bo‘lishi uchun ularning
ko‘pchiligi loyiha maqsadini tushinishlari va uni qo‘llab -quvvatlashlari kerak. SHu tufayli
loyhalarny ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida mahalliy qadriyat-lar tizimini, urf-
odatlar, an’analar, aniqlangan ehtiyojlar va maqsadlarni hisobga olish zarur.
Milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan samarali bo‘lgan loy-ihalar maqsadi mahalliy aholi
uchun tushunarsiz yoki ular fikriga ko‘ra, ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Oqibatda loyihalar
mahal-liy aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Ijtimoiy tahlil mahalliy sharoitlarga
asoslangan holda loyiha vazifalari va umumiy maqsadlarni mahalliy aholining individual
maqsadlari bilan bog‘lash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.



Oilani rejalashtirish masalasida ham mahalliy madaniyat-ning o‘ziga xos xususiyatlari


loyiha maqsadiga yoki umumiy maq-sadlarga erishishga ta’sir ko‘rsatadi. Loyiha natijalari
odam-larning loyiha va undan keladigan foyda o‘rtasidagi bog‘liqlik-ni qanchalik tushunishiga
aloqador bo‘lgan yana bir soha sog‘liqni saqlash sohasidir.
10.4. Loyihalardan manfaatdorlikni ta’minlash masalalari.
Loyiha
muvaffaqiyatining
yana
bir
shartidan
maqsad
guruhning
loyihada
manfaatdorligini, uni ko‘llab-quvvatlash va ishgirokini ta’minlashdir. Bu, loyihani samarali
ekspluatatsiya qilish garovidir. Kishilar o‘zgarishlar qilish uchun tavakkalchilikka borishlari va
loyiha maqsadlariga erishishlari uchun sarflagan kuch-kshratlari o‘zini oqlashiga ishoich hosil
qilishlari kerak. Loyihada ishtirok etish barcha bosqichlarda va shakllarda bo‘lishi mumkin:
1.Investitsiyalarni tanlash va rejalashtirish borasida maslahat.
2. Ishchi kuchi bilan ishtirok etish.
3. Moddiy va pul resurslari bilan ishtirok etish;.
4. Loyiha bajarilishini kuzatib borish va hokazo.
Mahalliy aholining loyihada ishtirok etishi loyiha rah-barlariga jami xarajatlarni
o‘zgartirmagan holda ko‘proq sonli aholiga loyihadan manfaat etkazish imkonini beradi. Qaror
qabul qilingunga qadar mahalliy aholidan maslahat olish loyi-halarga ko‘rsatiladigan qarshilikni
minimallashtirish, undan keladigan manfaatni ko‘paytirish, xizmat muddatini uzaytirish
imkonini yaratadi. Masalan, fermerlar, kishloq xo‘jaligi xodim-lari uchun bu ishlab chiqarish
texnologiyalari bozorlarining ho-lati, loyihaning mumkin bo‘lgan ekologik oqibatlari to‘g‘risida
muhim axborot manbai hisoblanadilar. Suv inshootlari qurish va qishloq xo‘jaligiga tegishli
boshqa loyihalarda bu axborot-lar juda muhim rol o‘ynaydi.
Mahalliy aholining loyihada ishtirok etish imkoniyatlari-ni kengaytirish strategiyasi
muvaffaqiyati aholining uyushmalar-ga birlasha olish qobiliyatiga bog‘liq. Bu uyushmalar orqali
ular o‘z manfaatlarini anikdaydilar va himoya qiladilar. Tashkiliy va texnik imkoniyatlar tajriba
orttirish bilan kengaytirib bo-riladi. Ammo loyihani ekspluatatsiya qilish boshlangunga kadar
mahalliy aholini o‘qitib, bu jarayonlarga tayyorlash ko‘proq samara beradi (UzDeuAvto
loyihasida bo‘lgani kabi).
Mahalliy institutsional tizimlarni yaratish uchun vaqt ta-lab qilinishi sababi ko‘p
loyihalarda ilgarida mavjud bo‘lgan tashkilotlarga tayaniladi. Ammo bu tashkilotlarga yangi
vazifalar yuklatilganda ular oldindan bajarib kelgan vazifalarni keskin emas, balki asta-sekin
kengaytirib borishi kerak.
Mavjud mahalliy tashkilotlardan foydalanish o‘z afzallik-lariga ega bo‘lsa-da, bu yangi
tashkilotlar muvaffaqiyatsiz ishla-shini anglatmaydi. YAngi tashkilotlar faoliyatining
muvaffaqiya-ti boshqa omillar qatorida yangi guruh mavjud ehtiyojlarni lozim darajada qondira
olishiga, xodimlarning tayyorgarligi darajasiga, muddatlarning realligiga ham bog‘liq.
Ijtimoiy muammolar loyiha davrining turli bosqichlarida yuzaga chiqadi. Loyiha nafaqat
salbiy oqibatlarning oldini olish uchun, shuningdek, ijtimoiy o‘zgarishlarni boshlash maqsadida
ki-shilar kuch-g‘ayratlarini safarbar etishi uchun ham aholi urf-odat-lari, an’analariga moslangan



bo‘lishi kerak. Ko‘pgina ijtimoiy muammolarni aniqdab, mohiyatiga etishning o‘ziyoq ularning


loyi-xaga salbiy ta’sirini keskin kamaytirish imkonini oeradi.
Professional tayyorgarlik va ijtimoiy tahlil tajribasi po-tensial ijtimoiy muammolarni
aniklash uchun o‘ta zarur. SHu sababli loyiha tahlilida sotsiolog, antropolog kabi mugaxassislar
rshggirokini ta’minlash kerak. Turli qishloq xo‘jaligi muassasalarining chorvachilik bo‘limlarida
chorva bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar bo‘lga-ni holda chorvani etishtirish (chorvadorlar)
bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning yo‘kligi ko‘pgana mamlakatlarda chorvachilik
loyihalari samaradorligining pastligi sabablaridan biridir.
Loyihani samarali ishlab chiqish va amalga oshirish quyi-dan mahalliy aholi ishtiroki va
yuqoridan hukumat tomonidan rahbarlik qilinishini talab etadi. Muvaffaqqiyatli va iqtisodiy
samarali loyihalar kishilarni o‘zlarining bir yoki bir necha maqsadlariga erishish yo‘lida safarbar
etadi va ularni o‘z ^uchla-riga tayanishga o‘rgatadi. Rivojlantirish loyihalarida ko‘pincha bir-
biriga zid keluvchi va o‘zaro bog‘langan bu ikki shart bir vaqtda bajarilishi kerak. Ijtimoiy tahlil
ular o‘rtasida mu-him bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida xizmat qiladi.
Ijtimoiy tahlil boshqa loyihalar tajribasiga, mutaxassislar tajribasi va malakasiga
tayangan holda kishilarning ehtimol bo‘lgan xatti-harakatlarini ob’ektiv baholash orqali
loyihalarni ishlab chiqishni takomillashtirish va amalga oshirishga yordam beradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Ijtimoiy tahlilning vazifasi va ahamiyatini tushuntirib bering.
2. Ijtimoiy tahlilning to‘rt asosiy sohasiga (vazifalariga) izoh bering.
3. Mahalliy aholi madaniy xususiyatlari e’tiborga olin-masligining loyiha uchun salbiy
oqibatlari nimalarda ko‘rinadi?
4. Aholining demografik xususiyatlari va loyiha sama-rasi o‘zaro qanday bog‘langan?
5. Nima uchun mahalliy aholi axborot manbai xisoblanadi?
6. Ijtimoiy tahlilda boshqa mutaxassislarning qatnashishining ahamiyati nimada?
11-modul. INSTITUTSIONAL TAHLIL
R E J A
11.1. Institutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari.
11.2. Loyiha ishtirokchilarining faoliyatidagi doimiy muammolar.
11.3. Zaruriy institutlarni tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar.



11.1. Institutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari.


Loyiha natijalari ko‘p jixatdan tashkiliy tarkibni sifatiga bog‘liqdir. CHunki, davr
talabiga javob beradigan kuchli boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan tashkilotlarning malakali,
qobiliyatli mutaxassislarigina loyihani samarali natijaga erishishni ta’minlaydilar, aksincha,
ya’ni noqobil zaif boshqaruv tarkibiga ega. Tashkilot eng yaxshi loyihani ham samarasiz natija
olishiga olib kelishi mumkin. SHu boisdan har bir loyiha institutsional tahlil qilinadiki, undan
maqsad-loyihani tashkiliy, xuquqiy, siyosiy va ma’muriy xolatlarini tahlil qilib, ular doirasida
loyihalarni amalga oshirilishini va ishlatilishiga jalb qilingan tashkilotlarni tadbirlari to‘g‘risida
tavsiyanomalar ishlab chiqarish hamda uni baholashdir. Bunda quyidagi masalalar bo‘yicha
imkoniyatlarni o‘rganib zarur tavsiyalar beriladi:
a) Menejmentning usul va uslublari;
b) Tashkiliy tarkib va undagi o‘zgarishlar;
v) Rejalashtirish, shu jumladan investitsiyalarni joylashtirishni tartibga solish;
g) Xodimlarni tanlov asosida qabul qilish va o‘qitish;
d) Molyaiviy faoliyatni boshqarish;
e) Loyihalarni moddiy-texnika ta’minoti;
j) Loyihani ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish tuzimi;
z) Tashkilotlararo muvofiqlashtirish;
i) Tarmoqlar munosabatidagi siyosat.
Xozirda mamlakatimizda davlat ixtiyorida bo‘lgan ko‘plab korxonalar davlat tasaruffidan
chiqarilib turli mulkchilik shakllariga aylantirildi va bu jarayon yana davom etmoqda.
Mulkni egasini bo‘lishi loyihani amalga oshiruvchi tashkilotni loyiha bo‘yicha barcha
javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida respublikamizda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarni samarasini ta’minlaydi. CHunki mulkga egalik qilish
xukuki, loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarning menejerlari loyiha maqsadini aniq tasavvur
qilib unga erishish yo‘lidagi zarur qarorlarni o‘zlari mustaqil qabul qilish imkonini beradi.
Binobarin ular loyihaga rahbarlik qilishda xususiy manfaatdorlikga ega bo‘ladilar.
Loyihani institutsional tahlili uchun amalda aniq sharoitlarga moslashuvchi andozaviy
echimlar yo‘q. Ba’zan iqtisodiy xolatlardagi noxush o‘zgarishlar tufayli belgilangan rejani
bajarilishida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Institutsional tahlil quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) Loyihani amalga oshirilishi va ishlatilishi doirasida unga ko‘proq ta’sir etadigan
qonunlarni, tashkilotlarni, me’yoriy xujjatlarni va siyosiy omillarni ko‘rib chiqish;
b)Loyiha ishida qatnashuvchi tashkilotlarni zaif va kuchli tomonlarini, moddiy va mexnat
resurslar nisbatini, texnik malakasini tashkiliy tarkibini, boshqaruv va ma’muriy imkoniyatlarini,
moliyaviy xolatlarini baholash;



v)Loyihani amalga oshirishi va ishlatilishiga qonunlarni, siyosatni va tavsiyanomalarni


