MURAKKAB TENGLAMALARNI YECHISH USULLARI
Reja:
1.
Tenglama va ularning turlari haqida ma’lumot
2. Tenglamalarni yechish bosqichlari
3. Tenglamalarni amallarning natijalari orasidagi bog’lanish
asosida yechishning bir nechta ko’rinishlari
4. Murakkab tenglamalar va ularning yechimini topish
Tenglama va ularning turlari haqida ma’lumot
Boshlang’ich sinf matematika kursida tenglamalar
amallar natijalari va
komponentlari orasidagi bog’lanishlar asosida yechiladigan
hamda sonni tashkil
qiladigan tenglik shaklida ko’riladi. O’quvchilarni tenglamalar va
ularning yechili
sh
usullari
bilan tanishtirish
ularning
matematik atamalarni va amallarni puxta o’zlashtirishlariga olib keladi.
O’quvchi qachonki
amal o’rtasidagi bog’lanish va atamalarni ongli ravishda bir qolipga sola olsagina,
tenglamalarni yechishga o’rgatish jarayoniga o’tish mumkin.
Boshlang’ich
sinf
o’quvchilarining
matematik
bilimlarini va tushunchalarini shakllantirishda sonli
va harfiy ifoda, tenglama
tushunchalarining o’rni nihoyatda kattadir. O’quvchilar tomonidan
tenglamalarni tuzish va ularni bajarishga oid topshiriqlar tafakkurga yo’naltirilgan,
ijodiy mazmundagi topshiriq ko’rinishlardan biridir. Bunday
turga mansub
topshiriqlarni
a)ifoda tuzish
b)tenglama tuzish
larga ajratib tahlil qilinadi.
O’quvchilarda ifoda tuzish malakasi shakllantirilgandan
so’ng
ifoda tuzish biroz murakkablashtiriladi. Endi ularda ifoda tuzish
emas,
balki “noma’lum qo’shiluvchini topish”, “noma’lum kamayuvchini topish”, “noma
’lum ayriluvchini topish”
kabi murakkablashtirilgan
ifodalarni tuzish masalasi turadi.
Tenglamalar tuzish, ularni yechimini topishni o’rganishdan
avval tenglama
tushunchasiga to’xtalib o’tsak.