III. Tenglamalarni amallarning natijalari orasidagi bog’lanish
asosida yechish.
Bu
vaqtda kelib
o’quvchilar
noma’lum qo’shiluvchi, ayriluvchi, kamayuvchi, bo’linuvchi, bo’linmalar
bilan
tanishgan bo’ladilar. Amallarning komponentlari va natijasi orasida bog’lanishni
bilishlariga tayanib tenglamalar yechayotganlarida, bolalar
3
ta qoida haqidagi bilimlarini qo’llay olishlari kerak.
Shu sababli tenglamalarni yechishda bunday xatoliklarga yo’l qo’yiladi:
1. Noma’lum qo’shiluvchini topishda yig’indiga ma’lum qo’shiluvchini qo’shib y
uboradilar. x+20=37; x=37+20; x=57
2. Kamayuvchini topishda ayirmadan ayriluvchini ayiradilar.
x-30=54, x=54-30, x=24
3. Ayiriluvchini topishda ayirmaga kamayuvchini qo’shadilar.
20-x=14, x=14+20, x=34
Tenglamalarni amallarning natijalari orasidagi bog’lanish
asosida yechishning bir nechta ko’rinishlari
Yuqoridagi
xatoliklarning
oldini
olish
uchun
tenglamalarning
yechimini topishga doir
quyidagi
topshiriqlar beriladi:
1. Sonni xona birliklariga ajratgan holda hisoblamasdan tenglamalarning
yechimini topish
a) 5000+600+x+4=5674
b) 4000+x+30+2=4032
c) 10000+200+x+9=10269
d) 30000+x+10+7=30517
Topshiriqlarning mazmunidan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar tenglama
“yechimi” degan yangi tushunchani o’zlashtirishga qaratilgan.
2. Yig’indini ko’paytmaga aylantirish orqali hisoblamasdan turib tenglamalarning
yechimini topish
a) 147+147+147+147+x=147*5
b) 3021*5+3021*2+3021=3021*x
3.
Sonni 10, 100, … ga ko’paytirishni o’rgangan holda hisoblamasdan
tenglamalarning yechimini topish
a) 73*x=7300
b) x*100=2700
c) x*10=530