imkonli ta’sirni, atrof muhitni himoyalashga munosabatni, ish xaqi, narxlarni, subsidiyalarni,
tashqi savdo, valyuta kursi va boshqalarni baholash;
g)Loyiha ishida mavjud kamchiliklarni bartaraf etuvchi muqobil usullarni taklif etish;
d)Tavsiya qilinayotgan tashqiliy o‘zgarishlarni amalga oshirish jadvalini ishlab chiqishda texnik
yordam ko‘rsatish va xokazolar.
11.2. Loyiha ishtirokchilarining faoliyatidagi doimiy muammolar.
Iqtisodiyotni qayta qurish jarayonida ikki muhim institutsional muammo kuzatiladi.
Birinchidan, bu mavjud hukumat muassasalarini isloh qilish zarurati, ikkinchidan, eski tuzumda
mavjud bo‘lmagan yangi institutlarni tashkil etish. Masalan, sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarida
bank tizimi, birjalar va boshqa bir qator institutlar mavjud emas edi. Iqtisodiy islohotlar,
shubhasiz, ishsizlik va boshqa ij-timoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xususiy sektor va
bandlikning boshka muqobil sohalari ishga tushguniga qadar esa ancha uzilish yuzaga keladi.
SHu tufayli o‘tish davri iqtisodiyotida institutsional islohotlar ijtimoiy himoya tizimini yaratish
bilan birga bormasa, amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi.
Institutsional muammolarni xarakterlash uchun ko‘pincha zarur echimlarni topishga
halaqit beruvchi yuzaki atamalar qo‘llaniladi. Masalan, qiyinchilikka uchragan loyiha haqida,
uning "rahbarlari zaif" deyilsa, loyiha muvaffaqiyatini 'loyihaning harakatchan menejeri" bilan
bog‘lashadi. Moliya-viy faoliyatni nazorat qilishda yuzaga kelgan qiyinchilik-larni esa ko‘pincha
buxgalteriyada personal kompyuterlarning yo‘qligi bilan izohlashadi, xodimlar va
ma’muriyatning qoni-qarsiz ishi esa, xodimlarda etarli malaka yo‘q, deb osongina izohlab
qo‘yiladi.
Ammo bu ko‘rinib turgan kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha taklif qilingan qarorlar
ko‘pincha navbatdagi muammolar qat-lamini aniqlashning ancha qimmat turadigan yo‘lidir.
Albatta, yaxshi menejer kerak. Lekin menejerlar aslida ishga layoqatli bo‘lsalaru bir-biriga zid
talablarga duch kelishsa hamda bu ziddiyatni echish vakolatiga ega bo‘lishmasa menejerlarni
o‘zgartirishdek ko‘p vaqt talab qiluvchi va kimmat turuvchi, jarayon hech kanday ijobiy natija
bermaydi. SHu singari hakiqiy muammo buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish emas, balki anik
axborotning kelib turishi bo‘lsa, kompyuter o‘rna-tish bilan masala echilib krlmaydi.
Ko‘pgina davlatlarda vazirliklardagi byudjet hisob-kitoblarida personal kompyuterlarni
qo‘llash nafaqat axbo-rotlarni kayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish va tezligini oshirish tufayli,
shuningdek, vazirliklar rahbarlariga axborot tizimining o‘zini o‘zgartirish imkonini bergani
uchun ham muvaffaqiyatli bo‘ldi. Natijada hisobotlarni topshirish tartibi sodsalashdi va shu
qadar tezlashdiki, topshirish muddatlari hafta va oylar o‘rniga kunlargacha qisqardi hamda turli
xildagi va xajmdagi xarajatlar okibatini ancha aniqroq ba-holash tizimini o‘rnatishga erishildi.
Xuddi shuningdek, ayrim hollarda xodimlar malakasining etishmasligi ular qoniqarsiz
ishlashining vazifalarini bel-gilash va stimullar tizimida aniqlik etishmasligi, xizmatda
ko‘tarilish imkoniyatlari cheklanganligi kabi omillarga nisbatan ikvdnchi darajali sababi bo‘lishi
mumkin. Bu omillarda o‘zgarish yasamasdan turib, xodimlarni o‘kitish borasidagi chora-
tadbirlar kutilgan natijani bermaydi.



Qisqacha qilib aytganda, odatda, loyihalarni amalga oshi-rayotganda paydo bo‘ladigan


ko‘pgina institutsional muammolar juda chuqur sabablarga ega. Bu sabablarni aniqlamasdan
turib esa uzoq muddatli qarorlar kabul qilish qiyin. Sanab o‘tilgan qiyinchiliklardan ko‘pini xal
etish o‘nlab yillarni talab qili-shi mumkin. CHunki ular chuqur iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va
madaniy cheklanishlarni aks ettiradi. YAngi institutlar o‘z ja-miyatida ildiz otishi va o‘z
madaniy muhitiga moslashishi kerak. Texnik va boshqaruv layoqati siyosatni samarali
rejalashtirish, ishlarni dasturlash, moliya va kadrlarni boshqarish va hozirgi zamon tashkilotining
boshqa muxdm vazifalarini bajarishni ta’minlashi uchun asta-sekin yaxshilanib borishi kerak.
11.3. Zaruriy institutlarni tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar.
Zaruriy institutlarni tashkil etish (ayniqsa, rivojlan-tirish loyihalari bilan bog‘liq hollarda)
uch guruh omillar 'ta’sirida murakkablashadi. Bular:
a) noqulay siyosiy shart-sharoitlarning salbiy ta’siri;
b)loyiha oldiga qo‘yilgan maqsadlarning murakkabligi;
v)loyihaning investitsiyadan keyingi bosqichiga e’tiborsizlik.
SHu tufayli institutsional muammolarni aniqlash, baho lash hamda echish borasida
tavsiyalar ishlab chiqish uchun (bu borada umumiy modellar, andozalar yo‘qligini ham e’tiborga
olgan holda) sanab o‘tilgan omillarni e’tiborga olish zarur.
Siyosiy omillar ta’siri
Barcha rivojlantirish loyihalari u xoh davlat sektorida, xoh xususiy sektorda bo‘lsin,
hukumat makroiqtisodiy siyosatining hamda bu siyosatni o‘zida mujassamlashtirgan qonunlar va
me’yoriy hujjatlar kuchli ta’siri ostida bo‘ladi. Agar tashkiliy tuzilmalar o‘z kuch va resurslarini
siyosiy karorla-rining salbiy ta’siriga qarshi kurashga sarflashga majbur bo‘lsalar, bu tuzilmalar
uzok istiqbolga muvaffakiyat bilan ishlay olmaydilar. Hukumat siyosati loyiha amalga oshirila-
yotgan iqtisodiy shart-sharoitlarni (jiddiy sur’atda) buzib ko‘rsatsa, instit^tsional muammolar
soni ortib ketadi. Asos-lanmagan valyuta almashuv kursi yoki savdo siyosati nafakat loyiha
bo‘yicha olinadigan daromadlar darajasiga ta’sir ko‘r-satadi, shuningdek, ehtiyot qismlarni
qidirib topish, eksport-import operatsiyalari yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni engish kabilarga
ortiqcha kuch sarflashga sabab bo‘ladi. Davlat baho va soliq siyosati bozor signallarini buzib
ko‘rsatib, menejerlarning adashishiga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa, davlat baho va byudjet siyosatining loyiha-ning iqtisodiy va moliyaviy
faoliyatiga ta’siri katta. SHu-ningdek, buninr ta’sirida loyiha menejerlari hamda xodim-lar
faoliyatini baholash mumkin bo‘lmay qoladi. CHunki tash-kilotning qoniqarsiz ishiga doimo
yaxshi ishlashga xalaqit berayotgan siyosiy vaziyatni sabab qilib ko‘rsatish m^tikin. Dav-lat
tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va bevosita aralashuvning murakkab tizimi mavjudligi
ta’sirida siyosiy vaziyatning salbiy ta’siri yanada chuqurlashishi mumkin.
Maqsadlar murakkabligi



Ko‘pchilik iste’molchilar va manfaat ko‘ruvchilar talabi-ni ifoda etuvchi yirik, ijtimoiy


yo‘naltirilgan rivojlanti-rish loyihalarida k}T1 hollarda loyiha maqsadi va unga eri-shish
vositalarini belgilash qiyin b5'ladi. Bunga misol tari-qasida ta’lim dasturi va mineral o‘g‘itlar
ishlab chiqarishga investitsiya sarflari loyihalarini taqqoslashimiz mumkin. Ma’lumotli va
o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchan kishi-larni tayyorlash vazifasini ma’lum
miqdordagi o‘g‘it ishlab chiqarish vazifasiga ko‘ra baholash qiyin. Uqitish dasturida maqsadga
erishish usullari ham ancha murakkab va noanikdir.
Ayrim loyihalarda maqsadlar aniq-ravshan bo‘lsa-da, ular shunchalik ko‘pki, ularning
hammasiga bir tekis erishishni ta’-minlab bo‘lmaydi. Masalan, qishloq tumanlarini kompleks
rivojlantirish loyihalari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqari-shini ko‘tarish, infratuzilmani
rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish, madaniy an’analarni o‘zgartirish kabi
maqsadlarga duch keldi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar ko‘p sonli aholi bi-lan ish ko‘radiki, loyiha agentligi
ularga doim ham bevosita ta’sir ko‘rsata olmaydi (elektrostansiya direktori o‘z xodim-lariga
ta’sir ko‘rsatishiga o‘xshab).
Loyihani o‘rab turgan muhitga nisbatan uni boshqarishning uch jihatiga alohida to‘xtalib
o‘tish zarur:
1. Standart va eksperimental loyihalardan foydala-nish.
2. Ishlarii muvofiqlashtirish uslublari.
3. Boshqaruv nazoratini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
Infratuzilmalar, kommunal inshootlar va yirik sanoat korxonalari qurish loyihalari tashkiliy
jihatdan birmuncha afzallikka egalar. YA’ni ular uchun zarur tashkiliy tadbirlar va
texnologiyalar, standart echimlar mavjud. Ko‘pchilik loyi-halar uchun esa standart echimlar,
texnologiyalarni qo‘llab bo‘l-maydi. Bunday sharoitda moslashtirish qobiliyati tashkiliy
tuzilmaning muvaffaqiyat garovi bo‘lishi mumkin. Moslashtiruv ishi byurokratik muassasalar
uchun ayniqsa qiyin kecha-di. Bunga ularning rejali xarajatlar haqida doimiy hisobot berishga
majburliklari va har qanday xavfdan qochishlari sababki, bu hol ularni konservativ qilib qo‘yadi.
Ayrim hollarda loyihani amalga oshiruvchi tashkilotga murakkab in-stitutsional va mopdiy-
texnik talablar qo‘yiladigan bitta yirik loyihadan ko‘ra, o‘rnatilgan grafik bo‘yicha bir nechta
eksperimental loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
Eksperimental loyihalarga muqobil variant - kichik dasturlarni subpudratchi
tashkilotlarga topshirishdir. Bunda bosh pudratchi bunday dasturlarni moliyalashtirish, texnik
yor-dam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
Muvofiqlashtirish muammolari
" Yirik loyihalarga xos bo‘lgan tashkiliy muammolarni hal etishning yana bir yo‘li
loyihaning bosh maqsadiga eri-shish uchun qaysi faoliyat turlari asosiy ekanligini aniqlab,
cheklangan tashkiliy resurslarni shu faoliyatga jamlash hamda ikkinchi darajali vazifalarni
keyinroqqa qoldirishdir. SHunday yondashuvni loyiha bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishga
nisbatan ham qo‘llash mumkin, chunki ko‘p sonli ijrochi-lar faoliyatini muvofiqlashtirish ko‘p
vaqt talab etadi va kerakli natija bermasligi mumkin. Muvofiklashtirishni inkor etib
bo‘lmaydigan sharoitlarda turli ijrochilar vazi-falari aniq-ravshan belgilanishi kerak. Ikkinchi
darajali resurslarni nazorat etuvchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi komitet tuzgandan ko‘ra,
ularni kichik ishchi guruhlarga birlashtirish muvofiqlashtirishning samaralirok mexanizmi bo‘-
lishi mumkin.



Boshqaruv nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari


Loyiha natijalarini baholashdagi qiyinchiliklarni loy-iha faoliyatining mumkin qadar
kichikroq, nazorat va boshqa-ruv oson bo‘lgan vazifalarga bo‘lish yo‘li bilan kamaytirish
mumkin. Ta’lim va ijtimoiy masalalar bo‘yicha loyihalarda moliya faoliyatini boshqarishga katta
e’tibor beriladi. Mo-diyaviy oqimlarni hisobga olish va nazorat qilish esa bu loy-ihalardagi
noaniqliklarni
kamaytirgan
va
ularni
boshqarishni
yaxshilagan,
moliyaviy
tartibni
mustahkamlagan bo‘lar edi. SHuningdek, zamonaviy boshqaruv axborat tizimini yaratish
^nmkoniyatini beradiki, bu, o‘z navbatida^ loyyhani samarali bo-;shqarishning asosiy unsuridir.
Patent berish yoki kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xususiy korxonalar bilan kontrakt
tuzish uslublari boshqaruv nazoratini takomillashtirish usuli sifatida keyingi yillarda alohida
e’tibor jalb etayapti. Turli sabablarga ko‘ra, hukumat idoralari bilan shartnoma asosida ishlovchi
xususiy korxonalar tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish transport, sog‘liqni saqlash kabi
sohalarda xizmat sifatini oshirishga, xarajatlar qisqartirilishiga olib keladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Institutsional tahlilning mohiyatini tushuntirib bering.
2. Institutsional tahlilning vazifalari nimalardaniborat, ya’ni tuzilmasi qanday?
3. Loyihalar uchun zarur institutlarni tashkil etishgata’sir etuvchi omillar nimalardan
iborat?
4. Loyihalarning investitsiyalardan keyingi bosqichigae’tiborsizlik.
5. Institutsional tahlil loyiha tahlilining boshqa turlari bilan qanday bog‘langan?
12-modul. MOLIYAVIY TAHLIL
R E J A
12.1. Moliyaviy tahlilning mohiyati va turlari.
12.2. Moliyaviy rentabellikni tahlili.



12.3. Moliyalashtirishga extiyoj tahlili.


12.4. Loyihani eksplutatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy tahlili.
12.1. Moliyaviy tahlilning mohiyati va turlari.
Moliyaviy tahlilning mohiyati va turlari
Loyihani moliyaviy tahlil qilish bir necha ko‘rinishga ega bo‘lib, loyiha turiga qarab, ikki
yoki undan ko‘proq turdagi moliyaviy tahlil amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy tah-lil
quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
1. Moliyaviy rentabellilik tahlili.
2. Moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili.
3. Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliya-viy tahlili.
4. Xarajatlarning qoplanishi tahlili.
Moliyaviy tahlilning sanab o‘tilgan turlari qaysi vazifalarga ega bo‘lishi, loyihaning
moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqligi u qaysi nuqtai nazardan turib ko‘rib
chiqilayotganligiga bog‘liq.
Buni quyidagi jadvalda ko‘ramiz:
Moliyaviy tahlil turlari
Tahlil
turi
Moliyaviy
rentabellik tahlili
Moliyalasht
irishga extiyoj
tahlili
Loyihani
ekspluatatsiya
kiluvchi
tashkilotni
moliyaviy
tahlil
Xarajatlar
koplanishi tahlili
Tahlil
maqsadi
Loyihaga
qo‘yilgan kapital
mablag‘lar
samaradorligini
aniqlash
Loyihani
amalga oshirish
uchun mablag‘
biln ta’minlashni
rejalashtirish
Loyihani
ekspluatatsiya
qiluvchi
tashkilotning
moliyaviy
ahvoli va
boshqaruv
harakatini
aniqlash
Davlat
loyihalarida
foydalanuvchilarda
n tushadigan
to‘lovlar hisobiga
xarajatlar
qoplanishini
baholash
Loyiha
tahlili qaysi
pozitsiyadan
turib amalga
oshiriladi.
Loyiha
pozitsiyasidan
turib
Hukumat,
Loyihadagi
foydalanuvchilar
va undan manfaat
kuruvchilar
pozitsiyasidan
turib
Loyihani
ekspluatatsiya
qiluvchi
tashkilot
pozitsiyasidan
turib
Hukumat
loyihadan
foydalanuvchilar
undan manfaat
ko‘ruvchilar hamda
loyihani boshqarish
pozitsiyasidan turib
Foydalan
Diskontlang
Moliyaviy
Foyda va
Xarajatlarni



iladigan


moliyaviy
hisobotlar
tizimi
an pul tushumlari
va chiqimlari
oqimi hisoboti
reja
zararlar
hisoboti. Pul
mablag‘lari
tushumlari va
chiqimlari
oqimi hisoboti,
balans hisoboti
qoplash
ko‘rsatkichlari,
to‘lov hajmi yoki
foydalanuvchilarda
n olinadigan soliq
hajmi
Mezonlar
Ichki foyda
me’yori. Sof
keltirilgan qiymat
Qarzlarni va
ular bo‘yicha
foizlarni to‘lash
uchun qilingan
xarajatlarni
qoplash darajasi.
Samarad
orlik me’yori
moliyaviy
ko‘rsatkichlar
To‘lov hajmi
va tarkibi
Qaysi
obektga
nisbatan
qo‘llaniladi.
Xususiy
sektordagi
loyihalarga davlat
sektoridagi tijorat
loyihalariga
nisbatan
Hamma
loyihalarga
nisbatan
Firmalar
ga va davlat
loyihalariga
nisbatan
Davlat
sektoridagi ta’lim,
sog‘liqni saqlash,
suv ta’minoti,
transport kabi
xizmat ko‘rsatishga
yo‘naltirilgan
loyihalarga nisbatan
Moliyaviy tahlilning har xil tflari loyihaning maqsadga muvofiqligini, resuslardan
foydalanish samaradorligini, loyiha ishtirokchilari uchun ragbatlarni, moliyaviy rejalarning
asoslanganligini, moliyaviy boshqaruvning layoqatliligi darajasini hamda loyihani amalga
oshirish natijasida kutilayotgan foyda darajasini baholash qo‘llaniladi.
U yoki bu turdagi tahlilni o‘tkazish zarurati loyihaning murakkablik darajasiga, uning
xususiy sektordagi yoki davlat loyihasi ekanliligiga hamda iqtisodiyotning qaysi tarmog‘iga
taalluqligiga borliq.
Moliyaviy tahlilda daromad va xarajatlarni xisoblashda:
• faqat alohida bozor baholari ko‘llaniladi;
• kapital xarajatlar loyihaning butun xizmat davrigataqsimlab chiqiladi (amortizatsiya);
• soliqlar va turli guruhlar o‘rtasidagi bir tomonlamato‘lovlar hisobga olinadi;
• xususiy diskont stavkasi qo‘llaniladi.
12.2. Moliyaviy rentabellikni tahlili.



Moliyaviy rentabellilik tahlilining maqsadi loyiha-ning xayot davri davomida


investitsiyalardan keladigan sama-rani baholashdan iborat. Bu tahlilni ba’zida loyihaning mo-
liyaviy maqsadga muvofikligi tahlili deb ham yuritiladi. Bu tahlilni o‘tkazishning uslubiy
asoslari ikkinchi va uchinchi mavzularda k^fib chiqilgan. SHu asosga tayanilgan holda renta-
bellilik ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi.
Bu tahlil loyihadagi pul t}1P5TUshari va chiqimlari oqimiga asoslangan holda
o‘tkaziladi. Bunda e’tibor loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarga(ularning moliyaviy holatiga)
emas, balki loyihaning o‘ziga qaratiladi. Moliyaviy rentabellilik tahlili tovarlar va xizmatlar
savdosini amalga oshiruvchi loyihalar uchun o‘ta muhim, lekin kommunal xizmat ko‘rsatuvchi
va davlatdan kisman dotatsiya olib ishlovchi tashkilotlar uchun uncha ham muhim emas.
Xarajatlarni qoplash tahlili rentabellilik tahlilining deyarli xuddi o‘zi bo‘lib, davlat
xarajatlari foydalanuvchilar to‘lovlari va soliqlar hisobiga qoplanadigan loyihalar uchun
qo‘llaniladi.
Moliyaviy rentabellilik tahlilida xarajatlar va daromadlar qo‘yilgan maqsaddan kelib
chiqib aniqlanadi. Xarajatlarni firma yoki ijrochi tashkilotning foydasini kamay-tiruvchi
moliyaviy oqimlar tashkil etsa, daromadlarni foyda yoki daromadni ko‘paytiruvchi moliyaviy
oqimlar tashkil etadi.
Xarajatlar va daromadlar oqimlarini loyihalashtirish uchun ishlab chiqarish faoliyatining
texnik darajasini belgi-lab olish, investitsiyalardan ko‘zda tutilgan texnik resurslar-ning loyihaga
kirish va chiqishdagi oqimini, loyihalarning bozor va ma’m^fiy o‘rnatiladigan baholarda
hisoblangan na-tijalarini aniqlab olish talab etiladi.
Tushumlar oqimi mahsulot sotish (xizmat ko‘rsatish) hajmini ularning xarid baholariga,
xarajatlar oqimi esa ishlab chiqarishda foydalanilgan moddiy resurslar va xizmatlar miqdorini
ularni sotib olish bahosiga ko‘paytirib topiladi. Bunday baholash loyihaning butun yashash
davriga, har bir yil uchun o‘tkaziladi.
Loyiha uchun zarur resurslar va undan kutilayotgan natijalarni baholashda birinchidan,
ichki va tashqi bozorda yaqinda bo‘lib o‘tgan bitimlarda qo‘llanilgan amaldagi baholar asosida
real bozor baholarini; ikkinchidan, kelgusidagi baholarni prognoz qiliga lozim.
Odatda, iqtisodiy va moliyaviy taxlshshi o‘tkazishda inflyasiya ta’siridan tozalangan
doimiy baholar, shuningdek, inflyasiya Ta’siridan tozalangan diskont koeffitsienti qo‘llaniladi.
Loyiha bo‘yicha ishlab chikarilgan tovar (ko‘rsatilgan xizmat)lar uchun tushgan barcha
to‘lovlar, debitorlik qarzlari, subsidiyalar va boshqa daromadlar (ijara haqi va boshqalar) loyiha
bo‘yicha tushumlarga kiritiladi va uning umumiy sama-rasini ko‘rsatadi.
Xarajatlar o‘z ichiga ekspluatatsiya va kapital xarajatlarini oladi. Ekspluatatsiya
xarajatlariga ish haqi, material, yoqilg‘i xarajatlari, ijara haqi to‘lovlari, kommunal to‘lovlar,
umumiy va ma’muriy xarajatlar, soliqlar, joriy ta’mirlash xarajatlari, hali to‘lanmagan, ammo
xisobga olingan kreditor-lik qarzlari va boshqalar kiradi. Kapital xarajatlarga esa investitsiyalar,
loyiha fondlarini alishtirish, modernizatsiya qilish va kapital ta’mirlash xarajatlari kiradi.
Pul oqimlari baholab bo‘lingandan so‘ng rentabellilik ko‘rsatkichlari kalkulyasiya
qilinadi, loyihalashtirilayotgan tushumlar va xarajatlar diskontlanadi va ilovada keltiril-gan
ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Moliyaviy ehtiyojni tahlil qilishda loyihani amalga oshirishga
ketadigan aylanma mablag‘lar alohida valyutada hamda so‘mda hisoblanadi. O‘zbekis-ton



sharoitida aylanma mablaglarni valyutada shakllantirish ayniqsa katta amaliy ahamiyatga ega.


Agar loyihada aylanma mablaglar valyutada to‘g‘ri rejalashtirilmasa, loyiha muammoga duch
keladi. Misol uchun, loyiha mahsulotining ingredient-lari import qilinsa, uni sotib olish uchun
valyuta ko‘rinishidagi aylanma mablag‘lar etarli bo‘lishi kerak. SHunda mahsu-lot
ingredientlarni sotib olishda muammoga duch kelinmaydi. Ba’zi loyihalarda aylanma mablag‘lar
so‘mda etarli bo‘lsada, valyutada etarli bo‘lmagani uchun korxonalar ingredientlarni import qila
olmaydi. Natijada ishlab chiqarish to‘xtab qoladi.
12.3. Moliyalashtirishga extiyoj tahlili.
Moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili loyihani investitsiyalash va uni ekspluatatsiya qilish
uchun kerak bo‘lgan barcha moliyaviy ehtiyojlarni prognoz qilishni o‘z ichiga oladi.
Bu esa zarur resurslar kelib tushishini ta’minlaydigan moliyaviy reja tuzish imkonini
beradi. Moliyaviy rejani tayyorlashda xorijiy kreditorlar talablarini bajarishni engallashti-rish
uchun xorijiy valyutaga bo‘lgai ehtiyoj aloxdsa ko‘rsatiladi.
Moliyaviy rejada, shuningdek, moliyalashtirishning mahalliy manbalari, loyiha uchun
mas’ul bo‘lgan tashkilotnipg o‘z mablag‘lari va fondlari, davlat va tijorat tashkilotlaridan
olinishi mumkin bo‘lgan qarzlar ham e’tiborga olinadi.
Moliyaviy rejada loyihani ekspluatatsiya qilish davri xarajatlari o‘z aksini topmasa,
ekspluatatsiya qilish, joriy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun fondlar yo‘qligi tufayli loyiha
uskunalari eskirib, tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.
Moliyaviy reja loyihadan manfaat ko‘ruvchilarning u taklif etayotgan mahsulotni sotib
olish qobiliyatini hisobga olishi zarur.
Moliyaviy reja joriy baholarda tuzilishi hamda yillar bo‘yicha loyihaning butun amal
qilish davriga kuyidagilarni ko‘rsatishi kerak:
• mo‘ljallanayotgan kapital mablag‘lar va ekspluatatsiyaxarajatlari (shu jumladan, baho va
fizik ko‘rsatkichlarningko‘zda tutilmagan o‘zgarishlari hisobga olib kiritilgan tuza-tishlar);
• loyiha mahsulotini sotish va boshqa manbalardan keladigan daromad;
• qarzlarni, investitsiyalarni va loyihaning boshqa ehtiyojlarini qoplashning boshqa
manbaalari.
Loyihani moliyalashtirishda korxonaning o‘z mablag‘lari qancha ko‘p bo‘lsa, uning
investor tomonidan baholanshsh shuncha engil bo‘ladi.
12.4. Loyihani eksplutatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy tahlili.
Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni moliyaviy tahlilga uchta moliyaviy hisobotni
tayyorlash, tahlil etish va prognoz qilish kiradi:
• daromadlar(foyda va zararlar) hisoboti;
• pul mablaglari tushumlari va chiqimlari hisoboti; balans hisoboti.



Bu hisobotlar loyihaning butun amalda bo‘ladigan davri yoki hech bo‘lmaganda uni


ekspluatatsiya qilishning dastlabki bir necha yiliga tuziladi.
Ko‘rsatilgan moliyaviy hisobotlarni prognoz qilish ularning barcha komponentlarini
chuqur tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning umumiy qabul qilingan
qoidalarini bilishni talab etadi. SHu tufayli bu ishni taj-ribali buxgalter auditorlarga yoki
moliyaviy tahlilchiga top-shirish kerak.
(Roydd sh zararlar hisoboti korxoia^shng ma’lum davrdaga (chorak, yil) ishlab chigarshi
faoliyatidap olgap daromadlartsh shu davrda-gi qilingan va daromad oligl bilai boklshch bo‘lgan
xaral«1tlari o‘r-tasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Bu hisobot yayuriy xo‘jalik faoliyati samaradorligi,
loyihaning o‘z kapitalshsh oshirish zahiralarini ba-holshp uchun zar^r. Bu shaklning yana bir
vazifasi turli soliq to‘lov-lari va dividendlar mikdorini aniklashdan iborat.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Loyihalarning moliyaviy tahlili nima maqsadda o‘tka-ziladi?
2. Moliyaviy rentabellik tahlilining mohiyati nimada?
3. Moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili qanday amalga oshi-riladi?
4. Xarajatlarning qoplanishi tahliliga tavsif bering.
5. Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliya-viy tahlilida qo‘llaniladigan
hisobot shakllarini izohlabbering.
6. Loyiha tahlili turlari bo‘yicha qo‘llaniladigan me-zonlarni tushuntirib bering.
7. Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan qaysi koeffitsi-entlarni bilasiz?
8. Moliyaviy tahlilda aylanma mablag‘larga talab so‘mdava valyutada hisoblanishi sababi
nimada?
13-modul. IQTISODIY TAHLIL
R E J A
13.1. Iqtisodiy tahlilning mohiyati va maqsadi.
13.2. Iqtisodiy tahlil vazifalari. Loyiha maqsadlarini va tahlil chiziasini aniqlash.
13.3. Iqtisodiy tahlilda yashirish baholar.
13.4. Manfaatlar va xarajatlarni o‘lchash uslublari va muammolari
13.5. Iste’molchining qo‘shimcha daromadi.
13.6. Loyihani tashqi samarasi.



13.1. Iqtisodiy tahlilning mohiyati va maqsadi.


Iqtisodiy tahlilning maqsadi bir qancha loyiha variyantlari ichidan eng kam xarajatlar
qilib eng ko‘p foyda oluvchi loyiha aniqlashdir. Bunda loyihani umumjamiyat uchun qanchalik
daromadli bo‘lishini, jamiyatlar va boshqalarga ta’sirini xisobga olgan holda tahlil qiladi.
SHuningdek loyihani amalga oshirilishi uchun resurslar ajratilishi jamiyat nuqtai- nazaridan
qanchalik afzalligini tahlil etadi. Xulosa qilib aytganda iqtisodiy tahlil loyiha bilan bog‘liq
barcha samaralarni asosini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lib, bunda:
a) bozor bitimlarida aks ettirilgan iqtisodiy o‘zgaruvchilarni aniqlaydi.(masalan, uy narxi
va uni joylashgan tumani, transportni qulayligi, shahar arxitekturasini zamonaviligi va boshqa
mavjud uylar soni ularni o‘lchamlaridan tashqari tavsiflarini aks ettiradi);
b) loyiha ustivorligi qatoriga pulga tegishli bo‘lmagan qiymatlarini ya’ni, kishilarning
xulq-atvori kabi belgilariga qarab baholaydi;
v) loyihani amalga oshirishda olinadigan daromadlarni uni xarajatlaridan yuqori yoki kam
bo‘lishini batavsil tahlil etib bu xaqida qaror qabul qiladi.
Moliyaviy tahlil va iqtisodiy tahlillar bir-birini shunday ma’noda to‘ldiradiki, moliyaviy
tahlil loyihani aloxida ishtirokchilari tutgan o‘rnidan olib borsa, iqtisodiy tahlil esa to‘la
jamiyatni tutgan o‘rnidan olib boradi.
Iqtisodiy tahlilda quyidagilar amalga oshiriladi:
a) loyiha maqsadlarini aniqlash;
b) loyihani baholanishini aniqlash;
v) loyiha natijalariga bo‘ladigan talabni bashorat qilish;
g) foyda va xarajatlarni o‘lchanishi;
d) rentabellik ko‘rsatkichlarini baholash;
e) sezgirlik va tavakkalchilikni tahlil qilish;
Iqtisodiy tahlilda loyihani muqobil variantlarini ko‘rib chiqish muhim qism xisoblanadi.
Masalan, texnik muqqobilliklarda turli texnika va texnologiyalar son va sifat jihatidan bir xil
natijaga (foydaga) ega bo‘lsa, unda tahlil investitsiya va ishlab chiqarish xarajatlari eng kam
bo‘lgan variantini aniqlab berish kerak. Agar barcha variantlar uchun foyda va xarajatlar turlicha
bo‘lsa, unda amaldagi variantlar orasidan eng ko‘p sof foyda keltiruvchi tanlab olinadi.
Loyihani iqtisodiy tahlili loyihani foyda va xarajatlarining resurslarini boshqacha
ishlatilishidagi yuzaga keladigan foyda va xarajatlar bilan taqqoslaydi. Loyihalar resurslar bilan
foydalanib mahsulot chiqaradi, loyiha bo‘lmaganda esa bu resurslar va mahsulotlarga egalik
qilish begona iqtisodi uchun o‘zgaradi. Ko‘plab ishbilarmonlar investitsiyalar xaqidagi qarorlarni
shu kabi oddiy usul bilan qabul qiladilar. Ko‘rib chiqilgan xolatda loyiha bo‘lmaganda
investorlar o‘z mablag‘larini boshqa loyihalarga sarflash imkoniga ega bo‘ladi, agar loyiha
mavjud bo‘lsa ular maskur loyihaga sarflaydilar. Bu bilan maskur loyihani amalga oshirish
muayan turdagi mahsulotni ko‘plab ishlab chiqarilishi uning bozorida ko‘payishiga va narxini



pasayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida haridorlarning (iste’molchilarni) ko‘shimcha


daromadini paydo bo‘lishiga olib keladi.
Xarajatlar samaradorligini tahlili.
Ma’lumki, loyihadan keladigan foydani to‘la sonli baholashni ko‘p xollarda imkoni
bo‘lmaydi. Bu qiyinchilikni ayniqsa amaldagi bozor axboroti asosida ya’ni loyihadan foyda
quruvchilarni qanchalik o‘z ixtiyorlari bilan loyiha mahsulotiga pul to‘lashlarini baholashda
yuzaga keladi va loyiha mahsulotiga ko‘shimcha iste’mol miqdorini aniqlash xaqida
ma’lumotlarin yo‘qligida yuzaga keladi. YAnada ko‘prok qiyinchilik bu tibbiy xizmatni
yaxshilash natijasida kasalga chalinishi va o‘lim xolatlarini kamayish xisobiga keladigan foydani
baholashdir.
Xarajatlarni samaradorligini tahlil qilish turli variantdagi loyihalarda belgilangan
maqsadni eng kam mablag‘ sarflagan holda amalga oshiruvchisini tanlab olish imkonini beradi.
Bu ayniqsa foydasini aniqlash qiyin soxalarni masalan, sog‘liqni saqlash, maorif, uy-joy
qurilishi, jamiyat boshqaruvi, suv ta’minoti va boshqa ijtimoiy soxalar uchun tayyorlangan
loyihalarga baho berishda keng qo‘llaniladi. Bunda asosiy diqqat e’tibor xarajatlarga va
qo‘yilgan maqsadga erishishni eng arzon variantiga qaratiladi. Masalan, loyiha ma’lum bir
kasallikkga qarshi ko‘rishdan iborat bo‘lsa, unda iqtisodiy tahlilchi quyidagi savolga javob
bermogi kerak, ya’ni muqobil variantlarni qaysi biri bu muammoni echishda eng arzon
xisoblanadi?
Ishlab chiqarish soxalari uchun tavsiya etilgan loyihalar xarajatlarining samaradorligini
aniqlashda mahsulot birligiga to‘g‘ri kelgan xarajatlar taqqoslanib, ulardan eng kam xarajat
to‘g‘ri kelgan loyiha varianti tanlab olinadi va u samarali deb xisoblanadi. Agar loyiha bo‘yicha
ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifat tafovuti mavjud bo‘lsa, unda bu tafovut muqobil variantni tanlab
olinishida xisobga olinishi lozim.
13.2. Iqtisodiy tahlil vazifalari. Loyiha maqsadlarini va tahlil chizmasini aniqlash.
Daromadlar va xarajatlarning tahlili quyidagi tadbir-larni o‘tkazishdan iborat:
1. Loyiha maqsadlarini aniqlash va bosh maqsadning iqti-sodiy mazmuni, okibatlarini
anglash;
2. Loyihani baholash chizmasini va bosqichlarini aniqlash;
3. Loyiha natijalari bo‘yicha talabni prognoz qilish;
4. Daromad va xarajatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari-ni hisoblash;
5. Rentabellshshk ko‘rsatkichlarini baholash;
6. Ta’sirchanlik va tavakkal xavfi (qaltislik) daraja-sini tahlil qilish.
Loyiha maqsadlari uni moliyalashtiruvchi tashkilotning operativ vazifalarini aks ettiradi.
Masalan, transport soha-si bo‘yicha loyiha maqsadi transport qatnovi samaradorligini ta’minlash,
sanoat loyihasining maqsadi esa ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish
bo‘lishi mumkin.
Mukrbil varianglarni ko‘rib chiqish loyihani tayyorlash va uni ishlab chiqshshshng muhim
qismi xdsoblanadi. Texnik, mukrbil variantlar (ya’ni yokilg‘i uchun yo ko‘mir yoki gazni



kullash, temir yo‘lni uzaytirish yoki yangi avtomobil shossesini qurish)ni bir-biri bilan


taqqoslash va eng makbulini tanlab olish kerak. Agar hamma variantlar mikdor va sifat jihatdan
bir xil natija bersa, ham invesgatsiya, ham eksgshuatatsiya xarajatlarini xisobga olgavda eng kam
xarajat talab etiladigan loyiha tanlanadi.
Iqtisodiy tahlil chizmasi turlicha bo‘lishi mumkin. Bunda loy-iha maqsadlariga salbiy
ta’sir etuvchi hamma narsa xarajatlarga, ijobiy ta’sir etuvchi hamma narsa daromadlarga
kiritiladi.
Loyiha tahlili daromad va xarajatlarni reszfslardan foydalanishning boshqa variantlari
bo‘yicha erishilishi mum-kin bo‘lgan daromad va xarajatlar bilan qiyoslaydi. Ko‘pincha
loyihasiz va loyiha bilan degan chizma qo‘llaniladi.
Masalan, sement zavodi qurshshshi bo‘yicha loyiha bor bo‘lsa, investorlar boshqa
loyihalarga sarmoya ko‘yish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Ammo sement ishlab chiqarishning
ko‘payishi natijasida uning narxi tushib ketishi, xaridorlar uchun se-mentga kamroq pul to‘lash ,
ayrim xaridorlar uchun esa boshqa qurilish materiallari o‘rniga sement ishlatish imkoniyatini
paydo qshgashi mumkin.
Loyiha bilan va loyihasiz vaziyatlarni solishtirish loyi-hani amalga oshirish natijasida
olinadigan qo‘shimcha va o‘sgan daromadlarni hisoblashning asosiy uslubidir. Loyihasiz vazi-
yatlarni istiqbolga baholashda xarajatlarning taxmin qilina-yotgan o‘suvi yoki daromadlarning
pasayishiga nisbatan reaksiyani xdsobga olish kerak. Bu loyihani amalga oshirish yuzaga keltira-
digan o‘zgarishlarni to‘liq aks etshrish imkonini beradi.
Loyiha natijalariga talabni tahlil va prognoz qilish kiritiladilgan resufslar va ishlab
chiqariladigan mahsulot bozorlarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi hamda talab va taklif
o‘rtasidagi nisbatni bilishni, loyihaga taalluqli re-surslar va mahsulotlar marketingi haqida
ma’lumotga ega bo‘-lishni talab etadi.
13.3. Iqtisodiy tahlilda yashirin baholar.
Jamiyat nuqtai nazaridan qaraganda loyiha mahsuloti-ni sotish yoki resurslarini sotib
olish baholari doim ham xa-rajatlar va daromadlarning maqbul darajasini kursata olmaydi.
Masalan, baholar }
t
larga soliq t)
?
lashga ketgan xarajatlar ko‘shib yuboriligi patijasida oshirib
yuborilishi davlat subsidiyasi ta’sirida pasaytirib yuborilipsh mumkin. Iqtisodiy tahlil uchun, ikki
yoqlama hisoblashga yo‘l ko‘ymas-lik maqsadida, baholarni bu elemsntlardan tozalash kerak.
Ikki yoqlama hisoblash shu tufayli ro‘y beradiki, jamiyat, dastlab, ishlab chiqaruvchiga
sotib olinayotgan mahsulot baho-siga soliqlar (subsidiyalar) ko‘shilishi natijasida oshiril-gan
(kamaytirilgan) narxda haq to‘laydi, keyin esa ishlab chikaruvchi daromadining bir qismini soliq
sifatida olib qo‘yadi (ishlab chiqaruvchiga subsidiya ko‘rinishida qo‘shimcha daromad beradi),
ya’ni bu bilan soliq va subsidiyalarni ikki bor hisob-ga oladi. Boshqa holatlarda baholar
monopolistik amaliyoti ta’sirida, ularning davlat tomonidan tartibga solinishi, boj to‘lovlari
hamda boshqalar ta’sirida muvozanat darajasida-gidan farq qilishi, ya’ni xatoli bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy tahlilda baholarni tozalash uchun hisoblab topilgan, ya’ni boshqacha aytganda,
yashirin (soyadagi) baholar-dan foydalaniladi. YAshirin baholarni aniqlashda ichki bo-zorda
baholar yuqorida keltirib chiqaruvchi omillar mavjud bo‘lmagan paytda qanday bo‘lar edi, degan



shartga asoslaniladi. YAshirin baholarni aniqlashning eng oddiy uslubi jahon baho-larini olib, bir


necha usullarni qo‘llagan holda, so‘mda qayta hisoblab chiqishdir.
Bu muqobillikka asoslangan yondashuvni (lekin yuqorida keltirilgan uslubni emas) jahon
bahosi bo‘lmagan tovarlar-ning, ya’ni er, ishchi kuchi, turli xizmatlar va hokazolarning
«yashirin» baholarini hisoblab topishda ham qo‘llash mumkin.
Agar firma loyihani o‘z erida amalga oshirayotgan bo‘lsa va shuning uchun ham moliyaviy
tahlil jarayonida erning qiy-mati xarajatlarga deyarli kiritilmasa, u holda iqtisodiy tah-lilda
"yashirin' bahoni:
a) mahalliy er bozoridagi shunga o‘xshash maydonlarningkiymati asosida;
b) agar bunday bozor bo‘lmasa, u holda shunga o‘xshash may-Donlarning ijara bahosi
asosida;
v) ijaraga berilgan shunga o‘xshash maydonlar bo‘lmasa, u holda sh} erdan olinishi
mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligimahsuloti qiymati asosida aniqlanadi.
13.4. Manfaatlar va xarajatlarni o‘lchash uslublari va muammolari
Loyihadan olinadigan manfaat (foyda)ni doim ham to‘liq miqdoriy baholash mumkin
emas. Masalan, loyiha natijasida yo‘l harakati xavfsizligi yoki tibbiyot xizmati
yaxshilanishitufayli aholi sog‘lig‘i yaxshilanishini baholash juda qiyii. Lgar loyiha umumiy
foydalanish uchun qulaylik yaratsa (toza-lash inshootlari, jamoat markazlari), olinadigan
manfaatni alohida iste’molchining tulashga tayyorligi to‘g‘risidagi ma’-lumotga asoslanib
baholab bo‘lmaydi. Resurslar hududiy taq-simlanishining yaxshilanishi, mamlakat ichidagi
(milliy) in-tegratsiyaning kuchayishi kabi loyihadan olinadigan bir qancha o‘lchab bo‘lmaydigan
manfaatlar mamlakat ichida resurslarni joylashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Olinadigan foydani mikdoriy o‘lchash mumkin bo‘lmagan yoki ularni sifat jihatdan
qismangina baholash mumkin bo‘l-gan hollarda boshqacha yondashuvlar qo‘llaniladi. Bunday
yonda-shuvlardan biriga loyiha natijasida uning yaroqliligini ta’-minlaydigan foyda-manfaatlar
minimumini olish ehtimoli-ni tahlil qilish kerak. Ikkinchi yondashuv u yoki bu xizmatni
ko‘rsatish uchun bajarilishi shart deb hisoblangan, ilgaridan o‘rnatilgan fizik yoki kiymat
me’yorlariga asoslanish hisob-lanadi (masalan, yo‘lga asfalt yotqizish xarajatlari 1 km.ga X
so‘mdan ortmasligi kerak, birinchi yordam ko‘rsatuvchi punktgacha bo‘lgan masofa U km. dan
oshmasligi zarur).
O‘lchash muammolari tarmoqlar bo‘yicha farq qiladi. Ma-salan, ta’lim, sog‘liqni saqlash
va umumiy ovqatlanish sohala-rida daromadga asoslangan manfaat mezonlari yaroqsiz bo‘lib
qoladi, ya’ni ulardan foydalanib bo‘lmaydi.
Bu hollarda yoki eng kam xarajatlar uslubidan yoki tex-nik ko‘rinishdagi muammolar
uchun (masalan, maktab qurish uchun qulay me’yorlarni anikdashda) xarajatlar samaradorligi us-
lubidan foydalanish mumkin.
Xarajatlar samaradorligi tahlili bir necha muqobil variantlardan qo‘yilgan vazifa
bajarilishini ta’minlaydi-gan eng arzon loyihani tanlab olish uchun qo‘llaniladi.



Ba’zi hollarda manfaatlar faqat fizik kurinishda bo‘ladi va shu sababli ularni moliyaviy


xarajatlar bilan taq-qoslab bo‘lmaydi. Bunday hollarda yuqoridagi uslublarni qo‘l-lashdan
boshqa imkon ham bo‘lmaydi.
Xarajatlar samaradorligi tahlili qo‘yilgan vazifani hal etishning eng samarali yo‘lini tanlash
uchun qo‘llaniladi. Bu tahlilga loyihaga qilinadigan barcha xarajatlarni tegish-li yashirin baholar
asosida kalkulyasiya qilish va ularning keltirilgan qiymatini topish uchun olingan xarajatlar
oqimi-ni diskontlash kiradi.
Bu tadbir loyihani amalga oshirishning barcha variant-lari bo‘yicha o‘tkaziladi. Ko‘zda
tutilgan natijalarga eng kichik diskontlangan xarajatlar bilan yoki mahsulot birligiga eng kam
xarajatlar bilan erishishni ta’minlaydigan loyiha eng yaxshi hisoblanadi. Bu mezon barcha
loyihalar loyiha maq-sadini sifat jihatlaridan bir xilda krndiradi, degan shar-tga asoslanadi. Agar
loyiha bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatida farq bo‘lsa, eng ma’qul variantni aniqlashda bu
hol ko‘zda tutilmosh lozim.
Iste’mol tejami
Ko‘pgina investitsiya loyihalari natijasida iste’mol tovarlari va xizmatlarining baholari
pasayadi. CHunki bunday loyihalar ta’minotni yaxshilaydi va tovarlar takchilligiga barham
beradi (masalan, yo‘llarning yaxshilanishi yo‘l xarajat-larini pasaytiradi). Baholar pasayishidan
iste’molchilar manfaat ko‘radilar, chunki loyihani amalga oshirishi natija-sida tejalgan
resurslardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Iste’mol tejami — iste’molchi tovar va xizmat uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan summa -
haqiqatdan sarflangan summa. Iste’mol tejami qo‘shimcha mahsulot faqat uning bahosi pa-
saytirilgan sharoitda sotilgandagina paydo bo‘ladi. Bunday vaziyat ko‘proq tartibga solinadigan
bozorlar uchun xos. Masa-lan, kommunal xizmat, elektr ta’minoti va hokazo. Ayrim hol-larda
paydo bo‘lgan iste’mol tejamini aniqlash oson bo‘lsada, ko‘pincha buni (masalan, umumiy elektr
tarmog‘iga ulangan zavod uchun o‘z elektrostansiyasidan olingan qimmat elektr energiya-sidan
voz kechishi hisobiga olgan tejamni) hisoolash ancha qiyin bo‘ladi.
Amaliyotda olingan iste’mol tejami e’tiborga olinmay-di va loyihadan olingan manfaat
(hisoblash oson bo‘lgan) iste’molchilardan olinadigan to‘lovlarga teyglashtiriladi. Ammo
iste’mol tejami iqtisodiy manfaatning muhim qismi bo‘lganligi tufayli, uni hisobga olmaslik
loyihadan olinadi-gan samarani ancha kam qilib ko‘rsatishga olib keladi.
Agar iste’mol tejamining taqribiy miqdorini olishga ham imkon bo‘lmasa, loyiha
variantlarini taqqoslayotganda bu hol e’tiborda tutilishi kerak. Ayrim loyihalarni amalga oshirish
natijasida «loyihasiz» holatga nisbatan mahsulot hajmi shunchalik ko‘payadiki, u baholarning
pasayishiga olib keladi. Bunday hollarda pasaygan baholardan foydalanish qo‘shimcha
mahsulotdan keladigan iqtisodiy manfaat etarlicha baholanmasligiga sabab bo‘ladi (chunki
iste’molchilar u uchun ko‘proq tulashga tayyor edilar). «Loyihasiz» holatga nisbatan loyiha
natijasida baholar pasayipsh iete’mol tejamini oshi-radi va bu hol iktisodiy tahlilda e’tiborga
olinishi lozim. Odatda, bu fikrlar tovarlar va xizmatlar umumiy taklifini keskin o‘zgartirishga
qodir bo‘lgan juda yirik loyihalarga nisbatan tegishli bo‘lgandagina ahamiyatga ega bo‘ladi.



13.5. Iste’molchining qo‘shimcha daromadi.


Har qanday loyiha u yoki bu yangi mahsulot, xizmat to‘rini yaratishga yoki mavjud
mahsulot va xizmat hajmini, sifatini oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu loyihalarni amalga oshirish
esa tovar va xizmatlar etishmasligiga hamda ishlab chiqarishdagi barham beradi. Natijada tovar
va xizmatlar narxi pasayib undan iste’molchilar qo‘shimcha daromad ko‘radilar. Binobarin,
bunday iste’molchilarning qo‘shimcha daromadlari qo‘shimcha yaratilgan mahsulot yoki xizmat
past narxda sotilgandagina namoyon bo‘ladi.
Iste’molchini qo‘shimcha daromadi hamma vaqt loyiha narxini avvalgi narxga qaraganda
kamaytira olganda oshadi. Iste’mochini ega bo‘ladigan qo‘shimcha daromadi loyihadan
keladigan iqtisodiy foydasiga qo‘shilib baholanishi zarur. Binobarin, iste’molchini oladigan
qo‘shimcha daromadini mayishiy xizmat taraqqiyoti loyihasidan keladigan iqtisodiy foydaga
qo‘shmaslik maskur loyihani umumiy samarasini pasayishiga olib keladi.
Loyihani amalga oshirish tufayli uni xududida yashayotgan ishchilarga, atrof muhitga va
davlat oldiga qo‘ygan maqsadlarga ma’lum darajada ijobiy yoki salbiy ta’sir bo‘ladi. Bu ta’sir
ijobiy bo‘lsa, uni loyihani tashqi samarasi deb, agar salbiy bo‘lsa loyihani tashqi xarajati
deyiladi. Bu samara va xarajatlar loyiha doirasidagi daromad va xarajatlar tarkibiga kirmaydi,
shu boisdan ularni loyihani moliyaviy xisoblarida xisobga olinmaydi. Biroq ular, loyiha tufayli
yuzaga kelganligi uchun loyihani iqtisodiy tahlil doirasida xisoblash kerak bo‘ladi.
13.6. Loyihani tashqi samarasi.
Loyihani tashqi samarasiga loyiha tufayli milliy kadrlarni o‘qitish orqali olgan bilimlari,
loyiha amal qiladigan xududda infrastrukturalarini rivojlanishi, qishloq joylarida madaniyat va
ma’rifatni rivojlanishi, yangi axoli punktlarini, yangi shaharchalarni paydo bo‘lishi kabilarni
ko‘rsatish mumkin. Masalan, Asaka shaxrida bunyod etilgan “O‘zDEU avto” qo‘shma korxonasi
Ruspublikamizda, xususan Andijon viloyatida xalq xo‘jaligini yangi yo‘nalishi bo‘lgan
avtomabilsozlik bo‘yicha minglab milliy kadrlarni xorijiy mamlakatlarda, jumladan Janubiy
Koreyada o‘qitib zamonaviy kasb egasi bo‘lishiga olib keldi. Endi bular xozirda murakkab
texnika texnologiyalarni
boshqarib,
jaxon
andozasidagi
O‘zbekistonning o‘z engil
avtomobillarini chiqarishmoqda. Bular «O‘zDEU avto» loyihasining tashqi samarasi bo‘lib, endi
ular mamlakatimizning milliy boyligidir.
Loyiha tufayli tashqi samaradan tashkari tashqi xarajatlar ham yuzaga keladi. Ularga
misol qilib atrof muhitni ifloslanishi, suvni ko‘p foydalanishi sababli daryolarni sayozlanishi va
suv zaxiralarini kamayishi, sug‘orish tizimini kishilar va er osti suv satxiga salbiy ta’siri,
muayyan xududda xalqni ko‘payishi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, Markaziy
Farg‘onadagi, Mirzacho‘ldagi, Qarshi cho‘llaridagi erlarni qishloq xo‘jaligi maqsadida
o‘zlashtirilishi u erdagi o‘simlik va xayvonot dunyosiga ma’lum darajadi salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu erlarni samarasiz uslublarda sug‘orish oqibatida qayta shurlanish tufayli minglab gektar erlar
qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib qolmoqda, buni eng katta salbiy oqibati orol
dengizidagi suv balansini bo‘zilishiga olib keladi. YAna bir misol, Farg‘ona vodiysida qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida Andijon suv ombori 1977 yili qurib bitkazildi. To‘g‘ri bu
loyiha vodiyda yangi erlar o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligi uchun suv ta’minotini to‘la qondirish
imkonini berdi. Biroq bu loyiha suv omborga yaqin joylashgan tuman xo‘jaliklarida er osti suvi



satxini ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Bu salbiy oqibatni bartaraf etish yangi koolektir, brinajlar


ko‘rish uchun ko‘shimcha xarajatlar qilishni talab etmoqda.
Loyihani tashqi samarasini ko‘p xollarda aniqlash va o‘lchash mushkil xisoblanadi, biroq
uni aniqlashga hamma vaqt harakat qilmog‘i kerak. Agar loyihani tashqi samarasini miqdor
jihatdan o‘lchashni iloji bo‘lmasa, unda ular sifat jihatidan muloxaza qilinmog‘i zarur. SHundan
so‘ngina, loyiha iqtisodiy naqtai-nazardan makolani amalga oshirish yoki qayta ishlash bo‘yicha
qaror qabul qilinmogi lozim.
Bozor iqtisodiyoti mulkchilikni turli shakllarini payda bo‘lishiga olib keldi. Bu o‘z
navbatida xalq iste’mol tovarlarin va xizmatlarini turli mulkchilikdagi ishlab chiqaruvchilar va
xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan yaratilishini hamda amalga oshirilishini ta’minladi. Binobarin,
tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida raqobatdoshlik mahsulot hajmi
hamda xizmat to‘rini ko‘paytirish, uni sifatini yaxshilashga olib kelmoqda. SHunga qaramasdan
shunday tovar va xizmatlar borki, ularni jamoa bo‘lib ishlab chiqarish yuqori samarani beradi.
Xuddi shu ishlab chiqarish soxasida jamiyat va jamoa tovarlari bo‘yicha davlat ularni manfaati
yo‘lida iqtisodiy faoliyat olib borishi mumkin. Albatta bu, davlat nuqtai-nazaridan qaralganda
mamlakatning umumiy manfaatlari uchun o‘ta muhim bo‘lgan soxalarida yaqqol namoyon
bo‘ladi. Masalan, Respublikamizning iqtisodiy, siyosiy mustakilligini ta’minlash uchun amalga
oshirilaytgan qator dasturlar: don mustaqilligi, energetika mustaqilligi, axolini ichimlik suvi va
gaz bilan ta’minlash, milliy kadrlarni tayyorlash kabi dasturlarni amalga oshirishda davlatni roli
muhim ahamiyat kasb etadi.
Xozirga kunda respublikamizdagi barcha turdagi mulkchilikda faoliyat ko‘rsatayotgan
tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar davlat tomonidan muxofaza etilib ularni
faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda. Buning uchun zarur konunlar, qarorlar va me’yoriy xujjatlar
qabul qilingan.
Xulosa qilib aytganimizda loyihani iqtisodiy tahlili mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshishida katta ahamiyatga egadir.
CHunki ko‘p loyihalar o‘z xomiylari tomonidan keladigan foydalarni sun’iy oshirib, xarajatlarni
pasaytirib oldinga suriladi. Bu kabi takliflarga qarshi turish va uni oldini olishda eng yaxshi
qurol loyihalarni tizimli iqtisodiy baholashdir. SHundagina biz yosh mutaqil respublikamizning
rivojlangan mamlakatlar qatoriga ko‘tarilishiga va o‘z mahsulotlari hamda xizmatlari bilan jaxon
bozorida munosib, mustahkam o‘rin egallashini ta’minlashga erishamiz.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Iqtisodiy tahlil vazifalarini tushuntirib bering.
2. Iktisodiy tahlilning maksadi va moliyaviy tahlildanfarqi nimada?
3. YAshirin baholar nima? Iqtisodiy tahlilda nima uchunyashirin baholardan foydalaniladi?
4. Manfaat va xarajatlarni o‘lchash muammolariga izohbering.
5. Iste’mol tejami nima?
6. Tashqi samara, jumladan, xalqaro samaraning mohiyatinimada?
14-modul. INVESTITSIYA LOYIHALARIDA TAVAKKAL
XAVFI TAHLILI



R E J A
14.1. Investitsiyalarda tavakkal xavfi darajasi.


14.2. Investitsiyalarda tavakkal xavfi darajasini bosqichma-bosqich baholash.
14.1. Investitsiyalarda tavakkal xavfi darajasi.
Investitsiyalashda tavakkal xavfi deganda investitsiya daromadlarining ko‘zda tutilgan
miqdoridan kamayish holati tushuniladi. Daromadlarning o‘zgarishi shkalasi qanchalik keng
bo‘lsa, investitsiyalashda tavakkal xavfi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Investitsiyalashda
tavakkal xavfi manbaalari bir-biri bilan juda bog‘liq bo‘lganligi sababli ularning qaysi biri
daromadga qanchalik ta’sir etganligini aniqlash juda mushkul. Investitsiyalashda tavakkal
xavfining (keyinchalik xavf deb yuritiladi) asosiy turlari: ish bilan bog‘liq tavakkal xavfi,
moliyaviy bozor tasodifi xavflari, aholining sotib olish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy
xavf, foiz xavfi va boshqalar hisoblanadi.
Ish bilan bog‘liq tavakkal xavfi kelayotgan daromadlarning hamma investorlar bilan
hisob-kitob qilishga etishi kafotlanganligidir. Bunday holatda jami daromad investi-siya
xarajatlarini qoplay olmaydi. Albatta, davlat (ayrim mamlakatlarda) bunday holatda
xarajatlarning ma’lum bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Asosan bu xavf biznes bilan bog‘liq
bo‘ladi. Moliyaviy xavf deganda o‘z mablag‘lari va qarz-ga olingan mablag‘lar
kompensatsiyalari natijasida kelib chi-qadigan xavf tushuniladi.
Investitsiya uchun qanchalik ko‘p chetdan qarz jalb etilsa, moliyaviy shunchalik xavf
ko‘payadi. Bu xavfning oshishi asosan korxonalar qarz beruvchi investorlar o‘z vaqtida foiz
to‘lovlari to‘lashga ilojsizligi oqibatidan kelib chikadi. Belgilangan, ya’ni vaqti aniq ko‘rsatilgan
qarzlar yoki qarz foizla-ri loyiha ishga tushmasdan, daromad hali kelmagan vaqtdan boshlab
to‘lanishi kerak. Korxonalarning bunday qarzlarni to‘lay olish qobiliyati yo‘qligi moliyaviy
xavfni tug‘diradi.
Aholini tovarlar sotib olish krbiliyatining pasayishi bilan bogliq bo‘lgan xavf asosan
taklif inflyasiyasi vaqtida bo‘ladi. Bu davrda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi. Ayrim
qimmatbaho qog‘ozlar belgilangan vaqtda investorga foyda keltirishni ko‘zda tutganligi uchun
ayrim hollarda foiz xavfiga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda qimmatbaho qog‘ozlarning kurslari
oldingi kurslarga nisbatan o‘zgarib turadi. Natija-da qimmatbaho qokozlar chikargan
kompaniyalar belgilab qo‘yilgai foizlarni bera olmaydilar. Bu jarayon qimmatbaho qogozlarning
bozor baxrlari tez-tez o‘zgarib turishi natijasida vujudga keladi. Likvidlik xavfi korxonalarning
aksiyalarni kerakli vaqtda ko‘zda tutilgan summaga sotishga imkoniyati bo‘lmay qoli-shini
anglatadi. Agar kecha 1000 dollarga aksiya sotib olgan bo‘lsangaz, bugun uni 800 dollarga
sotasiz, bunday aksiya yuqori likvidli emas.
Bozor xavfi deganda bu daromadlarni qimmatbaho qog‘ozlar kursi o‘zgarishi emas, balki
iqtisodiy-ijtimoiy voqealardan ke-lib chiqadigan xavf tushunchalaridir. Masalan, YAqin
SHarqda urush kelib chiqish xavfi qurol-aslaha ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan aksiyalar
hamda neft mahsulotlari ishlab chikarishga bog‘langan aksiyalar kursiga ta’sir etadi. Tasodif



xavfi tusat-dai vujudga keladigan xavf bo‘lib, investitsiya natijalariga juda tez ta’sir etadi. Bunga


ikkita yirik kompaniyaning bir-biriga qushilishi va boshqalar misol bo‘la oladi. Umuman,
xavflarni baholashga uch xil yo‘nalishda yonda-shish mumkin. An’anaviy ishlab chiqarishni
tubdan o‘zgartira-digan yoki uning tuzilmasiga salmoqli o‘zgartirish kiritadi-gan investitsiyalarni
joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni qabul qilishda ayrim hollarda start davrini mukammal tahlil
qilmaslik natijasida yaratiladigan mahsulotga etarli xaridor topa olmaslik hollari vujudga kelishi
mumkin. Bunda, albatta, mukammal variantlarni chuqur o‘rganish kerak. Har xil muqobil
variantlar mavjud bo‘lmagan hollarda oldindan ma’lum tadbirlarni amalga oshirish kerakki, ular
xavfni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lsin. Navbatdagi yondashuv asosan oddiy loyihalarni o‘z ichiga
oladi. Bu loyihalarda ma’-lum xavf mavjud. Masalan, loyihani vujudga keltirish dav-rida
o‘rtacha ko‘rsatkichlardan foydalanamiz, lekin keyinchalik bu ko‘rsatkichlardan ma’lum
chekinish vujudga kelishi mumkin. Mana shu yo‘nalishlarni misolda ko‘rib chiqamiz.
Loyihada temir-beton zavodi qurish ko‘zda tutilgan deylik. Zavod aholi yashaydigan
mikrorayonda bo‘lib, u erdan avto-trassa o‘tishi ko‘zda tutilgan. Zavod qurshshshi trassaga yaqin
joyda bo‘ladi. Zavod qurilishi uchun 5 mlrd.so‘m mablag‘ ajra-tilgan. Bu zavod shshgab
chiqaradigan mahsulot hajmi 2 mlrd. bilan 4 mlrd.so‘m orasida bo‘ladi. Loyihaning yashash
davri 5 yil, bu vaqtdan so‘ng zavod sotib yuboriladi. Zavodning qoldiq bahosi avtotrassa
qurilishi davri bilan bog‘liq bo‘lib, 1 mlrd. bilan 3 mlrd.so‘m orasidadir. Agar zavod qurilgandan
keyingi birinchi yili avtotrassa qurilishi haqida qaror qabul qilin-masa, uning qoldiq qiymati 3,5
mlrd.so‘m. Diskontning qabul qilingan stavkasi 10% va ikkita variantda mahsulot sotish hajmi
0,5 mlrd yoki 1,5 mlrd.so‘m bo‘ladi. Buni variantlar bo‘y-icha aniqlashda quyidagi formuladan
foydalaniladi:
NPV = [ ∑NP
1
/(1+k)+RV/(1+k) ] – I
Bu erda: NP
1
- sof foyda va amortizatsiya summasi; : PV - qoldiq qiymat.
14.2. Investitsiyalarda tavakkal xavfi darajasini bosqichma-bosqich baholash.
Loyiha amalga kirgunga qadar har xil bosqichlardan o‘ta-di. Har bir bosqichda o‘ziga xos
tavakkal xavfi bo‘lib, ularni boskichma-bosqich baholash va barchasining yig‘indisini topish
kerak. Oldingi mavzulardan ma’lumki, loyiha quyidagi bosq-ichlardan iborat:
• loyihani vujudga keltarshidan oldingi, tayyorlash bosqichi;
• qurilish: inshoot, uskunalar qurish, qurilish uchun za-RUR bo‘lgan materiallarni sotib
olish va ularni montaj qilish;
• loyiha asosida vujudga keltirilgan ob’ektni ishga tu-shurish va uni to‘liq quvvatga olib
chiqish hamda shu asosdafoyda olish.
Hamma xisob-kitoblar ikki martadan, ya’ni:
1) loyihani vujudga keltirish paytida;
2) loyihaning xavfli elementlari aniqlangandan keyinamalga oshiriladi.
O‘z ta’sir kuchi bo‘yicha tavakkal xavf (risk)lari oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy xavflar
bir-biri bilan bog‘liq |bo‘lmagan xavflardir. Loyihani vujudga keltirish davrida (hamma
xavflarning ro‘yxatini tuzib ulardan har birining xavflardagi salmog‘ini aniqlab olish kerak.
Aytilgan hol-larni quyidagi bir misolda ko‘rib chiqamiz:



Har bir ekspertga ehtimolli xavflar ustida chuqur tah-lil ishlarini olib borish topshiriladi va


ularga quyidagi baholash tizimidan foydalanish tavsiya etiladi:
• 0 - xavf yo‘q deb qabul kilingan;
• 25 - xavf asosan yuzaga chiqmaydi;
• 50 - bu holat hali hech qanday mulohaza yuritishga asosbo‘la olmaydi;
• 75 - har qalay xavf o‘z kuchini ko‘rsatsa kerak;
• 100 - xavf yuzaga chiqsa kerak.
Ekspertlar baholarining bir-biriga zid kelmasligi q^-idagi qoidalarga ko‘ra tahlil qilinadi:
1- qoida: ikkita ekspertning fikri orasidagi farq 50 dan oshishi kerak emas. Max I a.-. I <
Bu erda: a va v ikkita ekspertning fikri.
Agar ekspertlar soni )^chta bo‘lsa, birinchi va ikkinchi, bi-rinchi va uchinchi, ikkinchi va
uchinchi ekspertlar fikrining na-tijasi olinadi. Masalan, alohida oddiy xavf bo‘yicha uchta eks-
pert quyidagicha fikr berdi a-0 , v-25, s-50, bunda av q25; asq50; vsq|25 bu natijalar birinchi
qoida talablarini qoniqtiradi.
2 - Qoida. Agar ekspertlar ko‘p bo‘lsa xdiODag ularning fikrlari bir-biridan tubdan farq
qilsa, quyvdagi formula-dan foydalaniladi:
n
∑ q │α
i
- β
i
│/ N ≤ 25
t
Misol: 3 ta ekspert A,V,S quyidagi loyiha bahosiniberdi: A (100,75,50,25);
V(75,75,75,75); S(25,50,75,100);
<
AV[(100-75) +((75-75) +50-75) +(25-75)74=100/4-25.
Xudsi shunday AS=50 va VS=25 topiladi. Agar yuqoridagi-dek ekspertlarning fikri bir-
biridan farq qilsa, unda maxsus mutaxassislar yigalishida bu masala o‘rganiladi. Aytashshk, loyi-
ha maqsadi jamoa xo‘jaligi xududida aksiyadorlik jamiyati sutni qayta ishlaydigan korxona
vujudga keltirishdan iborat. Xom ashyo bazasi korxona atrofidagi fermer xo‘jaligi hisoblanadi.
Korxo-na o‘z mahsulotini yaqinda joylashgan shaharda sotadi. Korxonada yirik muzlatgich
bo‘lib, u avariya bo‘lsa atrof-muxdgai ammiak bi-lan ifloslashga olib kelish ehtamoli bor. Xavf
darajasini aniq-lash uchun 3 ta ekspert chaqirilgan. 1-ekspert aksionerlik jami-yati direktori; 2-
ekspert mahalliy rahbar; 3-ekspert pensioner.
Oddiy harflar
1-
ekspert
2-
ekspert
3-
ekspert
O‘rta
cha Vi
Ahamiyatli
lik Pi
1
2
3
4
5
6
TAYYORLOV KURSI
1.
Muhandislik
tarmoqlaridan
loyihaning
uzoq-
yaqinligi
25
0
25
17
3



2.
Mahalliy


rahbarlarning loyihaga
munosabati
25
0
50
25
1
3.
Qo‘shimcha
ishlarning mavjudligi
0
0
0
0
3
QURILISH BOSQICHI
1. Buyurtmachining haq
to‘lash imkoniyati
0
25
50
25
1
2. ko‘zda tutilmagan
xarajatlar,
shu
jumladan,
inflatsiya
natijasida
75
75
100
78
1
3.Qurilishga
zarur
bo‘lgan uskunalarni o‘z
vaqtida
etkazmaslik
xavfi
50
50
50
50
3
EKSPLUATATSIYA BOSQICHI
Iqtisodiy va moliyaviy
xavf
1. Mahsulotga bo‘lgan
talabning
barqaror
emasligi
25
25
50
33
3
2.
Muqobil
mahsulotning
paydo
bo‘lishi
75
25
50
50
3
3.
Raqobatchilar
tomonidan
mahsulot
bahosining
pasaytirilishi
75
50
25
50
3
4.
Raqobatchilar
mahsulot
miqdorini
oshirishi xavfi
25
0
0
8
3
5. Soliqlarning oshirishi
xavfi
25
25
50
33
3
6.
Iste’molchilarning
haq to‘lolmaslik xavfi
25
0
0
8
1
7. Xom ashyoni va
transport
xizmati
baholarining
oshishi
xavfi
100
75
100
90
3



8.Etkazib beruvchilarga


bog‘liqlik xavfi
25
0
25
17
3
9.
O‘z
aylanma
mablag‘larining
etmasligi xavfi
100
100
100
100
1
IJTIMOIY XAVFLAR
1. Malakali ishchilar
bilan
ta’minlashni
eplay olmaslik xavfi
0
0
25
8
3
2. Ish tashlash xavfi
100
75
75
83
1
3.
Mahalliy
rahbarlarning
munosabati
50
25
100
58
3
4.
Ish
haqi
etarli
emasligi xavfi
100
50
75
75
2
5. Kadrlar malakasi
25
25
50
33
3
TEXNIK XAVFLAR
1.
Xom
Ashyo
va
materiallar
sifatining
barqaror emasligi
25
0
25
17
3
2.
Texnologiyaning
yangilik darajasi
50
25
50
41
3
3. Texnologiya yetarli
darajada
ishonchli
emasligi xavfi
75
50
75
67
2
4.Qo‘shimcha
quvvatlarning yo‘qligi
xavfi
25
0
0
8
3
EKOLOGIK XAVFLAR
1.Atrof-muhitga
chiqindii
chiqarish
xavfi
50
75
50
58
3
2.Ishlab chiqarishning
zararligi xavfi
0
25
0
8
3
Birinchi bosqich bo‘yicha, ya’ni tayyorlov davridagi xavflar bo‘yicha ma’lum bo‘ladiki,
ikkinchi ekspert optimist, uchinchi ekspert esa pissimist. Bu, albatta, kelgusida to‘g‘ri qaror



qabul qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. YUqoridagi keltirilgan xavflardan tashqari kushdat xavflar


ham mavjud bo‘lib, ularni tayyorlov bosqichiga kiritish mumkin:
- transportdan uzoqda joylashganligi;
- muqobil xom ashyo manbalariga ega yoki ega emasligi;
- qurilishga doir bo‘ladigan yuridik hujjatlar tayyorlash;
- ob’ektni boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xavflar.
Bularni yuqoridagi xavflarga qo‘shish uchun muqobil ja-voblar bo‘lishi kerak. Agar
ekspertlarning fikrlari bir joy-dan chiqsa, unda bularni qo‘shish shart emas. YUqoridagi jadvalda
ekspertlar tomonidan baholangan xavf darajasining dastlabki natijalari qayd etilgan. Har bir
xavfning jami xavfdagi vazni yoki boshqacha aytganda ahamiyati ekspertlar tomonidan emas,
balki loyihani vujudga keltiruvchilar tomonidan belgilangan. Bizning misolimizda tavakkal
xavfini tug‘-diruvchi sabablar ahamiyatiga ko‘ra, uchga bo‘lingan. Bir bosqichga kiruvchi
hamda turli ustuvorliklarga tegishli tavakkal xavflarining jami tavakkal xavfida hisobga
olinadigan vazni turlicha bo‘ladi. Bir bosqichga kiruvchi 1- va 3-ahamiyatlilik orasidagi nisbat
10 ga teng deb olsak va uchinchi ahamiyatli-likni x bilan belgilasak, birinchi ahamiyatlilik 10x
ga, ikkinchi ahamiyatlilik esa 5,5*x= (10+1)*x / 2 ga teng bo‘ladi. SHu asosda yuqoridagi
jadvalni qo‘shimcha materiallar yordamida quyidagi shaklga keltiramiz:
Tavakkal xavfini bosqichma-bosqich hisoblash
Oddiy xavflar
O‘
rtacha
Vi
ahamiyatlil
ik
Wi
Pi
Tayyorlov bosqichi
1.
Muhandislik
tarmoqlaridan loyihaning
uzoq-yaqinligi
17
3
0,01
0,2
2.
Mahalliy
rahbarlarning
loyihaga
munosabati.
25
1
0,10
2,5
3.
Qo‘shimcha
ishlarning mavjudligi
0
3
0,10
0
O‘rtacha ehtimollik
2,67
1.Buyurtmachining
haq to‘lash imkoniyati
25
1
0,10
2.5
2. ko‘zda tutilmagan
xarajatlar, shu jumladan,
inflatsiya natijasida
83
1
0.10
8.3
3. Qurilishga zarur
bo‘lgan uskunalarni o‘z
vaqtida etkazmaslik xavfi
67
3
0.01
0.7
4.Loyiha-smeta
50
3
0.01
0.5



xujjatlarini o‘z vaqtida


etkazib bermaslik xavfi
5. Muhandis-texnik
xodimlar
va
malakali
ishchilarni o‘z vaqtida
tayyorlashning kechikishi
xavfi
0
2
0,055
0
6.
Qurilishni
bajaradigan
pudratchilarning
ishga
loqaydliligi xavfi
50
3
0.01
0.5
O‘rtacha ehtimollik
12.5
EKSPLUATATSIYA BOSQICHI
Iqtisodiy
va
moliyaviy xavf
1.
Mahsulotga
bo‘lgan taabning barqaror
emasligi
33
3
0,01
0.3
2.
Muqobil
mahsulotning
paydo
bo‘lishi
58
3
0.01
0.6
3.
Raqobatchilar
tomonidan
mahsulot
bahosining pasaytirilishi
42
3
0.01
0.4
4.
Raqobatchilar
mahsulot
miqdorini
oshirishi xavfi
8
3
0.01
0.1
5.
Soliqlarning
oshirilishi xavfi
33
3
0.01
0.3
6. Iste’molchilarning
haq to‘laolmaslik xavfi
8
3
0.10
0.8
7. Xom ashe va
transport
xizmati
baholarining oshishi xavfi
90
3
0.01
0.9
8.
Etkazib
beruvchilarga
bog‘liqlik
xavfi
17
3
0.01
0.2
9.
O‘z
aylanma
mablag‘larining etmasligi
xavfi
10
0
1
0.1
0.2



O‘rtacha ehtimollik


13.6
IJTIMOIY XAVFLAR
1. Malakali ishchilar
bilan ta’minlashni eplay
olmaslik xavfi
8
3
0.01
0.1
2. Ish tashlash xavfi
3.
Mahalliy
rahbarlarning munosabati
67
3
0.01
0.7
4. Ish haqi etarli
emasligi xavfi
75
2
0.055
4.1
5. Kadrlar malakasi
33
3
0.1
0.3
O‘rtacha ehtimollik
13.5
TEXNIK XAVFLAR
1. Xom ashe va
materillar
sifatining
barqaror emasligi
17
3
0.01
0.2
2. Texnologiyaning
yangiligi darajasi
41
3
0.01
0.4
3. Texnologiya etarli
darajada
ishonchli
emasligi xavfi
67
2
0.055
3.7
4.
Qo‘shimcha
quvvatlarning
yo‘qligi
xavfi
8
3
0.01
0.1
O‘rtacha ehtimollik
4.4
EKOLOGIK XAVFLAR
1.
Atrof-muhitga
chiqindii chiqarish xavfi
58
3
0.01
0.6
2.
Ishlab
chiqarishning
zararligi
xavfi
8
3
0.01
0.1
O‘rtacha ehtimollik
0.7
Ekspluatatsiya bosqichi tavakkal xavfi
Tavakkal xavfi turi
Tavakkal xavfi
Moliyaviy-iqtisodiy
13.6



Sotsial
13.5


Texnik
4.4
Ekologik
0.7
JAMI
32.2
Endi barcha bosqichlar bo‘yicha tavakkal xavfini bir jad-valga to‘playmiz.
Bosqichlar bo‘yicha xavflar darajasi
Bosqichlar bo‘yicha xavflar darajasi
Bosqich
Xavf
Loyihaning tayyorlov bosqichiga xos
xavflar
2.7
Qurilish bosqichidagi xavflar
12.5
Ekspluatatsiya bosqichidagi xavflar
32.2
JAMI
47.4
Bu loyiha xavfi 47,4 foizni tashkil etdi. SHuning uchun tavakkal qilishdan oldin chuqur
o‘ylab ko‘rish kerak. Tavakkal xavflarining ahamiyatliligi orasidagi nisbat o‘zgartirilsa ham
natija taxminan shunday chiqadi:
Nisbat
100 10 5 3
Havf ehtimolligi
52,7 47,4 47 44,9
Xavf asosan juda muhim bo‘lgan omillardan tashkil topadi. Bizning misodimizda bular
quyidagilar:
O‘z aylanma mablag‘i etishmasliligi xavfi - 10,0%; ish tashlash xavfi 8,3%; ko‘zda
tutilmagan xarajatlar shu jumla-dan inflyasiya 8,3%. Bu uchta omilga yarmidan ko‘proq - 26,6%
xavf to‘g‘ri keladi. Agar shu xavflarni bartaraf qila olsak, unda loyihani investitsiyalash mumkin
bo‘ladi. YUqorida qayd etilgan xavflardan tashqari belgilanishi qiyin bo‘lgan yoki umuman
aniqlab bo‘lmaydigan xavflar ham mavjud. Bu har xil tabiiy ofatlar, hukumat siyosatining
o‘zgarishi kabilar kiradi.
Jadval tahlili shuni ko‘rsatadiki loyihani tayyorlov davrida vujudga keladigan xavf 2.7%ni
tashkil etadi. Ijti-moiy xavf darajasi 14 foiz ekan.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Investitsiya loyihalari bilan bogliq tavakkal xavfideganda nimani tushunasiz?
Tavakkal xavfi turlarini izohlab bering.



Oddiy va murakkab xavflarni tushuntirib bering.


Tavakkal xavfini bosqichma-bosqich baholash tartibi qanday?
Iqtisodiy va moliyaviy xavfga izoh bering.
Sotsial xavf va texnikaviy xavf mohiyati nimada?



http://fayllar.org
Download 151,41 Kb.




Download 151,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4- mavzu. Investitsiya loyihalari tahlili turlari

Download 151,41 Kb.